20.05.2019 yildagi 421-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish hisobidan aholiga davlat hizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish hisobidan aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish, elektron maʼlumotlar bazasini yuritish tizimini rivojlantirish va shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashtirish va innovatsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 18-apreldagi PQ-3673-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarni hisobini kengaytirish va soliq tushumlarini nazorat qilishni takomillashtirish hisobidan budjetlar daromadlarini koʻpaytirish imkonini beradigan nazorat-kassa mashinalarining “onlayn” tizimini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya xizmatlari uchun budjet mablagʻlarini tejash, telefonda soʻzlashish xavfsizligini va nazoratini taʼminlash imkonini beradigan hukumat mobil aloqa tizimini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilik guvohnomasidan tashqari, mavjud pasportlar, tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar oʻrniga (respublika ichida), har bir fuqaroning yagona identifikatsiya raqami va uning shaxsiy maʼlumotlaridan iborat va davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsni tasdiqlash uchun ishlatiladigan identifikatsiya kartalari (ID-kartalar) tizimini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining amaldagi raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirishni va transport vositalari egalarining identifikatsiya kartalariga (ID-kartalariga) tegishli axborotni mustahkamlagan holda ularning qogʻoz hujjatlarini bekor qilishni nazarda tutuvchi transport vositalarini hisobga oluvchi tizimni joriy etish nazarda tutilgani;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori texnologik hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini taʼminlash maqsadida “Centaurus Group” MCHJ va Germaniyaning “Veridos GmbN” kompaniyasi ishtirokida ustav fondining dastlabki miqdori 2 mln yevro etib belgilangan qoʻshma korxona tashkil etadi, ushbu qoʻshma korxonaning asosiy faoliyat yoʻnalishi. mikroprotsessorli, kontaktsiz va boshqa plastik kartalar hamda polikarbonat maʼlumot sahifalarini ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat boʻlib (keyingi oʻrinlarda — loyiha), ushbu loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-2027-yillarda oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlar hisobidan yillik ishlab chiqarish quvvati ilovaga muvofiq 34 mln ta boʻlgan karta va polikarbonat maʼlumot sahifalari ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy zavodni ishga tushirishga doir (puskonaladka) ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yildan boshlab ishlab chiqarish toʻliq loyiha quvvati bilan ishga tushirilgach, kamida 60 ta ish oʻrni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologik uskunalarini xarid qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, Germaniyaning birinchi darajali bankining kredit liniyasini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportni tayyor mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining 20 foizigacha bosqichma-bosqich yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ishlab chiqaruvchilarning chip-modullari va boshqa sarflovchi materiallaridan foydalangan holda manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarining, shu jumladan, toʻlov tizimlari operatorlarining buyurtmasi boʻyicha karta mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini taqdim etish.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-apreldagi 196-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻz faoliyatida karta mahsulotlari (mikroprotsessorli, kontaktsiz va boshqa plastik kartalar) hamda polikarbonat maʼlumot sahifalaridan foydalanadigan davlat organlari va muassasalari, ustav kapitalida davlat ulushi yuqori boʻlgan korxonalar, shuningdek, boshqa tashkilotlar mazkur mahsulotlarni ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan milliy ishlab chiqaruvchidan ustuvor tartibda xarid qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa yetkazib beruvchilardan xarid qilish milliy ishlab chiqaruvchida talab etilgan turdagi yoki hajmdagi mahsulot mavjud emasligi hujjatlar bilan tasdiqlangan hollarda amalga oshirilsin. Bunda ushbu qoidaning talablari ID-kartani joriy etish loyihalarini amalga oshirish doirasida xaridlarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga, milliy haydovchilik guvohnomasi va avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini joriy etish loyihalarini amalga oshirayotgan tashkilotlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” MCHJ oʻzining binolaridan kartalar va polikarbonat maʼlumot sahifalarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan maydonlarni ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan qoʻshma korxonaga uzoq muddatli ijaraga ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda belgilangan tartibda ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan qoʻshma korxonaning davlat xaridlarining elektron tizimi maxsus axborot portalidagi Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilishini taʼminlasin.
