1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/23/0023-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga ham sarflanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga oid normalar mazkur Agentlik tashkil etilgan sanadan boshlab tadbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.Ya. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 09/24/23/0023-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larining shakllantirish va ulardan foylanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi negizida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamg‘arma hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbai quyidagilar hisoblanadi:
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar)ni, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara va mulk huquqi hamda davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi o‘rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat aktivlari bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda, ularga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida hisoblanadigan foizlardan Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar;
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar bo‘yicha qarz oluvchilar tomonidan olingan qarzlarning asosiy summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda davlat ulushi bo‘yicha tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) oldidagi davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qarzlarini qoplash uchun Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar;
(3-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayonnomani yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy oferta g‘oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlarini buzilganligi uchun neustoyka summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasidan ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilishidan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro institutlar va tashkilotlarning, yuridik va jismoniy shaxslarning grant mablag‘lari hamda homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud aktlari bo‘yicha tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarida ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlarida jamlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy valyutadagi mablag‘lar Jamg‘armaning maxsus valyuta hisobraqamiga tushadi. Jamg‘armaning maxsus valyuta hisobraqamiga tushgan xorijiy valyutadagi barcha summa o‘rnatilan tartibda sotiladi (mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan holatlar va alohida xarajatlardan tashqari). Xorijiy valyutani sotishdan olingan milliy valyutadagi mablag‘lar Jamg‘armaning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va ushbu Nizomga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘armaga barcha turdagi manbalar bo‘yicha tushgan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamg‘armaga kelib tushgan mablag‘larni taqsimlash va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — Jamg‘armaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 foizi — Sport vazirligi huzuridagi Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga;
(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hududi 10 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari (bundan ushbu bandning “v” kichik bandi hamda xususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlari mustasno), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari asosida sotiladigan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ulushlar)ni sotishdan tushadigan mablag‘lar:
(6-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90 foizi — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Jamg‘armaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotishdan tushadigan mablag‘lar tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini (bundan ushbu bandning “b” kichik bandi mustasno) sotishdan tushgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamg‘armasiga;
(6-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara yoki mulk huquqini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘lardan davlat aktivlarini sotish bilan bog‘liq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to‘lash xarajatlari) chegiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bekor qilingan taqdirda avval taqsimlab, yo‘naltirilgan mablag‘lar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridor oldida qoplanmagan qarzdorlik qismi boshqa davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qaytariladi, bunda savdo tashkilotchilari yoki vositachilarining xarajatlari qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘lar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan tegishli mablag‘ oluvchilarning hisobvaraqlariga yo‘naltiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlarida aniq davlat aktivini sotishdan tushgan mablag‘lar boshqa maqsadlarga to‘liq yoki qisman yo‘naltirish ko‘zda tutilgan taqdirda, mazkur Nizomning 6-bandi mablag‘larning qolgan qismiga tatbiq etiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tushgan mablag‘lar nazarda tutilgan maqsadlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olish to‘lovlari (shu jumladan, hisoblangan taqdirda - penyalar) to‘liq to‘langandan keyin yo‘naltiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalari va davlat boshqaruv organlari va/yoki budjet tashkilotlari hisobraqamlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarining tuzilgan va bekor qilingan oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bo‘yicha penya va jarimalar summasi, shuningdek ushbu davlat aktivini sotish bilan bog‘liq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to‘lash xarajatlari) chegirilgan holda yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizomning 3-bandining “v” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar Jamg‘armaning shaxsiy hisobvaraqlarida jamlanib, taqsimlanmaydi va belgilangan tartibda foydalaniladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) bekor qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘larni sotib oluvchiga qaytarish, agar sudning qarorida yoki shartnoma tomonlarining alohida kelishuvi bilan boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘langan mablag‘lardan penyalar yoki jarimalar summasini ushlab qolgan holda davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) shartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) bo‘yicha xorijiy valyutada to‘langan to‘lovlar xaridor roziligi bilan mablag‘lar qaytarilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha belgilangan tartibda milliy valyutada qaytarilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy valyutada tuzilgan va to‘lov milliy valyutada amalga oshirilgan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) bo‘yicha penya yoki jarima, shartnomani (bitimni) bekor qilish to‘g‘risidagi sudning qarori kuchga kirgan kundagi, boshqa hollarda esa shartnoma (bitim) belgilangan tartibda bekor qilingan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha xorijiy valyutada hisoblanadi;
