Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-iyun,
544-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyundagi 544-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
13-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“davlat unitar korxonalarining yillik yigʻilishi yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay oʻtkazilishi va davlat budjetiga ajratmalarni sof foydani taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan 60 kundan kechiktirmay toʻlash”.
14-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat korxonasining oʻz faoliyatidan olingan daromadlari, shuningdek, davlat korxonalarining boshqa jamiyat ustav fondidagi ulushi boʻyicha dividend”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 09/19/544/3376-son)