17.06.2019 yildagi 508-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruxi konlarini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarorini ijro etish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlari hajmlarini kengaytirish va istiqbolli uglevodorod xomashyo konlarini ishga tushirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-sentabrdagi PQ-2607-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJ bilan “Gas Project Development Central Asia” (Shveysariya) oʻrtasida teng huquqlilik asosida dastlabki ustav jamgʻarmasi 300,0 ming AQSh dollari miqdorida boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Natural Gas-Stream” qoʻshma korxonasi (keyingi oʻrinlarda qoʻshma korxona deb ataladi) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy hisob-kitob qiymati 748,5 mln AQSh dollarilik loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi belgilangan tartibda tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 10-maydagi PQ-2962-son qaroriga muvofiq qoʻshma korxona tomonidan loyihani jadal moliyalashtirish hisobiga Urga, Chandir va Oqchaloq guruhi konlari oʻzlashtirilib, sutkasiga 3,8 mln kub m tabiiy gaz, 110 tonna gaz kondensatini qazib chiqarish quvvatiga ega boʻlgan 40 ta quduq ishga tushirilganligi, shuningdek, 293,0 mln AQSh dollari miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3874-son qaroriga muvofiq “Natural Gas-Stream” MChJ QKning 243,4 mln AQSh dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari va “Bank GPB International S.A.” (Lyuksemburg) tijorat bankining 458,0 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobiga moliyalashtiriladigan umumiy qiymati 701,4 mln AQSh dollarilik investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi B.B. Sidiqov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
508-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2019-y., 09/19/508/3302-son)