Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son hamda “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son qarorlari)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son hamda “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4119-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
821-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 19-son, 137-modda) 3-bandidagi “Davlat test markazi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 29-oktabrdagi 473-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 104-modda) 6-bandi birinchi xatboshisidagi “Davlat test markazi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-7-son, 39-modda):
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasi” boʻlimi sakkizinchi xatboshisidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini baholash” boʻlimi 11.2-kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Davlat test markazining kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarni va taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boshqarmasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oliy taʼlim pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxati 117-118-pozitsiyalarining “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 37-38-son, 384-modda) 4-bandi birinchi xatboshisidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 33-son, 312-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 52-son, 565-modda):
a) 1-ilovaning 62-bandi “v” kichik bandi va 66-banddagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 38-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-avgustdagi 242-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 33-34-son, 389-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi va 90-banddagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 11-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 33-bandi yettinchi xatboshisidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 14-son, 230-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartining 21-bandidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 29-son, 698-modda):
a) 2-bandda:
sakkizinchi xatboshisidagi “taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari” soʻzlari “taʼlim va fan sohasi tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalari reytingini tuzish va rasman eʼlon qilish;
oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini taʼminlash;
dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy taʼlim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama koʻmaklashish”;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
v) 4-bandning ikkinchi xatboshisiga “vazirga,” soʻzidan keyin “boshliqning birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga,” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 5-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“pedagog kadrlarga birinchi va oliy malaka toifasi, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimi berish, shuningdek, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida ushbu malaka toifasiga va lavozimiga talabgorlarga malaka toifasini berishda toʻlanadigan yigʻimlardan tushadigan mablagʻlar;
Davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan mablagʻlar;”;
toʻrtinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) 15-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat inspeksiyasiga 6 ta, shu jumladan, 4 ta biriktirilgan va 2 ta navbatchi avtotransport vositasiga limit ajratsin”;
e) 1-ilovada:
sakkizinchi xatboshisidagi “taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari” soʻzlari “taʼlim va fan sohasi tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalari reytingini tuzish va rasman eʼlon qilish;
oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini taʼminlash;
dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy taʼlim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama koʻmaklashish”;
“j” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “ilmiy-tadqiqot muassasalari” soʻzlari “fan sohasi tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“z) Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalari reytingini tuzish va rasman eʼlon qilish sohasida:
taʼlim muassasalari reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, taʼlim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish;
tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda reytingni aniqlashga oid maʼlumotlarni toʻplash maqsadida ishchi guruhlar va komissiyalar tuzish;
taʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari asosida taʼlim muassasalarining reytingini hisoblab chiqish;
taʼlim muassasalari reytingiga oid maʼlumotlar asosida taʼlim muassasalari faoliyatidagi ijobiy oʻzgarishlar haqida keng jamoatchilikni doimiy xabardor qilib borish;
taʼlim muassasalarining reytingi natijalarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va Davlat inspeksiyasining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtirish;
taʼlim muassasalari reytingi natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash va chop etish.
i) oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini taʼminlash sohasida:
oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish va uning manfaatlarini ifodalash;
oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash;
umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlar xalqaro baholash dasturlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etishini tashkil etish yuzasidan zarur choralar koʻrish;
oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlar asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tizimli monitoring olib borish hamda ilgʻor tajribani dunyo miqyosida ommalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
k) dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy taʼlim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama koʻmaklashish sohasida:
oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolanishiga koʻmaklashish;
milliy oliy taʼlim muassasalarida xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllash orqali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
milliy oliy taʼlim muassasalarini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytingiga kirishiga koʻmaklashish uchun dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan birgalikda seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etish;
milliy reytingda yuqori oʻrinlarni egallagan oliy taʼlim muassasalarining tajribasini ommalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va keng targʻib qilish;
reytinglar tuzish boʻyicha dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari metodologiyasi va xalqaro tajribasi haqida tahliliy materiallar tayyorlash va chop etish”;
10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“taʼlim muassasalari reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, taʼlim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazishda bevosita ishtirok etish;
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda oʻquvchilarning ishtirok etishini tashkil etish;
taʼlim muassasalarining xalqaro tashkilotlar va xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorligi masalalarini muvofiqlashtirish”;
ikkinchi xatboshisiga “ozod qilinadigan” soʻzlaridan keyin “birinchi oʻrinbosari va” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshisiga “tegishli ravishda” soʻzlaridan keyin “vazirning birinchi oʻrinbosariga va” soʻzlari qoʻshilsin;
16-bandga “uning” soʻzidan keyin “birinchi oʻrinbosari va” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“pedagog kadrlarga birinchi va oliy malaka toifasi, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimi berish, shuningdek, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida ushbu malaka toifasiga va lavozimiga talabgorlarga malaka toifasini berishda toʻlanadigan yigʻimlardan tushadigan mablagʻlar”;
Davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan mablagʻlar;”;
toʻrtinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Davlat inspeksiyasi boshligʻining qaroriga muvofiq Davlat inspeksiyasi rahbarlari va xodimlariga ular lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorda oylik ustamalar belgilanishi, moddiy yordam koʻrsatilishi, xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbus koʻrsatib bajarganligi uchun mukofotlanishi mumkin”;
j) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son, 04.12.2021-y., 09/21/732/1127-son, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)