Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining
Qarori
Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ va yoʻl-qurilish texnikalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2021-yil 28-maydagi 150/22-6-sonli “Sirdaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 12-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan (roʻyxat raqami 2452, 25.04. 2013-y.) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2013-y., 17-son, 229-modda) tumanda 2018-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining 2018-yil 26-noyabrdagi 14/9/18-767-sonli xatiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, qaror qilaman:
1. Tumanda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot, mashina-traktor parki aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina traktor-parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobga olish va ularning texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Inspeksiyaning Mirzaobod tuman boʻlimi katta inspektori J. Ergashevga:
mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik, meliorativ va yoʻl-qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha rusumli qishloq xoʻjalik, meliorativ va yoʻl-qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Barcha korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyatlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari rahbarlariga:
hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl-qurilish texnikalarini, mashina va asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrigiga taalluqli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
4. Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B. Asamovga tumandagi korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi, meliorativ va yoʻl-qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinganligi munosabati bilan tuman hokimining 2018-yil 6-martdagi 663-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining sohalar boʻyicha oʻrinbosarlari B. Asomov hamda Sh. Karamurzayevlar zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. ABDULLAYEV
Navroʻz sh.,
2019-yil 7-yanvar,
3-son
Tuman hokimining 2019-yil 7-yanvardagi 3-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Mirzaobod tumanidagi qishloq xoʻjaligi, meliorativ va yoʻl-qurilish texnika va asbob uskunalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
| Koʻrik vaqti | Koʻrik kuni |
Koʻrikdan oʻtkaziladigan texnika va agregatlar |
| 2019-yil 1-chorak | 2019-yil 1 — 28-fevral oyi davomida |
Yer tekislagichlar, chopiq traktorlari, kultivatorlar, chigit seyalkalari, tishli boronalar, chizellar, mineral oʻgʻit sepgichlar, pushta olgichlar. |
| 2019-yil 2-chorak | 2019-yil 1 — 30-may oyi davomida |
Gʻalla oʻrish kombaynlari, zichlab bogʻlagichlar, oʻq ariq olgichlar, matigalar. |
| 2019-yil 3-chorak | 2019-yil 1 — 30-iyul oyi davomida |
Don ekish syelkalari, oʻt oʻrgichlarlar, yem-xashak, makka oʻrish va boshqa kombaynlar, gʻoʻza chilpigichlar, transport traktorlari, yuklagichlar, transport tirkamalari, purkagichlar, haydov traktorlari, omochlar, paxta terish mashinalari |
| 2019-yil 4-chorak | 2019-yil 1 — 30-noyabr oyi davomida |
Buldozyerlar, ekskavatorlar, skrepyerlar, yoʻl qurilish mashinalari, mineral oʻgʻit sepgichlar, |
Tuman hokimining 2019-yil 7-yanvardagi 3-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Mirzaobod tumanidagi qishloq xoʻjaligi, meliorativ va yoʻl-qurilish texnika, mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
tarkibi
| 1. | J. Ergashev |
— |
Inspeksiyaning Mirzaobod tuman boʻlimi katta inspektori, komissiya raisi |
| 2. | O. Isakjanov |
— |
Tuman IIB YXXB boshligʻi |