1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari ko‘rsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qaroriga muvofiq, shuningdek, avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ilovaga muvofiq.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) orqali murojaat qiladilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini YIDXPda kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalar o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ikki oy muddatda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish hamda yanada takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 5-dekabrdagi 994-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
636-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Reglament qoidalari 7 va 8-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya varaqasi — litsenziya talablari va shartlariga majburiy tarzda rioya qilingan holda yo‘lovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma (litsenziya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat asosida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish — tijorat asosida, ya’ni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yo‘li bilan avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish xizmatini ko‘rsatish natijasida daromad olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati litsenziyalanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat asosida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/200/0300-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aholining hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish hamda Hukumatning qarorlari bo‘yicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bog‘liq tashishlarni amalga oshirishga, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan avtomobil transportida O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berishga, aeroportdan, temir yo‘l vokzallari va avtostansiyalardan mehmonxonaga va undan qaytishga, o‘z ehtiyojlari uchun yuklarni texnologik tashish uchun, shuningdek, turizm obyektlariga o‘zining ijarachilariga transport xizmatini ko‘rsatish uchun hamda O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasida nazarda tutilgan tashkilotlarga litsenziya olish talab etilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Litsenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organlar deb ataladi) tomonidan tegishli qarorlar qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) — yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha litsenziya/litsenziya varaqalarini berish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan — yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo tashish bo‘yicha litsenziyalar/litsenziya varaqalarini berish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — nazorat qiluvchi organlar) mazkur Reglamentga 7 va 8-ilovalarda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi hamda huquqbuzarlarga berilgan litsenziya/litsenziya varaqalarining amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, ularni bekor qilish yuzasidan litsenziyalovchi organlarga taqdimnoma kiritadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlikka litsenziyalovchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, litsenziyalash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi litsenziyalarning yig‘ma reyestrini yuritish, litsenziyalovchi organlar tomonidan avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish vazifalari yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqi uchun ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
(7-bandning ikkinchi — o‘n ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Litsenziya asosida har bir avtotransport vositasiga ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq litsenziya varaqasi beriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya varaqalari bilan ta’minlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalangan holda, tijorat asosida yo‘lovchi tashishga, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu holatlar yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi litsenziya varaqasiga ega avtotransport vositasiga boshqa bir yuridik yoki jismoniy shaxslarning arizasiga muvofiq litsenziya varaqalari berilishi taqiqlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/200/0300-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining so‘rovnomasiga ko‘ra litsenziyalovchi organ qaroriga binoan — faoliyat turiga litsenziya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining so‘rovnomasiga ko‘ra avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibiga faoliyat turiga berilgan litsenziya asosida — litsenziya varaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentning 32-bandida nazarda tutilgan holatlarda qayta rasmiylashtirilgan ariza beruvchining so‘rovnomasiga ko‘ra — litsenziya/litsenziya varaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining davlat raqami belgisi o‘zgargandagina, aynan shu avtotransport vositasiga undagi mavjud litsenziya varaqasi asosida ariza beruvchining litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish bo‘yicha arizasiga ko‘ra — litsenziya varaqalari beriladi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda belgilangan har bir holatda ariza beruvchi (yoki litsenziat) avtotransport vositalari mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga avtotransport vositalarining ro‘yxatini so‘rovnomada ko‘rsatadi.
(2-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
(3-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni ushbu Reglamentning 3-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” AT ro‘yxatdan o‘tadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi shaxsan o‘zi borgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan mazkur Reglamentga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovaga muvofiq shaklda avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatiga litsenziya berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnoma.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilovaga muvofiq shaklda litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali murojaat qilingan taqdirda esa, ariza beruvchi mazkur bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilarida belgilangan shakllarda so‘rovnoma va ma’lumotlarni shaxsan o‘zi to‘ldiradi.
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi ushbu davlat xizmati bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldirayotganda, o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanishi mumkin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan mazkur bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat xizmatlarini ko‘rsatganligi uchun yig‘im va davlat boji to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda 17-bandda ko‘rsatilgan to‘lov summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat xizmatlarini ko‘rsatganligi uchun yig‘im summasi to‘liq miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda Transport jamg‘armasi deb ataladi) o‘tkaziladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun) — YIDXP orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar Transport jamg‘armasida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmaydi va to‘langan yig‘imlar miqdori qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilinganda, so‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin bir soat mobaynida so‘rovnoma litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali murojaat qilinganda, so‘rovnoma avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnoma YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda so‘rovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni so‘rovnomaning litsenziyalovchi organga tushgan va litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Litsenziyalovchi organ so‘rovnoma tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hamkorlik yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasidan litsenziya varaqasi olish uchun taqdim etilayotgan avtotransport vositasi(lar)ga tegishli ma’lumotlarni elektron so‘rov orqali oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hamkorlik yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki ijara shartnomasi asosida mavjud avtotransport vositalari to‘g‘risida ma’lumotlarni oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organ mazkur Reglament asosida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘liqligini va litsenziya talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning yengil avtotransport vositasida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyatini amalga oshirish uchun arizalarini ko‘rib chiqishda quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgani (ushbu Reglamentning 15-bandi beshinchi xatboshisi bundan mustasno) — Soliq qo‘mitasining axborot tizimlari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasiga oid ma’lumotlar — Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasiga mulk yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligi — Adliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlari orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuqoridagi ma’lumotlar axborot tizimlari orqali tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga real vaqt rejimida davlat boji ko‘rsatilgan xabarnoma yuboriladi.
(221-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatganligi uchun belgilangan miqdorda to‘lovlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari (o‘zi shaxsan kelib murojaat qilganda) yoki YIDXP/“Litsenziya” AT orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) tushgan so‘rovnomada ma’lumotlar to‘liq taqdim qilingandan hamda yig‘im va davlat bojlari to‘liq to‘langanligi tasdiqlangandan keyin litsenziya/litsenziya varaqalari rasmiylashtirib beriladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Litsenziyalovchi organ davlat boji tushgan vaqtdan boshlab 10 daqiqada QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya/litsenziya varaqalarini rasmiylashtiradi hamda tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP/“Litsenziya” AT orqali elektron shaklda yuboradi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya/litsenziya varaqalari tushgandan so‘ng 10 daqiqada uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya/litsenziya varaqalarini elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda muhrini bosib berish yo‘li bilan taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Litsenziya/litsenziya varaqalarini berish O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar litsenziya/litsenziya varaqalarini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya/litsenziya varaqasini berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning (ma’lumotlar) ariza beruvchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining litsenziya talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun bir yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish taqiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya varaqalarini berishni boshqa asoslarda rad etish qat’iy taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Litsenziya varaqalarini berish uchun to‘lovlar belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda, ariza beruvchi litsenziya varaqalarini berish yuzasidan umumiy tartibda qayta murojaat qilishga haqli.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnomani ko‘rib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qilmasa, u holda ko‘rsatib o‘tilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi o‘zi so‘rovnoma bergan faoliyatni, bu haqda litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilib, amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma davlat xizmatlari markaziga rad etishning aniq sabablari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi, lekin ushbu muddat o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmasligi lozim.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 757-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2024-y., 09/24/757/0939-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilar rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi elektron xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ariza beruvchi tomonidan litsenziya/litsenziya varaqasi berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni takroran ko‘rib chiqish ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilgani to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni takroriy ko‘rib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rad etish sabablarini ko‘rsatish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya/litsenziya varaqasi berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya/litsenziya varaqasi berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasi berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Litsenziya shartnomasi, litsenziya va litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat o‘rtasidagi o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya shartnomasi ommaviy oferta shaklida YIDXP va “Litsenziya” ATga joylashtiriladi va ariza berish jarayonida akseptlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Litsenziat — yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyekti o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) faoliyat turlari bo‘yicha o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida davlat xizmatlari markaziga, YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziat — jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining (yakka tartibdagi tadbirkor) unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida davlat xizmatlari markaziga, YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziat — avtotransport vositasining davlat raqami belgisi o‘zgargandan keyin besh ish kuni ichida mavjud litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida davlat xizmatlari markaziga, YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza litsenziatning xohishiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yuborilishi mumkin. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tadbirkorlik subyektining qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun asos bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, “Litsenziya” AT orqali litsenziyalovchi organga xabarnoma yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yig‘im undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasi qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya/litsenziya varaqasi asosida amalga oshiradi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Litsenziyalovchi organ litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda litsenziya/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalar/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirishda ariza beruvchining litsenziya/litsenziya varaqasini berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda nazorat qiluvchi organ:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlari buzilishi holatlari to‘g‘risida jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) va yuridik shaxslar murojaatlari asosida tekshiruvlar o‘tkazadi yoki litsenziat faoliyati xavf-tahlil natijalari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘luvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘raydi va oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoxud ularni bekor qilish masalasi bo‘yicha qaror chiqaradi va/yoki sudga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportida yo‘lovchilar hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziya/litsenziya varaqalarisiz amalga oshirishning aniqlangan hollari to‘g‘risidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar ko‘rish uchun belgilangan tartibda sud organlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda to‘xtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi kuyidagi hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan to‘xtatib turiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi yoki nazorat qiluvchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi o‘n kungacha muddatga litsenziyalovchi organ tomonidan o‘n kundan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga esa — sud tomonidan to‘xtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organning litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turishi litsenziatga litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari ko‘rsatilgan holda, maxsus elektron tizimga kiritilgan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organlar yoki sud litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilashi shart. Bunda ko‘rsatilgan muddat litsenziat litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni maxsus elektron tizim orqali olgan kundan e’tiboran besh ish kunidan kam va olti oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turgan litsenziyalovchi organ yoki to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi haqida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini qayta tiklashi (tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida tegishli litsenziyalovchi organga qonunda belgilangan tartibda yetkaziladi. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni maxsus elektron tizimga bir ish kunidan oshmagan muddatda joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar litsenziyalovchi organ litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini qayta tiklash haqida yoki qayta tiklashni rad etish to‘g‘risida uch ish kuni ichida qaror qabul qilmasa, litsenziat mazkur muddat o‘tgandan so‘ng litsenziyalovchi organni maxsus elektron tizim vositasida xabardor qilgan holda o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziat litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, sud litsenziyani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organning litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida ular ko‘rgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi. Bunda litsenziya amal qilishining to‘xtatib turilishini sud tomonidan asossiz deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi qayta tiklangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi axborot maxsus elektron tizim orqali joylashtirilishi kerak.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini tugatish O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishi quyidagi hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalash tartibi bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya varaqasining amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini olti oygacha to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan ilgari murojaat etilgan bo‘lib, mazkur muddat ichida litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida litsenziyalovchi organga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Quyidagilar litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol tarzda buzilishi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatning shtatida Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda tegishli lavozimni egallash uchun Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur bo‘yicha malaka oshirgan va malaka imtihonidan o‘tgan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning bo‘lmasligi;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 399-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/399/0614-son — 2021-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan ishlatish uchun belgilangan tartibda ruxsat etilmagan va yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tmagan avtotransport vositalaridan foydalanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy tibbiy ko‘rikdan va yo‘lga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan haydovchilarning ishlashiga yo‘l qo‘yilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya varaqalari bilan ta’minlanmagan avtotransport vositalariga yo‘l varaqalarining berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan boshqa litsenziatga belgilangan tartibda biriktirilgan muntazam yo‘nalishda yo‘lovchilarni tashish xizmatini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam yo‘nalishlarda belgilangan tarif (yo‘l haqi) miqdorini asossiz ravishda oshirish hamda yo‘nalish sxemasidan chetga chiqqan holda (avtomobil yo‘llarida va ko‘chalarda belgilangan tartibda vaqtincha cheklovlar kiritilgan yoki avtotransport vositalari harakati to‘xtatilgan holatlar bundan mustasno) belgilanmagan joyda yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Litsenziya/litsenziya varaqasi O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 33-moddasida nazarda tutilgan tartibda va holatlarda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasi kuyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziyani/litsenziya varaqasini bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, uning o‘zgartirilishi, shuningdek, yangi vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini yoki harakatlarni (faoliyatni) amalga oshirish uchun litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda, qo‘shib yuborilishi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya/litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji belgilangan muddatda to‘lanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turishiga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organning litsenziya/litsenziya varaqasini berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya/litsenziya varaqasi qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasi mazkur bandning uchinchi — yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasi mazkur bandning sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi. Litsenziyalovchi organ litsenziya/litsenziya varaqasini bekor qilish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, litsenziatga maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda litsenziya/litsenziya varaqasini bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya/litsenziya varaqasi mazkur bandning o‘n birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning litsenziya/litsenziya varaqasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga hamda litsenziyalovchi organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ litsenziya/litsenziya varaqasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, litsenziatga maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda litsenziya/litsenziya varaqasini bekor qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ bekor qilingan litsenziya to‘g‘risidagi axborotni bir ish kuni ichida maxsus elektron tizim vositasida litsenziyalar reyestriga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani/litsenziya varaqasini bekor qilishda, tugatishda, to‘xtatib turishda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan faoliyat turlari uchun bir yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi. Mazkur talab tadbirkorlik subyektining muassisi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi”;
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Litsenziyalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) — yuk tashishni amalga oshirish bo‘yicha litsenziat uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya va litsenziya varaqasining berilgan sanasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya varaqasining amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining rusumi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat turiga berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya/litsenziya varaqalarining amal qilishini tugatish asoslari va sanasi;
(39-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya/litsenziya varaqalarning bekor qilishning asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Litsenziya/litsenziya varaqalarining reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Davlat boji to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat bojining taqsimlanishi hamda qaysi maqsadlarda ishlatilishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-maydagi 429-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalari soni to‘ldirilgan (ko‘paytirilgan) taqdirda davlat boji har bir litsenziya varaqasi uchun qo‘shimcha ravishda undiriladi.
