Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son Farmoni, “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4061-son qarori va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4122-son qaroriga muvofiq, shuningdek, harbiy hujjatlarni rasmiylashtirish va berish, Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-iyul,
562-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 562-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining shaxsiy guvohnomasini va harbiy xizmatga majburlarning guvohnomasini amalga kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 15-fevraldagi 55-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 9-modda):
a) 4-bandga “boshqarmalarida” soʻzidan keyin “yoki tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlinmalarida” soʻzlari qoʻshilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining, bitimga binoan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomalari va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomda:
5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti beriladi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti beriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshiga “boshqarmalari” soʻzidan keyin “yoki tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari” soʻzlari qoʻshilsin;
13-banddagi “serjantlar tayyorlash maktabiga” soʻzlari “kichik mutaxassislar tayyorlash markaziga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-bandga “boshqarmalari” soʻzidan keyin “yoki tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari” soʻzlari qoʻshilsin;
26-bandga “boshqarmalariga” soʻzidan keyin “, ular orqali esa tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga” soʻzlari qoʻshilsin;
27-bandning birinchi xatboshiga “boshqarmalarida” soʻzidan keyin “va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida” soʻzlari qoʻshilsin;
31-bandga “boshqarmalarida” soʻzidan keyin “va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida” soʻzlari qoʻshilsin;
34-bandning birinchi xatboshiga “boshqarmalarida” soʻzidan keyin “va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida” soʻzlari qoʻshilsin;
v) Harbiy guvohnoma toʻgʻrisidagi nizomda:
2-banddagi “harbiy oʻquv yurti” soʻzlari “harbiy taʼlim muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “harbiy oʻquv yurtiga” soʻzlari “harbiy taʼlim muassasasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “zaxirada” soʻzi “rezervida va zaxirasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandidagi “zaxiraga” soʻzi “rezerviga, zaxiraga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandidagi “harbiy oʻquv yurti” soʻzlari “harbiy taʼlim muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik bandidagi “oʻquv yurtlarida, Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv tashkilotlarida” soʻzlari “taʼlim muassasasida, mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Harbiy guvohnoma mudofaa ishlari boshqarmasida yoki tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida taqdim etilgan hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Harbiy guvohnomaning birinchi sahifasi oʻzi yelimlanadigan shaffof plastik plyonka bilan muhofazalanadi.
Harbiy guvohnomani harbiy xizmatga majburga topshirish va uni harbiy hisobga olish qoidalari bilan tanishtirish tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Alohida hollarda, mudofaa vazirining qaroriga asosan harbiy guvohnomaning birinchi va ikkinchi sahifalarini qora rangli tushda qoʻlda yozish yoʻli bilan rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.”;
12-bandga “boshqarmalari” soʻzidan keyin “, ular orqali esa tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari” soʻzlari qoʻshilsin;
13-bandning birinchi xatboshidagi “boshqarmalarida” soʻzidan keyin “va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida” soʻzlari qoʻshilsin;
16-bandga “boshqarmalarida” soʻzidan keyin “va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarida” soʻzlari qoʻshilsin;
18-bandga “boshqarmalari” soʻzidan keyin “va tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 6-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 22-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda barcha viloyat tumanlaridagi umumtaʼlim maktablar, litseylar va kollejlarning aʼlochi bitiruvchilari bilan yigʻinlar, shuningdek, maqsadli targʻibot ishlarini tashkil etish;”;
uchinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 34-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalariga harbiy-professional tanlashni oʻtkazishda yozma ish va yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻrniga umumtaʼlim fanlarini bilish boʻyicha yozma imtihon oʻtkaziladi.”;
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 41-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 46-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) quyidagi mazmundagi 471-band qoʻshilsin:
“471. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining tegishli vazirlik hamda idoralar tavsiyanomalari berilgan farzandlari oliy harbiy taʼlim muassasalariga kvotalangan asosda oʻqishga kirish huquqiga ega;
xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning tegishli vazirlik hamda idoralar tavsiyanomalari berilgan farzandlari oliy harbiy taʼlim muassasalariga belgilangan qabul kvotasidan tashqari tanlovsiz oʻqishga kirish huquqiga ega.”;
e) 51-banddan “harbiy xizmatchilar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 53-bandda:
birinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchilar va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan harbiy xizmatchilar farzandlari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim muassasalariga qabul qilish Davlat komissiyasiga har yili 1-maygacha yuboradi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
z) Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalari roʻyxatida:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 24-iyuldagi 569-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHMB, 2018-yil 24-iyul) 1-ilovadagi “Maxsus fakultet” bloki chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son)