01.06.2018 yildagi PQ-3764-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada baholash faoliyatini tartibga soluvchi mustahkam huquqiy baza shakllantirilgan, baholash xizmatlari bozorini rivojlantirish, amalga oshiriladigan baholash ishlarining natijalari va xolisligi uchun javobgarlikni oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda baholash xizmatlari bozorida malaka sertifikatiga ega mingga yaqin baholovchilar mehnat qiluvchi ikki yuzdan ortiq baholovchi tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bir qator muammo va kamchiliklar professional baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishga hamda baholovchi tashkilotlarga bo‘lgan ishonchni oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish funksiyasini xususiylashtirish sohasidagi davlat boshqaruvi organi zimmasiga yuklash oqibatida baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, baholovchi tashkilotlar kapitalining eng kam miqdoriga bo‘lgan yuqori talablarning mavjudligi professional mutaxassislarning baholash xizmatlari bozoriga kirishini cheklamoqda, buning oqibatida baholash ishlari sifati ularga, ayniqsa, biznesni baholash hamda bank va sug‘urta faoliyatida ortib borayotgan talablarga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, baholovchilar malakasi va kasbiy mahoratining qoniqarsiz darajadaligi, shuningdek, turli obyektlar qiymatini baholashning alohida shartlarini hamda ularning yutuqlarini rag‘batlantirishni hisobga olmaydigan baholovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samarasizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, baholashga yagona yondashuvni va bozor konyunkturasini hisobga olishni ta’minlamaydigan, tez o‘zgarib borayotgan bozorning zamonaviy shartlariga javob bermaydigan, ularning xalqaro standartlar bilan yetarlicha uyg‘unlashmagan mulkni baholash milliy standartlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, jamoat birlashmalarining baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, baholash haqidagi hisobotlar sifatini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda faolligining yetarli emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, baholovchilarning professionallik darajasi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mazkur sohada bajariladigan ishlarning xolisligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb yuritiladi), Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) baholash tashkilotlari ustav kapitali (ustav jamg‘armasi)ning eng kam miqdoriga bo‘lgan talabni bekor qilish;
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat raqobat qo‘mitasi bir hafta muddatda ilgari berilgan baholovchi tashkilotlarning litsenziyalari va baholovchilarning malaka sertifikatlari bo‘yicha materiallarni Markazga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2018-yil 1-iyuldan boshlab Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazida baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda, maxsus kurslar tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish namunaviy dasturlari baholash faoliyati sohasidagi litsenziyalovchi organ (keyingi o‘rinlarda — litsenziyalovchi organ) tomonidan baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlari takliflarini inobatga olgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda nodavlat ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — o‘quv markazlar) tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, baholovchi tashkilotning javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasi to‘lovini amalga oshirishi yuzasidan majburiyati bo‘yicha sug‘urta puli:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘char mulkni baholash uchun, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining 2 000 baravaridan;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxona bundan mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Baholovchilarga toifa berishning sertifikatlangan baholovchilar, ikkinchi, birinchi va oliy toifali baholovchilarni o‘z ichiga oluvchi tizimi amaliyotga joriy etilsin hamda baholovchilarga quyidagi asosiy talablar o‘rnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifaga — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi bir yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash bo‘yicha kamida 15 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifaga — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi uch yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash bo‘yicha kamida 25 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy toifa — toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi besh yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash bo‘yicha kamida 35 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 10-iyulga qadar Baholovchilarga toifalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlasin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi, agar u boshqa baholovchi tashkilot shtatida turgan bo‘lsa, baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida baholash ishlarini olib borishga jalb qilina olmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi yoki boshqa shaxslarning, agar bu baholash natijasining ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, baholovchining faoliyatiga aralashuviga, jumladan, baholash obyektini baholashda aniqlanishi yoki ta’riflanishi lozim bo‘lgan masalalar doirasini cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi obyektiv baholashni olib borishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida baholashni o‘tkazishda ishtirok eta olmasligi haqida buyurtmachiga yoki mehnat shartnomasini tuzgan baholash tashkilotiga ma’lumot berishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyektini baholashni o‘tkazganligi uchun baholovchiga to‘lanadigan haq miqdori baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdoriga bog‘liq bo‘la olmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan boshlab baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish uchun faqat birinchi yoki oliy toifa baholovchilar jalb etilishi mumkin.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Affillangan shaxs bo‘lgan baholovchi tashkilot yoki baholovchi tomonidan baholash haqida hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish taqiqlansin, bunday shaxslar deb quyidagilar tan olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholashni olib borgan baholovchi tashkilot mulkdori, muassisi (ishtirokchisi), kreditori, sug‘urtalovchisi, baholovchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori, ishchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyektiga nisbatan mulkiy manfaatga ega bo‘lgan yoki mazkur bandda ko‘rsatilgan shaxslar bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi yoki baholashni olib borgan baholovchi tashkilot kuzatuv kengashining a’zosi, direktor yoki boshqaruv a’zosi vakolatlarini amalga oshiradigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)da baholashni olib borgan baholovchi yoki baholovchi tashkilot ulushi bo‘lgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, davlat mulkini, shuningdek, davlat tomonidan sotib olinadigan obyektlarni baholash uchun baholovchi tashkilotni tanlash davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qo‘mitasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari buyurtmalari asosida baholash obyektini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlari qiymatini aniqlash va xizmatga haq to‘lash tartibini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Baholovchi tashkilotlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi dastlabki to‘lovsiz xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Baholovchilar jamiyatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchilar va baholovchi tashkilotlar faoliyatini uslubiy ta’minlash bo‘yicha maslahatlar berishni amalga oshiradigan jamoat ekspert kengashini tuzish, shuningdek, ularning murojaatlari asosida baholash haqida hisobotlarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tarzda hamkorlik qilish, tahliliy sharhlardan umumiy foydalanish va axborot bilan almashinish yo‘li bilan barcha baholovchilar va baholash tashkilotlari (ayniqsa, mintaqalarda), davlat idoralari bilan samarali o‘zaro hamkorligini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatilayotgan baholash xizmatlarining sifatini asosiy mezon sifatida nazarda tutgan holda baholovchilar va baholovchi tashkilotlar faoliyatining reyting baholash tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchilar va bozorning boshqa ishtirokchilarini ishonchli ma’lumotlar bilan ishlashini ta’minlaydigan bozor axborotini yig‘ish va tahlil qilish bo‘yicha yagona uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy asosda seminarlar, o‘quv kurslari, davra suhbatlari, uchrashuvlar, anjumanlar o‘tkazish, davlat idoralariga kiritish uchun baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni keng muhokama qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-avgustga qadar muddatda 2016 — 2018-yillarda davlat mulkini baholash bo‘yicha tuzilgan kontraktlarni hamda amalga oshirilgan baholash natijalarini tanqidiy o‘rgansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har yili ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirishda baholash xizmatlari bozorining malakali kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojini hisobga olsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi baholovchilari jamiyati va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi mulkni baholash milliy standartlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, ularni zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, yetishmaydigan mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, eskirganlarining kuchini yo‘qotish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda baholash faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid davlat talablarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to‘g‘risidagi yangilangan nizom tasdiqlash, shuningdek, qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3764-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2018-y., 07/18/3764/1292-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)