ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Tashkiliy tadbirlar | ||||
|
1. |
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati, ularga raislik qiluvchi nomzodlarni ilgari surish va saylash tartibi, ularning maqomi va vakolatlari, deputatlarning doimiy asosda faoliyat olib borishini tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganish |
Axborot-tahliliy maʼlumot |
2019-yil aprel |
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Vazirlar Mahkamasi |
|
2. |
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini takomillashtirishga oid mavzularda olib borilgan fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlarni oʻrganish |
Axborot-tahliliy maʼlumot |
2019-yil may |
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti |
|
3. |
Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomi bekor qilinishi munosabati bilan kelib chiqishi mumkin boʻlgan masalalarni joylarga chiqib oʻrganish (Kengashning faoliyatini qayta tashkil etish, binoga joylashtirish, shtat birliklariga ehtiyoj va boshqa masalalar), natijasi boʻyicha aniq takliflarni oʻz ichiga olgan maʼlumotnoma tayyorlash |
Joylarga chiqib oʻrganish va maʼlumotnoma |
2019-yil iyun |
Ishchi guruhi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlari |
|
II. Qonun hujjatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan tadbirlar | ||||
|
4. |
Amaldagi qonun hujjatlarini toʻliq inventarizatsiya qilish |
Oʻzgartish va qoʻshimcha kiritiladigan qonun hujjatlaridagi normalarning roʻyxati |
2019-yil aprel-may |
Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomi bekor qilinishi yuzasidan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish |
Ijtimoiy soʻrov |
2019-yil aprel-may |
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish Respublika markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari |
|
6. |
Oʻrganishlar va inventarizatsiya natijalaridan kelib chiqib, hoki�ning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish, ularga mahalliy ijro organidan alohida ravishda rahbarlik qiluvchi raislar nomzodini koʻrsatish va saylash tartibi, Kengashlarning mahalliy ijro organlari, davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolat doirasini kengaytirish masalalarini koʻrib chiqish va qonunchilikka tegishli takliflar tayyorlash |
Axborot-tahliliy maʼlumot Qonun loyihasining konsepsiyasi |
2019-yil may |
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Adliya vazirligi |
|
7. |
Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan tayyorlangan takliflarning mutaxassis va ekspertlar ishtirokidagi muhokamasini tashkil etish |
Davra suhbatlari |
2019-yil may-iyun |
Senat, Qonunchilik palatasi, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Adliya vazirligi |
|
8. |
“Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ayrim qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish |
Qonun loyihasi |
2019-yil iyun |
Vazirlar Mahkamasi, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |