02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.10.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning amal qilishi shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish chogʻida qoʻllaniladigan ishlov berish vositalaridan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan qatʼi nazar yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs tomonidan shaxsga doir maʼlumotlarga shaxsiy, maishiy maqsadlarda va oʻz kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda ishlov berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy arxiv fondi hujjatlarini va shaxsga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boshqa arxiv hujjatlarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini tashkil etadigan maʼlumotlar jumlasiga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-qidiruv, razvedka va kontrrazvedka faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquq-tartibotni saqlash jarayonida, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish doirasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar subyekti (subyekt) — shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga taalluqli boʻlgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish — shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxs — subyekt, mulkdor va (yoki) operator boʻlmagan, ammo shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish boʻyicha holatlar yoki munosabatlar orqali ular bilan bogʻliq boʻlgan har qanday shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiruvchi organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar sohasini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

shaxsga doir maʼlumotlar sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilayotganda ushbu maʼlumotlarning xavfsizligiga boʻlgan tahdidlarga qarab, ularning himoya qilinganlik darajasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar himoyasini taʼminlashga oid boʻlgan, bajarilishi shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish chogʻida ularning belgilangan himoya qilinganlik darajasini taʼminlaydigan talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biometrik va genetik maʼlumotlar mavjud boʻlgan moddiy jismlarga hamda bunday maʼlumotlarni shaxsga doir maʼlumotlardan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdorning va (yoki) operatorning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini taʼminlovchi tuzilmaviy boʻlinmasi yoki vakolatli shaxsi faoliyatini tashkil etishning namunaviy tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatli davlat organlariga ularning faoliyati sohasiga nisbatan qoʻllaniladigan belgilangan maʼlumotlarni yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarning zarur himoya qilinganlik darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning hajmi va mazmunini, faoliyat turini, shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligiga boʻlgan tahdidlarning haqiqiyligini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishlarini bartaraf qilish haqida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan shaxsga doir maʼlumotlar sohasida hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ishtirokchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt va operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ishtirokchilaridir. Subyektning qonuniy vakili, mulkdor va uchinchi shaxslar ham shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ishtirokchilari sifatida ish yuritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish va saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarni bajarish uchun zarur hamda yetarli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish yoʻli bilan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish tartibi va prinsiplari mulkdor va (yoki) operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish chogʻida ilgari bildirilgan maqsadlar talab etadigan darajada subyektni identifikatsiya qilish imkonini beradigan shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash muddati ularni yigʻish va ularga ishlov berish maqsadiga erishish sanasi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish subyektning murojaati asosida, ushbu murojaat berilgan paytdan eʼtiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay mulkdor va (yoki) operator tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirish va toʻldirish bunday nomuvofiqlik aniqlangan paytdan eʼtiboran darhol amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdorning, operatorning va uchinchi shaxsning faoliyati maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan shaxsga doir maʼlumotlar bilan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor, operator va uchinchi shaxs tomonidan shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish bu maʼlumotlarning zarur darajada himoya qilinishini taʼminlash sharti bilan faqat ushbu shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish boʻyicha ilgari bildirilgan maqsadlar uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari tomonidan shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish faqat ularning oʻz kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari oʻziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli maʼlum boʻlib qolgan shaxsga doir maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarni muayyan shaxsga oshkor etishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni berish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlariga berish bepul asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini berishni rad qilgan taqdirda, oʻzining rad qilishi sabablarini koʻrsatmaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga oshkor etishga, shu jumladan shaxsga doir maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida hammaga maʼlum qilishga, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirishga yoki shaxsga doir maʼlumotlardan biror-bir boshqa usul bilan foydalanish imkonini berishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishning ilgari bildirilgan maqsadlaridan chetga chiqilgan hollarda, ushbu maʼlumotlarni tarqatish subyektning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarni mulkdor va (yoki) operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uzatish shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining huquqlari bir xilda himoya qilinishini taʼminlovchi chet davlatlar hududiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarning bir xilda himoya qilinishini taʼminlamaydigan chet davlatlar hududiga shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlarini transchegaraviy uzatish boʻyicha roziligi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, aholining sogʻligʻi va maʼnaviyatini muhofaza qilish zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarni transchegaraviy uzatish Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining maʼnaviyatini, sogʻligʻini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasini hamda davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadida taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir maʼlumotlarning muayyan subyektga tegishliligini aniqlash imkoni boʻlmay qoladigan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarixiy, statistik, sotsiologik, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilayotganda mulkdor va operator, shuningdek uchinchi shaxs bu maʼlumotlarni egasizlantirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni yoʻq qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir maʼlumotlarni tiklash imkoni boʻlmay qoladigan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni yoʻq qilishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan quyidagi hollarda yoʻq qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun berilgan roziligi chaqirib olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning subyekt bergan rozilik bilan belgilangan muddati oʻtganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qarori qonuniy kuchga kirganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ushbu Qonunning asosiy prinsiplariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyekt bu maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyekt taraf boʻlgan shartnomani bajarish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish yoki shunday shartnoma tuzilguniga qadar subyektning soʻroviga binoan choralar koʻrish zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor va (yoki) operatorning qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarini bajarish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning yoki boshqa shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor va (yoki) operatorning yoki uchinchi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun yoxud shaxsga doir maʼlumotlar subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilmasligi sharti bilan ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun bu maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ularni majburiy ravishda egasizlantirish sharti bilan statistik yoki boshqa tadqiqot maqsadlarida ishlov berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bu maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalardan olingan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish zarur boʻlgan taqdirda, bu maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik olish mumkin boʻlgan paytga qadar subyektning roziligisiz yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadlari mulkdor va (yoki) operatorning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, nizomlar, taʼsis hujjatlari yoki boshqa hujjatlar bilan belgilanadi hamda ushbu Qonunga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadlari ularni yigʻish chogʻida ilgari bildirilgan maqsadlarga, shuningdek mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadi oʻzgargan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator subyektning oʻz maʼlumotlariga oʻzgargan maqsadga muvofiq ishlov berilishi uchun roziligini olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar aniq va ishonchli boʻlishi, zarur boʻlgan taqdirda esa oʻzgartirilishi va toʻldirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga kiritilishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning hajmi subyekt tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning hajmi va xususiyati ularga ishlov berish maqsadlari va usullariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarga subyektni identifikatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladigan shaklda yoki egasizlantirilgan tarzda ishlov beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish muddati subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga roziligi amal qiladigan muddatdan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazalari Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini roʻyxatdan oʻtkazish ariza berish prinsipi orqali xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza vakolatli davlat organiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat birlashmasining yoki diniy tashkilotning ishtirokchilariga (aʼzolariga) taalluqli boʻlgan hamda tegishincha jamoat birlashmasi yoki diniy tashkilot tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar, ularni uchinchi shaxslarga tarqatmaslik yoki oshkor etmaslik sharti bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin qilib qoʻyilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektlarning faqat familiyasini, ismini va otasining ismini oʻz ichiga olgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning mulkdor va (yoki) operator turgan hududga bir martalik kirishi uchun yoki boshqa shunga oʻxshash maqsadlar uchun zarur boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan davlat axborot tizimlari maqomiga ega boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning axborot tizimlariga kiritilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda ishlov beriladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalari roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operator tegishli shaxsga doir maʼlumotlar bazasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning har bir oʻzgarishi toʻgʻrisida vakolatli davlat organini bunday oʻzgarish yuzaga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kalendar kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik berish va rozilikni chaqirib olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun rozilikni uning olinganligi faktini tasdiqlash imkonini beruvchi har qanday shaklda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish uchun subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt muomalaga layoqatsiz boʻlgan yoki uning muomala layoqati cheklangan taqdirda, uning qonuniy vakili subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun yozma ravishda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan subyektlarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun ularning ota-onalari (vasiylari, homiylari), ular yoʻqligida esa vasiylik va homiylik organlari yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt vafot etgan taqdirda, uning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun rozilikni, agar subyekt hayotligi chogʻida bunday rozilikni bermagan boʻlsa, uning merosxoʻrlari yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilingan, bedarak yoʻqolgan deb topilgan subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uning merosxoʻrlarining yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida berilgan roziligiga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun berilgan rozilikni ushbu rozilik qanday shaklda berilgan boʻlsa, shunday shaklda yoxud yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida chaqirib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli boʻlgan, quyidagilar koʻrsatilgan axborotni olish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilganligi faktining tasdigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish asoslari va maqsadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda qoʻllaniladigan usullar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning va (yoki) operatorning nomi hamda ularning (uning) joylashgan yeri (pochta manzili), shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan yoxud mulkdor va (yoki) operator bilan tuzilgan shartnoma asosida yoki qonun asosida shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga oshkor qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli subyektga taalluqli boʻlgan, ishlov beriladigan shaxsga doir maʼlumotlarning tarkibi, ularni olish manbai, agar