14.04.2014 yildagi 92-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qoʻriqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat koʻrsatishi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarining xavfsiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, teleradio dasturlarining efirga ruxsatsiz chiqarilishi imkoniyatlarini istisno etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qoʻriqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat koʻrsatishi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda nodavlat teleradiokompaniyalari bir oy muddatda nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini ushbu qaror bilan tasdiqlangan Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qoʻriqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat koʻrsatishi qoidalari talablariga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarning barcha obyektlari qoʻriqlanishi, xavfsiz faoliyat koʻrsatishi va ularning yongʻin xavfsizligi taʼminlanishi holati yuzasidan tekshirish oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-apreldagi 92-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qoʻriqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat koʻrsatishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalar nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari qoʻriqlanishi, muhofaza qilinishi va ularning xavfsiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoidalar nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarning barcha obyektlariga tatbiq etiladi hamda ularning oʻz faoliyatini belgilangan tartibda olingan litsenziyalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida teleradio dasturlarni shakllantirish va tarqatish sohasida amalga oshiruvchi mulkchilikning nodavlat shaklidagi yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar subyekti — qonunchilikda belgilangan tartibda telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tarqatish (uzatish, qayta uzatish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun vakolatli organning litsenziyasiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti — nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar subyektining maʼmuriy va texnik maqsaddagi obyekti (binolari, inshootlari va alohida xonalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish cheklangan bino — nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektining teleradio uzatuvchi apparatlar, kabel televideniye studiyasi joylashgan, shuningdek tele- va radio dasturlarni toʻgʻridan-toʻgʻri uzatish imkoniyatiga ega boʻlgan tele-, radio dasturlar, efirga chiqish studiyalari, ovoz yozish va video yozuvlar studiyalari shakllantiriladigan xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
efirga chiqish studiyasi — yozuvlarni amalga oshirish va tele- va radio dasturlarni toʻgʻridan-toʻgʻri uzatish uchun texnik xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz yozish va video yozuvlar studiyasi — telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar uchun ovoz yozish va video yozuvlarni amalga oshirish uchun texnik xona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kabel televideniye studiyasi — erkin koʻrib boʻlmaydigan, faqat kabel televizion kanallardan foydalangan holda muayyan hududda tele-, radio dasturlar va elektr aloqasining boshqa xabarlari shakllantiriladigan va tarqatiladigan bino.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qoʻriqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari ham oʻz mulki boʻlgan hududlar va binolarda, ham ijaraga beruvchilarning binolarida yoki qonunchilikka muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalaniladigan boshqa mulkdorlarning binolarida joylashishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentiga qoʻriqlash uchun berilishi, kirish cheklangan xonalar majburiy tartibda ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlimlarining texnik qoʻriqlash markaziga qoʻriqlash uchun topshirilishi kerak.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kirish cheklangan xonaning tashqi kirish eshigi koʻrish koʻzchasi yoki videodomofon oʻrnatilgan yaxlit metalldan yasalgan, shuningdek bittasi kodli boʻlgan kamida ikkita oʻyma qulfli boʻlishi kerak. Xonada qoʻriqlash postiga va PTORga trevoga signali beruvchi qoʻriqlash hamda yongʻin signalizatsiyasi mavjud boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlariga tutash hudud, kirish cheklangan bino va xonalarga kirish joylari kirish cheklangan binoda tasvir monitorda navbatchi xodim tomonidan koʻriladigan va yozuv kamida bir hafta saqlanadigan videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari binosining birinchi qavati xonalarining tashqi deraza oʻyiqlari, shuningdek kirish cheklangan xonalaridagi barcha deraza oʻyiqlari ichki tomondan kamida 15 mm diametrli simdan yasalgan va teshiklari koʻpi bilan 150 x 150 mm boʻlgan, devorga mahkamlangan metall shtirlarga kavsharlangan metall panjaralar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kirish cheklangan xona orqali tranzit quvurlar, havo kiritgichlar va boshqa kommunikatsiyalarni oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarining alohida joylashgan binolari hududi balandligi kamida ikki metrli beton yoki gʻisht toʻsiq bilan toʻsilgan va u toʻliq yoritilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, aholi punktlarining meʼmoriy koʻrinishini oʻzgartirishga cheklashlar mavjud boʻlgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilgan holda beton va gʻisht toʻsiqlarni dekorativ metall panjara devor bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari hududiga va u toʻsib qoʻyilgan joyga nazorat qilinmaydigan kirish yoʻllari boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti uchun ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha maxsus hujjatlar ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektining maxsus hujjatlari uning rahbari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yongʻin, avariya yuz berganda va boshqa favqulodda vaziyatlarda obyekt boʻyicha navbatchi yoki Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti xodimi darhol yongʻin, avariya komandasini chaqiradi, nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektining rahbariga va ijaraga beruvchiga, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati boʻlinmalariga xabar beradi va ularni bartaraf etish choralarini koʻradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlariga hujum boʻlganda, ularni egallab olish uchun tahdid qilinganda yoki asbob-uskunalaridan ruxsat berilmagan tarzda foydalanishga urinilganda tasdiqlangan yoʻriqnomalar va sxemalar boʻyicha ularni ishdan chiqarish chora-tadbirlari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Obyektga kiritish tartibi va uning ichki tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarida kirish tartibi va obyektning ichki tartibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Obyektga kirish tartibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-kiritish punkti va ruxsatnomalar byurosi tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy, vaqtinchalik va bir martalik ruxsatnomalar tizimi joriy etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat xonalariga va kirish cheklangan xonalarga kirish huquqini beruvchi maxsus shifrlar va vkladishlar qoʻllanilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomaning tegishli turini, vkladishlarni berishga, shifrlar qoʻyishga ruxsat berish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarni belgilashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektga olib kirish taqiqlangan buyumlar va ashyolar roʻyxati belgilanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keluvchilarni qabul qilish va ular bilan muzokaralar olib borish uchun joylar jihozlanishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Obyektning ichki tartibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu obyektda ishlash uchun shaxslarni tanlash, oʻrganish va rasmiylashtirishning zarur tartibiga rioya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat xonalariga va kirish cheklangan xonalarga kiritiladigan shaxslar roʻyxati belgilanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajaruvchilar oʻrtasida tartib talablarini tushuntirish, xushyorlikni oshirish va topshirilgan ish uchastkasi uchun javobgarlik boʻyicha ishlar olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar yuz berganda obyektni ishga tayyorlash ishlari oʻtkazilishini va favqulodda vaziyatlar yuz berganda xatti-harakatlar belgilanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik uskunadan foydalanish mumkin emasligini taʼminlash yoki uni foydalanishdan chiqarish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi obyekt xodimlarining xatti-harakatlari rejasi ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik uskunani foydalanishdan chiqarish va uning u yoki bu elementlarini, ularsiz uning normal ishini tiklash mumkin boʻlmagan bloklarni yoʻq qilish uchun masʼul xodimlar roʻyxati belgilanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz yozish va efirga uzatish uchun foydalaniladigan texnika vositalari qoʻllanilishi nazorat qilinishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari yoki kirish cheklangan xonalar foydalanishga topshirishdan oldin ushbu Qoidalar talablariga muvofiqlik yuzasidan Idoralararo komissiya tomonidan tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Idoralararo komissiya nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati, Milliy teleradiokompaniya boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi vakillaridan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining vakili rahbarligida shakllantiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya tomonidan nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektining ushbu Qoidalar talablariga muvofiqligi va yaroqliligi yuzasidan dalolatnoma tuziladi. Kamchiliklar aniqlangan taqdirda dalolatnomada ularni bartaraf etish muddatlari koʻrsatiladi. Tuzilgan dalolatnoma telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash masalalari boʻyicha vakolatli organga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti rahbari ushbu Qoidalarga rioya etilishi yuzasidan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Qoidalar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qoʻriqlash, muhofaza qilish va ularning xavfsiz faoliyat koʻrsatishi qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti rahbari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Favqulodda vaziyatlar roʻy bergan taqdirda maʼmuriyat va xodimlarning xatti-harakatlari boʻyicha yoʻriqnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti boʻyicha navbatchining yoʻriqnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kalitlarni topshirish va olish, barcha xonalarni qoʻriqlash uchun topshirish va ularni qoʻriqlashdan chiqarish, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan taqdirda ushbu xonalarni ochish boʻyicha yoʻriqnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Favqulodda vaziyatlarda telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni, darhol toʻxtatish elektr taʼminotini uzib qoʻyish boʻyicha tegishli vakolatli tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlik qilish rejasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Favqulodda vaziyatlar roʻy bergan taqdirda nodavlat telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti xodimlarini va mol-mulkini evakuatsiya qilish sxemasi va tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obyektga kirish tartibini taʼminlash boʻyicha yoʻriqnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Obyektning ichki tartibini taʼminlash boʻyicha yoʻriqnoma.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 16-son, 180-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)