O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrug‘i
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shaklini tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 5-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3161-1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 10-maydagi 125-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shaklini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3161, 2019-yil 22-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2019-y., 10/19/3161/3164-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-sentabr,
322-son
Kelishildi:
Tashqi ishlar vaziri V. NOROV
2022-yil 7-sentabr
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2022-yil 19-sentabr
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 10/22/3161-1/0890-son)