Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)
 LexUZ sharhi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

va taqdim etiladigan hujjat shakli

Ijro

muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Har bir oliy ta’lim muassasasi turdosh xorijiy yetakchi ixtisoslashgan ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish, ilmiy pedagogik faoliyatga chet ellarning yuqori malakali o‘qituvchi va olimlarini jalb etish, professor-o‘qituvchi kadrlarning xorijiy oliy o‘quv yurtlarida stajirovkalarini tashkil etish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

1.

Oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — OTM)ning chet ellardagi ta’lim va ilmiy sherik muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarining xorijdagi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, jumladan unda quyidagilarni nazarda tutish:

OTMlarning xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim sohasidagi muassasa-sheriklar bilan xalqaro hamkorlikni tashkil etish tartibini belgilash, shu jumladan ko‘p tomonlama sheriklik (ayirboshlash, stajirovka, birgalikdagi ta’lim dasturlari va boshqalar)ni amalga oshirish mexanizmlari va shakllarini belgilash, OTMlarning xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan sheriklik munosabatlari samaradorligini baholash mexanizmlarini joriy etish;

respublika OTMlarining oliy o‘quv yurtlari ilm-fanini va xalqaro ta’lim dasturlarini rivojlantirish sohasida xalqaro va chet el tashkilotlari hamda jamg‘armalari bilan hamkorlikni kengaytirish;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ta’lim va ilm-fan, oliy o‘quv yurtlariaro sheriklik sohasida xorijiy boshqaruv organlari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyatini kuchaytirish.

2017-yil
III chorak

Oliy ta’lim vazirligi, TIV, Adliya vazirligi, oliy ta’lim muas�asalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2.

Har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan mustahkam istiqbolli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish.

1. Kadrlarni tayyorlash yo‘nalishi va ilmiy-tadqiqot faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, OTMlarning yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.

2. Xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq har bir OTMning xorijiy turdosh ta’lim va ilmiy muassasalari bilan sheriklik munosabatlarini o‘rnatish va kengaytirish.

3. Har bir OTM tomonidan xorijiy turdosh ta’lim va ilmiy-sherik muassasalar bilan oliy o‘quv yurtlariaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish.

4. Har yili OTMdagi ta’lim jarayoniga kamida 350 nafar yuqori malakali xorijiy o‘qituvchi va olimlarni jalb etish.

5. Etakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda har yili OTMning pedagogik va ilmiy kadrlari stajirovkasi hamda malaka oshirishlarini tashkil etish.

2017 — 2021
yillar

Oliy ta’lim vazirligi, TIV, Adliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

3.

Respublika OTMlaridagi ta’lim jarayonlariga hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq markazlariga xorijiy olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislarni keng jalb etish choralarini amalga oshirish.

Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

oliy ta’lim muassasalari hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq muassasalarining ta’lim jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq markazlarida xorijiy olimlar va o‘qituvchilar tomonidan ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni umumlashtirish mexanizmini joriy etish hamda OTMlardagi o‘quv jarayonida ulardan keng foydalanish;

yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislarni OTMlarga taklif etishning tashkiliy va moliyaviy shartlarini hal qilish.

2017-yil
30-noyabr

Davlat budjeti mablag‘lari, homiylarning mablag‘lari, “Iste’dod” jamg‘armasining xorijiy sheriklar bilan shartnomalari bo‘yicha mablag‘lar, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalarning mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIV, Mehnat vazirligi, IIV, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

4.

Xorijiy ta’lim va ilmiy muassasa sheriklar bilan magistrlik ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, ayirboshlash sohasida birgalikdagi loyihalar va dasturlarini amalga oshirish maqsadida xalqaro kooperatsiyani va oliy o‘quv yurtlariaro aloqalarni rivojlantirish.

Kelishilgan “qo‘shdiplomlar (double degree)” dasturlari bo‘yicha ikki OTM tomonidan yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan birgalikda magistrlar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali integratsiyalashgan magistrlik ta’limi dasturlarini tashkil etish;

yetakchi lektorlar va istiqbolli yosh o‘qituvchilarni yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari va o‘quv-tadqiqot markazlariga qisqa muddatli (semestrli) stajirovkalarga yuborish uchun akademik mobillik (academic mobility programs) dasturlarini amalga oshirish;

istiqbolli magistrantlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va biznes-maktablariga o‘qishga (1 semestr) yuborish uchun talabalarni ayirboshlash (student exchange and mobility programs) dasturlarini amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani yaratish.

2019 — 2021-yillar

Xalqaro grantlar, xalqaro tashkilotlar, “Iste’dod” jamg‘armasi mablag‘lari, ta’lim�ing to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha tushadigan mablag‘lar, davlat budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi, TIV, “Iste’dod” jamg‘armasi,
Moliya vazirligi

II. Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish

5.

OTMlarda ta’lim yo‘nalishlarini tarmoqlarni modernizatsiyalash va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan dasturlari bilan o‘zaro bog‘liq holda joylashtirishni optimallashtirish yo‘li bilan oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish.

Qabul qilish ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich optimallashtirish, OTMlarda kadrlarni iqtisodiyot tarmoqlarida talab etiladigan yangi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashni tashkillashtirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

mamlakat iqtisodiyotining joriy va istiqboldagi talab-ehtiyojlarini har yili o‘rganishni iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va har bir mintaqani kompleks rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan dasturlar bilan bog‘lash asosida OTMlarga qabul qilish kvotalarini shakllantirish;

OTMlarda mutaxassislar tayyorlash asosiy parametrlarining maqsadli prognoz marralari, 2021-yilga qadar qabulning umumiy ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich 18%ga oshirish;

Barpo etilayotgan tashkilotlarni talab etilayotgan zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida OTMlarda yangi ta’lim yo‘nalishlarini joriy etish;

mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarining joriy hamda istiqboldagi talab ehtiyojlariga muvofiq OTMlarda bakalavrlar va magistrlarni maqsadli tayyorlash amaliyotini tatbiq etish.

2017 — 2021-yillar

Iqtisodiyot vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Ishlab chiqarish tarmoqlarining ehtiyojlariga muvofiq, zarur hollarda, bakalavrlar tayyorlash muddatini ayrim muhandislik ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha 5 yilgacha uzaytirish.

3. Qabul ko‘rsatkichlarining o‘zgartirilishi munosabati bilan OTMlarda zarur professor-o‘qituvchilar tarkibini bosqichma-bosqich shakllantirib borish.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Har yili belgilangan muddatlarda

6.

Hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat yuritayotgan OTMlarning sohalarini o‘zgartirish va respublika mintaqalarida OTMlarning filiallarini yaratish.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining:

“Namangan muhandislik-pedagogika institutini Namangan muhandislik-qurilish instituti etib qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi;

“Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi;

“Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017 — 2021-yillar

Iqtisodiyot vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassa�alariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

7.

Har bir OTM tomonidan 2030-yilgacha ist�qbolda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlan uchun Oliy ta’lim vazirligiga kiritish.

Iqtisodiyot tarmoqlari — ish beruvchilar bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirishga oid eng muhim vazifalarni amalga oshirish doirasida har bir OTMni 2030-yilga qadar Istiqbolda rivojlantirish strategiyasi konsepsiyasini ishlab chiqish.

Ishlab chiqilgan Strategiyalarni tasdiqlash yuzasidan Oliy ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralarning birgalikdagi idoraviy hujjatlari.

2017-yil
30-sentabr

Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar, iqtisodiyot tarmoqlari

8.

Qashqadaryo viloyatida neft-gaz tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashni tashkillashtirish.

Turdosh xorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim tuzilmasini yaratish masalasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2017-2018 o‘quv yili

“O‘zbekneftgaz” MXK, davlat budjeti mablag‘lari,

“O‘zbekneftgaz” MXK, Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

III. Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv rejasi va dasturlarini eng yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullaridan keng foydalanish asosida takomillashtirish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish

9.

Iqtisodiyotning real sektori talablari va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida oliy ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishning yagona tartibini tayyorlash hamda tasdiqlash.

O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash hamda yangilash va mazmunini belgilash;

ta’lim jarayonini o‘quv-uslubiy, adabiy, ilmiy-pedagogik jihatdan ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi oliy ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishning yagona tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini tayyorlash.

2017-yil
30-avgust

Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

10.

O‘quv rejalari va dasturlarining mazmuni va tarkibini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv rejalarining darslarga oid bloklarini optimallashtirish va o‘quv soatlarining hajmlarini taqsimlash.

1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 343-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarori loyihasini tayyorlash, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

oliy ta’limning Davlat ta’lim standartini qayta ko‘rib chiqish;

kadrlar tayyorlash bilim sohalariga qarab nazariy o‘qitish vaqti hajmini qayta taqsimlagan holda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar o‘quv rejasining darslari va o‘quv soatlari bloki hajmini optimallashtirish;

barcha ta’lim sohalarida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy predmetlarning davomiyligini ta’minlash, ularning mazmunidagi ortiqcha takrorlarni chiqarib tashlash;

bakalavriatning o‘quv rejasidagi umumprofessional predmetlar va maxsus predmetlar bloklari hajmi va mundarijasini ko‘paytirish.


2017-yil
30-iyun

Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritish.

2017-yil
30-iyul

3. Nazarda tutilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari loyihalarini tayyorlash va ularni belgilangan tartibda tasdiqlash.

2017-yil
20-avgust

4. 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab yangi namunaviy o‘quv rejalarini bosqichma-bosqich joriy etish.

2017-yil
2-sentabrdan boshlab

11.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida sog‘liqni saqlash sohasidagi oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish davomliligini belgilash, (“davolash ishi”, “tibbiy professional ta’lim (davolash ishi)”, “pediatriya ishi” bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish davomliligini 7 yildan 6 yilgacha qisqartirish).

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini tayyorlash va kiritish.

2017-yil
30-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari

2. Sog‘liqni saqlashning tegishli yo‘nalishlari bo‘yichata’lim yo‘nalishlarining malaka talablarini, bakalavriatning yangi 6 yillik o‘quv rejalari va dasturlarini tayyorlash hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

2017-yil
1 iyul

3. Sog‘liqni saqlash yo‘nalishlari bo‘yicha yangi malaka talablarini, bakalavriatning 6 yillik o‘quv rejalari va dasturlarini tatbiq etib, quyidagilarni nazarda tutish:

2016/2017 o‘quv yilida 6-bosqichda ta’lim olayotganlar uchun o‘quv dasturini 7 yillik dastur bo‘yicha davom ettirish;

2016/2017 o‘quv yilida 1 — 5-bosqichlarda ta’lim olayotganlarning yangi o‘quv rejalari bo‘yicha 6 yillik dasturga o‘tishi;

6 yillik tibbiy ta’limga o‘tilishi bilan bog‘liq barcha tashkiliy, huquqiy, ma’muriy va o‘quv-uslubiy masalalarni belgilangan tartibda hal etish.

2017-2018
o‘quv yilidan

12.

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 10,5ga 1 hisobidagi bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar sonining cheklangan normativdagi nisbatini o‘rnatib, 2021-yilga borib bosqichma-bosqich 1:9 nisbatidagi cheklangan normativgacha pasaytirish.

1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 164-son “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda kiritish, unda har bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar sonini 1 ga 12,5 hisobida cheklangan normativning joriy etilishini bekor qilish nazarda tutiladi.

2017-yil
30-iyun

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. O‘qituvchilarning talabalarga nisbati bo‘yicha joriy etilayotgan normativlarga, ish beruvchi bilan (soatlarni hajmlarda hisoblamasdan, ishlarning turlari bo‘yicha) shartnomalar asosida o‘qituvchining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy ish hajmini belgilash tartibiga muvofiq o‘qituvchilarning yuklamalar, o‘quv yuklamalari hajmini hisoblashning taxminiy vaqt normalarini belgilash.

2017/2018
o‘quv yilidan

13.

Magistraturaning davlat ta’lim standartlari va namunaviy o‘quv rejasining yangi tarkibini ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish: dars bloklarining hajmlari va ularni tayinlashni optimallashtirish, magistrlarni ilmiy va professional jihatdan tayyorlashga nisbatan qo‘yilayotgan talablarga o‘quv rejalarini o‘z vaqtida moslashtirish uchun ularning moslashuvchanligini ta’minlash, magistraturada o‘quv-ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini tashkil etishning ilg‘or xorijiy tajribasini tatbiq etish.

1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga, shu jumladan “Davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar”ga o‘zgartishlar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlash va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritish, namunaviy o‘quv rejasi tarkibida quyidagilarni nazarda tutish:

mutaxassislik darslari bo‘yicha yuklama hajmini oshirish;

ilmiy amaliyot (stajirovka)ni joriy etish;

ilmiy tadqiqotlar, laboratoriya izlanishlari, ilmiy axborotni tizimli tahlil qilish va umumlashtirish, innovatsion faoliyat olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi yangi predmetlarni kiritish;

yetakchi mutaxassislar va olimlarning o‘quv kurslari, shu jumladan muammolarga oid ma’ruzalari va mualliflik kurslarining yangi darslarni joriy etish.

2017-yil
30-iyul

Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

14.

Magistraturaning ta’lim-ilmiy jarayonini zamonaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash.

1. Jahondagi yetakchi universitetlarda magistrlar tayyorlash dasturlarida foydalaniladigan zamonaviy bazaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini mutaxassisliklar kesimida shakllantirish.

2. Milliy kutubxona fondlariga o‘quv va ilmiy adabiyotlarni sotib olish.

2018-yil
30-iyun

2018-yil
30-dekabr

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar, A. Navoiy nomidagi milliy kutubxona, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi

3. Xorijiy adabiyotlar asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy-texnik axborot materiallari tayyorlanishini tashkillashtirish.

2018 — 2021-yillar

4. Yangi o‘quv va ilmiy adabiyotlarni, o‘quv-uslubiy komplekslarni magistraturaning o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich tatbiq etish va moslashtirish.

2019 — 2021-yillar

15.

Magistrlar tayyorlash bo‘yicha OTMlar ro‘yxatini belgilash, asosan bazaviy OTMlar jumlasidan bo‘lgan mavjud ilmiy-pedagogik salohiyat va moddiy-texnik bazasi bilan bog‘liq holda magistraturaga qabul qilish kvotalarini shakllantirish.

1. OTMlarda magistrlarni, shu jumladan maqsadli tartibda tayyorlash parametrlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Har yili belgilangan muddatlarda

Iqtisodiyot vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

Mintaqaviy OTMlarning ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlariga muvofiq ulardagi ilmiy-pedagogik ishlar uchun magistrlarni maqsadli (manzilli) tayyorlash amaliyotini joriy etish.

16.

Diplomning axborot berish imkoniyatini oshirish va uni chet el amaliyotida qo‘llaniladigan namunalarga muvofiqlashtirish maqsadida bakalavr va magistrning diplomlari davlat namunasi nusxalarini, ularning ilovalari (vkladishlari)ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish unda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning va ular vkladishlarining namunalarini tasdiqlash, oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomlarni tayyorlash, saqlash va topshirish tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi.

2018-yil
30-yanvar

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

17.

O‘quv rejalariga muvofiq OTM talabalarining malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va ta’minlash tizimini takomillashtirish.

O‘quv rejalariga muvofiq OTM talabalarining barcha turdagi malakaviy amaliyotlarini tashkillashtirish, moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini reglamentga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ta�diqlash.

2018-yil
30-may

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

18.

O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” va “Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlarining loyihalarini ishlab chiqish va kiritish, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:

O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universitetining bazaviy OTM sifatida o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash hamda amalga kiritish, akademik guruhlarni shakllantirish, o‘quv yuklamalarining turlari bo‘yicha vaqt normalarini belgilash, OTMlarning professor-o‘qituvchilarini rag‘batlantirishborasidagi vakolatlarini kengaytirish;

yuqori malakali mahalliy va xorijiy professor va o‘qituvchilarni keng jalb etish, alohida qobiliyatlarini namoyon etayotgan talabalarni mazkur OTMlarga ko‘chirib o‘tkazish;

samarali o‘quv, pedagogik, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish uchun zamonaviy ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;

eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va istiqbolli talabalarni tadqiqotchi katta ilmiy xodimlar institutigacha va keyinchalik ular tomonidan doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashgacha aniq maqsadga yo‘naltirish;

talabalarni rag‘batlantirishning yangi shakllarini, jumladan o‘qishda, ilmiy tadqiqotlarda yuqori natijalarga erishganliklari uchun talabalarga oliy o‘quv yurtlarining nom berilgan stipendiyalarini tayinlash orqali joriy etish va aprobatsiyadan o‘tkazish;

yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalarining ilmiy axborot-resurs markazlariga ulanishning keng imkoniyatlariga ega bo‘lgan rivojlangan zamonaviy infratuzilmaning mavjudligi.

30-dekabr 2018-yil

Davlat byud�eti mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, OAK, Fanlar akademiyasi

IV. Yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalari tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish

19.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi huzurida OTMlar uchun o‘quv, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni nashr etishga tayyorlash bo‘linmalarini tashkil etish.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazining yangilangan tuzilmasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash, unda quyidagilarni ko‘zda tutish:

OTMlar uchun o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni nashr etishga tayyorlash tashkilotining vazifalari, OTMlarni o‘quv adabiyoti bilan ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlik qilish;

Markaz rahbarlari, bo‘lim boshliqlari, bosh mutaxassisi, yetakchi mutaxassisining lavozim maoshlarini qayta ko‘rib chiqish.

2017-yil
30-noyabr

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

20.

Respublika OTMlarini ta’minlash uchun adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish, sotib olish, nashr etish (qattiq muqovada va elektron formatda) huquq egalari bilan kelishish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Respublika OTMlarini ta’minlash uchun xorijiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish, sotib olish, nashr etish (qattiq muqovada va elektron formatda) huquq egalari bilan kelishish va tarqatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish:

xorijiy OTMlarning o‘quv jarayonida foydalaniladigan adabiyotdan foydalanishni o‘rganish, zarur adabiyotlar ro‘yxatini belgilashni tashkillashtirish tartibi;

xorijiy adabiyotning o‘quv-tadqiqot dasturlari doirasida qo‘llanishga tavsiya etilayotgan ro‘yxatni tasdiqlash tartib-taomili;

adabiyotdan notijoriy maqsadda foydalanish uchun mualliflik huquqlari masalalarini mualliflar va nashriyotlar bilan kelishib olish mexanizmlari;

o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratish, OTM o‘quv jarayonini adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida xorijiy adabiyot materiallarini tarjima va tahrir qilishni tashkillashtirish, moliyalashtirish tartibi.

2017-yil
30-noyabr

Oliy ta’lim vazirligi, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona,

Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi, “O‘zsanoateksport”, O‘zMAA, Moliya vazirligi

2. Vazirlar Mahkamasining mazkur Nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori loyihasini tayyorlash va kiritish.

2017-yil
30-dekabr

21.

Oliy ta’lim uchun yangi avlod o‘quv adabiyotini yaratishga nisbatan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Oliy ta’lim uchun yangi avlod o‘quv adabiyotini yaratishga nisbatan talablarni ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish:

o‘quv adabiyoti turlarini tasniflash va ularning xarakteristikalari;

o‘quv adabiyotini yaratish tamoyillari va mexanizmlari;

ilg‘or xorijiy adabiyotlardan foydalanish;

elektron darslikning mazmuni va prinsiplari.

2017-yil
30-iyul

Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Talablarni tasdiqlash bo‘yicha Oliy ta’lim vazirligi, OTMlarga ega bo‘lgan vazirlik va idoralarning qo‘shma qarorini tayyorlash va tasdiqlash.

2017-yil
30-avgust

22.

Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash va ularni yangilash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. OTMlarni o‘quv adabiyoti bilan ta’minlash va ularni yangilash tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil
30-iyul

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida Oliy ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralarning qo‘shma loyihasini tayyorlash va tasdiqlash.

2018-yil
30-avgust

23.

EBSCO, PROQUEST va Rossiya davlat kutubxonasining dissertatsiyalar elektron kutubxonasi kabi yetakchi nashriyotlar va axborot agregatorlari ma’lumotlar bazasining ilmiy-ta’lim tizimlariga OTMlar va ilmiy muassasalarning jamoaviy obunasini kengaytirish.

1. O‘qituvchilar va talabalarni yetakchi xorijiy nashriyotlar va ilmiy ta’lim axborot agregatorlarining imkoniyatlari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida OTMlar uchun seminarlar va vebinarlar tashkil etish.

2017-yil
30-dekabr

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona,

Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi, oliy ta’lim muassasalari, A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi

2. EBSCO, PROQUEST Rossiya davlat kutubxonasining dissertatsiyalar elektron kutubxonasi kabi yetakchi nashriyotlar va axborot agregatorlari bilan shartnomalar tuzish

2017-yil
30-mart

3. Ulanish parollarini taqdim etish yoki turg‘un IR-manzillar orqali jahon ilmiy-ta’lim ma’lumotlar bazasi va axborot resurslariga OTMlarning o‘z vaqtida ulanishini ta’minlash tizimini tatbiq etish.

2018 �il
30-may

24.

Jurnallar reytingini baholash dasturi bilan respublika ilmiy jurnallarining Milliy ma’lumotlar axborot bazasini yaratish.

1. Respublika ilmiy jurnallarining ma’lumotlar axborot bazasini bosqichma-bosqich shakllantirish.

2018-yil
30-martdan

Davlat budjeti mablag‘lari

A. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, OAK, Oliy ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi

2. Respublikaning ilmiy jurnallarini joylashtirish uchun milliy platforma faoliyatini tashkil etish.

2018-yil
30-iyun

3. Ilmiy jurnallarni baholashning milliy platformasi (jurnal impakt-faktori)ni yaratish masalalarini “Thomson Reuters” kompaniyasi bilan ishlab chiqish.

2018-yil
30-oktabr

V. Pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini chet ellarda o‘qitish, yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni oliy ta’lim muassasalariga keng jalb qilish

25.

Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish;

xorijda pedagog va ilmiy xodimlar malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, OTM bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.

1. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini tayyorlash, unda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha “Iste’dod” jamg‘armasining yangi tashkiliy tuzilmasini;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha “Iste’dod” jamg‘armasi Vasiylik kengashining yangi tarkibini;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha “Iste’dod” jamg‘armasi to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi Nizomni;

2017-yil
1-iyul

Davlat budjeti mablag‘lari, homiylar mablag‘lari, “Iste’dod” jamg‘armasining xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish shartnomalari bo‘yicha mablag‘lar

Oliy ta’lim vazirligi, TIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Iste’dod” jamg‘armasi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish uchun ular orasidan nomzodlarni, PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun OTM bitiruvchilarini tanlab olib, shuningdek, ularning keyingi kasb faoliyati monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni;

2017/2018 o‘quv yilidan boshlab pedagog va ilmiy kadrlar masalasini oshirish va ularni stajirovkadan o‘tkazish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yetakchixorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitishni har yili tashkil etishning maqsadli dasturlarini tasdiqlash nazarda tutiladi.

26.

OTMlar professor-o‘qituvchilari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilar tarkibini lavozimlar, ilmiy darajalar va unvonlariga ko‘ra jiddiy tabaqalashtirilgan holda o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirishning sifat jihatidan yangi mexanizmini joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

2018-yil
30-yanvar

Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

27.

OTM professor-o‘qituvchilar tarkibi malakasini muttasil oshirib borish tizimini amaliyotga tatbiq etish.

OTM professor-o‘qituvchilar tarkibi malakasini muttasil oshirib borish tizimini amaliyotga tatbiq etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish, ularda professor-o‘qituvchilarning mustaqil ishlash va o‘zlarining mahoratlarini rivojlantirish natijalarini, chet tillarini bilish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini egallaganlik darajasini, xalqaro loyihalar, konferensiyalar, seminarlar va boshqalarda ishtirok etganligini inobatga olgan holda pedagog kadrlarni rag‘batlantirish va ularning malakasini oshirishni tashkil etishning amaliy mexanizmlari nazarda tutiladi.

2018-yil
1-sentabr

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

28.

Bazaviy oliy ta’lim muassasalari huzurida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini yanada takomillashtirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

OTMlarning rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida pedagog xodimlarning qat’iy belgilangan (kamida 3 nafar) bo‘lishi belgilab qo‘yilgan holda ta’lim texnologiyalari kafedrasini tashkil etish va xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish;

Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari xodimlarining bazaviy maoshlarini qayta ko‘rib chiqish;

OTMlar rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari sifatini ta’minlash tizimini joriy etish;

Markazlarning tinglovchilari uchun respublika OTMlari, xorijiy o‘quv va ilmiy markazlarining axborot resurslaridan keng foydalanish sharoitlarini yaratish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish Markazlarida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ta’lim dasturlari uchun zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy vositalarini tatbiq etish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv uslubiy materiali va o‘quv adabiyotlarini muttasil yangilab borish uchun shart-sharoitlar yaratish.

2017-yil
1-noyabr

Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

VI. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish

29.

OTMlarning malakali kadrlar nihoyatda yetishmayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qituvchilar tarkibiga bo‘lgan talab-ehtiyojlariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish choralarini amalga oshirish.

1. Mutaxassisliklar va mintaqalar kesimida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan talab-ehtiyojlar prognozini ishlab chiqish.

2. OTMlarning istiqbolda ilmiy darajali o‘qituvchilarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirish uchun bazaviy doktoranturaga va bazaviy OTMlar (O‘zMU, TDTU va boshqalar)ning doktoranturasigahar yilgi maqsadli qabul kvotalarini belgilash.

2017-yil
30-oktabr

FVTA, Oliy ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

30.

Rejalashtirilayotgan, bajarilayotgan va tugallangan amaliy hamda innovatsion loyihalar (loyiha natijasining hamda uni tatbiq etish bo‘yicha takliflarning aniq afzalliklari tavsiflangan holda), ilm-fan va iqtisodiyot tarmoq�ari kesimida fan-texnika ishlanmalariga qayd etilgan patentlarni izlashga biznes tomonidan berilgan so‘rovnomalar, shuningdek, boshqa zarur barcha axborotni o‘zida jamlaydigan idoralararo veb-saytni yaratish va qo‘llab-quvvatlash.

1. Fan va texnologiyalar agentligi, Intellektual mulk agentligi va Savdo-sanoat palatasining qo‘shma interaktiv veb-saytini ishlab chiqish va mazmunli qilib to‘ldirish.

2. Ushbu veb-saytni doimo yangilab turish.

2017-yil
30-dekabr

doimiy

Bajaruvchilarning o‘z mablag‘lari

FVTA, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Savdo-sanoat palatasi

31.

AKT va OAVlarni keng ko‘lamda ishga solgan holda ilmiy-tadqiqot faoliyatini keng ommalashtirish va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini iqtisodiyotning real sektoriga tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Vatanimiz ilm-fanining yutuqlari, uni rivojlantirish tendensiyalari va yo‘nalishlari, yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, OTM laboratoriyalari va olimlar, taklif e�ilayotgan ishlanmalar, muvaffaqiyatli tatbiq etilgan amaliyotlar va hokazolar to‘g‘risida muntazam teleko‘rsatuvlarni tashkil etish.

2017-yilning III choragidan boshlab

Bajaruvchilarning o‘z mablag‘lari

MTRK, FVTA, Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim vazirligi, OAK, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

32.

Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni ommalashtirish, yosh olimlarning ilmiy-ijodiy faolligini rag‘batlantirish va taqdirlash, shuningdek, ularning ilmiy ishlanmalarini amaliyotga keng tatbiq etish maqsadida har yili “Yosh olim” respublika tanlovini tashkil etish, g‘oliblarni qimmatbaho sovrinlar bilan mukofotlash va OAVda keng yoritish.

1. Har yilgi “Yosh olim” respublika tanlovi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. “Yosh olim” tanlovini ommaviy axborot vositalarida keng yoritgan holda o‘tkazish.

2017-yil
30-noyabr

har yili

Bajaruvchilarning o‘z mablag‘lari, homiylar mablag‘lari

FVTA, Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi

33.

Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy izlanishlar natijalarini chop etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida doktorantlar, pedagoglar, tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Quyidagilar bo‘yicha normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish:

turli tashkilotlarning laboratoriyalarida eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish uchun doktorantlar, pedagoglar va tadqiqotchilarga imkoniyatni ta’minlash;

eksperimental va dala sharoitidagi tadqiqotlarni o‘tkazish uchun mablag‘lar ajratish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun ilmiy markazlar va universitetlarga ijodiy safarga yuborish;

maqolalar, mualliflik referatlari va monografiyalarni e’lon qilish xarajatlarini qoplash uchun mablag‘ ajratish;

yuqori texnologiyalar markazi, O‘zbekiston-Yaponiya markazi hamda oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy laboratoriyalarning imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha doktorantlar, OTM magistrantlari, professor-o‘qituvchilari uchun tegishli (bepul) sharoitlar yaratish.

2018-yil
30-yanvar

Davlat budjeti mablag‘lari, Ilmiy-texnikaviy faoliyatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, FVTA, OAK

34.

OTMlarning ilmiy-tadqi-qot faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish tuzilma-sini takomillashtirish.

Oliy ta’lim vazirligi va oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyatni boshqarish bo‘linmalarining tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

30-avgust

2017-yil

Davlat budjeti

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

35.

Oliy o‘quv yurtlari va akademik ilm-fan integratsiyasini rivojlantirish.

1. Bakalavr va magistrlar tayyorlash uchun fanlar akademiyasi olimlarini o‘qituvchi va maslahatchi sifatida jalb etgan holda akademik institutlar negizida magistr va doktorantlarni o‘qitishni tashkil qilish, birgalikdagi ilmiy tadqiqot ishlarining yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha Idoralararo komissiyani tashkil qilish.

2. Birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ular samaradorligini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish.

3. Qo‘shma loyihalarni belgilash va shartnomalar tuzish.

Doimiy

Oliy ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, FVTA, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

36.

Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining mahalliy va jahon ilmiy-texnik axborot ma’lumotlari bazasiga ulanishini kengaytirish.

1. Mahalliy va jahon ilmiy-texnik axborot ma’lumotlari bazasi ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya tuzish.

2. Tegishli tashkilotlar bilan ilmiy-texnik axborot ma’lumotlari bazasidan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartibda bitim va shartnomalar tuzish.

3. OTMlar ma’lumotlar bazasini resurslaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish.

4. Ilmiy ishlar sifatini oshirish, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining olimlari tomonidan o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar to‘g‘risida xorijiy olimlar va tashkilotlarning xabardorligini ta’minlash.

2018 — 2021-yillar

Imtiyozli va xorijiy kreditlar, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vavzirligi, ilmiy-texnikaviy axborotning axborot tizimlariga ulanish uskunalari o‘rnatiladigan respublika bazaviy oliy o‘quv yurtlari

37.

Har bir oliy o‘quv yurti tomonidan uzoq muddatli, o‘rta muddatli va qisqa muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion faoliyat rejalarini tayyorlash.

1. Oliy o‘quv yurtlarining olimlari tomonidan olingan ilmiy tadqiqotlarning natijalari marketingini o‘tkazish hamda fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.

2. Tadqiqotlarni yillar bo‘yicha o‘tkazish va ularning natijalarini tatbiq etish borasidagi tashkiliy va texnik tadbirlarni ishlab chiqish.

3. O‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqotlar samaradorligi monitoringi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish.

4. Ilmiy tadqiqot loyihalarini nazorat qilish va boshqarishni amalga oshirish.

5. Ilmiy tadqiqotlar holatini o‘z vaqtida tahlil qilish, ularga tayyorgarlik ko‘rish va natijalarini tatbiq etish jarayonida muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularning oldini olish.

Doimiy

Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasi, FVTA

VII. Oliy ta’limning ma’naviy-ahloqiy mazmunini oshirish, Mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini talaba yoshlarga chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish

38.

OTMlarda ma’naviy-ahloqiy ishlarni va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani mustahkamlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni bajarish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan quyidagi normativ hujjatlarni i�lab chiqish va tasdiqlash:

Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ahloqiy tarbiyani tashkil etish to‘g‘risidagi Namunaviy nizom;

Oliy ta’lim muassasalarida Murabbiylar (kuratorlar) kengashi to‘g‘risidagi Nizom;

Oliy ta’lim muassasalarida umumiy, guruhli va yakka tartibdagi ma’naviy-ma’rifiy ish shakllarini tashkil etish to‘g‘risidagi Namunaviy nizom;

Oliy ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat xonalari”ni rasmiylashtirish, jihozlash va faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Namunaviy nizom;

Oliy ta’lim muassasalarining talabalari ishtirokida madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom.

2017-2018 god

Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi

39.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish choralarini amalga oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, OTMlarda madaniy-ommaviy tadbirlarni muvofiqlashtirish va tashkillashtirishda uning rolini kuchaytirish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi �a’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha markazning tegishli moddiy-texnik bazasi, multimedia studiyasi yaratilishini, direktorning, guruh rahbari va metodistning lavozim maoshlari qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2017-yil
30-dekabr

Oliy ta’lim vazirligi huzuridagi oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Davlat budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi

40.

Oliy ta’limning ma’naviy-ahloqiy mazmunini takomillashtirishga va talaba yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy tadbirlarning natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

1. OTMlarda amalga oshirish doirasida quyidagilarga yo‘naltirilgan tadbirlarning tashkiliy shakllari, ularni mazmunan boyitish, yaqqol ifodali rasmiylashtirish, tashkilotlar hamda davlat boshqaruv organlari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

talaba yoshlar o‘rtasida Mustaqillik g‘oyasiga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, milliy o‘zlikni anglash, milliy an’analarga sodiqlik tuyg‘ularini rivojlantirish, mafkuraviy immunitetni va g‘oyaviy chiniqishni mustahkamlash;

talaba yoshlarning ongiga qarshi axborot tahdidlarining oldini olish, ularda axborotdan, Internetdan va boshqa axborot resurslaridan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish;

ma’naviy-maa’rifiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlarni tashkillashtirish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish;

OTMlarda sog‘lom ma’naviy-ahloqiy iqlimni (jamoada o‘zaro hurmat, muomala madaniyati va hokazolar) yaratish va saqlab turish;

o‘qishdan bo‘sh vaqtlarda OTM talabalarining mazmunli dam olishini tashkil etish, ularda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish;

talaba yoshlarda kitoblarga hurmat va muhabbat, o‘qish madaniyati his-tuyg‘ularini rivojlantirish;

OTMlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan ota-onalar, murabbiylar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining samarali o‘zaro hamkorligi va ijtimoiy sherikligi;

talabalar o‘rtasida sog‘lom musobaqa muhitini yaratish, jamiyatda namunali talabalarning yutuqlarini keng targ‘ib qilish;

talabalarning huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirish.

2017-2018
yil

Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi

2. Uslubiy tavsiyalarga muvofiq OTMlarda ma’naviy-ahloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish va amalga oshirish.

2017 — 2021-yillar

41.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida oliy ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish tuzilmasini takomillashtirish.

1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha fakultet dekanining o‘rinbosari qo‘shimcha lavozimini kiritish (1 shtat birligi).

2. 500 nafargacha talaba bo‘lganda 2 ta shtat birligi, 3 minggacha talaba bo‘lganda 3 ta shtat birligi va 3 mingtaga yana 500 nafar talaba ko‘payganida qo‘shimcha 0,5 shtat birligidan lavozim belgilangan holda OTMlarning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlarining shtat jadvallarini qayta ko‘rib chiqish.

3. Oliy ta’lim vazirligining markaziy apparatida o‘quv-ta’lim jarayonini sotsiologik va pedagogik-psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘limini tashkil etish (3 ta shtat birligi).

4. Oliy ta’lim vazirligi Ma’naviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasini qo‘shimcha 2 shtat (1 nafar bosh mutaxassis, 1 nafar yetakchi mutaxassis) bilan mustahkamlab, ularning umumiy sonini 5 shtat birligigacha yetkazish.

2017/2018 o‘quv yilidan

Da�lat budjeti mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

5. Talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida muntazam sotsiologik so‘rovnomalarni o‘tkazish uchun o‘quv-tarbiya jarayonini sotsiologik, pedagogik-psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha OTMlarning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlari huzurida guruhlar tashkil etish.

OTMlarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi, taqdim etiladigan hujjat shakli

Ijro

muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash orqali yanada mustahkamlash

1.1.

Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv korpuslarini, talabalarning yashash joylarini, sport inshootlar va boshqa obyektlarni bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning manzilli ro‘yxatini ishlab chiqish, ularning O‘zbekiston Respublikasining har yilgi rivojlanish davlat dasturiga kiritilishini ta’minlash.

1. Qurilish va rekonstruksiya qilish obyektlari bo‘yicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish hamda ularni vakolatli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli ro‘yxatini ishlab chiqish, uni vakolatli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturi loyihasiga kiritish.

