25.10.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Turkiya Respublikasi hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati (birgalikda “Tomonlar”, alohida “Tomon” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida teng huquqli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda chuqurlashtirishga boʻlgan oʻzaro intilishga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasida turistik oqimning oʻsishiga ragʻbatlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon davlatining fuqarolarini boshqa Tomon davlati fani, ijtimoiy taraqqiyoti, madaniyat sohasidagi yutuqlari, tabiati va diqqatga sazovor joylari, shuningdek tarixiy obidalari va madaniy urf-odatlari bilan tanishtirish maqsadida tomonlar turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xalqaro konferensiyalar, forumlar, seminarlar, koʻrgazmalar va ommaviy axborot vositalarida nashrlarni tashkil etish orqali “Buyuk Ipak yoʻli” va boshqa qoʻshma turistik yoʻnalishlar hamda brendlarni ilgari surishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turoperatorlar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatilishiga va turistik guruhlarning oʻzaro tashriflari tashkillashtirilishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turindustriya vakillarining uygʻunlashtirilgan turistik marshrutlar va qoʻshma turistik mahsulotlarni yaratish va targʻib qilish borasidagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar qulay turistik axborot muhitini elektron hamda bosma ommaviy axborot vositalari, ixtisoslashtirilgan turistik axborot markazlari imkoniyatlaridan foydalangan holda shakllantirish maqsadida oʻz davlatlarida boshqa tomon davlatining turistik salohiyati toʻgʻrisida maʼlumotlarni tarqatishga koʻmaklashadilar hamda oʻz turistik resurslari haqida statistik axborot materiallari bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tajriba almashish va turistik faoliyatni tashkillashtirish maqsadida turizm boʻyicha forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va V2V formatidagi uchrashuvlarni tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turistlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, turizm xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz turistik salohiyatlarini ommalashtirish va oʻzaro turistik oqimni oshirish maqsadida har ikki davlat mintaqalari oʻrtasida turizm sohasida hamkorlikning oʻrnatilishi va rivojlanishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar yozuvchilar, jurnalistlar, kino jamoasi, turoperatorlar, havo yoʻllari vakillari hamda jamoatchilik yetakchilari uchun tanishuv safarlarini uyushtirish orqali turizm marketingi sohasida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki davlatning turizm salohiyati va turistlarning tashrif maskanlari bilan tanishtiruvchi turistik festival va tadbirlarda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar har ikki davlatda sayohat sohasi xodimlari uchun seminar va oʻquv kurslarini tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turindustriya va turdosh sohalar korxonalari oʻrtasida bevosita aloqalar oʻrnatilishiga, turizm infratuzilmasiga investitsiya kiritilishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turizm sohasida kasbiy tayyorlash boʻyicha mutaxassislar tajribasidan foydalangan holda axborot almashinuvi orqali turizm sohasida oʻqitish yuzasidan hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Turk tomonidan begʻaraz asosda hamda muddat va shartlari Tomonlar oʻrtasida qoʻshimcha tarzda kelishib olinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tizimida maslahatchi sifatida faoliyat yuritishi mumkin boʻlgan mutaxassisning yuborilishi imkoniyatlarini koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, zaruriyat tugʻilgan holda, mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq maslahatlashuvlar oʻtkazadilar va qoʻshma ishchi guruhlarini tashkil qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan Tomonlar huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti har qanday alohida holatda boshqacha kelishilmagan boʻlsa, mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni Tomonlar davlatlari milliy qonunchiligiga muvofiq tomonlarning mavjud moliyaviy manbalaridan kelib chiqib, har bir tomon oʻzi qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini qoʻllash yoki talqin etishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida muzokara va maslahatlashuvlar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuvlari asosida uning ajralmas qismi boʻlgan va mazkur Bitimning 17-moddasiga muvofiq kuchga kiradigan alohida bayonnomalarni rasmiylashtirish orqali oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan milliy huquqiy protseduralarni Tomonlar tugatganliklari haqida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim besh yil muddatga tuziladi va Tomonlardan biri ushbu Bitimni tugatish toʻgʻrisidagi niyatini navbatdagi besh yillik muddat tugashidan kamida olti oy ilgari diplomatik kanallar orqali boshqa tomonga yozma ravishda xabardor qilmasa, u oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim kuchga kirishi bilan 1997-yil 18-noyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Jumhuriyati Hukumat oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida Bitim oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anqara shahrida 2017-yil 25-oktabrda ikki asl nusxada oʻzbek, turk va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)