12.02.2019 yildagi 1077-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati Chust tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013-yil 25-aprelda 2452-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablaridan kelib chiqib, tumanda 2019-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asoson qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona, tashkilot, mashina traktor parki OAJlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobga olish va ularning texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga* va texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va koʻrsatilgan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona, tashkilot, mashina traktor parki OAJlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatiy nazar barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan va texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalarni, texnik talabga javob bermaydigan texnikalarni ishga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrik davomida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini mavsumga tayyorgarligi, har bir traktorchi-mashinistning tegishli texnikani boshqarish uchun ruxsat etilgan toifaning mavjudligi, texnikalarni oʻrnatilgan tartib asosida roʻyxatdan oʻtkazilganligi va boshqa talablarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumandagi barcha korxona, tashkilot, mashina traktor parki OAJlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari rahbarlariga hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrikka tegishli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan har bir texnika uchun undirilgan yigʻimni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi 23402000300100001010 hisob raqamiga MMVB XTTM Toshkent shahri, MFO 00014 INN 201122919, “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi ShXB 401421860144017950100082001, INN 200057080 Chust DTNI hisob raqamiga toʻlanishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari I. Abdullayevga tumandagi korxona, tashkilot, mashina traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan mulkchilik shaklidan qatiy nazar qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Chust haqiqati” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi B. OXUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chust sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1077-son