Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3002-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/8-son qarori (roʻyxat raqami 3002, 2018-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 17-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-avgustdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-may,
11/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 18-maydagi 11/8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-bandda:
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“majburiy rezervlarning hisob-kitob davri — majburiy rezervlarni saqlash davridan oldingi hisobot oyi;”;
oʻninchi xatboshidagi “oʻn toʻrt” degan soʻzlar “yigirma sakkiz yoki oʻttiz besh” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“saqlash davri kalendari — majburiy rezervlarning saqlash davrini belgilovchi yillik kalendar.”.
2. 2-banddagi “hamda oʻrtachalash koeffitsiyenti” degan soʻzlar “, oʻrtachalash koeffitsiyenti hamda saqlash davri kalendari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 11-banddagi “hisob-kitob davri tugagan kundan keyingi” degan soʻzlar “saqlash davri boshlanish kunidan oldingi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son)