11.06.2019 yildagi 486-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishning taʼsirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish hamda ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrining Chilonzor tumani jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat organlari, tashkilotlari va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyatini tashkil etish hamda muvofiqlashtirishni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga biriktirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Toshkent shahri Chilonzor tumanida jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlarni yangicha yondashuv asosida quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishning taʼsirchan tizimini yaratish va sohada idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga innovatsion va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarni, shuningdek, shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini yuksaltirish, ularning oʻz ustida ishlashi, malakasini oshirishi va kasbiy rivojlanishini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish va jamoatchilik nazoratining samarali shakllaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarda qonunga va huquqqa boʻlgan hurmat hissini kuchaytirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish orqali huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni yangicha yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida video kuzatuv kameralarini, “SOS” tugmachalari orqali tashvishli video xabar berish tizimlarini, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning ehtiyot va butlovchi qismlarini yetkazib beruvchilarni, shuningdek, ularni oʻrnatish ishlarini amalga oshiruvchi korxonalarni, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga “Xavfsiz bozor” loyihasi doirasida videoregistratorli uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda xarid qilish, olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Toshkent shahri Chilonzor tumanida koʻp kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish boʻyicha tajribani joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-yanvardagi 5-son qarorining 2-bandidagi “Yunusobod tumanida” soʻzlari “Yunusobod va Chilonzor tumanlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
486-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 486-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni yangicha yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

1.

Yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash hamda ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy asosda faoliyat koʻrsatadigan jamoatchilik kengashini tashkil etish.

Bun�a:

jamoatchilik kengashi aʼzolarini tumandagi muammoli masalalar koʻp uchraydigan mahalladagi zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan binoga joylashtirish;

tumandagi barcha maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarini video kuzatuv kameralari bilan jihozlash hamda ularni markazlashgan yagona tizimga ulash choralarini koʻrish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori



Tashkiliy

chora-tadbirlar


Alohida reja grafikka muvofiq

2019-yil

15-iyul



2019-yil
1-avgust


2019-yil
15-oktabr




Tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, ijtimoiy soha muassasalarining budjetdan tashqari manbalari, homiylik va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi
(J.Artikxodjayev),

IIV (R. Djurayev),

Maktabgacha taʼlim vazirligi (S.Turgunov), Xalq taʼlimi vazirligi (A. Umarov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.Majidov),

Toshkent shahar prokuraturasi

(Sh.Obloqulov)

2.

Tumandagi mahallalar (tanlov asosida) aholisi oʻrtasida profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini aniqlash boʻyicha ijtimoiy soʻrov oʻtkazish.

Ijtimoiy soʻrov natijalariga koʻra idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar


Tahliliy maʼlumot

2019-yil

15-iyul


2019-yil

15-avgust

IIV Akademiyasi (B.Matlyubov),
Bosh prokuratura Akademiyasi (E.Kol�nko),
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (R.Ubaydullayeva)

3.

Tumanda jamoat tartibini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning barvaqt oldini olish borasida mavjud muammolar hamda ularning yechimlari, sohani rivojlantirish va jinoyatchilikni jilovlashda yanada samarali tizimni yaratishga qaratilgan takliflar boʻyicha profilaktika (katta) inspektorlari oʻrtasida ijtimoiy soʻrov oʻtkazish.

Ijtimoiy soʻrov natijalariga koʻra idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar





Tahliliy maʼlumot

2019-yil

15-iyul





2019-yil

15-avgust

IIV Akademiyasi (B.Matlyubov),
Bosh prokuratura Akademiyasi (E.Kolenko)

II. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishning taʼsirchan tizimini yaratish va sohada idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirish

4.

Tergovchi va surishtiruvchilarning profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, xususan, Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda IIO FMB deb ataladi) tergovchi va surishtiruvchilarining profilaktika inspektorlari bilan tajriba almashinuvini hamda maʼmuriy amaliyotda ularga yordam koʻrsatishi tizimini yoʻlga qoʻyish.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Toshkent shahar IIBB boshligʻining

buyrugʻi

2019-yil

20-iyul

IIV (R.Djurayev)

5.

Tuman ichki ishlar organining maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarga doir amaliyotini tahlil qilish hamda huquqbuzarliklarni kelgusida jinoyat sodir etish xavfini keltirib chiqaruvchi tegishli kategoriyalarga (oilaviy-maishiy nizolar, yoʻl-transport hodisalari, mayda bezorilik va boshqalar boʻyicha) ajratish.

Huquqbuzarlik sodir etgan va kelgusida jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan yakka tartibda ishlash boʻyicha tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Kompleks

chora-tadbirlar




Tahliliy maʼlumot

2019-yil

15-iyul




2019-yil

15-avgust

IIV (R.Djurayev),

Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov),

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev)

6.

Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi samaradorligini oshirish va bu borada idoralararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan quyidagi tashkiliy choralarni amalga oshirish:

oilaviy nizolar bilan bogʻliq maʼmuriy ishlarni hal etish amaliyotini tahlil qilish;

ijtimoiy xavfli ahvolda boʻlgan oilalar roʻyxatini shakllantirish va ular bilan ishlashda doimiy aloqa mexanizmlarini (mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlarini biriktirish, psixologlarni jalb qilish va boshqalar) joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2019-yil

1-avgust

IIV (R.Djurayev),

Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov),

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),

Xotin-qizlar qoʻmitasi (Z.Mahkamova),

“Mahalla” xayriya jamoat fondi (D.Maxbubov),

“Nuroniy” jamgʻarmasi (Sh.Usmonov)

7.

Tumandagi yirik bozorlar, savdo majmualari, oliy taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa shu kabi obyektlarning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash sohasida ichki ishlar organlarining xizmatlaridan shartnoma asosida foydalanish boʻyicha faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2019-yil

15-avgust

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), IIV (R.Djurayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(
I.Majidov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.Yusupaliyev)

III. Ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarini, shuningdek, shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini yuksaltirish, ularning oʻz ustida ishlashi, malakasini oshirishi va kasbiy rivojlanishini ragʻbatlantirish

8.

Tuman ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati davomida kasbiy rivojlanishini monitoring qilishga moʻljallangan har bir xodimning portfolio bazasini joriy etish hamda kelgusida uning natijalari asosida xodimlarni lavozimga tayinlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi

2019-yil

15-iyul

IIV

(R.Djurayev)

9.

Tumanda “Namunali profilaktika inspektori” tanlovini oʻtkazish va uning gʻoliblarini ragʻbatlantirish (muddatidan ilgari maxsus unvon, pul mukofotlari va boshqalar bilan) mexanizmlarini ishlab chiqish.

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi

2019-yil

1-avgust

IIV (R.Djurayev),

Toshkent shahar prokuraturasi

(Sh.Obloqulov)

10.

Profilaktika inspektorlari, shu jumladan yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan xodimlarning bilimlarini mustahkamlash, jumladan:

masofaviy oʻquv kurslari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar yaratish;

amaliy bilimlarni mustahkamlash hamda muayyan vaziyatlarda qoʻllaniladigan choralarga oid koʻnikmalarni shakllantirish boʻyicha Bosh prokuratura Akademiyasida qisqa muddatli kurslarda oʻqitishni tashkil qilish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2019-yil

1-avgust

IIV (R.Xatamov),

IIV Malaka oshirish instituti (A.Pardiyev),

Bosh prokuratura Akademiyasi (E.Kolenko)

11.

Profilaktika inspektorlarining kundalik faoliyatidagi muhim masalalarga bagʻishlangan videodarslar, amaliyotda mavjud muammolar yechimiga bagʻishlangan uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va tarqatish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2019-yil
1-oktabr

IIV (R.Xatamov),

IIV Malaka oshirish instituti (A.Pardiyev),
Bosh prokuratura Akademiyasi (E.Kolenko)

IV. Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga innovatsion va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish

12.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha aholi bilan maqsadli muloqotni yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahalla kesimida kriminogen vaziyat toʻgʻrisida xabardor qilib borishni taʼminlaydigan messenjer kanallar yaratish.

Mazkur kanallardagi muloqotda keng jamoatchilik ishtirokini taʼminlash, ularda tuman IIOFMBning faoliyatiga doir maʼlumotlarni, shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir etilishi sabab va shart-sharoitlari toʻgʻrisida huquqbuzarliklar profilaktikasiga masʼul xodimlar va tergovchilarning audio-video-murojaatlarini joylashtirib borish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil

15-iyul



Doimiy

IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari

IIV (R.Djurayev),

Toshkent shahar prokuraturasi

(Sh.Obloqulov)

13.

