06.01.2018 yildagi 12к-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻot tumanining 2018-yildagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va mahalliy budjetining parametrlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-I-son) 99-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yildagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son Qarori va xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2017-yil 30-dekabrdagi “Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2018-yildagi asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi 24-102-sonli hamda Xorazm viloyat hokimining 2018-yil 5-yanvardagi “Xorazm viloyatining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va mahalliy budjetining parametrlari toʻgʻrisida”gi 5q-sonli va xalq deputatlari Bogʻot tuman Kengashining 2017-yil 31-dekabrdagi “Bogʻot tumani mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi 36/104 sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yildagi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son Qarori va Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2017-yil 30-dekabrdagi “Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2018-yildagi asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi 24-102-son hamda Xorazm viloyat hokimining 2018-yil 5-yanvardagi “Xorazm viloyatining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va mahalliy budjetining parametrlari toʻgʻrisida”gi 5q-sonli va xalq deputatlari Bogʻot tuman Kengashining 2017-yil 31-dekabrdagi “Bogʻot tumani mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi 36/104 son qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2018-yilga moʻljallangan tuman mahalliy budjetining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjetining asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjetining 2018-yilgi daromadlari va xarajatlari hajmlari, viloyat budjetidan beriladigan ijtimoiy soha uchun transfertlar miqdorlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjetining zaxira jamgʻarmasi miqdori 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman moliya boʻlimi (Roʻzmetov)ga (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) tegishli mahalliy budjetga yuqori budjetdan transfertlar va ssudalar olinishida, tuman boʻyicha barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha budjet xarajatlarini moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman moliya boʻlimining 2017-yilgi tuman mahalliy budjeti daromadlarini 40,7 mlrd. soʻm va xarajatlarini 75,9 mlrd. soʻm miqdorida aniqlashtirish toʻgʻrisida taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari Bogʻot tuman Kengashining 2017-yil 31-dekabrdagi “Bogʻot tuman mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi 36/104-sonli qarori bilan maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror Bogʻot tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Bogʻot sadosi” gazetasida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari U. Yoqubov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim J. RAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻot t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12k-son