18.12.2009 yildagi 319-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIBBIYOT XODIMLARI MALAKASINI OShIRISh VA ULARNI QAYTA TAYYORLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qarorini bajarish yuzasidan, diagnostika va bemorlarni davolashning yuqori texnologik usullarini o‘zlashtirishga, tibbiyot xodimlarining kasb darajasini doimiy oshirib borishga yo‘naltirilgan tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik ordinatura to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Tibbiyot ta’lim muassasalarining klinik bazalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining kadrlar salohiyatidan va moddiy-texnika bazasidan foydalanishni hisobga olgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirishni, shuningdek vrachlarning kasb darajasini takomillashtirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni Davlat budjetining har yilgi parametrlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan pulli-kontrakt asosida tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashdan tushadigan mablag‘lar, homiylarning mablag‘lari va xorijiy grantlar doirasida amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibini belgilaydi hamda ularning uzluksiz kasbiy ta’limini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarning malakali tibbiy yordam olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, shuningdek mijozning ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish maqsadida tibbiyot xodimlari (vrachlar, farmatsevtika xodimlari, o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika kadrlari) o‘z malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirib borishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tibbiyot xodimlari o‘zlarining asosiy mutaxassisligi bazasida malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab qiladigan ikkinchi va undan ortiq (noixtisosli), yoxud qo‘shimcha tor mutaxassislikka ega bo‘lishlari mumkin. Malaka oshirish va qayta tayyorlash amalga oshiriladigan vrachlar (asosiy va qo‘shimcha), farmatsevtika, o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika mutaxassisliklari nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan va boshqa davlatlarda oliy tibbiyot ta’lim muassasalarini tamomlagan tibbiyot xodimlari bazaviy oliy yoxud o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiyot ta’limi to‘g‘risidagi hujjatini belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazgandan so‘ng malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida o‘qishga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorijiy fuqarolarning tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida o‘qishi to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davolash-profilaktika muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tibbiyot xodimlarining o‘qishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ta’lim jarayonini metodik ta’minlash, tibbiyot xodimlarining, shu jumladan davolash-profilaktika muassasalari rahbarlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muddatlari, shuningdek mavjud mutaxassislikka bog‘liq ravishda qayta tayyorlashga qo‘yiladigan mutaxassisliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tuzilmasi va uni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tuzilmasi va uni boshqarish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sifati, o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni (ta’lim, tibbiy, axborot texnologiyalari va boshqa texnologiyalarni) joriy etish darajasi monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari, yetakchi davolash-profilaktika muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari (keyingi o‘rinlarda ITI deb ataladi), ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markazlar (keyingi o‘rinlarda markazlar deb ataladi) va boshqa tashkilotlarning kadrlar salohiyatidan va moddiy-texnika bazasidan foydalanish yo‘li bilan amaliy sog‘liqni saqlash uchun mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish tamoyillariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, tibbiyot xodimlarining malakasini oshiradigan va ularni qayta tayyorlaydigan sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘radi, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish mexanizmi va uslublarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, sog‘liqni saqlashning xususiy tizimida ishlayotgan yuridik va jismoniy shaxslar malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida tibbiyot xodimlarini o‘qitishning buyurtmachisi hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari idoraviy mansub muassasalar barcha nomenklaturasining tibbiyot xodimlari malakasini oshirish bilan to‘liq qamrab olinishi va o‘z vaqtida malaka oshirishi uchun mas’uldirlar, ular o‘qishi kerak bo‘lgan tibbiyot xodimlari kontingentini shakllantiradilar va mavjud ehtiyojni belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda ToshVMOI deb ataladi) vrach kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bazaviy uslubiy markazi hisoblanadi, u ilmiy-uslubiy asoslarni, o‘quv-uslubiy hujjatlarni va vrach kadrlar malakasini oshiradigan va ularni qayta tayyorlaydigan sog‘liqni saqlash muassasalarida ta’lim jarayonini yagonalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ToshVMOI O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, respublika davolash-profilaktika muassasalari, tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning, sog‘liqni saqlashning xususiy sektorida ishlayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari asosida kontingentning istiqbolli rejasini belgilaydi, kurslarni o‘tkazish rejasini tuzadi, ularni o‘tkazish joyi, malaka oshirish va qayta tayyorlash turi va shakllarini aniqlaydi, vrach kadrlarni hamkorlikda o‘qitish uchun oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan shartnomalar tuzadi, o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarining mazmuni bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toshkent Farmatsevtika tibbiyot instituti (keyingi o‘rinlarda ToshFarTI deb ataladi) farmatsevtika kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bazaviy uslubiy markazi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ToshFarTI sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, respublika davolash-profilaktika muassasalari, xususiy dorixona muassasalari, farmatsevtika ishlab chiqarishlarining buyurtmanomalari asosida kontingentning istiqbolli rejasini belgilaydi, kurslarni o‘tkazish rejasini tuzadi, ularni o‘tkazish joyi, malaka oshirish va qayta tayyorlash turi va shakllarini aniqlaydi, o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarining mazmuni bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tayanch uslubiy markazi hisoblanadi, u hududiy bo‘linmalarga uslubiy rahbarlik qiladi, ilmiy-uslubiy asoslarni, o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi o‘zining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari buyurtmanomalari asosida kontingentning istiqbolli rejasini belgilaydi, kurslarni o‘tkazish rejasini tuzadi, ularni o‘tkazish joyi, malaka oshirish va qayta tayyorlashning turi va shakllarini aniqlaydi, o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari mazmuni bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida tibbiyot xodimlarini, shu jumladan xususiy tibbiyot muassasalari va xalqaro tashkilotlar ishtirokida o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim talablariga muvofiq tibbiyot ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi uchun tibbiyot ta’lim dasturlarini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiradigan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, yetakchi davolash-profilaktika muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanning tibbiy amaliyot bilan aloqasini ta’minlaydilar, ilg‘or tibbiyot texnologiyalari sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi ta’lim jarayoniga o‘z vaqtida joriy etilishi mexanizmini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda ToshVMOI, ToshFarTI, Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi bilan birgalikda tabaqalashtirilgan o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini (shu jumladan masofadan turib o‘qitish uchun), shuningdek tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga hamda o‘z bilimini mustaqil oshirishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning ilg‘or uslublaridan va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda profil mutaxassisliklar bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonini amalga oshirish uchun tarqatma materialni ishlab chiqadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy davolash-diagnostika yondashuvlari, yuqori tibbiyot va farmatsevtika texnologiyalarini qo‘llash sohasidagi xorijiy tajribani umumlashtiradilar va joriy etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zarur darajada tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turlari va shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish asosiy yoki turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘li bilan amalga oshiriladi va mutaxassisning kasb darajasi va kasb layoqatini muntazam ravishda oshirishga, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga, yangi tibbiyot texnologiyalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish bevosita (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish) va bilvosita (qoidaga ko‘ra, ta’lim dasturlarisiz o‘qitish) shakllari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bevosita shakllar malakani umumiy va mavzuli oshirishni (takomillashtirishni) o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bilvosita shakllar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka (ish joyiga xizmat safariga yuborish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z bilimini mustaqil oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarning seminar, syezd va konferensiyalarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish kurslarida o‘qish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Malakani umumiy oshirish tibbiyot xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida lavozimni egallab turgan mutaxassislikka muvofiq amalga oshiriladi. Ishlab turgan mutaxassislarni asosiy ishidan ajralgan holda umumiy malaka oshirishga jalb etish quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish va yangilash, zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari, sog‘liqni saqlashni tashkil etishning yangi tamoyillari, diagnostika va kasalliklar profilaktikasining zamonaviy uslublari, dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga asoslangan kasalliklarni davolash standartlari va protokollari bilan tanishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qitish bir yoki bir necha davolash muassasalari bazasida muayyan mutaxassislik bo‘yicha turkum mashg‘ulotlar shaklida (kun mobaynida boshqa fanlarni o‘rganishga chalg‘itmasdan) amalga oshiriladi. Umumiy malaka oshirish sikllarida o‘qishga oliy tibbiy yoki o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarini tamomlagan va tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy malaka oshirish sikllarida shuningdek notibbiyot ta’limiga ega bo‘lgan, biroq tibbiyot mutaxassisliklari bo‘yicha ishlashga qo‘yilgan mutaxassislar ham malaka oshirishlari mumkin. Umumiy malaka oshirish sikllari, qoidaga ko‘ra, mutaxassislik bo‘yicha ish staji kamida 3 — 5 yil bo‘lgan tibbiyot xodimlari uchun tashkil etiladi (lavozimda bo‘lishining birinchi yilida sog‘liqni saqlashni tashkil etish bo‘yicha malaka oshirishdan o‘tishi shart bo‘lgan rahbar tibbiyot xodimlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mavzuli malaka oshirish mutaxassislikning muayyan bo‘limini qamrab oladigan dastur bo‘yicha amalga oshiriladi va quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: tibbiyot xodimlarining tor, shu jumladan ularning kasb faoliyatining turdosh sohasidagi malakasini oshirish (aniq mavzu bo‘yicha); kasbiy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish; yangi davolash-tashxis usullarini o‘zlashtirish; tibbiy dunyoqarashni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavzuli malaka oshirish davolash yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi bazasida ham bazaviy yoki ixtisosli (tor) mutaxassislar uchun, ham turdosh yoki noixtisosli (mos ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha) tibbiyot mutaxassisligi uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72 — 144 soat (0,5 — 1,0 oy) davom etadigan mavzuli malaka oshirishga boshqa noixtisosli mutaxassisliklarning tibbiyot xodimlariga ruxsat beriladi, chunki uzluksiz ta’lim talablariga javob beradi, amaliy sog‘liqni saqlashda ko‘rsatiladigan yordamning sifati yaxshilanishiga ko‘maklashadi, biroq ushbu mutaxassislik bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalarida bo‘sh lavozimlarni egallash uchun asos hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qisqa muddatli (18 — 72 soat) kurslar mutaxassislikning muayyan bo‘limini qamrab oladigan mavzuli malaka oshirish turi hisoblanadi va ishlovchi mutaxassislarni zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan, u yoki bu sohadagi tibbiyot fani yutuqlaridan xabardor qilish, shuningdek rahbar tibbiyot xodimlarini sog‘liqni saqlashni boshqarish va tashkil etishning yangi tamoyillariga o‘qitish maqsadlarida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sayyor sikllar — mutaxassislarni asosiy ishidan ajralgan holda joylarda o‘qitish. Sayyor sikllar umumiy va mavzuli malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘tkaziladi va ToshVMOI, ToshFarTI, Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining ixtisosli kafedralari, tibbiyot institutlarining vrachlar malakasini oshirish fakultetlari tomonidan sog‘liqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari, respublika davolash-profilaktika muassasalari, shuningdek tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq boshqa oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarning mutaxassislari jalb etilgan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayyor sikllar quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: kasbiy faoliyatda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish; ularning kasbiy bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish; yangi davolash-diagnostika usullarini o‘zlashtirish; tibbiy dunyoqarashni kengaytirish; joylarda maslahat berish va davolash-tashxis yordami ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirishning bevosita shakllari davriyligi va davomiyligi uni tashkil etish shakllariga va mutaxassisning malakasi darajasini va individual professional ehtiyojini hisobga olgan holda kadrlarning buyurtmachisi tomonidan belgilanadigan talablarga bog‘liq bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Asosiy ishdan ajralgan holda o‘qishda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish bevosita shakllarining jami davomiyligi har 5 yil uchun quyidagi hajmda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vrach kadrlar uchun — kamida 4 hafta (144 soat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika, o‘rta tibbiyot kadrlari va dorishunos kadrlar uchun — kamida 2 hafta (72 soat).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Malaka oshirishning bevosita shakllaridan muvaffaqiyatli o‘tgan mutaxassislarga o‘tilgan o‘qish soatlari ko‘rsatilgan holda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Stajirovka (ish joyiga xizmat safariga yuborish) ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida, yetakchi davolash-profilaktika muassasalarida, aniq ilg‘or davolash-tashxis usullarini, ilmiy uslublarni o‘zlashtirish, shuningdek tibbiyot xodimlari tibbiyot amaliyotining fan bilan integratsiyasini ta’minlash maqsadiga ega bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohalarida tegishli mutaxassisliklarning eng yangi yutuqlari va texnologiyalari bilan tanishtirish maqsadida respublikada va chet elda o‘tkaziladi. Stajirovka tamom bo‘lgandan keyin mutaxassislarga o‘zlashtirilgan uslub, stajirovka muddati ko‘rsatilgan holda uning stajirovkadan o‘tganligi to‘g‘risida muassasaning rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim asosiy ishdan ajralmagan holda amalga oshiriladigan va bir qancha turlarga ega bo‘lgan (keys-texnologiya, asinxron va sinxron on-layn va boshqalar) axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan malaka oshirishning bilvosita shakllaridan biri hisoblanadi. Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi, malaka oshirishning mustaqil shakli sifatida, yoxud kunduzgi ta’limning masofaviy shaklining tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim kursining davomiyligi kunduzgi o‘qishning tegishli kursi akademik soatlarida belgilanadi, bunda kalendar muddatlar akademik muddatlardan ortiq bo‘ladi. Yangi bilimlarni o‘zlashtirish darajasi tegishli ravishda ToshVMOI, ToshFarTI, Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi tomonidan nazorat qilinadi hamda masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mustaqil ravishda bilim olish tibbiyot xodimlari tomonidan kasb darajasini oshirishga, kasbiy layoqatini va tibbiy dunyoqarashni kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘zining mutaxassisligi va turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha yangi bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni uzluksiz ravishda mustaqil o‘zlashtirishini nazarda tutadi. Mustaqil ravishda bilim olish tibbiy kasbning ajralmas tarkibiy qismidir, u axborot texnologiyalarining egallanishini rag‘batlantiradi, tibbiy xizmatlarning raqobat bozorini rivojlantiradi va pirovard natijada ularning sifatini oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qoidaga ko‘ra 36 — 72 soat davom etadigan tajriba almashish tibbiyot xodimlarining o‘z mutaxassisligi yoki turdosh mutaxassislik bo‘yicha oliy tibbiyot ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarda, shuningdek yetakchi davolash-profilaktika muassasalarida tajribasini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mutaxassislarning seminar, syezd va konferensiyalarda ma’ruzalar bilan qatnashishi tibbiyot xodimlarining tibbiyot fani va amaliyotining dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-uslubiy ma’ruzalar (xabarlar, posterlar) bilan chiqishlari orqali ta’minlanadi. Oldindan ma’lum bo‘lgan mavzu bo‘yicha ma’ruza tayyorlash tegishli tadqiqotlar olib borishni va belgilangan tartibda chop etish uchun ma’ruza tezislari tayyorlashni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlarining seminar, konferensiya va syezdlarda ishtirok etishi axborot va ish tajribasi almashish, davolash-tashxis jarayonini tashkil etishda zamonaviy tendensiyalar bilan tanishish imkoniyatini yaratishga yo‘naltirilgan va ularning kasbiy layoqati darajasi o‘sishiga ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 yilda malaka oshirishning jami soatlarini hisoblashda tegishli sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirda seminar, syezd, konferensiya ishida qatnashishning 1 kuni 8 soat sifatida, ma’ruza bilan qatnashish 16 soat sifatida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ta’lim dasturlari asosida tuzilgan axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish kurslaridan o‘tish ham tibbiyot xodimlari malakasini oshirishning bilvosita shakllariga kiradi. Ushbu kurslar majburiy bo‘lmagani holda tibbiyot xodimlarining kasbiy o‘sishiga hamda axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish ta’minlanishi yo‘li bilan rivojlanishiga ko‘maklashadi. Kurslarni tamomlagandan keyin berilgan sertifikatlarda ko‘rsatilgan o‘qish soatlari soni 5 yilda malaka oshirish bo‘yicha zarur soatlarning jami soniga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Asosiy ishdan ajralgan va asosiy ishdan ajralmagan holda o‘qishda malaka toifasini olish uchun tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish barcha shakllarining jami majburiy davomiyligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vrach kadrlar uchun — kamida 8 hafta (288 soat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika, o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar uchun — kamida 4 hafta (144 soat) hajmida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kurslarni rejalashtirish, malaka oshirish kurslariga yo‘llanmalarni taqsimlash, mutaxassislarni tanlash tartibi va tibbiyot xodimlarining o‘qitish kurslarida o‘qishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash muayyan tanlangan mutaxassislik bo‘yicha yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalar, ushbu mutaxassisning malaka tasnifiga muvofiq va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatida mijozni qoniqtiradigan darajada tibbiy faoliyatni amalga oshirishi uchun zarur va yetarli hajmda o‘zlashtirilishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Quyidagilar vrach kadrlarni qayta tayyorlashning asosiy turlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi ixtisoslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shimcha ixtisoslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik ordinatura.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Birlamchi ixtisoslashtirish vrachlarni qayta tayyorlash turi bo‘lib, qoidaga ko‘ra, turdosh vrachlik mutaxassisligini olish va keyinchalik tegishli kasbiy faoliyatni bajarish maqsadida kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs vrachlik mutaxassislaridan birini olganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lganda, mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yil ish staji mavjud bo‘lganda birlamchi ixtisoslashtirishdan o‘tish huquqiga ega bo‘ladi hamda mutaxassislarga bo‘lgan mavjud ehtiyojga muvofiq ham sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, vazirliklar, idoralar va tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud bo‘lgan tashkilotlarning yo‘llanmasi bo‘yicha, ham vrachning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ayrim tibbiyot mutaxassisliklari bo‘yicha tegishli birlamchi ixtisoslashuvdan bazaviy oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom mavjud bo‘lgan taqdirda vrachlik stajini hisobga olmagan holda o‘tishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tayyorlashning ushbu turi asosiy ishdan ajralgan holda, tegishli ta’lim dasturlari, kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasi mavjud bo‘lgan taqdirda ToshVMOI, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar bazasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Birlamchi ixtisoslashtirish muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda vrachlarga o‘tilgan soatlar soni ko‘rsatilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat bazaviy oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lgan shaxslar uchun — sog‘liqni saqlashning ambulator bo‘g‘inida klinik ixtisoslikdagi mutaxassisning bo‘sh lavozimini egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura, klinik ordinatura yoki boshqa klinik mutaxassisliklar bo‘yicha internaturani tamomlagan shaxslar uchun — ham sog‘liqni saqlashning ambulator, ham statsionar bo‘g‘inlarida qo‘shimcha egallangan mutaxassislik bo‘yicha mutaxassisning bo‘sh lavozimini egallash huquqini beradigan belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qo‘shimcha ixtisoslashtirish qo‘shimcha (mavjud asosiy ixtisosga qo‘shimcha) vrach mutaxassisligini egallash maqsadida yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan vrachlarni qayta tayyorlash turi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura, klinik ordinatura yoki internatura orqali asosiy mutaxassislikka ega bo‘lgan vrachlar qo‘shimcha ixtisoslashtirishdan o‘tishga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha ixtisoslashtirish muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda vrachlarga o‘tilgan o‘quv soatlari soni ko‘rsatilgan holda sog‘liqni saqlashning ambulator va statsionar bo‘g‘inlarida tegishli mutaxassisning bo‘sh lavozimni egallash huquqini beradigan belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Vrachlarning birlamchi va qo‘shimcha ixtisoslashuvi asosiy ishdan ajralgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qish sharti bilan, guruhlarda va yakka tartibda amalga oshiriladi. Yakka tartibda o‘qish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda qayta tayyorlashni tashkil etadigan muassasa tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ixtisosliklar ro‘yxati bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘qishning kunduzgi — masofadan turib o‘qitiladigan shakliga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida tibbiyot xodimlari malakasini oshirishga o‘qitishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Vrachlarni kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashtirish) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan asosiy va qo‘shimcha vrach mutaxassisliklari nomenklaturasiga muvofiq o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Vrachlarning birlamchi va qo‘shimcha ixtisoslashuvining davomiyligi, qoidaga ko‘ra, 1 oydan 12 oygachani (144 — 1728 soat) tashkil etadi va vrach-mutaxassisning malaka tavsifiga muvofiq tuzilgan ta’lim dasturi bilan belgilanadi, oldingi oliy tibbiy ma’lumot darajasiga, mavjud va o‘zlashtiriladigan ixtisoslikka, qayta tayyorlash turi va mehnat sarfiga, o‘qitish shakliga bog‘liq bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ta’limning olingan yo‘nalishiga, mavjud asosiy vrachlik ixtisosligiga, o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar hajmiga muvofiq birlamchi va qo‘shimcha ixtisoslashtirish kurslariga qabul qilish tartibi va o‘qish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ta’lim turi sifatida klinik ordinatura kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimiga tegishli bo‘ladi hamda vrachlarning uzluksiz kasbiy ta’limi ko‘p pog‘onali tuzilmasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Klinik ordinaturada o‘qish vrach klinik mutaxassisliklarining biri sifatida amaliy sog‘liqni saqlash uchun yuqori professional kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. O‘rta tibbiyot kadrlari va dorishunos kadrlarning ixtisoslashuvi qayta tayyorlash turi hisoblanadi, keyingi darajadagi bo‘sh lavozimlarni, yoxud o‘sha darajadagi lavozimni, biroq boshqa ixtisoslikdagi lavozimni egallash va mutaxassisning malaka tasnifiga muvofiq keyinchalik tibbiy professional faoliyatning yangi turini bajarish maqsadida yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rta tibbiyot kadrlari 1-darajali lavozimlarda kamida 4 oy ish stajiga ega bo‘lganlarida ixtisoslashtirish kurslarida o‘qish huquqiga ega bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ixtisoslashish asosiy ishdan ajralgan holda va o‘qitishning to‘lov-kontrakt shartlarida, guruhlarda va yakka tartibda amalga oshiriladi. Yakka tartibda o‘qish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Respublika o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxati kadrlarga bo‘lgan ehtiyojga qarab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan bir qancha mutaxassisliklar bo‘yicha ixtisoslashish o‘rta tibbiyot va dorishunos xodimlarning malakasini oshirishga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish muddatlari bazaviy ta’limning yo‘nalishi, mutaxassisning malaka tasnifida funksional vazifalari hisobga olingan holda tuzilgan o‘quv dasturlari mazmuni bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashishni muvaffaqiyatli tugallagan o‘rta tibbiyot xodimlariga va dorishunos xodimlarga o‘qilgan soatlar soni ko‘rsatilgan holda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat 2 va 3-darajalardagi o‘rta tibbiyot kadrlarining bo‘sh lavozimlarini egallash huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Vrachning ish stajida 3 yil va undan ortiq tanaffuslar bo‘lgan taqdirda (ijtimoiy ta’tillar, tibbiyot mutaxassisligi uchun ixtisosli bo‘lmagan ish, uzoq vaqt kasal bo‘lish, nogironlik va hokazolar) vrach o‘zining kasbiy faoliyati tiklanishidan oldin bazaviy (umumiy amaliyot vrachi, umumiy amaliyot vrachi-pedagogi, umumiy pediatr, umumiy stomatolog, umumiy gigiyenist-epidemiolog), oldingi yillarda uni egallaganlik to‘g‘risidagi hujjat bilan tasdiqlanadigan asosiy yoki qo‘shimcha ixtisoslikka muvofiq ixtisoslashish kurslaridan o‘tishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ixtisoslashish kurslariga qabul qilish tartibi va uni o‘tash muddatlari, sertifikatlar namunalari, ixtisosliklar turlari, lavozimlarni egallash tartibi, o‘rta tibbiyot kadrlarining lavozim darajalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida o‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi professor-o‘qituvchilar tarkibining ish vaqti normalari jami ish vaqtini hisobga olish doirasida 1540 soat hajmida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sog‘liqni saqlash muassasalari rahbar xodimlarining malakasini oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Direktor, bosh vrach, boshqarma (departament) boshlig‘i, ularning davolash, ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari yoki iqtisodiy masalalar, umumiy masalalar bo‘yicha shunga o‘xshash lavozimlarni egallab turgan shaxslar sog‘liqni saqlash muassasalarining rahbar xodimlari doirasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari lavozimini egallab turgan barcha shaxslar belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’lim dasturlariga muvofiq tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari bo‘yicha muntazamlilik asosida malaka oshirish kurslarida o‘qishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari malakasini oshirishga umumiy rahbarlikni Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi, Vazirlik buyurtmachi hisoblanadi, ta’limning ushbu turini takomillashtirish yo‘llari, mexanizmlari va usullarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari lavozimini egallab turgan barcha shaxslarning malaka oshirishida o‘z vaqtida va to‘liq qamrab olinishi uchun mas’uldir, ular ehtiyojni belgilaydilar va o‘qishi kerak bo‘lgan kontingentlarni shakllantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari malakasini oshirish tizimining bazaviy uslubiy va tashkiliy markazi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari bo‘yicha rahbar xodimlar malakasini oshirish zamonaviy menejmentning tizimli asoslari, strategik menejment va biznes-rejalashtirish, sog‘liqni saqlash muassasalari va tibbiyot xodimlari faoliyatining normativ-huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy jihatlari, tashkilot xodimlarini boshqarish asoslari, tibbiy xizmatlar marketingi, tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini boshqarishning boshqa dolzarb masalalari kabi bo‘limlar bo‘yicha bilimlarning chuqurlashtirilishi, kengaytirilishi va yangilanishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari malakasini oshirish mavzuli malaka oshirishi maxsus kurslari shaklida o‘tkaziladi. Har 5 yilda ushbu kurslarda o‘qishning jami davomiyligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy ma’lumotli rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari uchun — kamida 216 akademik soatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlarning moliyaviy-iqtisodiy ixtisoslikdagi o‘rinbosarlari uchun — kamida 108 akademik soatni tashkil etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Malaka oshirish jarayonining uzluksizligi, maqbulligi va tezkorligini ta’minlash maqsadida rahbar xodimlarni tibbiyot muassasalari menejmenti masalalariga o‘qitish asosiy ishdan ajralgan holda 18 akademik soatdan 72 akademik soatgacha davom etadigan qisqa muddatli kurslar shaklida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasalari rahbar xodimlari malakasini oshirish 2 yilda kamida 1-marta o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tibbiyot muassasalari menejmenti masalalari bo‘yicha malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarning mavjudligi rahbar xodimlarni egallab turgan lavozimiga muvofiqlikka attestatsiyadan o‘tishi va malaka toifasiga attestatsiyadan o‘tishining majburiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sifatini nazorat qilish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning sifatini nazorat qilish va baholash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ichki nazorat, u quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy bilimlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni egallash darajasini joriy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qish tugallangandan keyin mutaxassislik bo‘yicha attestatsiyani o‘z ichiga oladigan yakuniy nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ham o‘z kafedralarida, ham tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning qo‘shma shartnomalari bo‘yicha jalb etilgan muassasalarda ta’lim jarayonini amalga oshirish muqobilligi bo‘yicha tegishli ravishda ToshVMOI, ToshFarTI, Respublika o‘rta tibbiyot xodimlari va dorishunos xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi tomonidan amalga oshiriladigan ma’muriy nazorat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, kadrlarning boshqa buyurtmachilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat.
