Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021 16.01.2019 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ va yoʻl qurilish texnikalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y, 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan (roʻyxat raqami 2452, 25.04. 2013-y.) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2013-yil, 17-son, 229-modda) tumanda 2019-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tumanda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot, mashina-traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina traktor-parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga*, tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina traktor parklari ustaxonalari va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1- va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Sirdaryo tuman boʻlimi boshligʻi (U. Xaydarov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik, meliorativ va yoʻl-qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik, meliorativ va yoʻl-qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtgan texniklarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Barcha korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyatlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl-qurilish texnikalarini, mashina va asbob-uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrigiga taalluqli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari D. Temirovga tumandagi korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari va jismoniy shaxslarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi, meliorativ va yoʻl-qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror “Sirdaryo” gazetasida eʼlon qilinsin, hamda tegishli tartibda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Bazarbayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. MUXAMADIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165-son