ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish | |||||
|
1. |
Yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash hamda ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy asosda faoliyat koʻrsatadigan jamoatchilik kengashini tashkil etish. Bun�a: jamoatchilik kengashi aʼzolarini tumandagi muammoli masalalar koʻp uchraydigan mahalladagi zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan binoga joylashtirish; tumandagi barcha maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarini video kuzatuv kameralari bilan jihozlash hamda ularni markazlashgan yagona tizimga ulash choralarini koʻrish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori
chora-tadbirlar
|
2019-yil 15-iyul
|
—
|
Toshkent shahar hokimligi IIV (R. Djurayev), Maktabgacha taʼlim vazirligi (S.Turgunov), Xalq taʼlimi vazirligi (A. Umarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.Majidov), Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov) |
|
2. |
Tumandagi mahallalar (tanlov asosida) aholisi oʻrtasida profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini aniqlash boʻyicha ijtimoiy soʻrov oʻtkazish. Ijtimoiy soʻrov natijalariga koʻra idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2019-yil 15-iyul
15-avgust |
— |
IIV Akademiyasi (B.Matlyubov), |
|
3. |
Tumanda jamoat tartibini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning barvaqt oldini olish borasida mavjud muammolar hamda ularning yechimlari, sohani rivojlantirish va jinoyatchilikni jilovlashda yanada samarali tizimni yaratishga qaratilgan takliflar boʻyicha profilaktika (katta) inspektorlari oʻrtasida ijtimoiy soʻrov oʻtkazish. Ijtimoiy soʻrov natijalariga koʻra idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2019-yil 15-iyul
15-avgust |
— |
IIV Akademiyasi (B.Matlyubov), |
|
II. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishning taʼsirchan tizimini yaratish va sohada idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirish | |||||
|
4. |
Tergovchi va surishtiruvchilarning profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, xususan, Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda IIO FMB deb ataladi) tergovchi va surishtiruvchilarining profilaktika inspektorlari bilan tajriba almashinuvini hamda maʼmuriy amaliyotda ularga yordam koʻrsatishi tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Toshkent shahar IIBB boshligʻining buyrugʻi |
2019-yil 20-iyul |
— |
IIV (R.Djurayev) |
|
5. |
Tuman ichki ishlar organining maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarga doir amaliyotini tahlil qilish hamda huquqbuzarliklarni kelgusida jinoyat sodir etish xavfini keltirib chiqaruvchi tegishli kategoriyalarga (oilaviy-maishiy nizolar, yoʻl-transport hodisalari, mayda bezorilik va boshqalar boʻyicha) ajratish. Huquqbuzarlik sodir etgan va kelgusida jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan yakka tartibda ishlash boʻyicha tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
Kompleks chora-tadbirlar
|
2019-yil 15-iyul
15-avgust |
— |
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov), Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev) |
|
6. |
Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi samaradorligini oshirish va bu borada idoralararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan quyidagi tashkiliy choralarni amalga oshirish: oilaviy nizolar bilan bogʻliq maʼmuriy ishlarni hal etish amaliyotini tahlil qilish; ijtimoiy xavfli ahvolda boʻlgan oilalar roʻyxatini shakllantirish va ular bilan ishlashda doimiy aloqa mexanizmlarini (mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlarini biriktirish, psixologlarni jalb qilish va boshqalar) joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2019-yil 1-avgust |
— |
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov), Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Xotin-qizlar qoʻmitasi (Z.Mahkamova), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (D.Maxbubov), “Nuroniy” jamgʻarmasi (Sh.Usmonov) |
|
7. |
Tumandagi yirik bozorlar, savdo majmualari, oliy taʼlim, sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa shu kabi obyektlarning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash sohasida ichki ishlar organlarining xizmatlaridan shartnoma asosida foydalanish boʻyicha faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2019-yil 15-avgust |
— |
Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), IIV (R.Djurayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.Yusupaliyev) |
|
III. Ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarini, shuningdek, shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini yuksaltirish, ularning oʻz ustida ishlashi, malakasini oshirishi va kasbiy rivojlanishini ragʻbatlantirish | |||||
|
8. |
Tuman ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati davomida kasbiy rivojlanishini monitoring qilishga moʻljallangan har bir xodimning portfolio bazasini joriy etish hamda kelgusida uning natijalari asosida xodimlarni lavozimga tayinlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2019-yil 15-iyul |
— |
IIV (R.Djurayev) |
|
9. |
Tumanda “Namunali profilaktika inspektori” tanlovini oʻtkazish va uning gʻoliblarini ragʻbatlantirish (muddatidan ilgari maxsus unvon, pul mukofotlari va boshqalar bilan) mexanizmlarini ishlab chiqish. |
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi |
2019-yil 1-avgust |
— |
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov) |
|
10. |
Profilaktika inspektorlari, shu jumladan yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan xodimlarning bilimlarini mustahkamlash, jumladan: masofaviy oʻquv kurslari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar yaratish; amaliy bilimlarni mustahkamlash hamda muayyan vaziyatlarda qoʻllaniladigan choralarga oid koʻnikmalarni shakllantirish boʻyicha Bosh prokuratura Akademiyasida qisqa muddatli kurslarda oʻqitishni tashkil qilish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2019-yil 1-avgust |
— |
IIV (R.Xatamov), IIV Malaka oshirish instituti (A.Pardiyev), Bosh prokuratura Akademiyasi (E.Kolenko) |
|
11. |
Profilaktika inspektorlarining kundalik faoliyatidagi muhim masalalarga bagʻishlangan videodarslar, amaliyotda mavjud muammolar yechimiga bagʻishlangan uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va tarqatish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2019-yil |
— |
IIV (R.Xatamov), IIV Malaka oshirish instituti (A.Pardiyev), |
|
IV. Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga innovatsion va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish | |||||
|
12. |
Jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha aholi bilan maqsadli muloqotni yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahalla kesimida kriminogen vaziyat toʻgʻrisida xabardor qilib borishni taʼminlaydigan messenjer kanallar yaratish. Mazkur kanallardagi muloqotda keng jamoatchilik ishtirokini taʼminlash, ularda tuman IIOFMBning faoliyatiga doir maʼlumotlarni, shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir etilishi sabab va shart-sharoitlari toʻgʻrisida huquqbuzarliklar profilaktikasiga masʼul xodimlar va tergovchilarning audio-video-murojaatlarini joylashtirib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 15-iyul
|
IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari |
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov) |
|
13. |
Quyidagi imkoniyatlarni beruvchi “Xavfsiz hudud” mobil elektron ilovasini amaliyotga joriy etish: profilaktika inspektori faoliyatiga anonim ravishda baho berish; ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot olish; “SOS” tugmachasi orqali hodisa joyiga IIB tezkor-tergov guruhi yoki mobil guruhlarini chaqirish; yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar organlari haqida maʼlumot olish; fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar haqida xabar berish; jamoat tartibini saqlash holati va profilaktika inspektori faoliyatiga baho berish, shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar olishga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish. |
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar IIBB boshligʻi buyrugʻi |
2019-yil 15-iyul |
IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari |
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov) |
|
14. |
Aholi gavjum boʻladigan hududlarda (bozorlar, savdo komplekslari, parklar, stadionlar va boshqalar) “SOS” tugmachalari orqali tezkor video xabar berish tizimini joriy etish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2019-yil 15-avgust |
IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari, tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, homiylik va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar |
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.Sadikov) |
|
15. |
Jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida foydalaniladigan videokuzatuv moslamalari va ularni oʻrnatishga qoʻyiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish. |
Texnik topshiriq |
2019-yil 10-iyul |
— |
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov), |
|
16. |
Tuman mahallalaridagi aholi serqatnov boʻlgan hududlar, koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklari, orqa va yon atrofi, mahallalarning boshqa hududlarida: videokuzatuv kameralari oʻrnatilishini taʼminlash, shuningdek ularni markazlashgan yagona tizimga ulash; qarovsiz (tashlandiq) hamda tungi vaqtda yoritilmaydigan joylarni obodonlashtirish va yoritish moslamalari bilan jihozlash. |
2019-2020-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 1-avgust |
IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari, prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, tuman mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, homiylik va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov), Toshshaharnur (S.Tolipov) |
|
17. |
“Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi doirasida ishlab chiqilayotgan elektron geoinformatsion xaritani maʼmuriy huquqbuzarliklar va jinoyatchilik holatiga taʼsir etuvchi omillar (giyohvandlik va ichkilikbozlikka ruju qoʻygan shaxslar, ishsizlar, aholi gavjum boʻladigan hududlar va boshqalar) boʻyicha qoʻshimcha qatlamlarni joriy etish orqali takomillashtirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2019-yil |
— |
Bosh prokuratura (E.Tadjiyev), IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar hokimiyati (J.Artikxodjayev) |
|
18. |
Tuman bilan chegaradosh boshqa hududlarning huquqbuzarliklar profilaktikasiga masʼul idoralari bilan hamkorlikni kuchaytirish. Xususan: Toshkent shahar hokimligi, prokuraturasi va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi, prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi bilan oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish; Chilonzor va Zangiota tumanlaridagi profilaktika organlari tomonidan hamkorlikda faoliyat olib borishni yoʻlga qoʻyish, jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha birgalikda tadbirlar oʻtkazish amaliyotini keng joriy qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
Doimiy |
— |
Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Toshkentviloyat hokimligi (R.Xolmatov), Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov), Toshkentviloyat prokuraturasi (S.Samadov), Toshkent shahar IIBB (R.Djurayev), Toshkent viloyat IIB (T.Aripov) |
|
19. |
Zangiota tumani hududidagi Chilonzor tumani bilan chegaradosh boʻlgan yirik savdo obyektlarida videokuzatuv moslamalari bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019-yil 20-iyul |
Davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan mablagʻlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Toshkentviloyat hokimligi (R.Xolmatov), Toshkent viloyat IIB (T.Aripov) |
|
V. Aholi gavjum boʻladigan yirik bozorlarda “Xavfsiz bozor” sinov loyihasini amalga oshirish | |||||
|
20. |
Tumandagi yirik bozorlarda “Xavfsiz bozor” sinov loyihasini amalga oshirish. Bunda: bozorlar hududlarini videokuzatuv moslamalari bilan toʻliq qamrab olish, shu jumladan, kirish va chiqish joylarida intellektual videokameralar oʻrnatish; bozor va unga tutash hududlarda piyodalar uchun yer osti va yer usti oʻtish joylarini barpo etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
|
IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar |
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev) |
|
21. |
Chilonzor va Zangiota tumanlaridagi yirik bozorlarga hamda yirik ijtimoiy obyektlar (kasalxonalar, oliy taʼlim muassasalari va boshqalar) hududlarida davlat-xususiy sheriklik asosida koʻp qavatli avtoturargohlarni barpo etish, shuningdek, ushbu obyektlarga yaqin hududlarda xostellar tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil |
Davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan mablagʻlar |
Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Toshkentviloyat hokimligi (R.Xolmatov) |
|
22. |
Fuqarolarni tumandagi yirik bozorlar hududida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlar haqida ogohlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish: soʻnggi ikki yil ichida bozor va uning atrofidagi hududlarda sodir etilgan jinoyatlarni tahlil qilish; oʻgʻrilik, firibgarlik va boshqa jinoyatlar sodir etilganligi yoki bunday jinoyatlar sodir etilishi xavfi mavjudligi haqida fuqarolarni bozorlarda oʻrnatilgan radio orqali ogohlantirib borish; firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari, jumladan transport vositalaridan sodir etiladigan oʻgʻriliklar va uning oldini olishga qaratilgan choralar haqida ijtimoiy tarmoqlar va messendjyerlardagi kanallar orqali targʻibot ishlarini amalga oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 15-avgust Doimiy |
— |
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Adliya vazirligi (A.Toshqulov) |
|
VI. Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish | |||||
|
23. |
Chilonzor tuman IIOFMB maʼmuriy binosini taʼmirlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil oxirigacha |
IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari |
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Qurilish vazirligi (B.Zakirov) |
|
24. |
Chilonzor tuman IIO FMB maʼmuriy binosida tumandagi barcha video kuzatuv kameralarini yagona tizim orqali kuzatish imkoniyatiga ega boʻlgan situatsion markaz tashkil etish hamda tuman prokuraturasini zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil oxirigacha |
IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari, prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari |
Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov), IIV (R.Djurayev) |
|
25. |
Tumandagi ichki ishlar boʻlimlari va tayanch punktlarini qurish va taʼmirlashga boʻlgan ehtiyojni tahlil qilish, shuningdek, tayanch punktlarining moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish. Tahlil natijalariga koʻra, tegishli binolarni shaffoflik tamoyili asosida (atrofi toʻsiqlar bilan oʻrab olinmagan, oynalar orqali ish joyini tashqaridan koʻrish imkoni mavjud boʻlgan) qurish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. Xatlov natijalariga koʻra, tayanch punktlarini ehtiyoj mavjud boʻlgan moddiy-texnik vositalari bilan taʼminlash. Davlat-xususiy sheriklik asosida Chilonzor tumani 8-son ichki ishlar boʻlimining yangi binosini qurish. |
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar IIBB boshligʻi buyrugʻi |
2019-yil 1-avgust
oxirigacha |
IIVning budjetdan ajratilgan mablagʻlari doirasida va budjetdan tashqari mablagʻlari Davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan mablagʻlar |
IIV (R.Djurayev), Toshkent shahar hokimligi (J.Artikxodjayev), Moliya vazirligi Qurilish vazirligi (B.Zakirov) |
|
VII. Fuqarolarda qonunga va huquqqa boʻlgan hurmat hissini kuchaytirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish orqali huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini taʼminlash | |||||
|
26. |
Fuqarolarga kundalik turmush tarzida koʻp uchraydigan huquqbuzarliklar boʻyicha javobgarlik masalalarini (belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, maishiy shovqinga qarshi kurash, uy hayvonlarini saqlash talablarini buzish va boshqalar), shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklarni tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan flayerlar, bukletlar, komikslar tarqatish hamda videoroliklar namoyish qilish. |
Kompleks chora- tadbirlar |
2019-yil |
Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari, homiylik va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar |
IIV (R.Djurayev), Adliya vazirligi (A.Toshqulov), |
|
27. |
Jinoyatlar muayyan turlarining (oʻgʻrilik, firibgarlik, qotillik va boshqalar) oldini olish boʻyicha hayotiy misollar orqali taʼsirchan usullarni qoʻllagan holda huquqiy targʻibot kampaniyalarini oʻtkazish. |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2019-yil 15-iyul |
— |
IIV (R.Djurayev), Adliya vazirligi (A.Toshqulov), Toshkent shahar prokuraturasi (Sh.Obloqulov) |