Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Uglevodorod xom ashyosi bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hajmlari va geografiyasini yanada kengaytirish, xorijiy investorlar ishtirokida Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish investitsiya loyihasini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijasida “Gas Project Development Central Asia” (Shveysariya) kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — xorijiy investor) “Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish doirasida qo‘shma korxona ta’sis etish uchun xorijiy hamkor etib belgilangan bo‘lib, ushbu loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:
quduqlarni mukammal ta’mirlash, yangi quduqlarni burg‘ulash, gaz quvurlarini qurish, gazni kompleks tayyorlash, siqish kompressor stansiyasi va muhandislik kommunikatsiyalarini zamonaviy o‘rnatishni amalga oshirib, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda ish parametrlarini aniqlagan holda Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar olib borish;
2D va 3D seysmik qidiruv ishlarini amalga oshirgan va qidiruv-razvedka quduqlarini burg‘ulagan holda, shu jumladan dastlabki 4 yil davomida miqdori 26,5 mln. AQSH dollaridan kam bo‘lmagan minimal dastur bo‘yicha Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy, Urga, Oqchalak va Chandir investitsiya bloklarini chuqur geologik o‘rganish dasturini amalga oshirish.
2. “O‘zbekneftgaz” MXK “Gas Project Development Central Asia” kompaniyasi bilan hamkorlikda:
2016-yil 1-oktabrgacha teng ulushlarda boshlang‘ich ustav kapitali 300,0 ming AQSH dollari miqdorida bo‘lgan, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona (keyingi o‘rinlarda — qo‘shma korxona) ta’sis etilishi;
2016-yil 1-dekabrgacha investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishi;
investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangandan so‘ng, mustaqil baholash yakunlariga ko‘ra loyihaning investitsion bloklari va konlarda qilingan tarixiy sarf-xarajatlar ko‘rinishidagi O‘zbekiston tomonining hissasi hamda xorijiy investor tomonidan tegishlicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish hisobiga qo‘shma korxonaning ustav fondini ko‘paytirish;
Urga va Chandir guruhi konlarini loyihani amalga oshirish boshlangan vaqtdan 12 oy davomida, Oqchalak guruhi konlarini esa 36 oy davomida ishga tushirilishini ta’minlasin.
3. Belgilansinki, “Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
loyihani moliyalashtirish xorijiy investorning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar shaklidagi hissasi, qarzlar jalb qilish va qo‘shma korxonaning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
xorijiy investorning dividendlari geologiya-qidiruv ishlari dasturini moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirilgan holda dastlabki to‘rt yil davomida qo‘shma korxona ixtiyorida qoladi;
xorijiy investor “O‘zbekneftgaz” MXK bilan kelishgan holda xorijiy hamkorning ulushi doirasida, tashkil etilayotgan qo‘shma korxonaning ustav kapitalida kamida 25 foiz ulushga ega bo‘lgan qo‘shimcha xorijiy hamkor jalb qilish huquqiga ega.
“O‘zbekneftgaz” MXK investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, qo‘shma korxona tomonidan investitsiyalarning maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
4. Qo‘shma korxonaga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “O‘zbekneftgaz” MXK bilan kelishgan holda:
loyihalash, qurilishning muhandislik ishlari, ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va atrof muhitni himoya qilish bo‘yicha xalqaro norma va standartlarga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish;
tuzilgan shartnomalar asosida uskunalarni tayyorlash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmalarni investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish va tasdiqlash bilan bir vaqtda joylashtirishga;
investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlangunga qadar u bo‘yicha ishlarni moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
5. “O‘zbekneftgaz” MXK ekspertizadan o‘tkazuvchi vakolatli organlar bilan birgalikda 2017-yil 1-sentabrga qadar “Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, shuningdek, Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarini qazish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqsin va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi investitsiya loyihasi doirasida qo‘shma korxona, pudrat va subpudrat tashkilotlariga radioelektron vositalari va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga o‘rnatilgan tartibda ruxsatnoma bersin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari qo‘shma korxonaga investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda qo‘shma korxonaga investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer osti va yer usti suvlaridan suv olishning zarur limitini belgilangan tartibda ajratsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi qo‘shma korxonaga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Sechanko‘l, Oqjar, Chimboy, Urga, Oqchalak va Chandir investitsiya bloklarini geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya va Urga, Oqchalak va Chandir guruhi konlarida uglevodorod xom ashyosini qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga belgilangan tartibda litsenziya bersin.
11. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi qo‘shma korxonaga kon ajratmalarini belgilangan tartibda taqdim etsin hamda qo‘llaniladigan texnologiyalarning ishlab chiqarish xavfsizligi bo‘yicha ekspert xulosalarini ko‘rib chiqsin.
12. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” (Malayziya) kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Oqchalak guruhi konlariga nisbatan mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi Bitimdan chiqish haqida belgilangan tartibda bildirishnoma yo‘llangan.
“O‘zbekneftgaz” MXK ikki oy muddatda “PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd.” kompaniyasi bilan ilgari tuzilgan O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Oqchalak guruhi konlariga nisbatan mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi Bitim to‘xtatilishini rasmiylashtirsin va Hukumatning tegishli qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekneftgaz” MXK buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekneftgaz” MXK buyurtmanomalariga binoan, ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasida turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va muddatini uzaytirilishini davlat bojlari to‘lashdan ozod qilgan holda ta’minlasin.
Norasmiy tarjima. 14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda. Rasmiy matn uchun rus tiliga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “O‘zbekneftgaz” MXK buyurtmanomalariga binoan, ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi)ni, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
16. “O‘zbekneftgaz” MXK O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-sentabr,
PQ-2607-son