Navoiy viloyati hokimining
QarorI
Viloyat hududida koʻchma savdo faoliyatini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-iyuldagi “Koʻchma savdoga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 233-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 339-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari takliflari asosida, quyidagilar:
viloyat davlat soliq boshqarmasi va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bilan kelishilgan, viloyat hududida koʻchma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlarning roʻyxati 1-ilovaga;
viloyat davlat soliq, ichki ishlar, arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bilan kelishilgan, har bir tuman (shahar) boʻyicha koʻchma savdo obyektlarining joylashish sxemasi (oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan holda) 2 — 11-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
*2 — 11-ilovalar berilmaydi.
2. Viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi (Aslonov), viloyat kompyuterlashtirish markazi davlat unitar korxonasi (Farmonov) tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda uch kun mobaynida koʻchma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlarning tasdiqlangan roʻyxati, shuningdek koʻchma savdo obyektlari joylashishi sxemalarini (oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan holda) tegishli tuman (shahar)ning “yagona darcha” markazlarida, viloyat va tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini taʼminlasin.
3. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari, viloyat davlat soliq boshqarmasi (Bozorov), davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (Xojiyeva), Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi (Sulaymonov):
koʻchma savdo obyektlarining tasdiqlangan joylashish sxemasi va sotilishi mumkin boʻlgan tovarlarning roʻyxatiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” markazlari orqali berilgan tegishli ruxsatnoma asosida hududlarda koʻchma savdo faoliyatini tashkil etilishini;
koʻchma savdoni amalga oshirishda qonun hujjatlariga, shu jumladan chakana savdo qoidalariga, sanitariya qoidalariga, normalarga va gigiyenik normativlarga majburiy rioya etilishini;
xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qoʻllanilishi va bank plastik kartochkalardan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilinishini taʼminlasinlar.
4. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari har yili 1-noyabrgacha:
tegishli tuman (shahar) hududida koʻchma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlar roʻyxati;
oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan holda tegishli tuman (shahar) hududida koʻchma savdo obyektlarining joylashishi boʻyicha takliflar tayyorlab, har yili 10-noyabrgacha koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun viloyat hokimligiga kiritsin.
5. Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Razzoqov) taqdim etilgan:
tegishli tuman (shahar) hududida koʻchma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlar roʻyxatini — viloyat davlat soliq boshqarmasi va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bilan;
oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan koʻchma savdo obyektlari joylashishi sxemasini — davlat soliq, ichki ishlar, arxitektura va qurilish boshqarmalari hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bilan kelishilgan holda har yili 1-dekabrgacha tasdiqlanishini taʼminlasin.
6. Navoiy viloyat hokimining 2016-yil 24-oktabrdagi “Viloyat hududida koʻchma savdo faoliyatini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Q-148-sonli qarori (“Doʻstlik bayrogʻi” gazetasi, 28.10.2016-y, 87-son (3642) ) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari U. Razzoqov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim K. TURSUNOV
Navoiy sh.,
2018-yil 6-yanvar,
Q-5-son
Viloyat hokimining 2018-yil 6-yanvardagi Q-5-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Viloyat hududida koʻchma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlarning
ROʻYXATI
|
T/r |
Tovarlarning nomi |
|
1. |
Muzqaymoq va alkogolsiz yaxna ichimliklar |
|
2. |
Oziq-ovqat mahsulotlari (non va non mahsulotlari, qandolatchilik mahsulotlari, un, shakar, tuz, asal, makaron, perlovka, grechka, ziravorlar, quruq mevalar, yongʻoqlar) |
|
3. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (kartoshka, piyoz, sabzi, karam, meva, poliz, guruch, dukkakli don) |
|
4. |
Tijorat banklari lotereyalari |
|
5. |
Uyali aloqa kompaniyalarning “sim” kartalari |
|
6. |
Kanselyariya mollari va oʻquv qurollari |
|
7. |
Tikuvchilik va toʻquvchilik mahsulotlari |
|
8. |
Charm poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari |
Viloyat hokimligi Tadbirkorlik va ishbilarmonlik
muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish
va qoʻllab-quvvatlash guruhi bosh mutaxassisi
______________B. Sayfiddinov
muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish
va qoʻllab-quvvatlash guruhi bosh mutaxassisi
______________B. Sayfiddinov