Har yili
1-martgacha

Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi, tashkilotlarning o‘z mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar,Davarxitektqurilish,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

1.2.

Oliy ta’lim muassasalarining o‘�uv korpuslarini, talabalarning yashash joylarini, sport inshootlari va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tender (tanlov) savdolari o‘tkazilishini ta’minlash.

Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda tender (tanlov) savdolari o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazoratni ta’minlash.

Har yili
1-martgacha

Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi, tashkilotlarning o‘z mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi,
oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar, Davarxitektqurilish,
Moliya vazirligi

II. Oliy ta’lim muassasalari o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiya qilish, o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini oliy o‘quv yurtlari ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy priborlar va uskunalar bilan jihozlash

2.1.

53 ta oliy ta’lim muassasalarining xarid qilinayotgan o‘quv-laboratoriya uskunalariga nisbatan har bir tipdagi laboratoriyalar kesimida texnik talablarni tasdiqlash.

1. 53 ta oliy ta’lim muassasalarining xarid qilinayotgan o‘quv-laboratoriya uskunalariga nisbatan har bir tipdagi laboratoriyalar kesimida texnik talablarni ishlab chiqish.

Har yili
30-iyungacha

Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,O‘zstandart, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Texnik talablarni Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar, “O‘zstandart agentligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlash.

Har yili
30-sentabrgacha

2.2.

Manzilli ro‘yxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, 53 ta oliy ta’lim muassasalarining 400 ta o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bi?an bosqichma-bosqich jihozlash.

1. Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya binolarini jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili
1-noyabrgacha

Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi, Davlat budjeti, imtiyozli xorijiy kreditlar, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

2. Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya binolarini jihozlash.

Etkazib berish jadvaliga muvofiq
2018 — 2021-yillarda

2.3.

Har bir laboratoriya kesimida, birgalikda foydalaniladigan barpo etilayotgan zamonaviy oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy-tadqiqot laboratoriya komplekslariga nisbatan texnik talablarni tasdiqlash.

1. Barpo etilayotgan oliy o‘quv yurtlariaro zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriya komplekslariga nisbatan texnik talablarni ishlab chiqish.

Har yili
30-iyulgacha

Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, O‘zstandart, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Texnik talablarni Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar, “O‘zstandart agentligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlash.

Har yili
30-oktabrgacha

2.4.

Manzilli ro‘yxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash hamda 7 ta oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy laboratoriyalarni bosqichma-bosqich jihozlash.

1. Oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy laboratoriyalarni jihozlashning manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash

Har yili
1-dekabrgacha

Imtiyozli xorijiy kreditlar, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

2. Tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy laboratoriyalarni jihozlash.

2017 — 2020-yillar

2.5.

Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv-laboratoriya va ilmiy-tadqiqot asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun homiylar mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlari jalb etilishini nazarda tutuvchi loyiha takliflarini tayyorlash.

Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga homiylar mablag‘larini, xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlarini jalb etishning aniq loyiha takliflari bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2017 — 2021-yillar

Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Oliy ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2.6.

Mahalliy ishlanmalar asosida laboratoriya priborlari va uskunalarining import o‘rnini bosadigan namunalari ishlab chiqarilishini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish.

1. Mavjud il�iy-texnik va ishlab chiqarish salohiyatini, ta’lim muassasalarining laboratoriya priborlari va uskunalariga bo‘lgan real, shu jumladan istiqboldagi talab ehtiyojlarini o‘rganish va tahlil qilish.

2017-yil
30-noyabr

Tashkilotlarning o‘z mablag‘lari,
Davlat budjeti, imtiyozli xorijiy kreditlar

Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi,
O‘zeltexsanoat AK,
Moliya vazirligi,
Oliy ta’lim vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi,
oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Mahalliy ishlanmalar asosida import o‘rnini bosadigan namunalarini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil
30-dekabr

2.7.

O‘quv va ilmiy laboratoriyalardan foydalanish, ularni saqlash va ekspluatatsiya qilish, ularni butlovchi buyumlar va sarflanadigan materiallar bilan tizimli ta’minlash, chiqitga chiqqan materiallarni utilizatsiya qilishning samarali mexanizmlarini faol joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining “O‘quv va ilmiy laboratoriyalardan foydalanish, ularni saqlash va ekspluatatsiya qilish, ularni butlovchi buyumlar va sarflanadigan materiallar bilan tizimli ta’minlash, chiqitga chiqqan materiallarni utilizatsiya qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish, unda quyidagilarni nazarda tutish:

ilmiy laboratoriyalarni ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malakali xodimlar bilan to‘ldirish;

oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari uskunalari uchun sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlarni sotib olish, yetkazib berish va realizatsiya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotni tuzish.

2018-yil
30-iyul

Davlat budjeti

Oliy ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi
, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash

3.1.

Quyidagilarga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va ma’muriy jarayonlarini axborotlashtirishga qaratilgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yaratish va integratsiyalash;

oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va kompyuter sinflarini, server xonalarini jihozlash;

oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligini ta’minlash.

1. Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh tashkil etish.

2017-yil
30-may

Oliy ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi,
oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Oliy ta’lim muassasalarida axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida rivojlangan mamlakatlarning tajribasini o‘rganish.

2017-yil
30-iyun

3. Xodimlar, o‘qituvchilar va talabalarning yagona elektron identifikatsiya tizimi joriy etilganligini inobatga olgan holda o‘quv va ma’muriy jarayonlarni axborotlashtirish bo‘yicha axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari yaratilishiga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish.

2017-yil
30-oktabr

4. Oliy ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligini ta’minlashga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish.

2017-yil
30-oktabr

5. Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va kompyuter sinflarini, server xonalarini jihozlash bo‘yicha minimal talablar va Konsepsiyani ishlab chiqish.

2017-yil
30-oktabr

6. Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va ma’lumot bazalariga, axborot xavfsizligini ta’minlashga hamda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va kompyuter sinflari, server xonalarini jihozlashga nisbatan talablarni tasdiqlash to‘g‘risidagi protokol qarori loyihasini kiritish.

2017-yil
30-noyabr

3.2.

Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy AKT vositalari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash, jumladan kompyuterlar, servyerlar, simsiz tarmoq uskunalari, proyektorlar va multimedia uskunalarini bosqichma-bosqich sotib olish, shuningdek, yagona talablar asosida oliy ta’lim muassasalarida ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish.

1. Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy AKT vositalari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish, dasturda kompyuterlar, servyerlar, tarmoq uskunalari, shu jumladan simsiz (Wi-Fi) uskunalarni, proyektorlar va boshqa multimedia uskunalari, shuningdek, ulanishni nazorat qilish va hisobga olish tizimi uskunalarini bosqichma-bosqich sotib olish nazarda tutish.

2017-yil
30-oktabr

Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi,
Davlat budjeti, oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari, imtiyozli xorijiy kreditlar

Oliy ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Oliy ta’lim muassasalarida ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlarini ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich joriy etishni tashkil qilish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish.

2017-yil
30-noyabr

3. Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy AKT vositalari bilan ta’minlash, ularda ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash bo‘yicha qarori loyihasini kiritish.

2017-yil
30-dekabr

3.3.

2018 — 2021-yillar davrida imtiyozli kreditlarga asosan oliy ta’lim muassasalarining talabalar va professor-o‘qituvchilarini noutbuklar va boshqa zamonaviy AKT vositalari bilan ta’minlash.

1. 2018 — 2021-yillar davrida imtiyozli kreditlarga asosan oliy ta’lim muassasalarining talabalar va professor-o‘qituvchilarini noutbuklar va boshqa zamonaviy AKT vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2017-yil
30-sentabr

Tijorat banklarining imtiyozli kreditlari

Oliy ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar,
Markaziy bank, tijorat banklari

2. Oliy ta’lim muassasalarining talabalari va professor-o‘qituvchilarini noutbuklar va boshqa zamonaviy AKT vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etish.

2017-yil
30-oktabr

3.4.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalariga elektron ta’limni joriy etish markazi hamda oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari markazlari tashkiliy tuzilmasi (shtat jadvali) va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish.

1. Ta’lim muassasalarining sohasi (ixtisoslashuvi) va ta’lim olayotgan talabalar sonini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari markazlari, Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil
30-noyabr

Davlat budjeti

Oliy ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Mehnat vazirligi,
oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar

2. Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi, axborot texnologiyalari markazlarining vazifalarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2017-yil
30-dekabr

3. Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi, axborot texnologiyalari markazlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2017-yil
30-noyabr

4. Oliy ta’lim vazirligi, Axb???ot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligining qo‘shma qarorlari loyihasini tayyorlash.

3.5.

Moslashuvchan imtiyozli tarif rejalari joriy etilishini, barcha o‘quv auditoriyalarining Internet resurslariga va axborot tizimlariga simsiz ulanishi qamrovi bosqichma-bosqich kengaytirib borilishini inobatga olgan holda oliy ta’lim muassasalarida Internet tarmog‘iga ulanish tezligini oshirish.

1. Oliy ta’lim muassasalarida Internet tarmog‘iga ulanish tezligini oshirish va undan foydalanish bo‘yicha imtiyozli tarif rejalarini joriy etish choralarini ishlab chiqish.

2. Oliy ta’lim vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash bo‘yicha qo‘shma qarori.

2017-yil
30-dekabr

Oliy ta’lim vazirligi huzuridagi oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi,
oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar,
“O‘zbektelekom” AK

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, qator oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta’lim jarayonining o‘quv-metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnika bazasi tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borilmayapti.

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:

har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish;

oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish;

yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va oliy ta’lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;

pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish;

oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish;

oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish;

oliy ta’lim muass�salari moddiy-texnika bazasini ularning o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash;

oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash, talabalar, o‘qituvchi va yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilg‘or ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar bazasi bo‘yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish.

Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini to‘liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, 2017 — 2021-yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obyektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.

Qarorning muhim ahamiyatini ko‘rsatadigan yana bir jihat shundan iboratki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha quyidagi konkret parametr va ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan manzilli rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi:

oliy ta’lim tizimid� yangi ta’lim ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning, shuningdek, iqtisodiyot sohalari va hududlarni kompleks rivojlantirishning joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishning umumiy ko‘rsatkichlarini 2021-yilgacha bosqichma-bosqich ravishda 18 foizgacha oshirishni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan parametr va ko‘rsatkichlari;

o‘quv binolari, talabalar turarjoylari, axborot-resurs markazlari va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hisobidan yangi o‘quv o‘rinlarini tashkil etish, yangi o‘quv-laboratoriya komplekslarini sotib olish, auditoriyalarni kompyuter texnikasi bilan jihozlash;

professor-o‘qituvchilarning kasb mahoratini, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, ularning xorijiy hamkor oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishi, magistratura, doktoranturada ta’lim olishi hamda respublikamizning tayanch oliy o‘quv yurtlari qoshida qayta tayyorgarlikdan o‘tishi va malaka oshirishi.

Mazkur dasturda, asosan, mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasi bilan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va shu kabi boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilgani o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shu asosda har yili 350 nafardan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlarning mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga o‘quv jarayoniga jalb etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha amaldagi tizimni jiddiy takomillashtirish va bu borada moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga ehtiyoj sezilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga uch oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlari pedagog xodimlariga ularning kasb mahorati, faoliyatidagi yuqori natijadorlik va tarbiyaviy sohadagi samarali ishtirokini inobatga olib, ustama haq to‘lashni belgilash tizimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasi topshirildi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda iqtidorli yosh pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida ilmiy-pedagog xodimlarning malaka oshirishi va qayta tayyorgarlikdan o‘tishini, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining PhD dasturi va ularning magistraturada o‘qishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan takliflar kiritish topshirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash maqsadida korxonalarning buyurtmasiga asosan, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini amalga oshiradigan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan, yagona soliq to‘lovidan, maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy to‘lov va qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilindi.

Ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifasi — ta’lim-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, ta’lim-tarbiya sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.

Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar 1,7 trillion so‘mdan ziyod bo‘lib, ulard�n 1,2 trillion so‘mi o‘quv-laboratoriya binolari, sport zallari va talabalar turarjoylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 500 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ esa o‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va inventar bilan ta’minlash, umumiy tartibda foydalanishga mo‘ljallangan, barcha ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan laboratoriya komplekslarini tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga sarflanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi