O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shaklini tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3161]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 28-sentabrdagi 322-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shaklini tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3161-1, 05.10.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shakli 1-ilovaga muvofiq;
16 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shakli 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-may,
125-son
Kelishilgan:
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2019-yil 10-may
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2019-yil 10-may
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 10-maydagi 125-son buyrug‘iga
1-ILOVA
1-ILOVA
Izoh: mazkur anketa, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (ma’lumotlarni yig‘ish punkti)ning mas’ul xodimi tomonidan shakllantirilib, anketa bergan shaxsga tanishtiriladi hamda u tomonidan imzolanadi. Anketada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 10-maydagi 125-son buyrug‘iga
2-ILOVA
2-ILOVA
Izoh: mazkur anketa, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (ma’lumotlarni yig‘ish punkti)ning mas’ul xodimi tomonidan shakllantirilib, anketa bergan shaxsga tanishtiriladi hamda u tomonidan imzolanadi. Anketada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2019-y., 10/19/3161/3164-son)