Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyul,
PF-5769-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi PF-5769-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-son Farmonida:
a) 2-ilovada:
1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
11-banddagi “oʻrinbosari” soʻzi “birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 3-ilovada:
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
7. |
N.T. Yoʻldoshev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori | ”; |
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh. Maxsus komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4235-son qarorida:
11-bandning ikkinchi xatboshidagi “T.K. Narbayeva” soʻzlari “E.I. Basitxanova” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
1. |
T.K. Narbayeva |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Komissiya raisi | |
| |
2. |
E.I. Basitxanova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari | ”; |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2019-y., 06/19/5769/3450-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)