Quyidagi imkoniyatlarni beruvchi “Xavfsiz hudud” mobil elektron ilovasini amaliyotga joriy etish:

profilaktika inspektori faoliyatiga anonim ravishda baho berish;

ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot olish;

“SOS” tugmachasi orqali hodisa joyiga IIB tezkor-tergov guruhi yoki mobil guruhlarini chaqirish;

yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar organlari haqida maʼlumot olish;

fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar haqida xabar berish;

jamoat tartibini saqlash holati va profilaktika inspektori faoliyatiga baho berish, shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar olishga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish.

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar IIBB boshligʻi

buyrugʻi

2019-yil

15-iyul

IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari

IIV (R.Djurayev),

Toshkent shahar prokuraturasi

(Sh.Obloqulov)

14.

Aholi gavjum boʻladigan hududlarda (bozorlar, savdo komplekslari, parklar, stadionlar va boshqalar) “SOS” tugmachalari orqali tezkor video xabar berish tizimini joriy etish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2019-yil

15-avgust

IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari, tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, homiylik va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

IIV (R.Djurayev),

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov)

15.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida foydalaniladigan videokuzatuv moslamalari va ularni oʻrnatishga qoʻyiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish.

Texnik

topshiriq

2019-yil

10-iyul

IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov)

16.

Tuman mahallalaridagi aholi serqatnov boʻlgan hududlar, koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklari, orqa va yon atrofi, mahallalarning boshqa hududlarida:

videokuzatuv kameralari oʻrnatilishini taʼminlash, shuningdek ularni markazlashgan yagona tizimga ulash;

qarovsiz (tashlandiq) hamda tungi vaqtda yoritilmaydigan joylarni obodonlashtirish va yoritish moslamalari bilan jihozlash.

2019-2020-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

1-avgust

IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari, prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, homiylik va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar prokuraturasi

(Sh.Obloqulov),
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev),

Toshshaharnur (S.Tolipov)

17.

“Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi doirasida ishlab chiqilayotgan elektron geoinformatsion xaritani maʼmuriy huquqbuzarliklar va jinoyatchilik holatiga taʼsir etuvchi omillar (giyohvandlik va ichkilikbozlikka ruju qoʻygan shaxslar, ishsizlar, aholi gavjum boʻladigan hududlar va boshqalar) boʻyicha qoʻshimcha qatlamlarni joriy etish orqali takomillashtirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2019-yil
1-oktabr

Bosh prokuratura (E.Tadjiyev),

IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar hokimiyati (J.Artikxodjayev)

18.

Tuman bilan chegaradosh boshqa hududlarning huquqbuzarliklar profilaktikasiga masʼul idoralari bilan hamkorlikni kuchaytirish. Xususan:

Toshkent shahar hokimligi, prokuraturasi va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi, prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi bilan oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish;

Chilonzor va Zangiota tumanlaridagi profilaktika organlari tomonidan hamkorlikda faoliyat olib borishni yoʻlga qoʻyish, jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha birgalikda tadbirlar oʻtkazish amaliyotini keng joriy qilish.

Kompleks

chora-tadbirlar

Doimiy

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Toshkentviloyat hokimligi (R.Xolmatov),

Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov), Toshkentviloyat prokuraturasi (S.Samadov),

Toshkent shahar IIBB (R.Djurayev),

Toshkent viloyat IIB (T.Aripov)

19.

Zangiota tumani hududidagi Chilonzor tumani bilan chegaradosh boʻlgan yirik savdo obyektlarida videokuzatuv moslamalari bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

20-iyul

Davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan mablagʻlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkentviloyat hokimligi (R.Xolmatov),

Toshkent viloyat IIB (T.Aripov)

V. Aholi gavjum boʻladigan yirik bozorlarda “Xavfsiz bozor” sinov loyihasini amalga oshirish

20.

Tumandagi yirik bozorlarda “Xavfsiz bozor” sinov loyihasini amalga oshirish.

Bunda:

bozorlar hududlarini videokuzatuv moslamalari bilan toʻliq qamrab olish, shu jumladan, kirish va chiqish joylarida intellektual videokameralar oʻrnatish;

bozor va unga tutash hududlarda piyodalar uchun yer osti va yer usti oʻtish joylarini barpo etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar




2019-yil
15-oktabr


2019-yil
davomida

IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev)

21.

