17.08.2019 yildagi 678-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoni)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatini, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
678-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 678-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 47-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi 993-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 1243-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “40” raqami “68” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”;

v) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 68 birlik”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bo‘linma xodimlarining jami soni — 2 birlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 28 birlik”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “O’zmedimpeks” Davlat unitar korxonasi,” so‘zlari chiqarib tashlansin va “Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika bozori konyukturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmog‘ini, shu jumladan, farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish bundan mustasno) yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinayotgan va respublika hududida ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari to‘g‘risida to‘liq axborot yig‘ishni ta’minlovchi Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot tizimini joriy qilishda ishtirok etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rtacha va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishning respublika va hududiy dasturlarini, shu jumladan, farmatsevtika tarmog‘ining erkin iqtisodiy zonalar hududlariga mo‘ljallangan dasturlarni davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari faoliyatiga ko‘maklashadi, ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy buyumlarning import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarini tashkil qilish bo‘yicha investitsiya dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish sohasida:

farmatsevtika bozorining marketing tadqiqotlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi, talab katta bo‘lgan dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnikani, ularni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish yoki mavjud ishlab chiqarishlarga tuzatishlar kiritish maqsadida aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnikani tashqi bozorlarga chiqarishga ko‘maklashadi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda talab katta bo‘lgan dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va davlat sog‘liqni saqlash muassasalarining dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import o‘rnini bosuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish sohasida:

dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika ishlab chiqarishda foydalanilayotgan moddiy-texnik baza va texnologiyalarning holati monitoringini olib boradi va tahlil qiladi hamda natijalari bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni nazarda tutuvchi investitsiya dasturlari ro‘yxatini har yil hududlar va alohida korxona bo‘yicha ishlab chiqadi va vakolatli organlarga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiyot texnikasining chet eldagi innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishlarini tahlil qiladi hamda ushbu tahlil asosida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy va xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
original va samarali dori vositalari yaratish va ularning ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalari va farmatsevtika korxonalari o‘rtasida tayyor ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy qilish va tadqiqotlarning, shu jumladan, o‘simliklardan dori vositalari ishlab chiqarishga qaratilgan tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlarini boshlash bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari, tibbiy buyumlar hamda tibbiyot texnikasi ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan yetakchi xorijiy kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy tashkilotlar vakillarining xalqaro farmatsevtika ko‘rgazmalarida, forumlar, konferensiyalar, seminarlarda hamda xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan milliy ko‘rgazmalarda ishtirok etishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar, hukumatlararo komissiyalar (guruhlar) va biznes-forumlar ishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) farmatsevtika tarmog‘ini, shu jumladan, farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash (dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bundan mustasno) yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarish sohasida:

dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sifatini nazorat qilish, standartlashtirish va sertifikatlash amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtirish faqat belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning davlat reyestri yuritilishi va davriy nashr e’lon qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat farmakopeyasi shakllantirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakologik va/yoki dori vositalari va tibbiy buyumlarning klinikagacha va klinik tadqiqotlari natijalarining ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va “in vitro” tashxis uchun tibbiy buyumlarga farmakopeya hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, kelishish va tasdiqlashni, shuningdek, tibbiy buyumlar (“in vitro” tashxis uchun tibbiy buyumlar tashqari) va tibbiy texnikani texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va kelishishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmokologik nazorat amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning zararli ta’siri aniqlanganda, ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, import qilish va sotishni belgilangan tartibda to‘xtatib turishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlash organlari, shu jumladan, sinov laboratoriyalari faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish sharoitlarini baholashni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar fondini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatlari bo‘yicha dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmog‘i mutaxassislarini malaka oshirish kurslarida, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarda yoki xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘qitishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bundan mustasno) hamda litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi belgilangan tartibda nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish sohasida:

dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasining mahalliy standartlarini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarini ishlab chiqarish, muomalasini tartibga solish, sifatini nazorat qilish hamda “ISO” sifatni boshqarish tizimlarini va Zarur tarzdagi amaliyotni (GxP) joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika tarmog‘i korxonalariga xalqaro standartlarni joriy qilishda ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur tarzda ishlab chiqarish amaliyoti qoidalari (GMP), Zarur tarzda distributsiya amaliyoti qoidalari (GDP), Zarur tarzda saqlash amaliyoti qoidalari (GSP), Zarur tarzda klinika amaliyoti qoidalari (GCP), Zarur tarzda laboratoriya amaliyoti qoidalari (GLP), Zarur tarzda dorixona amaliyoti qoidalari (GPP) talablariga muvofiqlik bo‘yicha audit o‘tkazilishini va tegishli xulosa va/yoki sertifikatlar berilishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) import qilinayotgan va respublika hududida ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari to‘g‘risida to‘liq axborot yig‘ishni ta’minlovchi Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot tizimini joriy qilishda ishtirok etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini hamda sertifikatlashtirilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “https://uzpharm-control.uz” veb sahifasida yoritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatsiyalash sohasida biznes jarayonini avtomatlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllangan ma’lumotlar elektron bazalarining boshqa davlat organlari tizimlari bilan axborot almashuvini yo‘lga qo‘yadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 5-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risida
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (keyingi o‘rinlarda baholash deb ataladi) belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Baholash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi samaradorligini aniq ko‘rsatkichlar va maqsadli indikatorlar asosida aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Baholash uchun quyidagi manbalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy statistik ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyati monitoringi natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar va o‘rganishlar natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolis ekspertlar xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyati sohasidagi ijtimoiy tadqiqotlar natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga taalluqli bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar ma’lumotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Baholash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi deb ataladi) tomonidan yil yakuniga ko‘ra har yili o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Baholashni o‘tkazish rejasi Agentlik tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga yil yakuniga ko‘ra statistik va boshqa ma’lumotlarning taqdim etish muddatlarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik faoliyatining samaradorligi quyidagi mezonlarga ko‘ra baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarning mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning texnik ko‘magi (grantlari)ni, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda 2020 – 2024-yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash va har yilga belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Agentlikning kamida o‘nta xodimining malakasini oshirishni tashkil etish, shu jumladan, xorijda malaka oshirishini tashkil qilish va ilg‘or xorijiy tajribani amaliyotga tatbiq etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda O‘zbekiston farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganish natijalari bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganligi holatini tizimli tahlil qilish natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarish hajmlari har yili 5 foizga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sonini har yili kamida 5 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy farmatsevtika mahsulotlari eksporti ko‘rsatkichining har yili kamida 15 foiz o‘sishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishda muammolarni tizimli tahlil qilish va shu asosda mavjud muammolarni yechimi yuzasidan taklif ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili kamida 100 nomdagi yangi turdagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) farmatsevtika tarmog‘ini, shu jumladan, farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash (dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bundan mustasno) yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarda mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika faoliyatini (dori vositalarini chakana savdosidan tashqari) litsenziyalash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish holati, shu jumladan, davlat xizmatini ko‘rsatishda muddat buzilishlari xolatiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” standartiga muvofiq sertifikatlangan mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilar ulushini har yili kamida 20 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili farmatsevtika sohasida kamida 5 ta xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan mezonlar asosida Agentlik faoliyatining samaradorligini baholash usulini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ularni metodologik qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik faoliyatini baholash natijalari bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Agentlik bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlanadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sog‘liqni saqlash vaziri va Agentlik direktori agentlikning faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik faoliyati samaradorligini baholash yakunlari bo‘yicha Agentlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun ularga nisbatan mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq intizomiy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik rahbariyati faoliyat samaradorligi sifatini oshirish choralari o‘z vaqtida ko‘rilishi uchun shaxsan javob beradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-sonli qaroriga asosan 5-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 26-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 09/25/738/1087-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 25.11.2025-y., 09/25/738/1087-son)