ushbu Qonunda bunday maʼlumotlarni taqdim etishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish muddatlari, shu jumladan ularni saqlash muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan huquqlarning subyekt tomonidan amalga oshirilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarning amalga oshirilgan yoki moʻljallanilayotgan transchegaraviy uzatilishi toʻgʻrisidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektga oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini taqdim etish boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan hollarda, subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilishiga taalluqli axborotni olishga boʻlgan huquqi cheklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni uchinchi shaxsga taqdim etish tartibi subyektning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish uchun roziligi shartlariga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operator quyidagi hollarda subyektga uning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni amalga oshirish toʻgʻrisida ilgari xabardor qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar subyekt tomonidan hamma foydalana oladigan qilingan boʻlsa yoki hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbadan olingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday axborotning berilishi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keladigan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma soʻrov bergan subyektga oʻn kun ichida yozma shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan subyekt vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish chogʻidagi harakatlar toʻgʻrisida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga kiritilayotganda shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari, ushbu Qonunning 30-moddasida belgilangan oʻz huquqlari haqida yozma shaklda xabardor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar uchinchi shaxsga berilgan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator bu haqda subyektni uch kun ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektni yozma shaklda xabardor qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari oʻz vakolatlarini amalga oshirayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar tarixiy, statistik, sotsiologik yoki ilmiy maqsadlarda ishlov berish uchun berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalardan yigʻilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga faqat avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida qaror qabul qilishga duchor etilmaslik huquqiga ega, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga faqat avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida qaror qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qaror mulkdor va subyekt oʻrtasidagi shartnomani ijro etish yoki ilgari tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish uchun qabul qilinayotgan boʻlsa;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operator subyektga uning shaxsga doir maʼlumotlariga faqat avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish asosida qaror qabul qilish tartibini va bunday qarorning ehtimoldagi yuridik oqibatlarini tushuntirishi, bunday qarorga eʼtiroz bildirish imkoniyatini berishi, shuningdek subyekt tomonidan oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tartibini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operator ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan eʼtirozni koʻrib chiqishi hamda bunday eʼtirozni koʻrib chiqish natijalari haqida subyektni oʻn kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid maʼlumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid eʼtiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga aʼzolik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli maʼlumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaxsga doir maxsus maʼlumotlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish taqiqlanadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organi tomonidan davlat xavfsizligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni taʼminlash maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar subyekt oʻz shaxsga doir maxsus maʼlumotlariga ishlov berish uchun yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik bergan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shaxsga doir maxsus maʼlumotlar subyekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalarda eʼlon qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi, ijro ishini yuritish doirasida sudlar va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati amalga oshirilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistika organlari faoliyati amalga oshirilayotganda, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan statistika maqsadlari uchun shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanilganda, ularni egasizlantirish sharti bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilayotganda yoki tibbiy tashxis, davolash belgilanayotganda, bunday maʼlumotlarga shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan tibbiyot xodimi yoki sogʻliqni saqlash muassasasining boshqa shaxsi tomonidan ishlov berilishi sharti bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga doir munosabatlar sohasidagi huquqlar amalga oshirilayotganda va majburiyatlar bajarilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyekt muomalaga layoqatsiz boʻlgan yoki uning muomala layoqati cheklangan taqdirda subyektning yoki uchinchi shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish taʼminlanayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar, shu jumladan saylab qoʻyiladigan davlat lavozimlariga nomzodlarning shaxsga doir maʼlumotlari hammaga eʼlon qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkiloti, diniy tashkilot, siyosiy partiya yoki kasaba uyushmasi faoliyati amalga oshirilayotganda, ishlov berish faqat shu tashkilotlar va birlashmalar aʼzolarining yoki xodimlarining shaxsga doir maʼlumotlariga taalluqli boʻlishi hamda subyektlarning roziligisiz uchinchi shaxsga berilmasligi sharti bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotganda, bu bolalar fuqarolarning oilalariga tarbiyalash uchun joylashtirilayotganda (patronat) hamda vasiylik va homiylikni taʼminlash boʻyicha boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ishlov berilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan ishlov berilayotganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Biometrik va genetik maʼlumotlarga ishlov berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektning anatomik va fiziologik oʻziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsga doir maʼlumotlar biometrik maʼlumotlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektning nasldan-naslga oʻtgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli boʻlgan, subyektning biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa elementni tahlil qilish natijasi boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar genetik maʼlumotlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektning shaxsini aniqlash uchun foydalaniladigan biometrik va genetik maʼlumotlarga faqat mazkur subyektning roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, bundan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini roʻyobga chiqarish, odil sudlovni amalga oshirish, ijro ishini yuritish bilan bogʻliq hollar mustasno, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ishlov berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shakldagi biometrik va genetik maʼlumotlardan axborot tizimlaridan tashqarida foydalanish va ularni shunday tizimlardan tashqarida saqlash faqat ulardan ruxsatsiz foydalanishni istisno etadigan axborot tashuvchi moddiy jismlarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat shaxsga doir maʼlumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha quyidagilarni taʼminlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning oʻz shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud boʻlmagani holda shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor etish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida mulkdor va (yoki) operator yoki shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxs tomonidan rioya etilishi majburiy boʻlgan talab shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar subyektning roziligisiz shaxsga doir maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Hamma foydalanishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektning roziligi bilan erkin foydalanilishi mumkin boʻlgan yoki maxfiylikka rioya etishga doir talablar tatbiq etilmaydigan shaxsga doir maʼlumotlar hamma foydalanishi mumkin boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini axborot bilan taʼminlash maqsadida shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalari (shu jumladan biografik maʼlumotnomalar, telefon, manzil kitoblari, hamma foydalanishi mumkin boʻlgan elektron axborot resurslari) yaratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalariga subyektning yozma roziligi bilan uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va joyi, manzili, abonent raqami, kasbi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda subyekt tomonidan maʼlum qilinadigan boshqa shaxsga doir maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt haqidagi maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalaridan uning murojaatiga koʻra, rozilik qanday shaklda berilgan boʻlsa, shunday shaklda yoki yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida, shuningdek vakolatli davlat organining yoki sudning qaroriga koʻra chiqarib tashlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Subyektning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar subyekti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorda va (yoki) operatorda, shuningdek uchinchi shaxsda oʻz shaxsga doir maʼlumotlari va ularning tarkibi mavjudligini bilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdordan va (yoki) operatordan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish toʻgʻrisidagi axborotni soʻrov boʻyicha olish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdordan va (yoki) operatordan oʻzining shaxsga doir maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatini berish shartlari toʻgʻrisida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga nisbatan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun rozilik berish va bunday rozilikni chaqirib olish, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini shaxsga doir maʼlumotlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan manbalarida tarqatilishi uchun mulkdorga va (yoki) operatorga, shuningdek uchinchi shaxsga rozilik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shaxsga doir maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa, eskirgan, noaniq boʻlsa, qonunga xilof ravishda olingan boʻlsa yoki ishlov berish maqsadlari uchun zarur boʻlmasa, mulkdordan va (yoki) operatordan oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatib turishni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan subyektning shaxsga doir maʼlumotlarini tasarruf etishni uning qonuniy vakili amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining maʼnaviyatini, sogʻligʻini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasini hamda davlat xavfsizligini taʼminlash maqsadlarida taqdim etish subyektning majburiyatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operator:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning murojaatiga koʻra uning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi vazifalarini bajarish uchun zarur va yetarli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlar tarkibini tasdiqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishdan koʻzlangan maqsadga erishilgan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunda belgilangan boshqa hollarda ularni yoʻq qilish choralarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda subyektning oʻz shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish uchun roziligi olinganligi dalilini taqdim etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti yangi maʼlumotlarning ishonchliligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, shaxsga doir maʼlumotlarni oʻzgartirishi va (yoki) toʻldirishi yoxud bunday oʻzgartirish va (yoki) toʻldirishni kiritish imkoni boʻlmagan taqdirda bu maʼlumotlarni yoʻq qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish shartlari buzilganligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlgan taqdirda, ularga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatishi yoki ularni yoʻq qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatish va (yoki) ularni yoʻq qilish uchun subyekt tomonidan hujjatlarni elektron tarzda berish imkoniyatini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar oʻzgartirilgan, yoʻq qilingan va ulardan foydalanish cheklangan hollarda subyektni, shuningdek shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning boshqa ishtirokchilarini yozma shaklda xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar uchinchi shaxsga berilgan taqdirda, subyektni yozma shaklda xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mulki boʻlgan va (yoki) ishlov berilayotgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni quyidagi hollarda uchinchi shaxsga topshirishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi mavjud boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qaror mulkdor va subyekt oʻrtasidagi shartnomani ijro etish yoki ilgari tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish uchun qabul qilinayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdorning va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha majburiyatlari shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish paytidan eʼtiboran vujudga keladi va ular yoʻq qilib tashlangan yoki egasizlantirilgan paytga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq ishlar uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmani yoki mansabdor shaxsni belgilaydi hamda uning ishini Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibiga muvofiq taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 2019-yil 1-oktabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-547-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 03/19/547/3363-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 27.03.2026-y., 03/26/1125/0278-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)