Chilonzor va Zangiota tumanlaridagi yirik bozorlarga hamda yirik ijtimoiy obyektlar (kasalxonalar, oliy taʼlim muassasalari va boshqalar) hududlarida davlat-xususiy sheriklik asosida koʻp qavatli avtoturargohlarni barpo etish, shuningdek, ushbu obyektlarga yaqin hududlarda xostellar tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil
davomida

Davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan mablagʻlar

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Toshkentviloyat hokimligi (R.Xolmatov)

22.

Fuqarolarni tumandagi yirik bozorlar hududida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlar haqida ogohlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish:

soʻnggi ikki yil ichida bozor va uning atrofidagi hududlarda sodir etilgan jinoyatlarni tahlil qilish;

oʻgʻrilik, firibgarlik va boshqa jinoyatlar sodir etilganligi yoki bunday jinoyatlar sodir etilishi xavfi mavjudligi haqida fuqarolarni bozorlarda oʻrnatilgan radio orqali ogohlantirib borish;

firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari, jumladan transport vositalaridan sodir etiladigan oʻgʻriliklar va uning oldini olishga qaratilgan choralar haqida ijtimoiy tarmoqlar va messendjyerlardagi kanallar orqali targʻibot ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil

15-avgust

Doimiy

IIV (R.Djurayev),

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Adliya vazirligi (A.Toshqulov)

VI. Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

23.

Chilonzor tuman IIOFMB maʼmuriy binosini taʼmirlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil oxirigacha

IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari

IIV (R.Djurayev),

Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Qurilish vazirligi (B.Zakirov)

24.

Chilonzor tuman IIO FMB maʼmuriy binosida tumandagi barcha video kuzatuv kameralarini yagona tizim orqali kuzatish imkoniyatiga ega boʻlgan situatsion markaz tashkil etish hamda tuman prokuraturasini zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil oxirigacha

IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari, prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov),

IIV (R.Djurayev)

25.

Tumandagi ichki ishlar boʻlimlari va tayanch punktlarini qurish va taʼmirlashga boʻlgan ehtiyojni tahlil qilish, shuningdek, tayanch punktlarining moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish.

Tahlil natijalariga koʻra, tegishli binolarni shaffoflik tamoyili asosida (atrofi toʻsiqlar bilan oʻrab olinmagan, oynalar orqali ish joyini tashqaridan koʻrish imkoni mavjud boʻlgan) qurish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

Xatlov natijalariga koʻra, tayanch punktlarini ehtiyoj mavjud boʻlgan moddiy-texnik vositalari bilan taʼminlash.

Davlat-xususiy sheriklik asosida Chilonzor tumani 8-son ichki ishlar boʻlimining yangi binosini qurish.

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar IIBB boshligʻi

buyrugʻi

2019-yil

1-avgust






2019-yil

oxirigacha

IIVning budjetdan ajratilgan mablagʻlari doirasida va budjetdan tashqari mablagʻlari

Davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan mablagʻlar

IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Moliya vazirligi
(B. Ashrafxonov),

Qurilish vazirligi (B.Zakirov)

VII. Fuqarolarda qonunga va huquqqa boʻlgan hurmat hissini kuchaytirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish orqali huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini taʼminlash

26.

Fuqarolarga kundalik turmush tarzida koʻp uchraydigan huquqbuzarliklar boʻyicha javobgarlik masalalarini (belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, maishiy shovqinga qarshi kurash, uy hayvonlarini saqlash talablarini buzish va boshqalar), shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklarni tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan flayerlar, bukletlar, komikslar tarqatish hamda videoroliklar namoyish qilish.

Kompleks

chora- tadbirlar

2019-yil
davomida

Tashkilotchilarning

oʻz mablagʻlari, homiylik

va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

IIV (R.Djurayev), Adliya vazirligi (A.Toshqulov),
MTRK (A.Xadjayev),
Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev)

27.

Jinoyatlar muayyan turlarining (oʻgʻrilik, firibgarlik, qotillik va boshqalar) oldini olish boʻyicha hayotiy misollar orqali taʼsirchan usullarni qoʻllagan holda huquqiy targʻibot kampaniyalarini oʻtkazish.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2019-yil

15-iyul

IIV (R.Djurayev), Adliya vazirligi (A.Toshqulov),

Toshkent shahar prokuraturasi

(Sh.Obloqulov)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2019-y., 09/19/486/3278-son)