Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda qonunchilik talablariga muvofiqlik nazorat qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
18. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma Davlat reyestrini yuritish axborot tizimi vositasida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakllantiriladi hamda ushbu guvohnoma Davlat personallashtirish markazi tomonidan mulkdor va (yoki) operatorning elektron pochta manziliga yuboriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Shaxsga doir ma’lumotlar bazasimulkdori va (yoki) operatori

1. Nizomda keltirilgan namunaga asosan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda ariza tayyorlaydi.

2. Davlat personallashtirish markaziga arizani axborot tizimi vositasida Internet jahon axborot tarmog‘i orqali elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida taqdim etadi.

Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi shakllangan vaqtda

-

2-bosqich

Davlat personallashtirish markazi

1. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi mulkdori va (yoki) operatori tomonidan Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan taqdim etilgan arizalarni qabul qiladi.

2. Arizada talab etilgan ma’lumotlarning to‘liq hajmda taqdim etilganligini tekshiradi.

3. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

4. Quyidagilarni:

a) Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilinganda — shaxsga doir ma’lumotlar bazasi Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani;

b) Davlat reyestri ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinganda — rad etish bo‘yicha qabul qilingan qarorni ariza beruvchiga yuboradi.

15 kun


3-bosqich

Shaxsga doir ma’lumotlar bazasimulkdori va (yoki) operatori

Shaxsga doir ma’lumotlar bazasini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarida yuzaga kelgan o‘zgarish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi xabarnomani Davlat personallashtirish markaziga yuboradi.

O‘zgarish va qo‘shimchalar yuzaga kelgan kundan boshlab 10 kun mobaynida

-

4-bosqich

Davlat personallashtirish markazi

Xabarnomaga muvofiq Davlat reyestrida avval kiritilgan ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi.

5 kun

Mulkdor va (yoki) operator tomonidan shaxsga doir ma’lumotlar bazasini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi
ARIZA

Shaxsga doir ma’lumotlar bazasini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman:
I. Umumiy ma’lumotlar
1-1. □ Jismoniy shaxs;
1-2. □ Yuridik shaxs;
Izoh: bitta tegishli katakni belgilash yo‘li bilan to‘ldiriladi.
II. Mulkdor va (yoki) operator haqida ma’lumotlar
2-1. Mulkdor va (yoki) operatorning nomi: _________________________________________________________
2-2. Mulkdor va (yoki) operator rahbarining F.I.Sh.: _________________________________________________
2-3. Mulkdor va (yoki) operatorning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR): _____________________
2-4. Mulkdor va (yoki) operatorning guvohnoma raqami: _______________________________________________
2-5. Mulkdor va (yoki) operatorning telefon va faks raqami: __________________________________________
2-6. Mulkdor va (yoki) operatorning elektron pochta manzili: __________________________________________
2-7. Mulkdor va (yoki) operatorning manzili: _______________________________________________________
___________________________________________________________________________________________
III. Mulkdor va (yoki) operatorning ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumotlar
3-1. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasining nomi: ____________________________________________________
3-2. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni qayta ishlash boshlangan sana: ______________________
3-3. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni qayta ishlashni tugatish muddati yoki sharti: __________
3-4. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasining ko‘rinishi (elektron shaklda, qog‘ozda va boshqa): __________________
3-5. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashning maqsadi: ___________________________________________
3-6. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi masofadan boshqariladim�? _____________________________________
3-7. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlar shu mulkdor va (yoki) operatorning o‘ziga tegishlimi? _________________________________________________________________________________
3-8. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasida yig‘ilayotgan ma’lumotlar subyektidan ruxsat olinganmi? ___________
3-9. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida shaxsiy ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish mavjudmi? _________________________________________________________________________________
3-10. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash uchun javobgar shaxsning ism familiyasi va lavozimi: ________
___________________________________________________________________________________________
3-11. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasida qayta ishlanuvchi shaxsga doir ma’lumotlar ro‘yxati:

□ F.I.Sh.

□ Tug‘ilgan yili

□ Tug‘ilgan oyi

□ Tug‘ilgan kuni

□ Tug‘ilgan joyi

□ Fuqaroligi

□ Yashash manzili

□ Oilaviy holati

□ Ta’lim muassasalari

□ Oylik xarajatlari

□ Telefon raqami

□ Mehnat faoliyati

□ Irqiy kelib chiqish

□ Ijtimoiy kelib chiqishi

□ Diniy qarashi

□ Siyosiy partiya a’zoligi

□ Millati

□ Kasaba uyushmaga a’zoligi

□ Jismoniy holati to‘g‘risida

□ Mulkiy holati to‘g‘risida

□ Moliyaviy holati to‘g‘risida

□ Harbiy xizmatga aloqadorligi to‘g‘risida

□ Ruhiy holati to‘g‘risida

□ Sudlanganlik holati
to‘g‘risida

Biometrik ma’lumotlar:_______________________________________________________________________

Genetik ma’lumotlar:_________________________________________________________________________

Boshqa ma’lumotlar:__________________________________________________________________________


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi