Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakatlar dasturi haqida
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 270-bandi ijrosini taʼminlash hamda inson huquqlarining umumiy madaniyatini shakllantirish maqsadlarida Oʻzbekiston respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar:
BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakatlar dasturi 1-ilovaga muvofiq*;
BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakatlar dasturi ijrosi yuzasidan “Yoʻl xaritasi” (bundan buyon matnda “Yoʻl xaritasi” deb yuritiladi) 2-ilovaga* muvofiq;
“Yoʻl xaritasi” ijrosining borishi yuzasidan monitoring oʻtkazuvchi ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yoʻl xaritasi” ning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin.
3. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston RespublikasiOliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Kadirov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S. Artikova zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-iyul,
2600-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2019-yil 15-iyul,
KQ-563-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 04/19/2600-III/KQ-563-III/3664-son)