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Davlat xizmatlari markazlari va litsenziyalovchi organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP/“Litsenziya” AT orqali doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring olib boradi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
(1-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
(2-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda litsenziya va litsenziya varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish, “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tish.
2. Ma’muriy reglament va ommaviy oferta bilan tanishib chiqish.
3. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lash.
1. Xohishiga ko‘ra.
2. Murojaat qilganda.
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
3. “Litsenziya” axborot tizimi
So‘rovnomani litsenziyalovchi organga yuborish.
1. 1 soat mobaynida.
2. Avtomatik tarzda.
3-bosqich
Litsenziyalovchi organ
(Transport vazirligi va hududiy boshqarmalari)
1. Ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga mosligini o‘rganadi.
2. Ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga nomuvofiq deb topilgan taqdirda davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qabul qilgan qarori yuzasidan xabar yuborish.
1. 2 ish kuni.
2. Avtomatik
tarzda.
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ariza beruvchini (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) qabul qilingan qaror haqida hamda litsenziya/litsenziya varaqalari berish uchun o‘rnatilgan tartibda davlat boji to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida xabardor qilish.
1 soat mobaynida
5-bosqich
Ariza beruvchi
Litsenziya/litsenziya varaqalari berish haqida qaror kelib tushgandan so‘ng litsenziya varaqalari berish uchun davlat boji to‘lovlari amalga oshiriladi.
3 oy mobaynida
6-bosqich
Litsenziyalovchi organ
1. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya/litsenziya varaqalari berish uchun to‘lovlar to‘langanidan so‘ng QR-kod bilan himoyalangan litsenziya/litsenziya varaqalarini rasmiylashtirish.
2. Litsenziya/litsenziya varaqalarini (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish.
10 daqiqada
7-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Litsenziya/litsenziya varaqasini talabgorga o‘zi shaxsan kelganda unga o‘z muhrini qo‘yish yo‘li bilan berish.
1 soat mobaynida
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 4-ILOVA
(4-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________________
(sana)
________________
(raqam)
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatiga litsenziya
berish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot — jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor):