(10-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mablag‘larni mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq taqsimlash quyidagilarni chegirgan holda amalga oshiriladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan Jamg‘armaning umumiy mablag‘lari hisobidan bir yo‘la to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bo‘yicha Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan xaridorlarga qaytarilgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar tomonidan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) tuzish uchun deponentlangan, lekin ular bo‘yicha shartnomalar (bitimlar) tuzilmagan va ularning egalariga qaytarilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga noto‘g‘ri tushgan va ortiqcha o‘tkazilgan, shuningdek aniqlashtirilgungacha summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini sotish, shu jumladan aksiyalarni ikkilamchi ommaviy taklif qilish, Agentlik boshqaruvidagi davlatga tegishli aksiyalarga bo‘lgan huquq hisobini yuritish bo‘yicha depozitariy xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari buyurtmalariga asosan davlat aktivlarini xususiylashtirish, davlat korxonalarini qayta tashkil etish, davlat aktivlarini xo‘jalik jamiyatlariga operativ boshqarish huquqi bilan va ustav fondiga berish maqsadida hamda davlat manfaatlarini ko‘zlab boshqa hollarda baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi aksiyalarni (ulushlarni, paylarni), shuningdek, boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko‘zlab sotib olish hamda xo‘jalik jamiyati tomonidan aloqa mavjud bo‘lmagan aksiyadorlar (ishtirokchilar)ning ulushi qiymatini notarial idoraning depozitiga qo‘yish natijasida ularga o‘tgan aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar;
(11-bandning sakkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining boshqaruv organlari manfaatlarini ifodalovchi davlat vakillari – jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorlari asosida amalga oshirilgan xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamg‘armaning tasarrufida qolgan mablag‘lar quyidagilarga sarflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarini tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazishga;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik jamiyatlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, auditorlik, moliyaviy, konsalting xizmatlari, boshqa mahalliy va xorijiy tashkilotlar, amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil ekspertlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, uslubiy hujjatlar, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlariga mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy va konsalting tashkilotlarini jalb qilishga;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirishdan oldin chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan aksiyalari (ulushlari) boshqariladigan xo‘jalik jamiyatlariga foizsiz qarz (zayom) mablag‘larini ajratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning ma’muriy va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan, davlat aktivlari elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish xarajatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga, shu jumladan, ular tomonidan uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirishga, shuningdek, Agentlik rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek Agentlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarga.
(12-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 219-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2022-y., 09/22/219/0358-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu bandning ikkinchi, to‘rtinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘zda tutilgan xarajatlarga mablag‘, Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi hamda ushbu xarajatlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga asosan amalga oshiriladi.
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamg‘armaning joriy moliya yili yakuni bo‘yicha qoldiq mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamg‘arma ishchi organi Agentlikning Jamg‘armani yuritish vazifasi yuklatilgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar bo‘yicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi, mazkur Nizom va qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi, Jamg‘arma budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va ulardan foydalanilishi bo‘yicha hisob, hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hududiy boshqarmalar tomonidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasidagi holatiga ko‘ra, hisobot oyining 5-sanasidan kechikmay Agentlikka taqdim etiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamg‘arma hisobotining daromad va xarajat qismidan quyidagilar chegirib qolinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xato va ortiqcha kirim qilingan summalar, shuningdek talabgorlar tomonidan shartnomalar (bitimlar) tuzish uchun deponentlangan, lekin ular bo‘yicha shartnomalar (bitimlar) tuzilmagan mablag‘lar - ular qaytarilgan davrda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xato va ortiqcha o‘tkazilgan summalar — ular o‘tkazilgan davrda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xato va ortiqcha o‘tkazilgan summalar Jamg‘armaga qaytarilishi va mazkur Nizomga muvofiq taqsimlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agentlik har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Jamg‘arma budjetining ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar hisob-kitobining o‘z vaqtida olib borilishini quyidagilar ta’minlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkilotchilari — hisob-kliring xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning hududiy bosharmalari — qonun hujjatlariga muvofiq birjadan tashqari savdolarda sotilgan davlat aktivlari bo‘yicha;
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘lar o‘tkazishga javobgar tashkilotlar — boshqa manbalar bo‘yicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari Jamg‘arma mablag‘larini to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va taqdim etish yuzasidan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamg‘armadan mablag‘ oluvchilar mablag‘lardan qonun hujjatlariga muvofiq maqsadli va to‘g‘ri foydalanilishi yuzasidan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 0.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga davlat aktivlarini sotishdan mablag‘larni jamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini sotib oluvchilar, savdo tashkilotchilari
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini, penya va jarimalar summasini Jamg‘armaga to‘lash
Shartnomada belgilangan muddatlarda
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, savdo tashkilotchilari
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bo‘yicha sotib olish to‘lovlari, penya va jarimalar summasini hisobini yuritish va monitoringi
Har kuni
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bo‘yicha sotib olish to‘lovlari, penya va jarimalar summasining Jamg‘armaga tushishini nazorat qilish
Har kuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning boshqa manbalari bo‘yicha mablag‘larni jamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa manbalar bo‘yicha Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar hisobini yuritish va monitoringi
Har kuni
Boshqa manbalar bo‘yicha Jamg‘armaga mablag‘lar tushishini nazorat qilish
Har kuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 106-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 23-iyundagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 118-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni)” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 229-modda) 1-ilovaning 36-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)” 2018-yil 22-maydagi 384-son qaroriga 1-ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 121-modda) 13-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Fermer, dehkon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 7-iyundagi 433-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 143-modda) 5-bandi.