1-ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Ijrochilar |
|
Tadbirlar |
|
Bajarish muddatlari | ||||
|
I-bosqich |
Davyergeodezkadastr qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi (buyurtmachi) |
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini amalga oshirish rejalarini tuzadi; |
har yili yanvar oyida | |||||||
|
tuman hokimliklarini tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish rejasidan xabardor qiladi; |
har yili yanvar oyida | |||||||||
|
tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish boʻyicha sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqadi, bajaruvchi bilan shartnoma tuzadi; |
har yili I chorakda (ish bajarishdan oldin) | |||||||||
|
tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish dasturini tasdiqlaydi; |
har yili I chorakda | |||||||||
|
tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish muddatini hamda nazorat qilish tizimini belgilaydi; |
har yili yanvar-fevral oylarida tayyor boʻlishiga koʻra | |||||||||
|
tuproqning agrokimyoviy tahlili yakuniy maʼlumotlarini qabul qiladi, koʻrib chiqadi va uning natijalarini yer kadastri hujjatlariga kiritilishini taʼminlaydi. |
||||||||||
|
II-bosqich |
Tuman hokimliklari |
Tuproqning agrokimyoviy tahlili ishlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli f�rmoyishni qabul qiladi; Tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallarni tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazuvchisiga taqdim etadi. |
tuproqning agrokimyoviy tahlili ishlari bajarilishi toʻgʻrisida xabarnoma olingandan soʻng 3 kun muddatda | |||||||
|
III-bosqich |
Davyergeodezkadastr qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar (bajaruvchi) |
Tuproqning haydalma qatlamidagi gumus, harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy miqdorini davriy ravishda olib boriladigan tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari asosida aniqlaydi. |
davriy ravishda | |||||||
|
Tuproqning agrokimyoviy tahlili: |
||||||||||
|
sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun har besh yilda; |
har besh yilda | |||||||||
|
davlat nav sinash uchastkalari va tajriba xoʻjaliklari uchun har ikki yilda oʻtkaziladi. |
har ikki yilda | |||||||||
|
IV-bosqich |
Davyergeodezkadastr qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar (bajaruvchi) |
Tuproqning agrokimyoviy tahlili natijalari viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi va uning tuman boʻlimlariga, viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi hamda uning tuman boʻlimlariga yuk xatlari orqali topshiriladi. |
Shartnomada koʻrsatilgan muddatda | |||||||
|
V-bosqich |
Tuman hokimligi, tuman ishchi komissiyasi |
Tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha yakuniy maʼlumotlarni koʻrib chiqish yuzasidan har bir tumanda komissiya tuziladi. Mazkur komissiya tarkibiga tuman hokimining oʻrinbosari (rais), tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshliqlari (rais oʻrinbosari), tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boshliqlari kiritiladi. Tuman komissiyasi tuproqning agrokimyoviy tahlili boʻyicha yakuniy maʼlumotlarni uni topshirilgan kunidan boshlab 10 kun muddat ichida koʻrib �iqadi va ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun tuman hokimining qarori bilan tasdiqlaydi. |
Yakuniy maʼlumotlar topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida | |||||||
2-ILOVA
|
T/r |
Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Masʼullar |
|
Qishloq xoʻjaligida tuproqning agrokimyoviy tadqiqot ishlarini takomillashtirish | |||
|
1. |
Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish hamda kartogrammalarini tuzish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish. |
2019-yil iyul |
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, |
|
2. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy va Namangan viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish. |
2019-yil iyul ― dekabr |
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, |
|
3. |
Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish. |
2020-yil yanvar ― dekabr |
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, |
|
4. |
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish. |
2021-yil yanvar ― dekabr |
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, |
|
5. |
Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish. |
2022-yil yanvar ― dekabr |
“Davyergeodezkadastr” qoʻ�itasi, |
|
6. |
Toshkent va Samarqand viloyatlarining sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini oʻtkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish. |
2023-yil yanvar ― dekabr |
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, |
|
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish | |||
|
7. |
Eksportga chiqariladigan barcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (meva, sabzavot, poliz va boshqalar) tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiqlari boʻyicha tahlil xulosalarini olish maqsadida laboratoriyalarni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazish. |
2019-yil iyul-avgust |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ |
|
8. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlari qoldiqlarini aniqlash maqsadida dala sharoitida namunalar olib, laboratoriya tahlillari asosida xulosalar berish tizimini joriy etish. |
2019-yil sentyabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, |
|
9. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilining pishib yetilishi davrida omborga kiritishdan, savdoga chiqarishdan va qayta ishlashdan oldin mahsulotlar tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va ogʻir metall tuzlari qoldiqlarini aniqlash uchun laboratoriya tahlillarini oʻtkazish va tegishli xulosalar berish. |
doimiy |
“Oʻzagrokimyohimoya” AJ, |
|
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining normativ hosildorligini belgilash | |||
|
10. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini normativ hosildorligini amaldagi tartibga asosan tuproqlar oʻrtacha bonitet bali bilan qishloq xoʻjaligi ekinlari, bogʻlar va tokzorlarning tuproq bonitetining bir bonitet baliga mos normativ hosildorlikning yigʻindisi sifatida hisoblab chiqish. |
har yili |
“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi, |