30.07.2019 yildagi 636-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qaroriga muvofiq, shuningdek, avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlari koʻrib chiqilishini YIDXPda kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalar oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi ikki oy muddatda Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda yoʻnalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish hamda yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 5-dekabrdagi 994-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
636-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya varaqasi — litsenziya talablari va shartlariga majburiy tarzda rioya qilingan holda yoʻlovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma (litsenziya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat asosida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish — tijorat asosida, yaʼni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yoʻli bilan avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish xizmatini koʻrsatish natijasida daromad olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat asosida amalga oshiriladigan yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati litsenziyalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat asosida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aholining hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish hamda Hukumatning qarorlari boʻyicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan avtomobil transportida Oʻzbekiston hududi boʻylab yetkazib berishga, aeroportdan, temir yoʻl vokzallari va avtostansiyalardan mehmonxonaga va undan qaytishga, oʻz ehtiyojlari uchun yuklarni texnologik tashish uchun, shuningdek, turizm obyektlariga oʻzining ijarachilariga transport xizmatini koʻrsatish uchun hamda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan tashkilotlarga litsenziya olish talab etilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Litsenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organlar deb ataladi) tomonidan tegishli qarorlar qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) — yoʻlovchilarni va yuklarni xalqaro tashish boʻyicha litsenziyalar berish, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, ularni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda Vazirlikning hududiy boshqarmalari deb ataladi) tomonidan — yoʻlovchilarni va yuklarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo tashish boʻyicha litsenziyalar berish, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, ularni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlikka litsenziyalovchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, litsenziyalash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi litsenziyalarning yigʻma reyestrini yuritish, litsenziyalovchi organlar tomonidan avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish vazifalari yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish huquqi uchun ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining soʻrovnomasiga koʻra litsenziya quyidagi faoliyat turlari uchun beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoʻlovchilarni shaharda avtobuslarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yoʻlovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yoʻlovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yoʻlovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yoʻlovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yoʻlovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yoʻlovchilarni shaharlararo avtobuslarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yoʻlovchilarni shaharlararo mikroavtobuslarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) yoʻlovchilarni shaharlararo yengil avtomobillarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
y) yoʻlovchilarni xalqaro avtobuslarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) yoʻlovchilarni xalqaro mikroavtobuslarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) yoʻlovchilarni xalqaro yengil avtomobillarda tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobil hamda xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan tirkama yoki yarim tirkamadan iborat transport vositalari tarkibidan foydalangan holda amalga oshiriladigan xalqaro tashishda yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobilga olingan litsenziya varaqasi transport vositalarining butun tarkibi uchun amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziat litsenziyalovchi organga murojaat qilganda bir ariza bilan ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yuklarni tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqasiga ega boʻlgan avtomobilda milliy yuk tashuvchilar unga muvofiq shaharlararo yoʻnalishlarda yuk tashishni amalga oshirish huquqiga ham egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni avtomobil transportida tashishda foydalaniladigan shatakchi avtomobillarga litsenziya varaqalari berilishi uchun davlat boji toʻlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilarni avtobuslarda yoki mikroavtobuslarda tashish huquqini beruvchi litsenziya varaqasiga ega boʻlgan avtotransport vositalaridan mahalliy va xorijiy fuqarolarni shaharda va shahar atrofida turistik-ekskursiya qilish yoʻnalishlarida (nomuntazam yoʻnalishlarda) yoʻlovchi tashishni amalga oshirish uchun qoʻshimcha litsenziya varaqasi olish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Litsenziya asosida har bir avtotransport vositasiga ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq litsenziya varaqasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya varaqasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. Litsenziya varaqasining amal qilishi litsenziya varaqasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya varaqalari bilan taʼminlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalangan holda tijorat asosida yoʻlovchilarni va yuklarni tashishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu holatlar yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining soʻrovnomasiga koʻra litsenziyalovchi organ qaroriga binoan — faoliyat turiga litsenziya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining soʻrovnomasiga koʻra avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibiga faoliyat turiga berilgan litsenziya asosida — litsenziya varaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentning 32-bandida nazarda tutilgan holatlarda qayta rasmiylashtirilgan ariza beruvchining soʻrovnomasiga koʻra — litsenziya/litsenziya varaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining davlat raqami belgisi oʻzgarganda, avtotransport vositasining yuk koʻtarish yoki yoʻlovchi sigʻimi koʻpayganda (kamayganda), bir avtotransport vositasi shu turdagi boshqa avtotransport vositasiga almashtirilganda ushbu avtotransport vositasidagi mavjud litsenziya varaqalari asosida ariza beruvchining litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirish boʻyicha arizasiga koʻra — qayta rasmiylashtirilgan litsenziya varaqalari beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda belgilangan har bir holatda ariza beruvchi (yoki litsenziat) avtotransport vositalari