1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi
2. F.I.Sh.
3. Pasport ma’lumotlari (seriya va raqami)
4. Haydovchilik guvohnomasi (seriya, raqami va kategoriya)
5. STIR
6. MFO
7. Hisob raqami
8. Xizmat ko‘rsatayotgan bank nomi
9. Manzil
10. Telefon raqami
11. Elektron pochta manzili
12. Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar
O‘z hududida borligi
Shartnoma asosida
№
Sanasi
Shartnoma tuzilgan tashkilot nomi
II. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot — yuridik shaxs:
1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi
2. Tashkilotning to‘liq nomi
3. Mulkchilik shakli
4. STIR
5. MFO
6. OKED
7. Hisob raqami
8. Xizmat ko‘rsatayotgan bank nomi
9. Asosiy faoliyat turi
10. Yuridik manzili
11. Telefon raqami
12. Elektron pochta manzili
13. Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar
O‘z hududida borligi
Shartnoma asosida
№
Sanasi
Shartnoma tuzilgan tashkilot nomi
14. Shtatda belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur bo‘yicha malaka oshirgan va malaka imtihonidan o‘tgan mansabdor shaxslarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatiga litsenziya varaqasini
berish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot — jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor):
1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi
2. Litsenziya raqami
3. Berilgan sana
4. Telefon raqami
5. Elektron pochta manzili
II. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot — yuridik shaxs:
1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi
2. Tashkilotning to‘liq nomi
3. Mulkchilik shakli
4. Litsenziya raqami
5. Berilgan sana
6. Telefon raqami
7. Elektron pochta manzili
8. Shtatda belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur bo‘yicha malaka oshirgan va malaka imtihonidan o‘tgan mansabdor shaxslarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’LUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Avtotransport vositasining rusumi
Davlat raqami
Ishlab chiqarilgan yili
Yuk ko‘tarish quvvati, yo‘lovchi sig‘imi
Avtotransport turi
Tashuv turi hamda avtotransport vositasining toifasi
Faoliyat turi
Faoliyat ko‘rsatish muddati
Avtotransport vositasining texnik holati
Mulkchilik to‘g‘risida ma’lumotlar, ijara shartnomasi muddati, sanasi, ijaraga beruvchi nomi
Avtoransport vositasining qayd etish guvohnomasi raqami
Berilgan sanasi
Texnik holati
(5-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya varaqalarini olish uchun tashkilot ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’LUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 6-ILOVA
(6-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi

____________________________ hududida avtotransport vositalariga TX-1, TX-2 va joriy ta’mirlash ishlarini bajarish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Tashkilotning tibbiy xonasi barcha tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan.
Tashkilotda avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holda saqlash, uni asrash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, texnika xavfsizligini ta’minlash uchun barcha sharoitlar mavjud, avtotransport vositalarini yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan tashkilot mexanigi o‘tkazadi va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan tashkilot tibbiy xodimi o‘tkazadi.
Avtotransport vositalarini kundalik texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilarni kundalik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar litsenziya shartnomasi shartlariga mos keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’LUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______________________________ga tegishli avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun bilan _______ yil _______ oyida _______-sonli shartnoma tuzilgan.
Ushbu tuzilgan shartnomaga asosan____________ garaji hududida__________________ xodimlari tomonidan avtotransport vositasi kundalik texnik ko‘rikdan va haydovchi kundalik tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Avtotransport vositasini kundalik texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilarni kundalik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar litsenziya shartnomasi shartlariga mos keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Litsenziya nomi:
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya/litsenziya varaqalari.
2.
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:
a) yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish;
b) yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish;
v) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish;
g) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish;
d) yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish.
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.
4.
Litsenziyalovchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari.
5.
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) ko‘rsatilgan holda, litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va/yoki litsenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalarining ro‘yxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) Ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati yaratib berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;
v) o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning bir yil ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.
6.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.
7.
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
1. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi.
2. Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga litsenziya varaqalari berilganligi uchun:
yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobusda tashish (sig‘imiga/yo‘lovchi o‘rniga qarab):
14 o‘ringacha
BHMning 1 baravari
14 o‘rindan ortiq
BHMning 2,5 baravari
yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobilda tashish
4 o‘ringacha
BHMning 2 baravari
4 o‘rindan ortiq
BHMning 3,5 baravari
yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha 12 o‘rindan ortiq avtobusda tashish
BHMning 28 baravari
yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobusda tashish, 1 ta transport vositasi uchun
BHMning 22 baravari
yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobilda tashish, 1 ta transport vositasi uchun
BHMning 7 baravari
haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositasida o‘zini-o‘zi band qilgan holda yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish
BHMning 1 baravari
8.
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
2 ish kuni;
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun real vaqt rejimida (10 daqiqada).
9.