(11 — 13-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 196-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda investor bilan investitsiya shartnomasini belgilangan tartibda imzolasin va unda investorning maʼlum huquq va majburiyatlari, investitsiyalar miqdori, ishlab chiqarish va tayyor mahsulot eksportining hajmlari, yangi yaratiladigan ish oʻrinlari soni, taqdim qilinayotgan imtiyozlar va preferensiyalar hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyihani amalga oshirish doirasida 2020-yil 1-iyungacha boʻlgan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini ham amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha obyektlarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, mahsulotning davlat xaridi ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot va uni ishlab chiqarish texnologiyalari fuqarolarni identifikatsiyalash hamda roʻyxatga olish, shaxsni va fuqarolikni tasdiqlash, koʻchar va koʻchmas mulk huquqlarini hisobga olish, fuqarolik holatlar dalolatnomalarini yozish boʻyicha axborot tizimlarini, shuningdek, sogʻliqni saqlash, taʼlim, aholini ijtimoiy himoya qilish, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, jamoat transporti, aloqa, bank va moliya xizmatlari tizimlarini yaratish va modernizatsiyalash boʻyicha qabul qilingan qarorlar doirasida tegishli davlat buyurtmachilari tomonidan belgilangan texnik topshiriqlarga mos kelishi sharti bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yangi tashkil etilayotgan qoʻshma korxona 2027-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatga:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-apreldagi 196-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi soliqlar va majburiy toʻlovlarni, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha karta mahsulotlarini, shuningdek, karta mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish uskunalari, xom ashyo, sarf va butlovchi materiallar, ehtiyot qismlar, grafik va elektron personallashtirish qurilmalari, dasturiy taʼminot va litsenziyalarni olib kirishda bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiyalari fuqarolarni identifikatsiyalash hamda roʻyxatga olish, shaxsni va fuqarolikni tasdiqlash, koʻchar va koʻchmas mulk huquqlarini hisobga olish, fuqarolik holatlar dalolatnomalarini yozish boʻyicha axborot tizimlarini, shuningdek, sogʻliqni saqlash, taʼlim, aholini ijtimoiy himoya qilish, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, jamoat transporti, aloqa, bank va moliya xizmatlari tizimlarini yaratish va modernizatsiyalash boʻyicha qabul qilingan qarorlarni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar natijalari boʻyicha 2019-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda mamlakatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilganligini hisobga olib, mikroprotsessorli, kontaktsiz va boshqa plastik kartalardan foydalangan holda davlat va jamoat xizmatlarini koʻrsatishga jadal oʻtish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining buzilishiga, shu jumladan karta mahsulotlarini ishlab chiqarish bozorida ustunlik mavqeyini suiisteʼmol qilishlikka yoʻl qoʻymaslik uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi investorning buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojini undirmagan holda, koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, rasmiylashtirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
421-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-maydagi 421-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshiriladigan loyiha doirasida ishlab chiqariladigan karta mahsulotlarining asosiy turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahsulotlar nomi

Prognoz qilinayotgan ishlab chiqarish quvvati

(1 smenada yiliga/mln dona)

1.

ID-karta (fuqaro/norezident/fuqaroligi boʻlmagan shaxs/tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma kartasi)

8

2.

Xorijiy pasportlar uchun maʼlumotlar beti (polikarbonat)

6

3.

Bank kartalari

10

4.

Haydovchilik guvohnomasi

3

5.

Transport vositalarining texnik pasporti

3

6.

Sogʻliqni saqlash kartasi (tibbiy sugʻurta)

5

7.

Ijtimoiy kartalar (nafaqaxoʻrlar, talabalar, kam taʼminlanganlar uchun)

5

8.

Nikoh tuzilganligi toʻgʻrisida guvohnoma kartasi

4

9.

Transport kartalari

5

10.

Maxsus kartalar (harbiy xizmatchilar va boshqa davlat xizmatchilari uchun)

1

11.

Sim-kartalar (mobil operatorlar uchun)

25

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 09/19/421/3172-son)