Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
qarori
Bogʻot tumanida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y.,50-son, 559-modda) qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va mileorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi (2013-yil 25-aprel, roʻyxat raqami 2452, talablariga Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 17-son 229-modda) talablariga asosan, tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, qaror qilaman:
1. Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda matnda “texnika” deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;
Texnikalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va joriy yilning 1-fevraldan 31-iyulgacha texnik koʻrikdan oʻtkazilishni taʼminlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi:
texnikalarning soni, ularning mavjudligi va roʻyxatdan oʻtganligi;
texnikaning texnik pasporti va qishloq xoʻjaligi mashinasining guvohnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarda ularning turi, rusumi, zavod raqami, dvigatel raqami va davlat raqamlari belgisining muvofiqligi;
texnikaning texnik holati va jihozlarining sozligini koʻrib chiqsin.
3. Texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foizi miqdorda yigʻim undirilsin.
4. Tuman qishloq xoʻjalik texnikasi boʻyicha davlat inspektori (A. Roʻziboyev) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan tuman hokimining 2017-yil 28-yanvardagi 128k-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror Bogʻot tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Bogʻot sadosi” gazetasida eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni tuman hokimining oʻrinbosari U. Matyaqubov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim J. RAXIMOV
Bogʻot t.,
2018-yil 31-yanvar,
207-son
Tuman hokimining 2018-yil 31-yanvardagi 207-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
|
A. Roʻziboyev |
— |
Tuman qishloq xoʻjalik texnikasi boʻyicha davlat inspektori, komissiya raisi |
|
I. Nurmetov |
— |
Tuman qishloq xoʻjalik texnikasi boʻyicha davlat inspektori, komissiya raisi oʻrinbosari |
|
Komissiya aʼzolari: | ||
|
A. Matniyazov |
— |
“Bogot Agro MTR” MChJ raisi oʻrinbosari |
|
I. Xusainov |
— |
Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshligʻi 1-oʻrinbosari |
Tumanda texnikalari mavjud boʻlgan MMTPlar, fermer xoʻjaliklari va korxona tashkilotlar rahbarlari komissiya aʼzolari hisoblanadi.