Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Ekologik markirovkalash organi

3-bob. Ekologik xavfsizlik mezonlari

4-bob. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash tartibi

5-bob. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatni rasmiylashtirish va berish tartibi

1-§. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatni rasmiylashtirish va berishning umumiy qoidalari

2-§. I va III tiplar bo‘yicha mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash bo‘yicha ishlarni olib borish tartibi

3-§. II tip bo‘yicha mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash bo‘yicha ishlarni bajarish tartibi

6-bob. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash jarayonida shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash

7-bob. Inspeksiya nazoratini olib borish

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Ekologik xavfsizlik belgisining ko‘rinishi

4-ILOVA
Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash Sxemasi

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida sanoat tarmoqlari bo‘yicha mahsulotlarni ekologik markirovkalash standartlarini ishlab chiqish JADVALI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4145-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, mahsulotlarning xossalari to‘g‘risida fuqarolarning xabardorligini ta’minlash, mahsulotlarning ekologik xavfsizligini kafolatlash va ushbu sohada xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich o‘tish hisobiga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlar eksporti hajmlarini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibini belgilaydi.
3. Ekologik xavfsizlik belgisi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ularga berilgan ekologik xavfsizlik toifasiga binoan markirovkalash uchun qo‘llaniladi.
26. Ekologik markirovkalash dasturi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza berilgan mahsulotning har bir turi uchun alohida ishlab chiqiladi.
57. Sertifikat ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq davlat tilida yoki rus tilida rasmiylashtiriladi. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga rasmiylashtirilgan sertifikat uch yil muddatga beriladi va markirovkalashga sertifikatlar davlat reyestrida (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) ro‘yxatga olinadi. Sertifikat Reyestrga muvofiq faqat ro‘yxatdan o‘tkazish raqami mavjud bo‘lganda haqiqiy hisoblanadi.

“TASDIQLAYMAN”
Ekologik markirovkalash organi rahbari
________________________________________________(F.I.O.)
20___ y “___” ________________


Ekologik markirovkalash dasturi

Ushbu dastur _____________________________________________________________________________________ (tashkilotning — ariza beruvchiningnomi)

mahsulotlarining ekologik xavfsizligini baholash uchun tuzildi.

1. Ish sohasi va maqsadi:

____________________________________________________________________________________________ning

(obyektning nomi)

_________________________________________________________________________talablariga muvofiqligini

(normativ hujjatlar nomi)

tekshirish va hayot siklini baholash ___________________________________________________________________

(ekologik markirovka/inspeksiya nazoarti)

tomonidan o‘tkaziladi.

2. Ishni bajarish muddatlari

________________________________________________________________________________________________

3. Baholanadigan obyektlar:

T/r

Mahsulotlarning hayot sikli bosqichlari

Baholanadigan elementlar

Baholash muddati

Ekologik markirovkalash organi vakili

Tashkilot — ariza beruvchining vakili

4. Maxfiylik talablari:

Ekologik markirovkalash organi __________________________________________________________________dan

ariza beruvchining nomi

olingan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik, mahsulotlarning ekologik xavfsizligiga doir ishlab chiqarishni o‘rganish va baholash bo‘yicha materiallarni boshqa tashkilot yoki uchinchi tarafga bermaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

“Kelishildi”
Ariza beruvchining vakili
_______________________________________________ imzo (F.I.O.)

Ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqlik to‘g‘risida
deklaratsiya
№______

Ariza beruvchi:___________________________________________________________________________________

Manzil:_________________________________________________________________________________________

Mahsulot:________________________________________________________________________________________

Ekologik menejment tizimining sertifikatlanganligi:__________________________________________________

________________________________________________________________________________________________

Akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasining nomi, manzili va mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatning davlat reyestridagi raqami:

__________________________________________________________________________ talablariga javob beradi.

(normativ hujjatning belgisi va nomi)

Qo‘shimcha ma’lumotlar (ekologik menejment sertifikati, ishlab chiqarishni tekshirish dalolatnomasi, sinov bayonnomalari, mahsulotlarning yaroqlilik muddatidan oshmaydigan muddatlar):_______________________________

(lavozimi, imzosi, F.I.O.)

(M.O‘.)

To‘ldirilgan sana 20___ yil “____” ___________________

Amal qilish muddati 20___ yil “____” ____________________ gacha

Ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Ekologik markirovkalash organida ______________ -raqami bilan ro‘yxatga olindi

________________________________________________________________________________________________

(ekologik markirovkalash organining nomi, mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlarning reyestr raqami)

Ekologik markirovkalash organi rahbari

_________________(imzo)

______________________________________(F.I.O.)

(M.O‘.)

20___ yil “____” ___________________________

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari


1. Mahsulotlarni I va III tiplar bo‘yicha ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash

1-bosqich

Ariza beruvchi

O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini beruvchi sertifikatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ekologik markirovkalash organiga bevosita, olinganligi to‘g‘risida xabarnoma bilan pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Ariza beruvchichining ixtiyoriga ko‘ra


2-bosqich

Ekologik markirovkalash organi

1. Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini beruvchi sertifikatni olish uchun buyurtmanoma va hujjatlarni qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda qabul qiladi.

2. Hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqadi va tahlil qiladi va:

mahsulotlarning ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqligini baholash ishlarini olib borish to‘g‘risida;

hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda ularni qayta ishlab chiqish uchun qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

3. Ekologik markirovkalash dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

4. Akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasida mahsulotlarni sinovdan o‘tkazadi va mahsulotlarni ishlab chiqarish holatini tekshiradi (identifikatsiya, namunalarni ajratib olish).

5. Tahlil natijalari salbiy bo‘lganda ariza beruvchiga u ixtiyoriy ekologik mar�irovkalash shartlariga muvofiq emasligining sabablarini ko‘rsatgan holda yozma bildirishnoma yuboradi va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddat beradi.

6. Tahlil natijalari bo‘yicha aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi.

7. Ekologik markirovkalash organi tomonidan ishlab chiqilgan ekologik markirovkalash dasturi bo‘yicha tahlil natijalari ijobiy bo‘lganda, jumladan, dasturga kiritilgan akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalarida o‘tkazilgan laboratoriya sinovlari bo‘yicha hujjatlar tahlili ijobiy natijali bo‘lganda baholash uchun texnik ekspertga beradi.

1. Hujjatlar qabul qilingan kunda



2. Uch ish kuni mobaynida





3. Bir ish kuni mobaynida

4. O‘n ish kuni mobaynida — I tip bo‘yicha, o‘ttiz ish kuni mobaynida — III tip bo‘yicha

5. O‘n ish kuni mobaynida




6. Uch ish kuni mobaynida


7. Uch ish kuni mobaynida


3-bosqich

Texnik ekspert

Ekologik markirovkalash organi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqadi hamda tahlil qiladi va:

mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash sertifikatini berish to‘g‘risida;

mahsulotlarning ekologik mezonlarga mos kelmasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.



Uch ish kuni mobaynida


4-bosqich

Ekologik markirovkalash organi

1. Texnik ekspertning ijobiy qarori qabul qilinganda markirovkalash organi ariza beruvchiga mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini beruvchi sertifikatni beradi (yuboradi) yoki uni sertifikat berishini rad etish to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.

2. Ariza beruvchi mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqi uchun sertifikat berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar qayta ko‘rib chiqiladi.

3. Sertifikatni mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlar davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi.

1. Uch ish kunidan oshmasligi kerak



2. Uch ish kuni mobaynida



3. Bir ish kuni mobaynida


2. II tip bo‘yicha mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlash

1- bosqich

Ariza beruvchi

O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan ekologik markirovkalash organiga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani va mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash huquqini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etadi.

Ariza beruvchining ixtiyoriga ko‘ra


2-bosqich

Ekologik markirovkalash organi

1. Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani va taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda qabul qiladi.

2. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan deklaratsiyani va taqdim etilgan hujjatlarni Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlar davlat reyestrida hisobga qo‘yish uchun ko‘rib chiqadi, zarurat bo‘lganda taqdim etilgan deklaratsiya va ular to‘liq �o‘lmagan taqdirda hujjatlarni qayta ishlab chiqish uchun qaytarish haqida qaror qabul qiladi.

3. Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya va hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha deklaratsiyani Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlarni davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki ariza beruvchini hisobga qo‘yish rad etilganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.

4. Tahlil natijalari salbiy bo‘lganda ariza beruvchiga uning ixtiyoriy ekologik markirovkalash shartlariga muvofiq emasligining sabablari ko‘rsatilgan yozma xabarnomani yuboradi va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddat beradi.

5. Tayyorlovchi tomonidan hisobga qo‘yish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqadi va muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikatlar davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi.

1. Hujjat qabul qilingan kunda


2. Uch ish kuni mobaynida





3. Uch ish kuni mobaynida




4. O‘n ish kuni mobaynida




5. O‘n ish kuni mobaynida

Ro‘yxatga olingan sana 20__ yil “___”_______________ _________________________________________________

(ekologik markirovkalash organi)

Ro‘yxatga olish raqami № _______________

Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga
sertifikatlash ishlarini olib borish uchun

ARIZA

1. _______________________________________________________________________________________ nomidan

(tashkilot — ariza beruvchining nomi, manzili, faks, hisob raqami, rahbarning telefon raqami)

________________________________________________________________________________________________(rahbarning F.I.O.)

__________________________________________________________________________________________ obyekt

(obyektning nomi)

________________________________________________________________________talablariga javob beradi deb

(normativ hujjatning belgisi va nomi)

hisoblaydi va ___________________ tip bo‘yicha ekologik markirovkalash ishlarini olib borishni, mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga sertifikat berishingizni so‘raydi.

2. Ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash __________________________________ tushirish yo‘li bilan

(qadoqlar ustiga, yorliqlarga, ilova qilinadigan hujjatlarga va boshqalarga)

amalga oshiriladi.

3. Ariza beruvchi:
ekologik markirovkalashning barcha talablarini bajarish;
obyektning ekologik xavfsizligi barqarorligini ta’minlash;
mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalash;
inspeksiya nazorati o‘tkazilishini ta’minlash uchun ekologik markirovkalash organining tanishishini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
4. Qo‘shimcha ma’lumotlar: __________________________________________________________________________

______________________________________(lavozimi)

_________________(imzo)

______________________________________(F.I.O.)

(M.O‘.)

(Namuna)

Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashga
sertifikat
№ ___________

Mahsulotlarni ekologik xavfsizlik belgisi bilan markirovkalashgasertifikatlarni ro‘yxatga olish reyestrida ro‘yxatga olindi. №_______________________

Berilgan sana 20__ yil “____”______________________
Amal qilish muddati 20__ yil “__”__________________

Ushbu sertifikat _________________________________________________________________________________ (mahsulotning nomi)

ekologik markirovkalashning zarur tarzda identifikatsiya qilingan obyekti va uning normativ-metodik bazasi quyidagi normativ hujjatlar:

1. _______________________________________________________________________________________________

2. ______________________________________________________________________________________________

3. _______________________________________________________________________________________________

talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi:

Sertifikat egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar_____________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________ (nomi va yuridik manzili)

Talab qilinadigan mezonlar bo‘yicha ekologik markirovkalash o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar _______________

________________________________________________________________________________________________

Ekologik markirovkalash organi rahbari

__________________(imzo)

____________________________(F.I.O.)

Texnik ekspert

__________________(imzo)

____________________________(F.I.O.)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi