1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish | ||||
|
1. |
Korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida, aholining keng qatlamlarini xabardor qilish va ong-bilimlarini oshirishda maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, xususan: mavzuli audio-, videoroliklar, bannerlar, plakatlar va innovatsion axborot-targʻibot materiallaridan foydalangan holda fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq xulqni shakllantirishga qaratilgan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida kampaniyalarni oʻtkazish; soʻrovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targʻiboti va taʼlimi boʻyicha chora-tadbirlar natijalari va taʼsirini muntazam ravishda baholash; ushbu sohada keyingi chora-tadbirlarni amalga oshirishda baholash natijalaridan foydalanish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Alohida reja-jadval asosida, 2019-yil 1-iyulgacha tasdiqlash |
Idoralararo komissiya, Adliya vazirligi (R. Davletov), IIV (P. Bobojonov), Bosh prokuratura huzuridagi Departament (D. Raximov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), vazirlik va idoralar |
|
2. |
Alohida maqsadli guruhlarning (davlat xizmatchilari, tadbirkorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va boshqalar) korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi va tizimi haqida huquqiy bilimi va xabardorligini oshirish yuzasidan ahamiyatga ega boʻlgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan quyidagilar orqali: korrupsiya omillarini aniqlash, korrupsiya xavf-xatarlarini boshqarish va ularni minimallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish borasida vazirlik va idoralar vakillari uchun davriy taʼlim berish tizimini joriy etish; davlat organlari faoliyatining xususiyatlarini inobatga olgan holda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va hal qilish borasida amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish; korrupsiyaga qarshi kurashish va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalari boʻyicha maxsus oʻquv-metodik va boshqa adabiyotlarni yaratish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 15-iyulgacha |
Idoralararo komissiya, vazirlik va idoralar |
|
3. |
Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan: korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ijtimoiy tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish (klublar, toʻgaraklar, forum va boshqalar); oliy oʻquv yurtlari va yoshlarning boshqa vakillari hisobidan koʻngillilar guruhlarini shakllantirish; yoshlar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Alohida reja-jadval asosida, 2019-yil 1-iyulgacha tasdiqlash |
Idoralararo komissiya, Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), Oliy taʼlim vazirligi (I. Madjidov), XTV (Sh. Shermatov),TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov), Bojxona instituti (V. Ergashev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), MTRK (A. Xadjayev) |
|
4. |
Taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus kurslarini kiritish, shu jumladan: jamiyatda korrupsiyaning mavjud boʻlgan xavf-xatarlari asosida, oʻquv materiallarini tayyorlash uchun yagona metodologik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash; barcha taʼlim muassasalari, shu qatorda davlat xizmatchilari, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha taʼlim berishga masʼul shaxslarning malakasini va kasbiy tayyorgarligini oshirish boʻyicha muassasalarda taalluqli dasturlarni joriy etish; jurnalistlarni tayyorlash oʻquv dasturlariga “Korrupsiyaga qarshi jurnalist tergovi” fanini kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil |
Oliy taʼlim vazirligi (I. Madjidov), XTV (Sh. Shermatov), Bosh prokuratura Akademiyasi (E. Kolenko), Sudyalar oliy kengashi qoshidagi Sudyalar oliy maktabi (X. Isoqov), TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov), Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti (M. Rustambayev) |
|
5. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, tadqiqiy va ekspert salohiyatini kuchaytirish borasida chora-tadbirlar qabul qilish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashishda chora-tadbirlarni amalga oshirishga masʼul boʻlgan shaxslarning bilimlarini va kasbiy mahoratini muntazam ravishda oshirish; mazkur sohada sertifikat olgan ekspertlarning milliy jamoasini bosqichma-bosqich shakllantirish; ilmiy-metodik materiallarni ishlab chiqishga xorijiy ekspertlar va maslahatchilarni jalb etish; korrupsiyaga qarshi kurashish mavzuida magistratura yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini joriy etish; milliy ekspertlarni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro akademiyasi (KQKXA) va boshqa xalqaro taʼlim muassasalarida oʻqitish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-iyulgacha |
Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy taʼlim vazirligi (I. Madjidov), TIV (A. Kamilov) |
|
6. |
Davlat organlari va tashkilotlarning masʼul xodimlari tomonidan ishga qabul qilinganidan soʻng hamda muayyan vaqt oʻtganidan soʻng, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini majburiy ravishda oʻtash tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil 1-sentabrdan |
Bosh prokuratura (O. Murodov), Oliy taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), DBA (X. Azizov), JIDU (M. Bakoyev), TDYU (E. Kanyazov), vazirlik va idoralar |
|
7. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida, quyidagilarni nazarda tutadigan tadqiqotlarni tashkil qilish, jumladan: sodir etilayotgan korrupsiyaga oid jinoyatlarning oʻziga xos sxemasini oʻrganish asosida korrupsiyaning tipologiyasini tuzish; korrupsiyaga moyil boʻlgan sohalarni aniqlash asosida tarmoqlar kesimida korrupsiyaga oid xaritalarni tuzish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini oʻrganish, shuningdek ularni bartaraf etish takliflarini ishlab chiqish; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida taʼlim va tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlariga, shu jumladan, xalqaro tashkilotlardan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha grantlar jalb qilish orqali koʻmaklashish; korrupsiya darajasi, korrupsiyani idrok etish va shaxsiy tajribasi, shuningdek, davlat hokimiyati institutlariga ishonch va korrupsiyaga qarshi choralarning taʼsiri darajasini baholash ma�sadida jamoatchilik fikrini oʻrganish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil 1-aprelgacha |
Idoralararo komissiya, “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), FJShMQMI (R. Kamilov), “Rivojlanish strategiyasi” markazi (E. Tulyakov), Bosh prokuratura Akademiyasi (E. Kolenko) TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov), Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti (M. Rustambayev), JIDU (M. Bakoyev), vazirlik va idoralar |
|
8. |
Idoralararo komissiyasining rasmiy veb-sayti asosida xalqaro standartlarga muvofiq zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan portalni yaratish, shu jumladan: korrupsiyaga qarshi tadbirlar haqida hisobot va maʼlumotlar; korrupsiyaning tarqalishi va idrok etilishi haqida ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari; normativ-huquqiy hujjatlarning loyihasi boʻyicha korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari toʻgʻrisida maʼlumot; korrupsiya jinoyatlari, ularning tergov va sudda koʻrilishi natijalari boʻyicha statistik maʼlumotlar; maʼlumot, metodik va axborot materiallari; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun jamoatchilik bilan qayta aloqa mexanizmlari, shuningdek jamoatchilik fikrini soʻrov qilish natijalari. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-noyabrgacha |
Idoralararo komissiya, LBMA (D. Li), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), SSP (A. Ikramov) |
|
9. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida, shu jumladan xalqaro ekspertlar ishtirokida seminarlar, “davra suhbatlari” va konferensiyalar oʻtkazishni nazarda tutadigan xalqaro mezonlar va ilgʻor chet el tajribalarini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil 1-aprelgacha |
Idoralararo komissiya |
|
10. |
Quyidagilar yordamida, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish va bajarish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini yanada jalb qilishda maqsadli tadbirlarini amalga oshirish: davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlar va qayta aloqani mustahkamlash mexanizmlarini kuchaytirish; ijtimoiy sheriklik doirasida davlat organlari, shuningdek, jamoat kengashlari faoliyatiga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etishning shaffof va obyektiv mezonlariga asoslangan mexanizmlarni belgilash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil 1-aprelgacha |
Idoralararo komissiya, Adliya vazirligi (R. Davletov), FJShMQMI (R. Kamilov), “Rivojlanish strategiyasi” markazi (E. Tulyakov), OʻzNNTMA (I. Nasriyev), vazirlik va idoralar |
|
II. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish | ||||
|
11. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi, “Davlat moliyaviy nazorati toʻgʻris�da”gi qonun loyihasini ishlab chiqish: budjet jarayonining har bir bosqichida tashqi va ichki moliyaviy nazorat hamda auditning vazifalari va maqsadini bir-biridan ajratish; nizom jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan tashkilotlarda davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish; moliyaviy, shu jumladan, korrupsiyaga oid jinoyatlarni oʻz vaqtida aniqlash. |
Qonun loyihasi |
2019-yil 1-sentabrgacha |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Hisob palatasi (O. Rustamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), LBMA (D. Li), Bosh prokuratura (O. Murodov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov) |
|
12. |
