09.07.2019 yildagi 568-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash va nazorat-litsenziya faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
568-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining kuchi bilan shartnoma asosida taʼminlanadi. Bu boʻlinmalarning soni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2001-y., 9-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisida nizomning 3.1-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3.1. Diplomatik vakolatxonalar va diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining xususiy qarorgohlari binosi, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar aʼzolarining uy-joylari daxlsiz hisoblanadi. Diplomatik vakolatxonani va xususiy qarorgohni qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan shartnoma asosida qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga qoʻriqlashga ishonib topshirilayotgan diplomatik vakolatxonalar va qarorgohlarning texnik mustahkamligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining normativ-huquqiy hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9-sentabrdagi 203-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 37-38-son, 373-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrmon qoʻriqchiligi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi birinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari “Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovaga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda) quyidagi mazmundagi 39-pozitsiya qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

39

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

Oz miqdorda talon-toroj qilish uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

25

.

Oʻta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

25

Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-iyundagi 338-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 09/22/338/0534-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-martdagi 60-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 10-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari “Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-banddagi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari “Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 11-bandning ikkinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari “Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 27-banddagi “ichki ishlar organlari” soʻzlari “Milliy gvardiya boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-yanvardagi 16-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 5-son, 57-modda) rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-banddagi “Ministerstvu vnutrennix del” soʻzlari “Natsionalnoy gvardii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Ministerstva vnutrennix del” soʻzlari “Natsionalnoy gvardii” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-apreldagi 92-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 16-son, 180-modda) bilan tasdiqlangan Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qoʻriqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat koʻrsatishi qoidalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari belgilangan tartibda Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga qoʻriqlash uchun berilishi, kirish cheklangan xonalari majburiy tartibda Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlimlarining texnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) qoʻriqlash uchun topshirilishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Yongʻin, avariya yuz berganda va boshqa favqulodda vaziyatlarda obyekt boʻyicha navbatchi yoki Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimi darhol yongʻin, avariya komandasini chaqiradi, nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektining rahbariga va ijaraga beruvchiga, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati boʻlinmalariga xabar beradi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 18-banddagi “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlaridan keyin “Milliy gvardiyasi” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyundagi 159-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 25-son, 309-modda) bilan tasdiqlangan “Doʻrmon” milliy bogʻi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandidagi “ichki ishlar organlari” soʻzlari “Milliy gvardiya boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va maʼmuriy huquqbuzarlik yoʻli bilan maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 076 kodli pozitsiya chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 180-1 kodli pozitsiya qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

180-1

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 380 va 381 kodli pozitsiyalar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

380

Milliy gvardiya organlari

381

Qoʻriqlash bosh boshqarmasi

.

Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-avgustdagi 697-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrining jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida xizmatni oʻtayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti toʻlash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatlari va saf boʻlinmalari xodimlari hamda Milliy gvardiyaning shartnoma asosida xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilariga tatbiq etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi 23-kichik bandidagi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari “Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 17.06.2022-y., 09/22/338/0534-son; 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)