(62-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Yakuniy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha attestatsiya komissiyasi tarkibi malaka oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasaning rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida egallangan bilimlar va ko‘nikmalarni baholash mezonlari, yakuniy attestatsiyani o‘tkazish tartibi, ta’lim jarayoni sifatini baholash monitoringi mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’limning ushbu turida jalb etilgan muassasalarda malaka oshirish va qayta tayyorlash sifati monitoringini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka toifalarini berishda — malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida o‘qigan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malaka darajasi monitoringini baholashni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Chet elda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida berilgan hujjatlar (sertifikatlar, guvohnomalar) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan ekspertiza asosida tasdiqlanishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning haqiqiyligi, dasturlarga va mutaxassis malaka tasnifining u o‘qigan muddatlarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi. Ekspertizani o‘tkazish tartibi va chet elda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida berilgan hujjatlar (sertifikatlar, guvohnomalar) bo‘yicha xulosalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga davlat tomonidan qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga davlat tomonidan qo‘yiladigan talablar “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq belgilanadi va ular tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida ta’lim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, uslubiy ta’minlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv rejasi va o‘quv dasturi yetakchi olimlar, mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan tuziladi va ta’lim jarayonini uslubiy ta’minlashning ajralmas qismi, uslubiy-normativ hujjatlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv dasturi mutaxassisning malaka tasnifiga muvofiq tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bazaviy uslubiy markazlari tomonidan ishlab chiqiladi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
annotatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish (o‘quv dasturining maqsadi va vazifalari, kutilayotgan natijalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qism (ma’ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar mavzulari, ularni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar ro‘yxati, o‘quv yuklamasi hajmi, o‘quv adabiyotlari va monografiyalar ro‘yxati).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu o‘quv dasturi asosida muassasaning moddiy-texnika bazasi holatidan va oliy tibbiyot ta’lim muassasalari kafedralari o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarning xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan bemorlar kontingentidan kelib chiqib ma’ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar mavzulari bo‘yicha ajratilgan soatlarga 20 foizgacha hajmda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bunda mashg‘ulotlarni olib borish, shu jumladan o‘qitish texnologiyasi, amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uslubi, tarqatma materiallar, test savollari va kurs mavzulari bo‘yicha vaziyatli topshiriqlar bo‘yicha zarur uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida o‘quv dasturi mazmuniga qo‘yiladigan talablar mutaxassislik bo‘yicha zarur hamda yetarlicha bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hisobga olingan holda mutaxassisning malaka tavsifnomasiga qat’iy muvofiqlik tamoyillari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quv dasturi fan, texnika, texnologiyaning eng so‘nggi yutuqlariga muvofiq tashkil etilishi hamda tibbiy ta’lim tizimida uzviylik va izchillikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quv dasturida ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash va ularni o‘zlashtirish nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim jarayoni an’anaviy didaktik va interaktiv pedagogik metodlardan foydalangan holda, shuningdek mutaxassislik bo‘limlarini har tomonlama qamrab olish va to‘laqonli amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lish maqsadida ta’lim olayotganlarning davolash-tashxis va ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etishi orqali tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. O‘quv rejalari va dasturlarini tuzish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini ta’lim jarayoniga joriy etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik ordinatura to‘g‘risida

1. Ushbu Nizom tibbiy klinik mutaxassisliklar bo‘yicha klinik ordinaturaga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Klinik ordinatura — kadrlarni qayta tayyorlash tizimiga kiradigan ta’lim turi bo‘lib vrachlarning uzluksiz kasbiy ta’limi ko‘p pog‘onali tuzilmasining bir qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vrachlarni klinik ordinaturada o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan vrachlik mutaxassisliklari nomenklaturasi bo‘yicha, mutaxassisga qo‘yiladigan ixtisoslik talablari asosida tuzilgan har qaysi mutaxassislik bo‘yicha o‘quv rejasi va o‘quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vrachlarni klinik ordinaturada o‘qitishni amalga oshiradigan tibbiyot muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan quyidagilardan kelib chiqqan holda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy maktablarni shakllantiradigan tegishli yuqori malakali ilmiy-amaliy kadrlar potensialining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyali va malakali tibbiy yordamni amalga oshirish imkonini beradigan moddiy-texnik bazaning holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan klinik ordinatorlarni o‘qitish bo‘yicha ta’lim dasturining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Klinik ordinatura bitiruvchilariga o‘qish jarayonida olingan mutaxassislik bo‘yicha amaliy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Klinik ordinaturaga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Klinik ordinaturaga tayanch oliy tibbiy ma’lumot asosida ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha vrachlar, shuningdek ilgari klinik ordinaturani yoki magistraturani tamomlagan hamda ixtisosidan tashqari ikkinchi mutaxassislikni olishni xohlagan mutaxassislar qabul qilinadi. Vrachlarni ikkinchi tor mutaxassislik bo‘yicha klinik ordinaturaga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Klinik ordinaturaga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlov sinovlari yiliga bir marta, qoidaga ko‘ra, avgustning oxirgi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari hisoblanadigan, boshqa davlatlarda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarini tugatgan vrachlar oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjati belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilingandan keyin kirish imtihonlariga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Klinik ordinaturaga tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari bo‘lgan boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning yo‘llanmasi bo‘yicha o‘qishga kiradigan vrachlar tanlov sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgandan keyin pulli-kontrakt asosida o‘qishga qo‘shimcha o‘rinlar bo‘yicha (ta’lim/ilmiy muassasalar kafedralari/bo‘limlarining tegishli kadrlar potensiali va moddiy-texnik bazasi mavjud bo‘lgan taqdirda) qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika muassasalarining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda, ta’lim va ilmiy muassasalar, mintaqalar bo‘yicha klinik ordinaturada o‘qitish uchun o‘rinlar sonini, qabul muddatini, zarur hujjatlar ro‘yxatini, tanlov sinovlarini o‘tkazish soni va shaklini, baholash mezonlarini, qabul bo‘yicha hisobot shakllarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablag‘lari hisobidan vrachlarni klinik ordinaturada o‘qitish o‘rinlari soni tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat budjetining har yilgi nazarda tutiladigan moliyalashtirish hajmi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi klinik ordinaturaga qabulni o‘tkazish uchun respublika ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qiladi, arizalar berish muddati e’lon chop etilgan kundan boshlab kamida 30 kundan iborat qilib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ta’lim muassasasining rahbari tibbiy oliy ta’lim muassasasining rektori (prorektori) yoki tibbiy ilmiy muassasasining direktori (o‘rinbosari) raisligida qabul komissiyasini tashkil etadi va uning tarkibini tasdiqlaydi. Qabul komissiyasi tarkibiga turli klinik mutaxassisliklar bo‘yicha yetakchi olimlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Klinik ordinaturaga qabul qilish komissiyasining mas’ul kotibi lavozimiga nomzodlar har yili muqobil asosda tasdiqlash uchun muassasalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga may oyining birinchi o‘n kunligidan kechikmay kiritiladi. Komissiyaning mas’ul kotibi yangi muddatga, lekin ko‘pi bilan qatorasiga ikki yil tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Klinik ordinatorlarni tayyorlovchi muassasalar klinik ordinaturaga kirish istagini bildirgan tanlovda ishtirok etuvchi vrachlarning ro‘yxatini hujjatlar qabuli tugallangandan so‘ng, tanlov sinovlari boshlangunga qadar, belgilangan shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan klinik ordinaturaga kirish uchun maqsadli (ish beruvchi — hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari yoki boshqa muassasalar, ta’lim beruvchi muassasa klinik ordinator bilan tanlovdan o‘tgandan keyin uch tomonlama shartnoma tuziladi) va umumiy tanlov asosida erkin o‘rinlar (shartnoma tuzmasdan) ajratiladi. Maqsadli o‘qitishga tanlov asosida olish mutaxassisliklar bo‘yicha ajratilgan o‘rinlarga muvofiq, keyin hududiy prinsipdan kelib chiqqan holda — respublikaning bitta mintaqasida yashaydigan (yoki keyinchalik ishga joylashtirilishini xohlovchi) talabgorlar o‘rtasida amalga oshiriladi. Tanlov yakunlariga ko‘ra to‘lmagan bitta mutaxassisliklar bo‘yicha maqsadli o‘rinlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda, boshqa mintaqalar uchun qayta taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. To‘plangan ballar reytingi bo‘yicha tanlovdan o‘tgan (bunda shaxs mumkin bo‘lgan eng yuqori ballarning kamida 30 foizini to‘plashi kerak) va o‘qish pulini to‘lagan (to‘lov-kontrakt shakl uchun) shaxslar klinik ordinaturaga qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli o‘rinlar bo‘yicha, shu jumladan tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud bo‘lgan boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar yo‘llanmasi bo‘yicha qo‘shimcha o‘rinlarga o‘qishga qabul qilish, ko‘rsatib o‘tilgan shartlardan tashqari, o‘qish tugagach ishga joylashtirish va keyinchalik uch yil ishlab berish yuzasidan uch tomonlama (o‘qitadigan muassasa, klinik ordinator — hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi /vazirlik/idora/tashkilot) shartnoma tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashaydigan, Toshkent shahri muassasalaridagi klinik ordinaturaga kirish uchun tanlovda ishtirok etgan va sinovlar natijasida yuqori ball to‘plagan vrachlar o‘z xohishiga ko‘ra va qabul qiluvchi ta’lim muassasasida tegishli kadrlar potensiali hamda zamonaviy moddiy-texnik uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘qish uchun boshqa mintaqaning tegishli tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Klinik ordinaturada o‘qishga talabgorlarning, tanlovda qatnashgan va sinovlar natijalariga rozi bo‘lmaganlarning arizalari (arizalarni berish muddatlari — natijalar e’lon qilingandan keyin uch kun mobaynida) apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi (ko‘rib chiqish muddati — ariza berilgandan keyin 24 soat mobaynida). Apellatsiya komissiyasi muassasa rahbarining buyrug‘i asosida tashkil etiladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga soha yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi mutaxassislar jalb etiladi. Talabgor apellatsiya komissiyasi qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda ushbu qaror yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlov komissiyasining xulosasi asosida klinik ordinaturaga qabul qilish muassasa rahbarining buyrug‘i bilan har yili 10-sentabrgacha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqalarning u yoki bu mutaxassis vrachlarga bo‘lgan ehtiyojiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, o‘qitadigan muassasaning kadrlar potensialini va moddiy-texnik bazasini hisobga olgan holda, klinik ordinaturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilish tugallangach muassasa rahbarlari 10-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga klinik ordinaturaga vrachlar qabuli to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. O‘qitish uchun to‘lovni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. To‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qitish to‘lovining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Har bir o‘quv yili uchun to‘lov ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha alohida, bir nafar o‘quvchi hisobiga xarajatlarni to‘liq qoplash miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qitish to‘lovini unga har oyda to‘lanadigan stipendiyani qo‘shmasdan va har oylik stipendiya miqdorini to‘lamasdan to‘lashga yo‘l qo‘yiladi, bunda ushbu o‘qitish shartlari kontraktda ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bazaviy hisoblash miqdori o‘zgargan taqdirda tegishli ravishda qolgan o‘qitish vaqti uchun to‘lov summasi ham o‘zgaradi. Bunda kontraktlarga tegishli qo‘shimchalar kiritiladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘qitish uchun to‘lov jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan to‘liq yoki qisman bo‘lib-bo‘lib (belgilangan summaning kamida 50 foizi miqdorida), lekin kontraktda belgilangan muddatlarda yiliga ko‘pi bilan 2-marta to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymatini budjet mablag‘lari hisobiga to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik ordinaturada o‘qiyotgan vrachlarga muassasa tomonidan tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasining 6- razryadi bo‘yicha, toifasiz mutaxassis vrachning tarif stavkasi miqdorida stipendiya to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Klinik ordinaturada o‘quv jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Klinik ordinaturada o‘qitish kunduzgi shaklda, asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi. O‘qitish muddati, qoidaga ko‘ra, kamida ikki yilni tashkil qiladi va mutaxassisning malaka tavsifnomasini hisobga olgan holda tuzilgan o‘quv dasturi bilan belgilanadi. Klinik ordinaturadagi o‘qish muddati mutaxassislik bo‘yicha vrachlik mehnat stajiga qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Klinik ordinaturada o‘qitish muddati klinik ordinatorlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi muassasa rahbarining buyrug‘i bilan qonunchilikka muvofiq, homiladorlik, tug‘ruq va chaqaloqni parvarish qilish bo‘yicha ta’til vaqtiga, zaxiradagi harbiy xizmatchining harbiy xizmatga chaqirilishi munosabati bilan, shuningdek tibbiyot muassasalarining tegishli xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda ordinatorning kasallik davriga uzaytirilishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bo‘ycha rektor (direktor)ning buyrug‘i bilan, belgilangan tartibda akademik ta’til rasmiylashtiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda akademik ta’til vaqti uchun stipendiyalar to‘lash, klinik ordinatorga rahbarlik qilganlik uchun to‘lov, o‘qitish bo‘yicha boshqa xarajatlar to‘xtatib turiladi. Ijtimoiy nafaqalar to‘lash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qishga tiklangandan keyin klinik ordinatorlar ta’lim dasturining o‘zlashtirilmagan bo‘limlari bo‘yicha o‘qishni davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Boshqa mintaqalardan kelgan hamda oliy ta’lim muassasalari va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining klinik ordinaturasiga kirgan vrachlar belgilangan tartibda yashash joylari bilan ta’minlanadilar. Tibbiyot ilmiy-tadqiqot institutlari, ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markazlar talabalar va tinglovchilar uchun yotoqxonalarga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi yoki Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘zlarida o‘qiyotgan klinik ordinatorlarni yashash joylari bilan ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. O‘qishga qabul qilingandan keyin 1 oy mobaynida mashg‘ulotlarga kirmagan yoki mashg‘ulotlarga 1 oydan ortiq qatnashmagan, yarim yillik yoki yillik attestatsiyadan o‘tmagan, kontrakt pulini o‘z vaqtida to‘lamagan, shuningdek yakka tartibda tayyorlanish rejalarini belgilangan muddatlarda bajarmagan shaxslar kafedra (bo‘lim, laboratoriya va shu kabilar) mudirining taqdimnomasiga asosan muassasa rahbarining buyrug‘i bilan klinik ordinaturadan o‘qishdan chiqariladi. O‘qitishning birinchi yilida ko‘rsatib o‘tilgan sabablar bo‘yicha klinik ordinaturadan chetlatilgan shaxslar o‘qishga qayta tiklanmaydi. O‘qitishning ikkinchi yilida o‘qishdan chetlatilgan klinik ordinatorlar yangi o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tiklanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Klinik ordinaturada o‘qiyotgan shaxslar muassasaning ichki tartib-qoidalarini buzgan, attestatsiyada o‘rganilayotgan mutaxassislikka nomuvofiq deb e’tirof etilgan (kasbi bo‘yicha layoqatsiz bo‘lgan), shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda mashg‘ulotlardan chetlashtirilishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra klinik ordinaturadan chetlashtirilgan shaxslar o‘qishga qayta tiklanmaydi, lekin klinik ordinaturaga kirish uchun tanlovda takroran qatnashish huquqiga egadirlar, kasbi bo‘yicha layoqatsizligi sababli chetlashtirilgan hollarda esa — faqat boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha qatnashish huquqiga ega.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Klinik ordinatorlarni bir muassasadan boshqasiga o‘tkazishga aynan shu mutaxassislik bo‘yicha, yarim yillik yoki yillik attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgandan keyin va o‘qitish uchun o‘rinlar bo‘lgan taqdirda muassasalarning rahbarlari roziligi asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsati bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy tibbiyot ta’lim muassasasini tamomlagan, boshqa mamlakatlar muassasasidagi klinik ordinaturaga o‘qishga kirgan va o‘qishni O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot muassasalarida davom ettirish istagini bildirgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlovchi hujjatlar (o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqning va o‘qish yuzasidan shartnomaning nusxalari, nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasiga doir ijobiy baholar, boshqa mamlakatdagi ta’lim olinayotgan muassasaning iltimosnomasi) asosida o‘tishga ruxsat beradi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadigan, boshqa mamlakatlarning tibbiyot oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va ushbu mamlakatlarning klinik ordinaturasiga kirgan vrachlar O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot muassasalariga o‘tkazilishda, yuqorida sanab o‘tilgan tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari, oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nostrifikatsiyasi to‘g‘risidagi guvohnomani ham taqdim etishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Klinik ordinatorlar o‘qitish vaqtida vrachlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishi mumkin emas, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. O‘qitishning ikkinchi yilidagi klinik ordinatorlar soha mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy faoliyatni bajarish uchun mintaqalarga 30 kungacha muddat bilan xizmat safariga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Klinik ordinatorlarni tayyorlash muassasaning Ilmiy kengashi tayinlaydigan malakali mutaxassislar (professor, dotsent va ilmiy muassasalarning ularga tenglashtirilgan lavozimi) rahbarligida yakka tartibdagi reja bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Klinik ordinatorni tayyorlashning yakka tartibdagi rejasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim dasturiga va mutaxassisning malaka tavsifnomasiga muvofiq bilimlar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash-profilaktika muassasalarining soha bo‘yicha bo‘limlarida mutaxassislikning asosiy va yondosh bo‘limlarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirishni (rotatsiya) hisobga olgan holda tuzilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar buyurtmachisining va o‘qitilayotganning xohishiga ko‘ra mutaxassislikning u yoki bu bo‘limlari chuqur o‘rganilishini hisobga olgan holda tuzilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislikning bo‘limlari bo‘yicha nazariy tayyorlanishning muddatlarini, mavzularini va nazorat qilish turini, o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar va malakalar ro‘yxatini, turlari va sonini hamda mutaxassislik bo‘limlari bo‘yicha amalda bajarilgan mustaqil ishlarni (referatlar, sharhlar, prezentatsiyalar va shu kabilarni) aks ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafedra (bo‘lim, laboratoriya va shu kabilar) majlisida muhokama qilinadi va tuzatishlar kiritilgandan keyin kafedra (bo‘lim, laboratoriya va shu kabilar) rahbari tomonidan vrach klinik ordinaturaga qabul qilingan kundan boshlab 1 oydan kechikmay tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik ordinatorni tayyorlashning yakka tartibdagi rejasida shuningdek professor va dotsentlar tomonidan bemorlarni ko‘zdan kechirishdagi ishtirok etish, ularning leksiyalarida qatnashish, poliklinika, statsionar, davolash, tashxis xonalari, bo‘limlar va shu kabilarda mustaqil ravishda bajarilgan amaliy ishlar hajmining bajarilishi ham aks etgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik ordinatorni tayyorlashning yakka tartibdagi rejasida asosiy va yondosh mutaxassisliklar bo‘limlari va yondosh fanlar bo‘yicha sinov imtihonlarini topshirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik ordinatorni tayyorlashning yakka tartibdagi rejasi shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Klinik ordinatorlarning bilimlari va ko‘nikmalari hajmini kengaytirish maqsadida ular klinik ordinatorni tayyorlashning yakka tartibdagi rejasidan tashqari amalga oshiriladigan ilmiy ishlarni bajarishga (referatlar, mavzuli tahlillar va adabiyotlar sharhini tuzish, tibbiy amaliyotdagi ba’zi qoidalarni yoritish, konferensiyalarda ma’ruzalar qilish, yangi dori-darmonlarni klinik sinovdan o‘tkazish va shu kabilarga) jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Klinik ordinatorning eng yuqori yuklamasi tegishli mutaxassislik vrachi oylik yuklamasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bundan tashqari, klinik ordinator mustaqil ishlarni bajaradi. Mustaqil ishlarni bajarish vaqtining hajmiga uning rahbari tomonidan belgilanadigan bo‘limlardagi jadval bo‘yicha bir oydagi bepul majburiy ikkita tungi (kechki) navbatchilik kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. O‘quv yuklamasining umumiy hajmi quyidagi tarzda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlash vaqtining 80 foizgachasi — asosiy va yondosh mutaxassisliklarni o‘rganishga ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizgachasi — yondosh fanlarni (patanatomiya, patofiziologiya, klinik farmakologiya va boshqalarni) o‘rganishga ajratiladi. Klinik ordinator tomonidan o‘rganish uchun majburiy bo‘lgan yondosh mutaxassisliklar va fanlar ro‘yxati ularni tayyorlashning o‘quv dasturlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shimcha fanlar (xorijiy tillar, kompyuter kurslari va boshqalar) mustaqil tayyorlanish soatlari hajmiga fakultativ mashg‘ulotlar tarzida klinik ordinatorlarni tayyorlash o‘quv dasturiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bir nafar klinik ordinatorga rahbarlik qilganlik uchun ilmiy rahbarga ilmiy muassasalar xarajatlarining budjet smetalarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida, shuningdek klinik ordinatorlarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hisobiga har yili 25 soat hisobidan soatbay haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalarida va malaka oshirish institutlarida ilmiy rahbarning klinik ordinatorlar bilan olib boradigan ishlari ularning o‘quv yuklamasiga hisoblanadi va bir nafar klinik ordinator uchun yiliga 25 soat hisobidan haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik ordinatorlarning ilmiy rahbarlarini rag‘batlantirish muassasaning Ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra klinik ordinatorlarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. O‘quv yili mobaynida yarim yillik, yillik (o‘qitishning birinchi yili tugagach) va yakuniy attestatsiya o‘tkazish nazarda tutiladi. Yetakchi olimlardan (yarim yillik, yillik va yakuniy attestatsiya) hamda kadrlar buyurtmachisi vakillaridan (yakuniy attestatsiya) iborat bo‘ladigan attestatsiya komissiyasi tarkibi muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi, komissiya raisi etib ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. O‘qitish jarayonida klinik ordinatorlar bilimlari va malakasini baholashda 100 balli baholash tizimi qo‘llanadi. Bunda nazorat qilishning quyidagi turlari nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat (mutaxassislik va yondosh fanlar bo‘limlari bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalarni baholash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim yillik, yillik (o‘qitishning har bir semestri oxirida) va yakuniy attestatsiya;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat (nazorat tadbirlari rejasi bo‘yicha va rejadan tashqari ta’lim faoliyatini monitoring va nazorat qilish) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi nazorat (muassasalarni belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish).
(38-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Klinik ordinator, uning amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti kafedra majlisida ma’qullangandan keyin, yarim yillik, yillik va yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladi. Hisobot kafedra (bo‘lim, laboratoriya va shu kabilar) rahbari tomonidan tasdiqlanadi va attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyani o‘tkazish tartibi (hisobot hujjatlari ro‘yxati, o‘tkazish shakli va muddatlari, olingan bilimlar va ko‘nikmalarni nazorat qilish turlari) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Joriy o‘quv yilidagi o‘qitish dasturi tugallangandan keyin, attestatsiya natijalariga muvofiq, bilimlar va ko‘nikmalarning reyting nazoratini hisobga olgan holda, attestatsiya komissiyasi tomonidan klinik ordinatorlarni navbatdagi kursga o‘tkazish, o‘qishdan chetlashtirish yoki klinik ordinaturani tugatganlik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik ordinatorning tayyorgarlik darajasini baholash va yakuniy attestatsiya komissiyasining qarori muassasaning Ilmiy kengashida o‘qib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Klinik ordinaturada mutaxassislar tayyorlash sifati, ularning amaliy sog‘liqni saqlash barcha bo‘g‘inlarida mustaqil ravishda ishlashga tayyorligi uchun javobgarlik muassasalar va kafedralar (bo‘limlar, laboratoriyalar va shu kabilar) rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Klinik ordinaturani muvaffaqiyatli tugatgan shaxslarga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq guvohnoma belgilangan tartibda beriladi, u olingan vrachlik mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beradi. Guvohnomada mutaxassislikni o‘zlashtirish darajasining o‘rtacha umumiy bahosi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. O‘qitishning ikkinchi yilidagi ta’lim dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan klinik ordinatorlar rahbarlarining yozma tavsiyanomasi asosida mehnat shartnomasi bo‘yicha soha bo‘limlarida tungi navbatchilik qilish yoki o‘qishdan tashqari vaqtda mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqiga egadirlar. Bunda o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash klinik ordinatorning yakka tartibdagi rejasini bajarishga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Klinik ordinatura bitiruvchilarini ishga joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Maqsadli klinik ordinaturaga qabul qilingan vrachlar o‘qish tugagach hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari (tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar) ixtiyoriga uch yil ishlab berish shartnoma shartlarini bajarish uchun qaytib kelishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Maqsadli klinik ordinaturaga kirishda vrachlar bilan kontrakt tuzgan hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari (tasarrufida davolash-profilaktika muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar) o‘qitish muddati tugagach ularni olingan mutaxassislikka muvofiq bo‘lgan lavozimga doimiy ishga joylashtirishi va tayyorlangan mutaxassis ishga joylashgan muassasaning joyi to‘g‘risida yozma tarzda ma’lum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat granti asosida oliy ta’lim muassasasini tugatgan bitiruvchilar ham erkin umumiy tanlov bo‘yicha (uch tomonlama shartnoma tuzmasdan) klinik ordinaturaga kirgan taqdirda o‘qishni tugatgandan keyin, olingan mutaxassislik bo‘yicha taqsimotga muvofiq, oliy ta’lim muassasasi yo‘llanmasi bo‘yicha uch yil ishlab berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Erkin tanlov bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida klinik ordinaturaga kirgan va bakalavriatda o‘qishni tugatgandan keyin taqsimot bo‘yicha davlat oldida majburiyatga ega bo‘lmagan vrachlar klinik ordinaturada o‘qishni tugatgach mustaqil ravishda, shu jumladan sog‘liqni saqlash xususiy sektori yuridik shaxslari bilan mehnat shartnomasi bo‘yicha ishga joylashish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va klinik ordinatura bitiruvchilarini ishga joylashtirish monitoringini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik ordinatura to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klinik ordinaturani tugatganlik to‘g‘risida guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎‎SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI‎

____________________________________

(muassasaning nomi)‎

GUVOHNOMA‎

№ AA 000000‎

Vrach______________________________________________________________ ga‎
____________________________________________________________klinik‎
ordinaturada 20____ yil ______dan 20_____ yil_____gacha_______________
_____________________________________________________mutaxassisligi
bo‘yicha to‘liq o‘quv kursini tugatib,_______________ball baho bilan ‎yakuniy attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida berildi.‎

‎Rahbar‎

‎Kotib‎
____________shahri ‎

M.O‘.‎

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan tartib raqami_____________________
Berilga sanasi___________________
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 565-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)