06.10.2021 yildagi 625-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qaroriga muvofiq tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi negizida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazi (keyingi o‘rinlarda — Respublika markazi) va joylarda 28 ta hududiy hamda tumanlararo namunali markazlar (keyingi o‘rinlarda — hududiy markazlar) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika markazi va hududiy markazlarga zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari hamda o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarning joylashtirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z joniga qasd qilish ko‘p sodir etiladigan hududlarda tajribali psixolog mutaxassislarni jalb etgan holda, fuqarolar bilan yakka tartibda uchrashuvlar tashkil etish hamda ularga manzilli ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning olis hududlarida yashovchi aholi o‘rtasida ruhiy kasal yoki ruhiyatining o‘zgarishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga moyilligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari bilan o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, ayniqsa, ruhiy kasal yoki ruhiyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga moyilligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha Markaz direktori va xodimlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmalari rahbar va xodimlariga, hududiy markazlar direktori va xodimlari — mos ravishda tuman “Inson” ijtimoiy xizmat markazlarining rahbar va xodimlariga tenglashtirish. Bunda, tegishli lavozimlarni tenglashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan belgilanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan tijorat banklariga kredit ajratish uchun berilgan resurslardan hisoblangan foizdan kelib tushadigan mablag‘lar (bank marjasidan tashqari) hisobidan Respublika markaziga 1 ta xizmat hamda hududiy markazlarga 1 tadan navbatchi avtotransport vositalarini sotib olish hamda ularni saqlash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika markazi va hududiy markazlar xodimlarining ish haqi, moddiy rag‘batlantirish, ustamalar, ularga tenglashtirilgan xarajatlar, shuningdek markazlarga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining ma’lum muddat yashashi bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun ta’sis etilgan 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ni uzluksiz ishlashini ta’minlash bilan bog‘liq hamda boshqa xarajatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar va qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika markazi va hududiy markazlar quyidagi manbalardan moliyalashtirilishi belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Respublika markazi va hududiy markazlar faoliyati samaradorligini oshirish, murojaat etgan xotin-qizlarga tezkor va real yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlik memorandumini imzolasin va uni samarali ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda hududiy markazlar xodimlarining tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoxud qasd qilishga moyil bo‘lgan, og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlarga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha malakasini oshirish bilan bog‘liq seminar-treninglar tashkil etsin va mazkur seminar-treninglarga professor-o‘qituvchilar hamda tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2021-yil 1-noyabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — oila a’zolariga nisbatan zo‘rlik ishlatilgan holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlarini hamda Respublika markazi yoxud hududiy markazlarni, shuningdek, bunday markazlar borligi haqida jabrlanganlarni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika markazi va hududiy markazlarga joylashtirilgan o‘z joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatishda mutaxassis zarur bo‘lgan hollarda, markazlar direktorlarining talabnomasiga ko‘ra hududiy tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan suitsidolog, psixoterapevt va tibbiy ruhshunoslarni Respublika markazi va hududiy markazlarga jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — xorijdagi ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish uchun Respublika markaziga har tomonlama ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — Respublika markazi va hududiy markazlarga joylashtirilgan yoki reabilitatsiyadan o‘tgan xotin-qizlarni Respublika markazi va hududiy markazlar direktorlari talabnomasiga asosan kasb-hunarga o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Respublika markazi va hududiy markazlarda tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordamlar ko‘rsatilib, o‘z oilasiga qaytgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash hamda ularning oilasidagi muhitni muntazam nazorat qilish vazifalari hududiy ichki ishlar organlarining xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha inspektorlari va profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Respublika markazi va hududiy markazlarga joylashtirilgan xotin-qizlar orasidan kam ta’minlangan oilalarda yashayotganlar aniqlanganda, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalariga moddiy yordam, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarda yashayotganlarni “Temir daftar”ga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtojlarni tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritish bo‘yicha tumanlar (shaharlar) hokimlariga Respublika markazi va hududiy markazlar direktorlari tomonidan taqdimnomalar kiritib boriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) har yarim yil yakunlari bo‘yicha Respublika markazi va hududiy markazlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga kiritib boriladi.
(6-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari og‘ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarga ta’sirchan yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida aniq maqsadli ishlarni amalga oshirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zo‘rlik ishlatishning o‘z vaqtida aniqlanishi, bartaraf etilishi va oldi olinishini ta’minlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika markazi va hududiy markazlarga murojaat qilgan xotin-qizlarga tegishli yordam ko‘rsatishda, oiladagi nizoli vaziyatlarning erta oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etishda Respublika markazi va hududiy markazlar bilan bevosita hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Respublika markazi va Toshkent shahar hududiy markazi joylashgan Toshkent shahri Chilonzor tumani Dilxush ko‘chasi 38-uy manzilidagi Toshkent shahar hokimligining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Respublika markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birga topshirish, Respublika markazi esa qabul qilib olish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha hududiy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tizimli ijrosini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda har bir hudud xususiyatlarini hisobga olgan holda, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha hududiy va tumanlararo namunali markazlar faoliyatini samarali yuritishi uchun ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va talab darajasida zarur shart-sharoit yaratish ishlarini yakunlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Kinematografiya agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda xotin-qizlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish ishlarini kuchaytirsin. O‘z joniga suiqasd qilish holatlariga olib keluvchi muammolarni hal etish maqsadida mutaxassislar va din ulamolarini jalb qilgan holda ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, badiiy va hujjatli filmlar yaratsin va ularning televideniye orqali namoyish qilinishi hamda ijtimoiy reklamalar shaklida joylashtirilishini ta’minlasin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
625-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 625-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar

1.

Hududlardagi ko‘rsatkich va holatlar o‘rganilgan holda, xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha manzilli dasturlarni tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

Bir hafta muddatda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatadigan psixologlarning o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish borasidagi tajribalarini oshirish maqsadida metodik qo‘llanma va tavsiyalar ishlab chiqish.

Metodik qo‘llanma
va tavsiyalar ishlab chiqish

2021-yil dekabr

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti

3.

Mahallalarda fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va bevosita aholi bilan ishlaydigan mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun ruhiy bemorlar, ruhiyatida yuz bergan o‘zgarishlar tufayli o‘z joniga suiqasd qilgan shaxslar bilan ishlashga qaratilgan adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va chop etishni tashkil etish.

O‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish
va chop etish

2022-yil

yanvar mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti

II. Xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar

4.

O‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘p sodir etiladigan hududlarda tajribali psixolog mutaxassislarni jalb etgan holda “Psixolog qabuli”, “Biz sizni eshitamiz”, “Psixolog bilan uchrashuv” kabi mavzularda fuqarolar bilan yakka tartibda uchrashuvlarni tashkil etish hamda uchrashuvlar natijasini tahlil qilib, manzilli choralar belgilash.

Uchrashuvlar

tashkil etish

Alohida tasdiqlangan reja asosida

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda har bir mahallada istiqomat qilayotgan muammoli oilalarni aniqlash, muammolar sabablarini o‘rganish va har bir oilaga tegishli mutaxassislarni (mahalla faollari, fuqarolar yig‘ini huzuridagi jamoatchilik komissiyalari a’zolari, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, yoshlar ishlari agentligi vakillari, din ulamolari va h.k.) biriktirish hamda profilaktika ishlarini olib borish.

Muammoli oilalarni aniqlash va tegishli mutaxassislarni biriktirish

profilaktik ishlarni olib borish

2021-yil

noyabr



muntazam

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

O‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘p sodir etilayotgan hududlarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan (zo‘ravonlikni boshidan kechirgan, yaqin odamini yo‘qotgan va boshqalar) xotin-qizlar va yoshlar uchun maxsus xizmatlar faoliyatini tashkil etish va ularga manzilli ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish
va moslashtirish respublika markazi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Mahallalarda tibbiy patronaj xizmatlari orqali ruhiy kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga tibbiy-psixologik xizmatlarni ko‘rsatish samaradorligini oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

O‘z joniga suiqasd qilgan xotin-qizlarni sog‘lom hayotga to‘liq qaytarish maqsadida ularning har biriga alohida kompleks choralar belgilash va ijrosini nazoratga olish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Respublikaning olis hududlarida yashovchi aholi orasida ruhiy kasal yoki ruhiyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga moyilligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari ishtirokida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

Reja grafik tasdiqlash

alohida reja asosida muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan:

tarbiyaviy soatlarda bolalar va o‘quvchilar o‘rtasida ota-onaga hurmat, oila muqaddasligi, hayotning qadriga yetish kabi masalalarda suhbatlar tashkil etish;

ota-onalar majlislarida bola tarbiyasining nozik jihatlari, ularni kamsitmaslik, ruhiyatiga ta’sir etuvchi jazo choralarini qo‘llamaslik va boshqa shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mavzularda tushuntirish ishlarini olib borish.

Reja grafik tasdiqlash va uning asosida suhbatlar tashkil etish

Reja-grafik asosida

Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Bolalar huquqlari himoyasini ta’minlaydigan mexanizmlarni, jumladan, barcha muassasa va xizmatlarda bolalar huquqlarining buzilish holatlari to‘g‘risida tezkor xabardor qilishni joriy etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Hududlarda muammoli oilalarga hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘li keksa avlod vakillarini biriktirish va shu orqali oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Teleradiokanallar orqali oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oilaning muqaddasligi, hayotning qadriga yetish va psixolog maslahat ruknlarini tashkil etish va muntazam efirga uzatib borish.

Media-reja tasdiqlash va amalga oshirish

2021-yil noyab?

Milliy teleradiokompaniya,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Muqaddas diniy kitoblarda o‘z joniga qasd qilish eng yomon salbiy holat ekanligi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini faollashtirish.

Targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil qilish

Reja grafik asosida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Aholi o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish ishlariga hududlardagi nodavlat tashkilotlarni jalb etish.

Bunda o‘z joniga qasd qilishga uringan, kuchli ruhiy tushkunlikka tushgan fuqarolar bilan shug‘ullanish borasida maxsus loyihalar tashkil etish.

Nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish memorandumini imzolash

2021-yil

noyabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (kelishuv asosida)

16.

O‘z joniga qasd qilishning oldini olish sohasida belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qilib borish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida brifing va matbuot anjumanlarini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Har chorakda kamida
bir marotaba

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Milliy teleradiokompaniya,
Milliy axborot agentligi,
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

17.

Televideniye va kinoteatrlarda namoyish etilayotgan badiiy va videofilmlarni, reklama roliklarini oila muqaddasligi, yoshlar ma’naviyatiga hamda ularning hulq-atvoriga salbiy ta’sir etish nuqtai nazaridan tahlil qilib borish va bu borada tegishli takliflarni kiritish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifatmarkazi, Milliy teleradiokompaniya, Kinematografiya agentligi, Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

18.

Ruhiy muammolar, jumladan, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bilan ishlovchi xizmatlar bilan aholini tanishtirish. (Sog‘liqni saqlash, fuqarolar yig‘ini, ta’lim muasassalari va boshqa joylarda mazkur xizmatlar telefon raqamlari va xizmat turlari haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish)

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Belgilangan muddatlarda

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi,

Xalq ta’limi vazirligi

III. Xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlik

19.

Aholi, ayniqsa, ruhiy kasal yoki ruhiyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga moyilligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish sohasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish.

Qo‘shma qaror ishlab chiqish

2021-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

20.

O‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan ishlash sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish, shu jumladan, xorijiy davlatlarga tashrif buyurish orqali tajriba almashish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-2022-yillarda

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Sog‘liqni saqlash, pedagog-psixologlarni attestatsiya qilish jarayonida mutaxassislarni o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega ekanligi yuzasidan bilimlarini aniqlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-2022-yillarda

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

22.

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiyalar, mahorat darslari, seminarlar tashkil etish va o‘tkazish.

Tadbirlar
jadvali ishlab chiqish

2021-yil

noyabr

grafikni tasdiqlash

2022-yil

davomida

amalga oshirish

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, ichki ishlar vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/774/1150-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/625/0941-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 11.12.2025-y., 09/25/774/1150-son)