Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
qarori
Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2185-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 27-dekabrdagi 108 va 2010-52-son qarori (roʻyxat raqami 2185, 2011-yil 27-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y, 4-5-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-iyun,
68-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-iyun,
2019-38-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 18-iyundagi 68 va 2019-38-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 168-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kunlik oʻrtacha naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda boʻlganda bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish;”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kunlik oʻrtacha naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan kam miqdorda boʻlganda bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish;”
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 17-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hududiy boʻlimlari” degan soʻzlar “davlat soliq xizmati organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 18-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi hududiy boʻlimining” degan soʻzlar “davlat soliq xizmati organining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 19-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasining hududiy boʻlimlari” degan soʻzlar “davlat soliq xizmati organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat soliq xizmati organlarining biriktirilgan xodimi maʼmuriyat xodimi bilan birgalikda har kuni quyidagilarni amalga oshiradi:”.
5. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 31-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/2185-2/3365-son)