mavjud boʻlgan taqdirda, ularning mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga avtotransport vositalarining roʻyxatini soʻrovnomada koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxs shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransportlardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan, belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tenderlar natijalari boʻyicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida yoʻlovchilarni yoʻlovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yoʻlovchilarning belgilangan toifalarini bepul va imtiyozli tarzda tashishni taʼminlagan, qoida buzish, antisanitariya holatlariga, xizmat koʻrsatish sifatining past boʻlishiga yoʻl qoʻymagan holda avtomobilda muntazam tashish (yoʻnalishsiz taksilardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tashish va yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yangidan olinayotgan va toʻldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qoʻshimcha litsenziya varaqalarining oʻz vaqtida olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamgʻasi qoʻyilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) yoʻnalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarning yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi koʻrinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Litsenziya olish uchun ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga hamda haydovchilik guvohnomasiga oid maʼlumotlar; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma va/yoki litsenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalarining roʻyxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati yaratib berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan mazkur Reglamentda nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi taqdim etgan maʼlumotlarining toʻgʻriligi va haqiqiyligi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni ushbu Reglamentning 3-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi shaxsan oʻzi borgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan mazkur Reglamentga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovaga muvofiq shaklda avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilovaga muvofiq shaklda litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, ariza beruvchi mazkur bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilarida belgilangan shakllarda soʻrovnoma va maʼlumotlarni shaxsan oʻzi toʻldiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan mazkur bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi maʼlumotlarni rasmiylashtirgandan va soʻrovnomaga kiritgandan soʻng uni oʻz elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI deb yuritiladi) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim va avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya varaqalarini berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda davlat boji undiriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatganligi uchun yigʻim va davlat boji toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda 17-bandda koʻrsatilgan toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat xizmatlarini koʻrsatganligi uchun yigʻim summasi toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda Transport jamgʻarmasi deb ataladi) oʻtkaziladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi (agar davlat xizmati YIDXP orqali koʻrsatilsa);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar Transport jamgʻarmasida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmaydi va toʻlangan yigʻimlar miqdori qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilinganda soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin bir soat mobaynida soʻrovnoma litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali murojaat qilinganda soʻrovnoma avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga kelib tushadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziyalovchi organ soʻrovnoma tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hamkorlik yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasidan litsenziya varaqasi olish uchun taqdim etilayotgan avtotransport vositasi(lar)ga tegishli maʼlumotlarni elektron soʻrov orqali oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hamkorlik yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki ijara shartnomasi asosida mavjud avtotransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organ mazkur Reglament asosida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻliqligini va litsenziya talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatganligi uchun belgilangan miqdorda toʻlovlar amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari (oʻzi shaxsan kelib murojaat qilganda) yoki YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) tushgan soʻrovnomada maʼlumotlar toʻliq taqdim qilingandan hamda yigʻim va davlat bojlari toʻliq toʻlanganligi tasdiqlangandan keyin litsenziya/litsenziya varaqalari rasmiylashtirib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Litsenziyalovchi organ davlat boji tushgan vaqtdan boshlab bir ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya/litsenziya varaqalarini rasmiylashtiradi hamda uni litsenziyalovchi organ vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya/litsenziya varaqalari tushgandan soʻng 10 daqiqada uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya/litsenziya varaqalarini elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda muhrini bosib berish yoʻli bilan taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Litsenziya/litsenziya varaqalarini berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi tomonidan soʻrovnoma ERI yoki imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan tasdiqlanmaganligi, soʻrovnomada, litsenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalari toʻgʻrisida va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar qayd etilganligi, litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek, tanlov (tender) shartlariga nomuvofiqligi hamda arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim toʻlanmaganligi, davlat xizmati koʻrsatilganligi va davlat boji uchun toʻlovlar amalga oshirilmaganligi davlat xizmatini koʻrsatilishiga rad etish uchun yetarli asos boʻla oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya varaqalarini berishni boshqa asoslarda rad etish qatʼiy taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Litsenziya varaqalarini berish uchun toʻlovlar belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda, ariza beruvchi litsenziya varaqalarini berish yuzasidan umumiy tartibda qayta murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ariza beruvchiga avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchining soʻrovnomasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ davlat xizmatlari markazini qaror qabul qilingani toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin bir ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qilmasa, u holda koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi oʻzi soʻrovnoma bergan faoliyatni, bu haqda litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilib, amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma davlat xizmatlari markaziga rad etishning aniq sabablari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ariza beruvchi tomonidan litsenziya/litsenziya varaqasi berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni takroran koʻrib chiqish ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni takroriy koʻrib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarini koʻrsatish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya/litsenziya varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya/litsenziya varaqasi berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasi berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Litsenziya shartnomasi, litsenziya va litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya shartnomasi ommaviy oferta shaklida YIDXPga joylashtiriladi va ariza berish jarayonida akseptlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli maʼlumotlarni koʻrsatgan holda litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziat — jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor)ning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli maʼlumotlarni koʻrsatgan holda litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya/litsenziya varaqasi asosida amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Litsenziyalovchi organ litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tegishli maʼlumotlar koʻrsatilgan holda litsenziya/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalar/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirishda ariza beruvchining litsenziya/litsenziya varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlari buzilishi holatlari toʻgʻrisida jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) va yuridik shaxslar murojaatlari asosida tekshiruvlar oʻtkazadi yoki litsenziat faoliyati xavf-tahlil natijalari boʻyicha tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoxud ularni bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqaradi va/yoki sudga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziya/litsenziya varaqalarisiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun belgilangan tartibda sud organlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda litsenziyalovchi organ litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilish muddatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turadi. Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilish muddatini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish litsenziyalovchi organning arizasiga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan (chiqarilgan) kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay, litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarning litsenziat tomonidan bartaraf etish muddati koʻrsatilgan holda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turgan litsenziyalovchi organ yoki oʻzining arizasiga koʻra litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishi sud tomonidan toʻxtatib turilgan organ koʻrsatib oʻtilgan holatlarning bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida uning amal qilishini tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ yoki sudning litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan vaqtdan boshlab yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida toʻxtatilganda — qayta tashkil etish vaqtidan boshlab, uning oʻzgartirilishi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor)ning — litsenziatning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor)ning — litsenziatning muomalaga layoqatliligi cheklanganda yoki u muomalaga layoqatlsiz deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda faqat sud tomonidan qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlari muntazam yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda litsenziat tomonidan bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organning litsenziya/litsenziya varaqasi berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qarorni puxta asoslagan holda qaror qabul qilingan (chiqarilgan) sanadan boshlab uch ish kundan kechikmay yetkaziladi. Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishi uni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ yoki sudning litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Quyidagilar litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining qoʻpol tarzda buzilishi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatning shtatida Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda tegishli lavozimni egallash uchun attestatsiyadan oʻtgan, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarning boʻlmasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan ishlatish uchun belgilangan tartibda ruxsat etilmagan va yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtmagan avtotransport vositalaridan foydalanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy tibbiy koʻrikdan va yoʻlga chiqishdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtmagan haydovchilarning ishlashiga yoʻl qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya varaqalari bilan taʼminlanmagan avtotransport vositalariga yoʻl varaqalarining berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Litsenziyani/litsenziya varaqasini bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan tartibda va holatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organning litsenziyani/litsenziya varaqasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma (elektron) shaklda, asoslangan holda qaror qabul qilingan kunidan boshlab uch ish kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyani/litsenziya varaqasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya/litsenziya varaqasini berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani/litsenziya varaqasini bekor qilishda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Litsenziyalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) — yuk tashishni amalga oshirish boʻyicha litsenziat uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya va litsenziya varaqasining berilgan sanasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya varaqasining amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining rusumi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat turiga berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya/litsenziya varaqalarining amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya/litsenziya varaqalarning bekor qilishning asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Litsenziya/litsenziya varaqalarining reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Davlat boji toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat boji miqdorlari va ularning taqsimlanishi hamda qaysi maqsadlarda ishlatilishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalari soni toʻldirilgan (koʻpaytirilgan) taqdirda davlat boji har bir litsenziya varaqasi uchun qoʻshimcha ravishda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasining yuk koʻtarish yoki yoʻlovchi sigʻimi koʻpayishi munosabati bilan litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Davlat xizmatlari markazlari va litsenziyalovchi organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

2-ILOVA

3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini litseziyalash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda litsenziya va litsenziya varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtish.

2. Maʼmuriy reglament va ommaviy oferta bilan tanishib chiqish.

3. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.

1. Xohishiga koʻra

2. Murojaat qilganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Soʻrovnomani litsenziyalovchi organ (Transport vazirligi)ga yuborish.

1. 1 soat mobaynida

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Litsenziyalovchi organ

(Transport vazirligi va hududiy boshqarmalari)

1. Ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga mosligini oʻrganadi.
2. Ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga nomuvofiq deb topilgan taqdirda davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qabul qilgan qarori yuzasidan xabar yuborish.

1. 1 ish kuni

2. 1 ish kuni

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchini (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) qabul qilingan qaror haqida hamda litsenziya/litsenziya varaqalari berish uchun oʻrnatilgan tartibda davlat boji toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida xabardor qilish.

1 soat mobaynida

5-bosqich

Ariza beruvchi

Litsenziya/litsenziya varaqalari berish haqida qaror kelib tushgandan soʻng, litsenziya varaqalari berish uchun davlat boji toʻlovlari amalga oshiriladi.

3 oy mobaynida

6-bosqich

Litsenziyalovchi organ

(Transport vazirligi va hududiy boshqarmalari)

1. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya/litsenziya varaqalari berish uchun toʻlovlar toʻlanganidan soʻng QR kod bilan himoyalangan litsenziya/litsenziya varaqalarini oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab rasmiylashtirish.

2. Litsenziya/litsenziya varaqalarini (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish.

1 ish kunida

7-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Litsenziya/litsenziya varaqasini talabgorga oʻzi shaxsan kelganda unga oʻz muhrini qoʻyish yoʻli bilan berish.

1 soat mobaynida

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

__________________

(sana)

________________

(raqam)

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatiga litsenziya berish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot — jismoniy shaxs
(yakka tartibdagi tadbirkor):

1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi

2. F.I.Sh.

3. Pasport maʼlumotlari (seriya va raqami)

4. Haydovchilik guvohnomasi (seriya, raqami va kategoriya)

5. STIR

6. MFO

7. Hisob raqami

8. Xizmat koʻrsatayotgan bank nomi

9. Manzil

10. Telefon raqami

11. Elektron pochta manzili

12. Haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlar

Oʻz hududida borligi

Shartnoma asosida

Sanasi

Shartnoma tuzilgan tashkilot nomi

II. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot — yuridik shaxs:

1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi

2. Tashkilotning toʻliq nomi

3. Mulkchilik shakli

4. STIR

5. MFO

6. OKED

7. Hisob raqami

8. Xizmat koʻrsatayotgan bank nomi

9. Asosiy faoliyat turi

10. Yuridik manzili

11. Telefon raqami

12. Elektron pochta manzili

13. Haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlar

Oʻz hududida borligi

Shartnoma asosida

Sanasi

Shartnoma tuzilgan tashkilot nomi

14. Shtatda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatiga litsenziya varaqasini berish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot — jismoniy shaxs
(yakka tartibdagi tadbirkor):

1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi

2. Litsenziya raqami

3. Berilgan sana

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili

II. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot — yuridik shaxs:

1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi

2. Tashkilotning toʻliq nomi

3. Mulkchilik shakli

4. Litsenziya raqami

5. Berilgan sana

6. Telefon raqami

7. Elektron pochta manzili

8. Shtatda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya varaqalarini olish uchun tashkilot ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Avtotransport vositasining rusumi

Davlat raqami

Ishlab chiqaril-gan yili

Yuk koʻtarishi quvvati, yoʻlovchi sigʻimi

Avtotransport turi

Faoliyat

turi

Faoliyat koʻrsatish muddati

Avtotransport vositasining texnik holati

Mulkchilik toʻgʻrisida maʼlumotlar, ijara shartnomasi muddati, sanasi, ijaraga beruvchi nomi

Avtotransport vositasining qayd etish guvohnomasi raqami

Berilgan sanasi

Texnik holati

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi

____________________________ hududida avtotransport vositalariga TX-1, TX-2 va joriy taʼmirlash ishlarini bajarish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Tashkilotning tibbiy xonasi barcha tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan.‎‎‎

Tashkilotda avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash uchun barcha sharoitlar mavjud, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan tashkilot mexanigi oʻtkazadi va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan tashkilot tibbiy xodimi oʻtkazadi. ‎‎‎

Avtotransport vositalarini kundalik texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni kundalik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar litsenziya shartnomasi shartlariga mos keladi. ‎‎‎

‎‎_________________________________________________________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______________________________ga tegishli avtomobillarni texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun bilan _______ yil _______ oyida _______-sonli shartnoma tuzilgan. ‎‎‎
‎‎Ushbu tuzilgan shartnomaga asosan____________ garaji hududida__________________ xodimlari tomonidan avtotransport vositasi kundalik texnik koʻrikdan va haydovchi kundalik tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.‎
Avtotransport vositasini kundalik texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni kundalik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar litsenziya shartnomasi shartlariga mos keladi. ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Faoliyat turi

Sigʻimi
(yoʻlovchi oʻrni
va yuk koʻtarish quvvati)

Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga davlat boji summasi (bazaviy hisoblash miqdori karraligida)

1.

Yoʻlovchilarni shaharda avtobuslarda tashish

14 oʻringacha

1,0

14 oʻrindan ortiq

2,5

2.

Yoʻlovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish

1 ta transport vositasi uchun

8,0

3.

Yoʻlovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish

4 oʻringacha

2,0

4 oʻrindan ortiq

3,5

4.

Yoʻlovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish

19 oʻringacha

2,0

19 oʻrindan ortiq

4,0

5.

Yoʻlovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish

1 ta transport vositasi uchun

8,0

6.

Yoʻlovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish

4 oʻringacha

2,0

4 oʻrindan ortiq

3,5

7.

Yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish

30 oʻringacha

6,0

30 oʻrindan ortiq

16,5

8.

Yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish

1 ta transport vositasi uchun

19,5

9.

Yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish

1 ta transport vositasi uchun

5,5

10.

Yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish

12 oʻrindan ortiq

28,0

11.

Yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish

1 ta transport vositasi uchun

22,0

12.

Yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish

1 ta transport vositasi uchun

7,0

13.

Yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish

3,5 tonnagacha

1,0

3,5 tonnadan
10 tonnagacha

2,5

10 tonnadan
16 tonnagacha

4,0

16 tonnadan ortiq

5,5

14.

Yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish

3,5 tonnagacha

2,0

3,5 tonnadan
10 tonnagacha

4,0

10 tonnadan
16 tonnagacha

5,5

16 tonnadan ortiq

7,0

15.

Yuklarni avtomobil transportida xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish

1 ta yuk koʻtaruvchi transport vositasi uchun

7,0

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 09/19/636/3495-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/399/0614-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son; 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son; 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son; 18.11.2024-y., 09/24/757/0939-son; 02.04.2025-y., 09/25/200/0300-son; 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)