Litsenziya talablari va shartlari:
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonunchilik hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;
b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs shtatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransportlardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan, belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar bo‘yicha malakasini oshirib, malaka imtihonidan o‘tgan mansabdor shaxslarning mavjud bo‘lishi;
v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud bo‘lishi;
g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud bo‘lishi;
d) qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;
e) tenderlar natijalari bo‘yicha vakolatli organlar bilan shartnoma asosida:
yo‘lovchilarni yo‘lovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yo‘lovchilarning belgilangan toifalarini bepul va imtiyozli tarzda tashishni ta’minlagan, qoida buzish, antisanitariya holatlariga, xizmat ko‘rsatish sifatining past bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan holda, avtomobilda muntazam tashish (yo‘nalishsiz taksilardan tashqari); muntazam yo‘nalishlarga sun’iy yo‘ldoshli harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan to‘liq jihozlangan avtotransport vositalarini chiqarish hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilgan holda, ularning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida belgilangan serverga muntazam uzatilishini tashkil etish;
j) tashish va yong‘in xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, asrash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, texnika xavfsizligini ta’minlash, avtotransport vositalarini yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
z) yangidan olinayotgan va to‘ldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qo‘shimcha litsenziya varaqalarining o‘z vaqtida olinishi;
i) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamg‘asi qo‘yilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud bo‘lishi;
k) yo‘nalishsiz taksilarning hamda yo‘lovchilarni buyurtma asosida tashuvchi yengil avtotransport vositalarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi;
l) muntazam yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarda faoliyat yuritadigan avtotransport vositalarining tender shartnomalarida mavjud bo‘lishi;
m) o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar o‘z avtotransport vositasini bir yilda bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazishi hamda bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi;
n) yo‘nalishsiz taksilarning litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hududda yoki yondosh hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) faoliyat ko‘rsatishi.
10.
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:
Mavjud emas.
11.
Litsenziyaning amal qilish muddati:
1. Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi.
2. Litsenziya varaqasi bir yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlar va ijara shartnomasi yoki tender shartnomasining amal qilish muddati bir yildan kam bo‘lsa, litsenziya varaqasining amal qilish muddati ularning muddati bilan cheklanadi.
12.
Izoh.
Ariza beruvchi litsenziyalovchi organga murojaat qilganda, bir ariza bilan ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega.
Litsenziya varaqasining amal qilishi litsenziya varaqasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ariza beruvchi taqdim etgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqiqiyligi uchun javob beradi.
Yuridik shaxs shtatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransportlardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning mavjud bo‘lishiga oid talablar Transport vazirligi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida o‘rindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-dekabrdagi PQ-443-son qarorining 9-bandiga muvofiq elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvarga qadar litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Litsenziya nomi:
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati uchun litsenziya/litsenziya varaqalari.
2.
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish.
3.
Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar.
4.
Litsenziyalovchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.
5.
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va/yoki litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalarining ro‘yxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga hamda haydovchilik guvohnomasiga oid ma’lumotlar, litsenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va/yoki litsenziya varaqalarini olish uchun ariza beruvchi ixtiyorida bo‘lgan avtotransport vositalarining ro‘yxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati yaratib berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar.
6.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.
7.
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
1. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi.
2. Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga litsenziya varaqalari berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari. Bunda yuklarni avtomobil transportida tashishda foydalaniladigan shatakchi avtomobillarga litsenziya varaqalari berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
8.
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
2 ish kuni.
9.
Litsenziya talablari va shartlari:
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonunchilik hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;
b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs shtatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan, belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar bo‘yicha malakasini oshirib, malaka imtihonidan o‘tgan mansabdor shaxslarning mavjud bo‘lishi;
v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud bo‘lishi;
g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud bo‘lishi;
d) tashish va yongin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, texnika xavfsizligini ta’minlash, avtotransport vositalarini yo‘lga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan o‘tkazish va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
e) yangidan olinayotgan va to‘ldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziat tomonidan qo‘shimcha litsenziya varaqalarining o‘z vaqtida olinishi;
j) xalqaro yuk tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamg‘asi qo‘yilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud bo‘lishi.
10.
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:
Mavjud emas.
11.
Litsenziyaning amal qilish muddati:
1. Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi.
2. Litsenziya varaqasi bir yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bir yildan kam bo‘lsa, litsenziya varaqasining amal qilish muddati ularning muddati bilan cheklanadi.
12.
Izoh.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobil hamda xorijiy davlat hududida ro‘yxatga olingan tirkama yoki yarim tirkamadan iborat transport vositalari tarkibidan foydalangan holda amalga oshiriladigan xalqaro tashishda yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobilga olingan litsenziya varaqasi avtotransport vositalarining butun tarkibi uchun amal qiladi.
Litsenziya varaqasining amal qilishi litsenziya varaqasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ariza beruvchi (yuridik shaxslar) litsenziyalovchi organga murojaat qilganda, bir ariza bilan ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega.
Ariza beruvchi taqdim etgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqiqiyligi uchun javob beradi.
Yuridik shaxs shtatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning mavjud bo‘lishiga oid talablar Transport vazirligi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq avtomobilda tashish xavfsizligini ta’minlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida o‘rindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan kiritilgan — 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)