Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2025 27.05.2019 yildagi 435-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2025
Hujjat 29.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-yanvardagi 20-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida mahsulot va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 22-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4145-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, mahsulotlarning xossalari toʻgʻrisida fuqarolarning xabardorligini taʼminlash, mahsulotlarning ekologik xavfsizligini kafolatlash va ushbu sohada xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich oʻtish hisobiga Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlar eksporti hajmlarini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzstandart” agentligining 2020-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro standartlar talablariga asoslangan mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida sanoat tarmoqlari boʻyicha mahsulotlarni ekologik markirovkalash standartlarini ishlab chiqish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni ekologik markirovkalash belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekologik markirovkalash organlari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish, foydalanish, isteʼmol qilish, tashish, saqlash va utilizatsiya qilishda atrof-muhitga, aholi sogʻligʻiga va biologik resurslarga eng kam zararli taʼsir koʻrsatadigan mahsulotlar ekologik markirovkalash obyekti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash toʻgʻrisida sertifikat olingandan keyin oʻz mahsulotlarini ixtiyoriy asosda ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash toʻgʻrisida sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda mahsulotning nomida, oʻramida, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda va mahsulotni reklama qilishda “eko” va “yeko” soʻzlaridan foydalanish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari, veterinariya preparatlari, tibbiy buyumlar, tarkibida zaharli, mutagen, kanserogen, atrof-muhit uchun xavfli deb tasniflangan moddalar, preparatlar va aralashmalar mavjud boʻlgan tovarlar ixtiyoriy ekologik markirovkalanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash sohasida ishlarni tashkil etish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin, unga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza oʻtkazish va ishlab chiqiladigan ekologik standartlarni ularga ekologik mezonlarni kiritgan holda tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik markirovkalash organlari mutaxassislarini oʻqitish va malakasini oshirish, shuningdek, ushbu sohada xorijiy mamlakatlar bilan tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlar talablariga muvofiq ekologik markirovkalash tizimini takomillashtirish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror qoidalarini respublika aholisi orasida keng yoritish uchun ommaviy axborot vositalarida materiallarni joylashtirish va mavzuli koʻrsatuvlar turkumi boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
435-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 435-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik markirovkalash — mahsulot va uni yaratish, ishlab chiqarish va undan foydalanish jarayonlari hamda uning ekologik xavfsizlikka muvofiqligi haqidagi ekologik maʼlumotlar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xil mahsulotlar guruhi — bir xil funksiyalarni bajaradigan mahsulotlar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya (keyingi oʻrinlarda muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya deb ataladi) — ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, distribyutor, sotuvchi yoki istalgan boshqa manfaatdor tomonning oʻz faoliyati va mahsulotlar mustaqil uchinchi taraf tomonidan ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalanganligi haqida sertifikat mavjud boʻlmagan mahsulotlar toʻgʻrisidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayot sikli — resurslarni qazib olish yoki xomashyo sotib olish yoxud tabiiy resurslardan, xomashyodan mahsulot ishlab chiqarishdan ularni atrof-muhitga joylashtirishga yoki utilizatsiya qilishgacha boʻlgan izchil va oʻzaro bogʻliq bosqichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — mahsulotlarni ekologik markirovkalash uchun sertifikat olishga talabgorlik qiluvchi tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xavfsizlik belgisi — mahsulotlarga yoki ularning qadogʻiga va ilova qilinadigan hujjatlarga bosish uchun moʻljallangan, mahsulot toʻgʻrisidagi bosma materiallarda, shuningdek, texnik byulletenlardagi mahsulotning ekologik xavfsizligini tavsiflovchi belgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalangan mahsulotlarning inspeksiya nazorati (keyingi oʻrinlarda inspeksiya nazorati deb ataladi) — ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalangan mahsulotlarni ular ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqlikni baholashda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida davriy (takroran) baholash tartibotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xavfsizlik mezonlari — mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini olish uchun mahsulotlar muvofiq boʻlishi kerak boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadigan ekologik xavfsizlik talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik markirovkalash organi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan, mahsulotlarning ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholaydigan uchinchi tomon hisoblangan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning hayot siklini baholash — axborot toʻplash, shuningdek, mahsulotlarning butun hayot siklida atrof-muhitga ehtimoli boʻlgan taʼsirini taqqoslash va chiqish oqimlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik markirovkalash dasturi — ekologik markirovkalash organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hujjat, mahsulotning butun hayot sikli bosqichida mahsulotning ekologik xavfsizligini baholash ishlari unga muvofiq olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat — tadbirkorlik subyektiga oʻzi ishlab chiqaradigan mahsulotlar uchun ekologik xavfsizlik belgisidan foydalanish huquqini beruvchi, ekologik markirovkalash organi tomonidan beriladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik menejment tizimi (atrof-muhitni boshqarish tizimi) — maʼmuriy boshqarish umumiy tizimining bir qismi, u ekologik siyosatni ishlab chiqish, joriy etish, amalga oshirish, tahlil qilish va rivojlantirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy tuzilma, rejalashtirish, javobgarlik, usullar, tartibotlar, jarayonlar va resurslarni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik ekspert — mahsulotlarning ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash ishlarida ishtirok etish uchun maxsus bilimlar yoki tajribaga ega boʻlgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xavfsizlik — tabiiy muhit va inson, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarining xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning ehtimoliy salbiy taʼsiridan, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan va ularning oqibatlaridan himoyalanganligi holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekologik xavfsizlik belgisi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ularga berilgan ekologik xavfsizlik toifasiga binoan markirovkalash uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologik xavfsizlik belgisi mahsulotga yoki yorliqqa (qadoqqa), ilova qilinadigan hujjatlarga yoki mahsulotlarni reklama qilishda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologik markirovkalash tartibotidan oʻtmasdan va mahsulotni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat mavjud boʻlmaganda tovar, mahsulotning tavsifida va nomlanishida, teng ravishda reklamada ekologik xavfsizlik belgisidan foydalanish, mahsulotning ekologik xavfsizligiga tegishli biror-bir xossalarini koʻrsatish, shuningdek, “ekologik toza”, “ekologik xavfsiz”, “ekologik qulay” degan yozuvlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ekologik markirovkalash organi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekologik xavfsizlikka muvofiqlikni baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomaga muvofiq ariza beruvchining ekologik markirovkalash organiga ixtiyoriy murojaati asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash tartiboti Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan oʻtgan ekologik markirovkalash organi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik markirovkalash organi ekologik markirovkalash tartiboti uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekologik markirovkalash organi oʻz faoliyatida mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash sertifikatini olishga talabgor boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilardan, shuningdek, ekologik markirovkalash sohasidagi siyosatni tartibga soluvchi davlat vakolatli organidan (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) mustaqil boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ixtiyoriy ekologik markirovkalash ishlarini olib borish uchun ekologik markirovkalash organida quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga muvofiq ekologik xavfsizlikni baholash tartiboti amalga oshiriladigan sifat menejmenti tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibotini oʻtkazish vazifalari bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni ekologik markirovkalash ishlarini bajarish uchun oʻz laboratoriyasi (ixtiyoriy ekologik markirovkalash oʻtkazilayotganda amalga oshiriladigan sinovlarning bir qismini oʻtkazish uchun akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalari bilan shartnoma tuzishga ruxsat beriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekologik xavfsizlikka muvofiqlikni baholash faoliyatida qatnashuvchi xodimlar akkreditatsiya boʻyicha Milliy organ tizimida normativ hujjatlar talablariga muvofiq akkreditatsiya organi tomonidan sertifikatlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekologik markirovkalash organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida markirovkalash boʻyicha ishlar xolis va izchil oʻtkazilishini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxfiylikka rioya qilishga va ishlarni bajarish, mahsulotning hayot siklini tekshirish chogʻida oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlar oshkor qilinishining yoki istalgan maqsadlarda foydalanishning oldini olishni taʼminlashi, axborotni soxtalashtirishdan himoya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ekologik xavfsizlik mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekologik xavfsizlik mezonlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologik xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq va xalqaro standartlar hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqishda quyidagi ekologik jihatlar hisobga olinishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni ishlab chiqarish, isteʼmol qilish, foydalanish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash chogʻida atrof-muhitga, xususan, iqlim oʻzgarishiga, biologik xilma-xillikka, energiyani tejashga, tabiiy resurslarga taʼsir darajasi, shuningdek, mahsulotni utilizatsiya qilish jarayonida hosil boʻlgan chiqindilarning taʼsiri darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli moddalarni xavfsizrogʻiga almashtirish va eng yangi texnologiyalarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlardan foydalanish (sotish) va undan qayta foydalanish muddatini uzaytirish natijasida uning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar hayot siklining turli bosqichlarida iqtisodiy foyda olish bilan atrof-muhitga, shu jumladan, inson sogʻligiga yuklama oʻrtasidagi umumiy muvozanat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik markirovkalashning boshqa milliy, mintaqaviy va xalqaro dasturlari tomonidan belgilangan ekologik mezonlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekologik xavfsizlik mezonlari yangi texnologiyalar, yangi mahsulotlar, yangi ekologik axborotlar va bozor sharoitidagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda har besh yilda qayta koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekologik xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqish ekologik markirovkalash organlari, tarmoq vazirliklari, idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekologik markirovkalash organi va tarmoq vazirliklari va idoralar ekologik xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqish va/yoki qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqishi va/yoki unda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekologik xavfsizlik mezonlari tasdiqlangunga qadar keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, vakolatli organning veb-saytida eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ekologik xavfsizlik mezonlari loyihasi bir kalendar oy mobaynida muhokama qilinadi. Jamoatchilik muhokamasi natijalari boʻyicha tushgan asoslangan takliflar va eʼtirozlar ekologik xavfsizlik mezonlarini qayta koʻrib chiqishda hisobga olinadi. Takliflarni rad etish yoki ekologik xavfsizlik mezonlariga kiritish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mahsulotlarning ekologik xavfsizlik mezonlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy, mintaqaviy va global ekologik omillarni, shuningdek, mavjud texnologiyalarni hisobga olgan holda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning atrof-muhitga va inson sogʻligʻiga eng sezilarli taʼsiri chegaralashi va mahsulotlarning muhim ekologik jihatlarini belgilashi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan talablarni baholash uchun zarur boʻlgan nazorat usullari bilan aniqlanishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiriladigan minimal koʻrsatkichlarga, chegara darajalariga ega boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatlarni, sinash usullarini va texnik hujjatlarni belgilashda mahsulotning tegishli toifasi boʻyicha normativ-huquqiy bazaga muvofiq boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning toifasi tegishli boʻlgan tegishli tarmoqning rivojlanishini va ekologik xavfsizlik mezonlarini hisobga olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ekologik xavfsizlik mezonlari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan muhokama qilingandan va kelishilgandan keyin belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ularning amal qilish muddatlari belgilanadi. Tasdiqlangan ekologik xavfsizlik mezonlari vakolatli organ tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi va uning veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash ariza berilgan mahsulotlarning ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan izchil harakatlarni amalga oshirishni nazarda tutadi va mahsulotning atrof-muhitga taʼsiri koʻrsatkichlarining haqiqiy qiymatiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash jarayoni markirovkalash organi va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash xalqaro standartlar talablariga muvofiqlikka uchta tipi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat faqat mahsulotning ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash tartibotining ijobiy natijalari olingan taqdirda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ariza berilgan mahsulot turining ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash ekologik markirovkalash dasturi doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ekologik markirovkalash dasturi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza berilgan mahsulotning har bir turi uchun alohida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ekologik markirovkalash dasturi ekologik markirovkalash organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mahsulotlarning ariza berilgan turining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholash xalqaro standartlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mahsulotlarning ariza berilgan turining II tip boʻyicha ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholash ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya taqdim etilishi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishlab chiqilgan ekologik markirovkalash dasturi quyidagilarni nazarda tutadi: I tip boʻyicha — ariza beruvchining tashabbusi, III tip boʻyicha — mahsulot hayot siklining barcha bosqichlarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq mahsulotning ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholashga qaratilgan izchil harakatlar amalga oshirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mahsulotlarning ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar ekologik markirovkalash organi tomonidan mustaqil ravishda shakllantiriladi. Ushbu holatda ariza beruvchilar markirovkalash organiga zarur tasdiqlovchi hujjatlarni toʻplashda yordam berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mahsulotlarning ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholashda ekologik markirovkalash organi tomonidan ariza beruvchining xohishiga koʻra quyidagi hujjatlar tayyorlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu mahsulotga nisbatan atrof-muhitni muhofaza qilish talablari belgilangan va koʻrsatilgan standartning nusxasi (tashkilot standarti, texnik yoʻriqnoma, texnologik jarayon va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fito-sanitariya xulosalari, muvofiqlik sertifikati nusxalari (qonun hujjatlarida bunday talablar mavjud boʻlsa);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiq hayot siklining barcha bosqichlarida mahsulotlarning ekologik tavsiflarini sinash bayonnomalarining nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik menejment sertifikatining nusxasi (agar mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, ekologik markirovkalash organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xomashyo tarkibiy qismlarining ekologik xavfsizligi, ularni qazib olish/yetkazib berish usullari haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish texnologiyasi va uning atrof-muhitning barcha tarkibiy qismlariga taʼsiri haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi ikki kalendar yilda ariza beruvchi tomonidan tabiatni muhofaza qilish qonunchiligining buzilmaganligi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish bosqichida hosil boʻlgan chiqindilarning shakllanishi, topshirilishi, utilizatsiya qilinishi, olib chiqib ketilishi yoki qayta foydalanilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ekologik markirovkalash organi atmosferaga tashlanmalar manbalarini va ifloslantiruvchi moddalarning suv tizimlariga oqovalarini, tuproq qoplamasining holatini va chiqindilarni saqlash joylarini laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazish ishlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Laboratoriya tadqiqotlarini olib borish uchun ariza beruvchi yoki uning topshirigʻiga binoan ekologik markirovkalash organi ekologik markirovkalash dasturiga muvofiq zarur tekshirishlarni oʻtkazish uchun akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarini jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Laboratoriya tadqiqotlari mahsulotlarni I va III tiplar boʻyicha ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Dasturda koʻrsatilgan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilgandan va I va III tiplar boʻyicha ijobiy natijalar olinganidan soʻng ariza beruvchiga mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqi uchun sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II tipdagi ekologik markirovkalash boʻyicha ariza beruvchi muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya bilan birgalikda mahsulotning ekologik xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shu jumladan, laboratoriya tadqiqotlari natijalarini taqdim etadi va roʻyxatga olinadi, shundan keyin ariza beruvchi ekologik xavfsizlik belgisidan foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Markirovkalash organi tomonidan mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibotidan oʻtkazish muddatlari ixtiyoriy ekologik markirovkalash tipiga va tuzilgan ekologik markirovkalash dasturiga bogʻliq ravishda quyidagichani tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I tip ekologik markirovkalash boʻyicha — 1 oydan ortiq emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II tip ekologik markirovkalash boʻyicha — 20 ish kunidan ortiq emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III tip ekologik markirovkalash boʻyicha — 2 oydan ortiq emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ariza beruvchi va ushbu jarayonga jalb qilingan ekologik markirovkalash organi oʻz vakolatlari doirasida yigʻilgan va taqdim etilgan hujjatlarning xolisligi va ishonchliligi uchun toʻliq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatni rasmiylashtirish va berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatni rasmiylashtirish va berishning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat berish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Agar mahsulotning ariza berilayotgan turini ekologik markirovkalash boʻyicha bir nechta organ mavjud boʻlsa, ariza beruvchi oʻz ixtiyori bilan ulardan biriga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash tayyorlovchining javobgarligi ostida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning amal qilish muddati davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sertifikatlangan hisoblanadi va qayta sertifikatlanmaydi. Ekologik xavfsizlik belgisi hamda foydalanish va ilova qilinadigan hujjatlardagi mahsulot tayyorlangan sana, mahsulotlar ekologik xavfsizlik belgisi bilan sertifikatlanganligining tasdigʻi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. I va III tiplar boʻyicha mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash boʻyicha ishlarni olib borish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. I va III tiplar boʻyicha mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash ishlarini olib borish uchun ariza beruvchi ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq zarur hujjatlar toʻplamini ilova qilgan holda ariza topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik markirovkalash organi taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar toʻliq boʻlganda — mahsulotlar ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar hujjatlar toʻliq boʻlmasa — uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni qaytarish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ekologik markirovkalash organi mahsulotlar ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash ishlarini oʻtkazish haqida qaror qabul qilganidan soʻng bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ekologik markirovkalash dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ekologik markirovkalash organi mahsulotlarning ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash ishlarini olib borish davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ hujjatlar talablariga muvofiq namunalarni identifikatsiyalash, saralash va laboratoriyaga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ hujjatlar talablariga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida namunalarni sinovdan oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlanishi kerak boʻlgan mahsulotlarni sinash mahsulotlarni sertifikatlashtirish Milliy tizimining sertifikatlashtirish qoidalariga muvofiq namunalarni tanlash maqsadida taqdim etilgan mahsulotlarni identifikatsiyalash orqali amalga oshiriladi. Namunalarni identifikatsiyalash va tanlash tartiboti namunalarni identifikatsiyalash va tanlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar identifikatsiyalash natijalari boʻyicha ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan namunalar normativ hujjatlarga muvofiq boʻlmasa yoki ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalangan mahsulotning asosiy namunasi hisoblanmasa, namunalar tanlanmaydi va ariza beruvchiga sabablari koʻrsatilgan holda rad javobi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Namunalar soni, tanlash tartibi, ularni identifikatsiyalash va saqlash qoidalari ekologik markirovkalanadigan mahsulotga normativ hujjatlarda, shu jumladan, sinov usullarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra sertifikatlanadigan mahsulotning texnik tavsiflarini taqdim etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Muayyan turdagi mahsulotlarni sinash bayonnomasini rasmiylashtirish va berish muddati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan usullarga muvofiq amalga oshiriladigan ushbu turdagi mahsulotlarni sinovdan oʻtkazishning umumiy davomiyligidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarining aniq koʻrsatkichlar boʻyicha sinov natijalari mavjud boʻlgan qoʻshimcha hujjatlardan ekologik markirovkalash organi tomonidan mahsulotlarning ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash uchun foydalaniladi. Bunda sinov oʻtkazilgan muddat hisobga olinadi, u ushbu mahsulot uchun normativ hujjatlarda belgilangan yaroqlilik muddatidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mahsulotlarni ekologik markirovkalash paytida tegishli akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi mavjud boʻlmagan taqdirda ekologik markirovkalash organi akkreditatsiyadan oʻtgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining akkreditatsiya tizimida eʼtirof etilgan muvofiqlikni baholash boʻyicha xorijiy organlarning sinov natijalarini, sinovlar bayonnomalarini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Namunalar sinovlarining sifati va natijalarning ishonchliligi, shuningdek, sinovlar bayonnomalari saqlanishi uchun sinovlarni oʻtkazgan akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi javob beradi. Sinov bayonnomalari texnik ekspert tomonidan imzolanadi va akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalari sinov bayonnomalarini ariza beruvchiga va ekologik markirovkalash organiga taqdim etadi. Agar mahsulotlar sinovlari har xil akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida alohida parametrlar boʻyicha oʻtkazilgan boʻlsa, bayonnomalar bilan tasdiqlangan sinovlarning ijobiy natijalari mavjudligi mahsulotlarning ekologik xavfsizlikning belgilangan mezonlariga muvofiqligining ijobiy baholanishi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Sinovlar natijalari salbiy boʻlganda, shuningdek, hujjatlarning toʻliq boʻlmagan toʻplami taqdim etilganda ekologik markirovkalash organi ariza beruvchiga mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat berishni rad etish haqida xulosa beradi va kamchiliklarni bartaraf etish uchun oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddat beradi. Eʼtirozlar belgilangan muddatda bartaraf etilganda ekologik markirovkalash organi hujjatlarni uch ish kuni mobaynida qayta koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ekologik markirovkalash organi tomonidan ishlab chiqilgan ekologik markirovkalash dasturi boʻyicha hujjatlarni tahlil qilishning, shu jumladan, ushbu dasturga kiritilgan, akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida oʻtkazilgan laboratoriya sinovlarining ijobiy natijasi olinganda, ekologik markirovkalash organi uch ish kuni mobaynida hujjatlarni texnik ekspertga baholash uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ekologik markirovkalash organining texnik eksperti hujjatlar toʻplamini, shu jumladan, sinov bayonnomalarini, ishlab chiqarish holati tekshirilishini va ariza beruvchi tomonidan buyurtmanoma bilan birgalikda taqdim etilgan boshqa hujjatlarni yoki dastur bajarilishining ekologik markirovkalashga muvofiqligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻrganadi va uch ish kuni mobaynida mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat berish yoxud uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik ekspertning ijobiy qarori qabul qilinganda ekologik markirovkalash organi uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ariza beruvchiga mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat beradi (yuboradi) yoki uni sertifikat berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar mavjud boʻlganda, ariza beruvchiga belgilangan tartibda ularni bartaraf etish zarur boʻlgan muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini beruvchi sertifikat berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar takroran koʻrib chiqiladi va takroran koʻrib chiqish ijobiy natija berganda uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mahsulotlarning mahsulotlar ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash boʻyicha bajariladigan ishlarning muddati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I tip uchun — namunalar identifikatsiya qilingan va tanlab olingan paytdan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III tip uchun — namunalar identifikatsiya qilingan va tanlab olingan paytdan boshlab oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatni rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur hujjatlar topshirilgan paytdan eʼtiboran uch ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Sertifikat ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq davlat tilida yoki rus tilida rasmiylashtiriladi. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga rasmiylashtirilgan sertifikat uch yil muddatga beriladi va markirovkalashga sertifikatlar davlat reyestrida (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) roʻyxatga olinadi. Sertifikat Reyestrga muvofiq faqat roʻyxatdan oʻtkazish raqami mavjud boʻlganda haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlarni Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga berilgan sertifikat asosida mahsulotlarni ekologik markirovkalashning belgilangan tipi hisobga olingan holda ariza beruvchiga ekologik xavfsizlik belgisini qoʻllash huquqini berish toʻgʻrisida bitim tuziladi. Ushbu bitimda ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash usullari va inspeksiya nazorati shartlari qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. II tip boʻyicha mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash boʻyicha ishlarni bajarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ekologik markirovkalash organi bir ish kuni mobaynida muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani va ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan uning ishlab chiqarishi va mahsulotlari ekologik xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarni ular qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻygan holda hamda mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini hisobga qoʻyish uchun qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda hujjatlar bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga qayta ishlash uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani tekshirish va uning ishonchliligini, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning atrof-muhitga taʼsirini tasdiqlovchi taqdim etilgan hujjatlarni tasdiqlash uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ekologik markirovkalash organining texnik eksperti hujjatlar toʻplamini oʻrganadi va ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani hisobga qoʻyish yoki hisobga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani tekshirish natijalari boʻyicha texnik ekspert tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyaning ariza berilgan ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligi va uning ishonchliligini tasdiqlash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyaning ariza berilgan ekologik xavfsizlik mezonlariga yoki ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartiboti shartlariga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Texnik ekspertning tegishli xulosasi asosida ekologik markirovkalash organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani hisobga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi — muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya roʻyxatdan oʻtkaziladi va uch ish kuni mobaynida mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqi berilgan holda Reyestrda hisobga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi — yozma bildirishnoma bir ish kuni mobaynida ariza beruvchining ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartiboti shartlariga muvofiq emasligi sabablari koʻrsatilgan holda unga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Deklaratsiya hisobga qoʻyilishi rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilishda ariza beruvchiga aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun oʻn ish kunidan oshmaydigan muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan hisobga qoʻyish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlar qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil natijalari boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilishini tasdiqlovchi hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash jarayonida shaffoflik va oshkoralikni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Vakolatli organ oʻzining veb-saytida mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga berilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, quyidagilar koʻrsatilgan holda roʻyxatdan oʻtkazilgan deklaratsiyalar haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning nomi, uning manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda STIR deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatda (deklaratsiyada) belgilangan mahsulotlarning ekologik tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning (deklaratsiyaning) berilgan sanasi, amal qilish davri va uning roʻyxatdan oʻtkazish raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga bekor qilingan va toʻxtatib qoʻyilgan sertifikatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarning ekologik tavsiflari haqidagi maʼlumot isteʼmolchiga bevosita ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga berilgan sertifikatlar (deklaratsiyalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrda yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor tomonlar uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi tashkilotning ekologik faoliyati (ekologik menejment tizimi, mahsulotlarning ekologik tavsiflarini yaxshilash boʻyicha faoliyat va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalaniladigan materiallar, tabiiy resurslar, qattiq maishiy chiqindilar, atmosferaga tashlanmalar, suvga oqiziladigan oqovalar miqdori, isteʼmol qilinadigan energiya va materiallar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchining mahsulotlardan foydalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni tashishga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni utilizatsiya qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Inspeksiya nazoratini olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat bergan ekologik markirovkalash organi bir yilda bir marta Milliy sertifikatlashtirish tizimi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqlikni tasdiqlash maqsadida ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalangan mahsulotlarning inspeksiya nazoratini olib borish huquqiga ega. Inspeksiya nazoratini olib borishda mahsulot sinovdan oʻtkaziladi va/yoki ishlab chiqarish tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Ekologik markirovkalash organi uch kun oldin tashkilotni inspeksiya nazorati oʻtkazilishidan xabardor qiladi, oʻtkaziladigan sana, muddati va davriy inspeksiya nazorati dasturiga kiritilgan ishlar tarkibini kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish ishlari qiymati tashkilot va ekologik markirovkalash organi oʻrtasida tuziladigan shartnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Davriy inspeksiya nazorati dasturi ham toʻliq, ham tanlangan boʻlishi mumkin, bu obyekt tomonidan ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqlik va unga rioya etilishi toʻgʻrisida xolis axborot taqdim etishiga bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy inspeksiya nazoratini oʻtkazishda ushbu Nizomda koʻrsatilganidan tashqari qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishiga yoki qoʻshimcha tadbirlar oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqiga ega boʻlgan tashkilot davriy inspeksiya nazorati boʻyicha markirovkalash organining qaroriga ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Davriy inspeksiya nazorati natijalariga koʻra ekologik markirovkalash organi inspeksiya nazorati dalolatnomasini tuzadi, unda amalga oshirilgan ishlar, toʻplangan hujjatlar batafsil bayon qilinadi, ular asosida mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning amal qilish muddatini tasdiqlash yoki uni bekor qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatni tasdiqlash, toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Markirovkalangan mahsulotni inspeksiya nazoratidan oʻtkazish hajmi, mazmuni va tartibi Milliy sertifikatlashtirish tizimining inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Ekologik markirovkalash organi ishlab chiqaruvchini va sertifikatlashtirish boʻyicha Milliy organni mahsulotni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat amal qilishi toʻxtatib turilishi yoki bekor qilinishi haqida uch ish kuni mobaynida xabardor qilishi shart. Sertifikatlashtirish boʻyicha Milliy organ tegishli davlat boshqaruvi organlarini va ommaviy axborot vositalarini mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga bekor qilingan sertifikatlar toʻgʻrisida xabardor qilish zaruratini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat amal qilishini toʻxtatishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, koʻrsatib oʻtilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Ekologik markirovkalash organiga ekologik markirovkalash shartlarini buzish holatlarini yoki asossiz va noqonuniy xatti-harakatlarni tasdiqlaydigan hujjatlar tushganda, shu jumladan, tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor etilgan hollarda rejadan tashqari inspeksiya nazorati amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Tayyorlovchining faoliyati rejadan tashqari inspeksiya nazoratidan oʻtkazilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashda qoʻyiladigan ekologik xavfsizlik mezonlari ishlab chiqaruvchi tomonidan buzilganligi aniqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik markirovkalash organining aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilishi majburiyatini yuklovchi qarorlari ishlab chiqaruvchi tomonidan bajarilmagan hollarda inspeksiya nazorati natijalari boʻyicha bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchining mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida markirovkalash organiga ariza bilan murojaat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi — yuridik shaxsni — uning faoliyati tugatilgan yoki toʻxtatilgan paytdan boshlab tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchini — qayta tashkil etilgan paytdan boshlab qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatining amal qilishini toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchi tomonidan bir yil mobaynida talablar va shartlar muntazam ravishda (ikki yoki undan ortiq) buzilishi, agar ushbu qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelsa toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Ekologik markirovkalash organining mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori tayyorlovchiga qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning amal qilishini toʻxtatishning sabablari koʻrsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda yetkaziladi, bunda mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning amal qilishini toʻxtatish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat bekor qilingan taqdirda sertifikatning asl nusxasi tayyorlovchi tomonidan mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida ekologik markirovkalash organiga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga bekor qilingan sertifikatlar ekologik markirovkalash organi tomonidan yoʻq qilinadi, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. Bekor qilingan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ekologik markirovkalash organining veb-saytida umumning tanishishi uchun eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Ariza beruvchi ekologik markirovkalash organining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda sudga murojaat qilish huquqiga ega. Ekologik markirokalash organining qarori ustidan sudga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ekologik markirovkalash organi mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash uchun berilgan, toʻxtatib qoʻyilgan va bekor qilingan sertifikatlar hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Ekologik markirovkalash organlari har yili vakolatli organga mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash uchun berilgan, toʻxtatib qoʻyilgan va bekor qilingan sertifikatlar haqida maʼlumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Vakolatli organ zarurat boʻlganda markirovkalash organidan mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash boʻyicha materiallarning nusxasini soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi, ushbu Nizom muddatlari va talablari buzilganligi uchun javobgarlik ekologik markirovkalash organiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xavfsizlik belgisining koʻrinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xavfsizlik belgisining tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ekologik xavfsizlik belgisi — yashil rangdagi Humo qushining grafik tasviri boʻlib, qushning qanotlari hayotning tugʻilishi, tabiatning ramzini ifodalaydigan yashil barglardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qushning ichga qayrilgan tanasi va qanotlari oʻrtasida “Ekologiya” soʻzini anglatuvchi “YEKO” soʻzi joylashtirilgan. Qushni lotin alifbosidagi “Oʼ” harfini ifodalaydigan doira oʻrab turadi. “Oʼ” harfiga “Z” harfi qoʻshilgan. “Z” harfining pastki qismida tabiatning ajralmas qismi, hayot manbai hisoblangan toza suv ramziy koʻk-havorangdagi toʻlqinlar shaklida tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekologik xavfsizlik belgisi ranglari oq, yashil va koʻk-havo ranglarda tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekologik xavfsizlik belgisining oʻlchamini, tasvirning bajarilish usulini, rangning yorqinligini va uni bosish joyini (mahsulotga, qadoq ustiga, hujjatlarga va shu kabilarga) mahsulotlarni ekologik markirovkalashga sertifikatni olgan mahsulotni tayyorlovchi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xavfsizlik belgisi oʻlchamlari belgining elementlarini oddiy koʻz bilan aniq koʻrish va farqlashni taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xavfsizlik belgisini qoʻllash usuli ekologik xavfsizlik belgisi boʻlgan mahsulotning butun foydalanish muddati jarayonida belgining aniq va tiniq tasviri saqlanishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xavfsizlik belgisining toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ekologik xavfsizlik belgisining toʻliq rangli shakli quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan yoki eng kam zarar koʻrsatadigan, yaʼni tayyorlovchining hujjatlarida koʻrsatilgan normativlardan past boʻlgan zararni yetkazadigan mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning ekologik menejmenti tizimini joriy qilgan tayyorlovchi muvofiqlik sertifikatiga ega, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan zamonaviy talablarga javob beradigan ilgʻor texnologiyalardan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yaratilishidan to utilizatsiyagacha butun hayot sikli davomida ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekologik xavfsizlik belgisining yashil rangli shakli quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmaydi yoki juda kam zarar yetkazishi mumkin, ushbu zarar tayyorlovchining hujjatlarida koʻrsatilgan ekologik normativlardan past yoki atrof-muhitga tayyorlovchi tomonidan ishlab chiqarish texnologiyasi yaxshilangan taqdirda istisno etiladigan zararni yetkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekologik xavfsizlik belgisining oq-qora rangli shakli quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmaydi yoki juda kam zarar yetkazishi mumkin, ushbu zarar tayyorlovchining hujjatlarida belgilangan ekologik normativlardan past yoki atrof-muhitga foydalanilayotgan texnologiya maʼnaviy eskirganligi va modernizatsiya qilinishi zarurligi tufayli zarar yetkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”
‎Ekologik markirovkalash organi rahbari
‎________________________________________________(F.I.O.)
‎20___ y “___” ________________

‎‎
Ekologik markirovkalash dasturi

Ushbu dastur ‎_____________________________________________________________________________________ ‎(tashkilotning — ariza beruvchiningnomi)

mahsulotlarining ekologik xavfsizligini baholash uchun tuzildi.

‎‎1. Ish sohasi va maqsadi:

____________________________________________________________________________________________ning

(obyektning nomi)

_________________________________________________________________________talablariga muvofiqligini

‎‎(normativ hujjatlar nomi)

‎‎tekshirish va hayot siklini baholash ___________________________________________________________________

‎‎(ekologik markirovka/inspeksiya nazoarti)

tomonidan oʻtkaziladi.‎‎

‎‎2. Ishni bajarish muddatlari

‎‎________________________________________________________________________________________________

‎‎3. Baholanadigan obyektlar:

T/r‎

‎‎Mahsulotlarning hayot sikli bosqichlari

Baholanadigan elementlar

‎‎Baholash muddati

Ekologik markirovkalash organi vakili‎

‎‎Tashkilot — ariza beruvchining vakili

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎
‎‎4. Maxfiylik talablari:

‎‎Ekologik markirovkalash organi __________________________________________________________________dan

ariza beruvchining nomi

olingan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik, mahsulotlarning ekologik xavfsizligiga doir ishlab chiqarishni oʻrganish va baholash boʻyicha materiallarni boshqa tashkilot yoki uchinchi tarafga bermaslik majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

‎‎“Kelishildi”
‎ Ariza beruvchining vakili
‎_______________________________________________ imzo (F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqlik toʻgʻrisida
‎deklaratsiya
‎№______

Ariza beruvchi:___________________________________________________________________________________

Manzil:_________________________________________________________________________________________

Mahsulot:________________________________________________________________________________________

‎‎Ekologik menejment tizimining sertifikatlanganligi:__________________________________________________

‎‎________________________________________________________________________________________________

Akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasining nomi, manzili va mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning davlat reyestridagi raqami:

‎‎__________________________________________________________________________ talablariga javob beradi.

‎‎(normativ hujjatning belgisi va nomi)

‎‎Qoʻshimcha maʼlumotlar (ekologik menejment sertifikati, ishlab chiqarishni tekshirish dalolatnomasi, sinov bayonnomalari, mahsulotlarning yaroqlilik muddatidan oshmaydigan muddatlar):_______________________________

‎‎(lavozimi, imzosi, F.I.O.)

‎‎(M.Oʻ.)

Toʻldirilgan sana 20___ yil “____” ___________________

‎‎Amal qilish muddati 20___ yil “____” ____________________ gacha

‎‎Roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
‎Ekologik markirovkalash organida ______________ -raqami bilan roʻyxatga olindi

________________________________________________________________________________________________

‎‎(ekologik markirovkalash organining nomi, mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlarning reyestr raqami)

‎‎Ekologik markirovkalash organi rahbari

_________________(imzo)‎‎

‎______________________________________(F.I.O.)

‎‎(M.Oʻ.)

20___ yil “____” ___________________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari


1. Mahsulotlarni I va III tiplar boʻyicha ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash

1-bosqich

Ariza beruvchi

Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini beruvchi sertifikatni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ekologik markirovkalash organiga bevosita, olinganligi toʻgʻrisida xabarnoma bilan pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Ariza beruvchichining ixtiyoriga koʻra


2-bosqich

Ekologik markirovkalash organi

1. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini beruvchi sertifikatni olish uchun buyurtmanoma va hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda qabul qiladi.

2. Hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqadi va tahlil qiladi va:

mahsulotlarning ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash ishlarini olib borish toʻgʻrisida;

hujjatlar toʻliq boʻlmaganda ularni qayta ishlab chiqish uchun qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

3. Ekologik markirovkalash dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

4. Akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida mahsulotlarni sinovdan oʻtkazadi va mahsulotlarni ishlab chiqarish holatini tekshiradi (identifikatsiya, namunalarni ajratib olish).

5. Tahlil natijalari salbiy boʻlganda ariza beruvchiga u ixtiyoriy ekologik markirovkalash shartlariga muvofiq emasligining sabablarini koʻrsatgan holda yozma bildirishnoma yuboradi va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddat beradi.

6. Tahlil natijalari boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi.

7. Ekologik markirovkalash organi tomonidan ishlab chiqilgan ekologik markirovkalash dasturi boʻyicha tahlil natijalari ijobiy boʻlganda, jumladan, dasturga kiritilgan akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida oʻtkazilgan laboratoriya sinovlari boʻyicha hujjatlar tahlili ijobiy natijali boʻlganda baholash uchun texnik ekspertga beradi.

1. Hujjatlar qabul qilingan kunda



2. Uch ish kuni mobaynida





3. Bir ish kuni mobaynida

4. Oʻn ish kuni mobaynida — I tip boʻyicha, oʻttiz ish kuni mobaynida — III tip boʻyicha

5. Oʻn ish kuni mobaynida




6. Uch ish kuni mobaynida


7. Uch ish kuni mobaynida


3-bosqich

Texnik ekspert

Ekologik markirovkalash organi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqadi hamda tahlil qiladi va:

mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash sertifikatini berish toʻgʻrisida;

mahsulotlarning ekologik mezonlarga mos kelmasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.



Uch ish kuni mobaynida


4-bosqich

Ekologik markirovkalash organi

1. Texnik ekspertning ijobiy qarori qabul qilinganda markirovkalash organi ariza beruvchiga mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini beruvchi sertifikatni beradi (yuboradi) yoki uni sertifikat berishini rad etish toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.

2. Ariza beruvchi mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqi uchun sertifikat berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar qayta koʻrib chiqiladi.

3. Sertifikatni mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlar davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi.

1. Uch ish kunidan oshmasligi kerak



2. Uch ish kuni mobaynida



3. Bir ish kuni mobaynida


2. II tip boʻyicha mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash

1- bosqich

Ariza beruvchi

Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq hujjatlar olinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan ekologik markirovkalash organiga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani va mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etadi.

Ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra


2-bosqich

Ekologik markirovkalash organi

1. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani va taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda qabul qiladi.

2. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan deklaratsiyani va taqdim etilgan hujjatlarni Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlar davlat reyestrida hisobga qoʻyish uchun koʻrib chiqadi, zarurat boʻlganda taqdim etilgan deklaratsiya va ular toʻliq boʻlmagan taqdirda hujjatlarni qayta ishlab chiqish uchun qaytarish haqida qaror qabul qiladi.

3. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya va hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha deklaratsiyani Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlarni davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi yoki ariza beruvchini hisobga qoʻyish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.

4. Tahlil natijalari salbiy boʻlganda ariza beruvchiga uning ixtiyoriy ekologik markirovkalash shartlariga muvofiq emasligining sabablari koʻrsatilgan yozma xabarnomani yuboradi va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddat beradi.

5. Tayyorlovchi tomonidan hisobga qoʻyish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqadi va muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlar davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi.

1. Hujjat qabul qilingan kunda


2. Uch ish kuni mobaynida





3. Uch ish kuni mobaynida




4. Oʻn ish kuni mobaynida




5. Oʻn ish kuni mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Roʻyxatga olingan sana 20__ yil “___”_______________ _________________________________________________

(ekologik markirovkalash organi)

‎‎Roʻyxatga olish raqami № _______________

Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga
‎sertifikatlash ishlarini olib borish uchun

ARIZA

1. _______________________________________________________________________________________ nomidan

(tashkilot — ariza beruvchining nomi, manzili, faks, hisob raqami, rahbarning telefon raqami)

________________________________________________________________________________________________(rahbarning F.I.O.)

__________________________________________________________________________________________ obyekt

(obyektning nomi)

________________________________________________________________________talablariga javob beradi deb

(normativ hujjatning belgisi va nomi)

hisoblaydi va ___________________ tip boʻyicha ekologik markirovkalash ishlarini olib borishni, mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat berishingizni soʻraydi.

2. Ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash __________________________________ tushirish yoʻli bilan

(qadoqlar ustiga, yorliqlarga, ilova qilinadigan hujjatlarga va boshqalarga)

‎‎amalga oshiriladi.

3. Ariza beruvchi:
‎ekologik markirovkalashning barcha talablarini bajarish;
‎obyektning ekologik xavfsizligi barqarorligini taʼminlash;
‎mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash;
‎inspeksiya nazorati oʻtkazilishini taʼminlash uchun ekologik markirovkalash organining tanishishini taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
‎4. Qoʻshimcha maʼlumotlar: __________________________________________________________________________

______________________________________(lavozimi)

_________________(imzo)‎‎

‎______________________________________(F.I.O.)

‎‎(M.Oʻ.) ‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎(Namuna)

Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga
‎sertifikat
‎№ ___________ ‎‎

Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlarni roʻyxatga olish reyestrida roʻyxatga olindi. №_______________________

‎‎Berilgan sana 20__ yil “____”______________________
‎Amal qilish muddati 20__ yil “__”__________________

Ushbu sertifikat _________________________________________________________________________________ ‎(mahsulotning nomi)

ekologik markirovkalashning zarur tarzda identifikatsiya qilingan obyekti va uning normativ-metodik bazasi quyidagi normativ hujjatlar:

1. _______________________________________________________________________________________________

2. ______________________________________________________________________________________________

3. _______________________________________________________________________________________________

talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi:

Sertifikat egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar_____________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________ (nomi va yuridik manzili)

‎‎Talab qilinadigan mezonlar boʻyicha ekologik markirovkalash oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar _______________

________________________________________________________________________________________________

‎‎Ekologik markirovkalash organi rahbari

__________________(imzo)‎‎

‎‎____________________________(F.I.O.)

‎‎Texnik ekspert

‎‎__________________(imzo)‎‎ ‎

‎‎____________________________(F.I.O.) ‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 435-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida sanoat tarmoqlari boʻyicha mahsulotlarni ekologik markirovkalash standartlarini ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahsulotlarning nomi

Ishlab chiqish muddatlari

Masʼul vazirliklar

va idoralar

1.

Oziq-ovqat sanoati

2019-yil III chorak

Davlat ekologiya qoʻmitasi,

“Oʻzbekoziqovkatxolding” XK,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Kimyo sanoati

2019-yil III chorak

Davlat ekologiya qoʻmitasi,

“Oʻzkimyosanoat” AJ,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Qurilish sanoati

2019-yil III chorak

Davlat ekologiya qoʻmitasi,

Qurilish vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Toʻqimachilik sanoati

2020-yil II chorak

Davlat ekologiya qoʻmitasi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Mashinasozlik

2021-yil I chorak

Davlat ekologiya qoʻmitasi,

“Oʻzavtosanoat” AJ,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Neft-gaz sanoati (uglevodorodlarni qayta ishlash)

2022-yil II chorak

Davlat ekologiya qoʻmitasi,

“Oʻzbekneftgaz” AJ

manfaatdor vazirliklar va idoralar

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 09/19/435/3203-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.04.2024-y., 09/24/177/0258-son)