Idoralar faoliyatining moliyaviy natijalarini ochib beradigan, ichki hamda tashqi audit sohasini belgilash yoʻli orqali amalga oshirilayotgan nazoratning samarasi haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan ichki nazorat va ichki audit xizmati xodimlarining huquqiy maqomi va vakolatini belgilaydigan, davlat boshqaruvi tizimi rivojlanishi, prognozlash va strategik rejalashtirishga oid xufiyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi choralarni oshkor etishni taʼminlaydigan mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutadigan “Davlat ichki nazorati va ichki auditi toʻgʻrisida”gi qonun loyiha�ini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil 1-sentabrgacha |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Hisob palatasi (O. Rustamov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Bosh prokuratura (O. Murodov), LBMA (D. Li), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Bosh prokuratura huzuridagi Departament (D. Raximov) |
|
13. |
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash yuzasidan normativ-huquqiy va tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni takomillashtirish, shu jumladan quyidagi yoʻllar bilan: maʼlumotlardan erkin foydalanish huquqiga oid qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganish; fuqarolarning maʼlumotlardan erkin foydalanish yuzasidan oʻz huquq va majburiyatlari haqida xabardorliklarini oshirish; davlat organlari tomonidan axborotni nashr qilish uchun yagona elektron tizimni joriy etish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil 1-sentabrgacha |
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi (I. Abdullayev) |
|
14. |
Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish: barcha davlat xaridlari subyektlarini bosqichma-bosqich qamrab olish boʻyicha choralar koʻrish; xarid (ISO 20400) va korrupsiyaga qarshi kurashish (ISO 37001) standartlari boʻyicha kompaniyalarni sertifikatlashtirish tizimini joriy etish; davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash; affillangan shaxslarning xaridlarda qatnashishlariga cheklovlar belgilash; barcha davlat tenderlarini qamrab olish uchun mahsulot yetkazib beruvchilarning hamma foydalana oladigan yagona reyestrini yuritish; davlat xaridlari boʻyicha axborotning oshkoraligi va erkinligini oshirish; xarid jarayonida byurokratik va subyektiv omillarni minimallashtirish; natijalarni statistik tahlil qilish, shuningdek, xarid tartibining barcha zarur parametrlari boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini tashkil qilish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil 1-noyabrgacha |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), vazirlik va idoralar |
|
15. |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan foydalanish orqali sudyalarni ochiq, oshkora tanlash va tayinlash mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan: tanlov natijalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining veb-saytida eʼlon qilish; sudyalar aniq ifoda etilgan oshkora mezon va tartiblar asosida baholanishini taʼminlash. |
Qonun loyihasi |
2019-yil 1-dekabrgacha |
Sudyalar oliy kengashi (U. Mingboyev), Oliy sud (K. Kamilov) |
|
16. |
Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish, shu jumladan: sudyalar malaka hayʼatlari kotiblarining rolini oshirish, shu jumladan ularga korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish vazifasini yuklash; sudyalar malaka hayʼatlari kotiblarining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyalar daxlsizligini taʼminlash boʻyicha Sud inspeksiyasi bilan samarali hamkorlik qilish, shuningdek, ularning Kengashga hisobdorligi mexanizmlarini yaratish; sudyalar va sud xodimlari oʻrtasida profilaktik va tushuntirish ishlarini muntazam ravishda olib borish; odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashish faktlari boʻyicha sudyalarning Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Sud inspeksiyasiga anonim tarzda murojaat qilish tartibini joriy etish; korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini tizimli va chuqur tahlil qilishni va ularning oldini olishni taʼminlash. |
Qoʻshma qaror loyihasi |
2019-yil15-iyungacha |
Sudyalar oliy kengashi (U. Mingboyev), Oliy sud (K. Kamilov) |
|
17. |
“Prokuratura organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, shu jumladan: prokuratura organlari va muassasalarida xizmat qilish uchun institutsional mexanizmlarni mustahkamlash; kadrlarni shaffof tanlovlar asosida saralab olishning mutlaqo yangi mexanizmini joriy etish; manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va bartaraf qilish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil 1-dekabrgacha |
Bosh prokuratura (O. Murodov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
18. |
Korrupsiya va soliq tavakkalchiligini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutgan holda, oʻrta muddatli va uzoq muddatli davrda soliq xizmatini strategik boshqarish mexanizmlarini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2019-yil 1-dekabrgacha |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Bosh prokuratura (O. Murodov) |
|
19. |
Quyidagi choralarni amalga oshirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish, bunda: qonun hujjatlarini tahlil qilish, ularda korrupsiyaga sharoit yaratadigan qoida va normalarni aniqlash; barcha darajadagi davlat organlari rahbarlarining maʼlumotlarini eshitish; davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli ravishda oʻrganish; korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoraviy choralar samaradorligini baholash; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari Kengashlari qoʻshma qarori loyihasi |
2019-yil 1-oktabrgacha |
Oliy Majlis palatalari — |
|
20. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoraviy tizimlar samaradorligini oshirish, shu jumladan: korrupsiyaga koʻproq moyil boʻlgan sohalarni aniqlash; xizmat vazifalarini bajarishda xodimlarning manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va ularni hal qilish masalalarini lozim darajada tartibga solish, shuningdek, ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikni oshirish; davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoraviy koordinatorlarning oʻzaro hamkorligi; barcha darajadagi davlat organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, shuningdek, ularning sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; idoraviy chora-tadbirlarni amalga oshirish ustidan ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish. |
Idoraviy hujjatlar |
2019-yil 1-noyabrgacha |
Idoralararo komissiya, Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
21. |
Ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish, jumladan: korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” (compliance control) tizimini joriy etish va uning samaradorligini monitoring qilish; korrupsiyaga qarshi kurashish tegishli korrupsion standarti (ISO 37001)ga muvofiq sertifikatlashtirish tartibini oʻrnatish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1 aprelgacha |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (A. Nazirov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov) |
|
22. |
Korrupsiyaga qarshi maxsus tadbirlarni xususiy sektorga joriy etishga faol koʻmaklashish, unda quyidagilarni nazarda tutuvchi choralarni koʻrish: ichki nazorat choralari va tartib-taomillarini kuchaytirish; davlat xaridlarida ishtirok etish boʻyicha qatʼiy axloq qoidalarini taʼminlash; biznesning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi jamoaviy tadbirlarini ragʻbatlantirish. |
Oʻzbekiston biznesining Korrupsiyaga qarshi kurashish xartiyasining loyihasi |
2019-yil 1-oktabrgacha |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Kosimov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
III. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarini bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash | ||||
|
23. |
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida davlat organlariga axborot berish mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan: fuqarolarga korrupsiya faktlari toʻgʻrisida davlat organlarini xabardor qilish imkonini beruvchi mobil va boshqa ilovalarni ishlab chiqish; korrupsiya faktlari haqida anonim xabarlarni oʻrganish imkoniyatlari. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-dekabrgacha |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), LBMA (D. Li), Idoralararo komissiya |
|
24. |
Davlat organlari bilan jamoatchilik oʻrtasidagi munosabatlar sifatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishonch telefonlari va Call-markazlari (“tezkor aloqa liniyalari”) ish samaradorligi monitoringini taʼminlash, uning natijalarini muntazam nashr etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil 1-aprelgacha |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), LBMA (D. Li), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Bosh prokuratura (O. Murodov), vazirlik va idoralar |
|
25. |
Korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish. |
Qonun loyihasi |
2020-yil 1-sentabrgacha |
Oliy sud (K. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov) |
|
26. |
Tadbirkorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan: tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashganligi, noqonuniy harakatlar qilganligi, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklashga yoki ularni toʻxtatishga sabab boʻlgan asossiz tadbirkorlarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini yanada himoya qilish masalalarida jamoatchilik nazorati mexanizmlari joriy etilishini taʼminlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil 1-oktabrgacha |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov), Adliya vazirligi (R. Davleto�), SSP (A. Ikramov) |
|
27. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarini va sudyalarni tayyorlash boʻyicha amaliy choralarni quyidagilar orqali takomillashtirish: korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy vositalari va usullaridan foydalanish; korrupsiya jinoyatlarini aniqlash, tergov qilish va sudda koʻrib chiqish; murakkab moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish, jinoiy daromadlarni legallashtirish sohasidagi ishlarni samarali surishtirish; malaka oshirish jarayoniga xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar (oʻquv dasturlari, modullar, masofaviy kurslarni ishlab chiqish, treninglar, “davra suhbatlari” va boshqalarni tashkillashtirish) |
2019-yil 1-noyabrgacha |
Bosh prokuratura Akademiyasi (E. Kolenko), Sudyalar oliy kengashi qoshidagi Sudyalar oliy maktabi (X. Isoqov), TDYU (E. Kanyazov), IIV Akademiyasi (B. Matlyubov) |
|
28. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yangi xavf-xatar va tahdidlarni hisobga olgan holda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning texnik jihozlanishini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2020-yil 1-iyulgacha |
Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), DXX (A. Azizov), DBQ (M. Azimov), DSQ (B. Musayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
IV. Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik | ||||
|
29. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida meʼyoriy va tashkiliy-amaliy bazani takomillashtirish jarayoniga xalqaro tashkilotlar (BMT NJQKB, BMTTD, IHTT, EXHT, ShHT, EOG va boshqalar)ni jalb qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-dekabrgacha |
TIV (A. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), IIV (P. Bobojonov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov) |
|
30. |
IHTTning tavsiyalarini bajarish boʻyicha har tomonlama va samarali choralar koʻrish. |
IHTTning tavsiyalarini bajarish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” |
2019-yil 1-iyulgacha |
Idoralararo komissiya |
|
31. |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi monitoringi 2-bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va tegishli tashkiliy choralarni qabul qilish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-dekabrgacha |
Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov) |
|
32. |
Korrupsiyaga qarshi kurashishga bagʻishlangan xalqaro forumni oʻtkazish va unda ushbu sohadagi yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilish masalasini koʻrib chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 15-dekabrgacha |
Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov) |
|
33. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining auditorlik xalqaro tashkilotlari oliy organlari (INTOSAI, ASOSAI i ECOSAI)ga qoʻshilishi va xorijiy davlatlarning yuqori darajadagi auditorlik organlari va yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatishi boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-dekabrgacha |
Hisob palatasi (O. Rustamov), TIV (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
34. |
Xorijiy ommaviy axborot vositalarida davlat va jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi prinsipial pozitsiyasi toʻgʻrisida xorijiy davlatlar, investorlar va fuqarolarning tushunchasini yaxshilashga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublikamiz tomonidan qabul qilingan choralar toʻgʻrisida maxsus materiallar yoritilishini tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil 1-yanvargacha |
TIV (A. Kamilov), Bosh prokuratura (O. Murodov), Adliya vazirligi (R. Davletov), IIV (P. Bobojonov) |
|
35. |
Quyidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqish: Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni aniqlash, olib qoʻyish va musodara qilish hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevropa Kengashi Konvensiyasi (Varshava sh., 2005-yil 16-may); Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi MDHning Kishinev konvensiyasi (Kishinyov sh., 2002-yil 7-oktabr). |
Tahliliy materiallar |
2019-yil 1-iyulgacha |
Bosh prokuratura (O. Murodov), TIV (A. Kamilov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
3-ILOVA
|
Z.Sh. Nizomiddinov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Komissiya rahbari | |
|
2. |
V.V. Maxmudov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi |
|
3. |
B.M. Mavlonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari |
|
31 |
A.E. Burxanov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori |
|
4. |
A.A. Azizov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi |
|
5. |
U.K. Mingboyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi |
|
6. |
K.F. Kamilov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi |
|
7. |
N.T. Yoʻldoshev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori |
|
8. |
B.A. Shayakubov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari |
|
9. |
N.M. Rustambekov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari |
|
10. |
R.K. Davletov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri |
|
11. |
P.R. Bobojonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri |
|
12. |
M.B. Azimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
|
13. |
B.A. Musayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi |