06.05.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3158
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3158]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 80-son “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais B. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-17-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 4-apreldagi 2019-17-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 80-son “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini (bundan buyon matnda Ish haqini hisobga olish reyestri deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ish haqini hisobga olish reyestrini shakllantirish va yuritishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar yagona axborot bazasi (bundan buyon matnda DSQning markazlashgan axborot bazasi deb yuritiladi) negizida fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqini yakka tartibda hisobga olish boʻyicha maʼlumotlarning yagona elektron axborot bazasini yaratish hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi hisobga olish — ish beruvchi tomonidan har bir jismoniy shaxs boʻyicha ish haqi summasi toʻgʻrisida taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida elektron hisobni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi — jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan va qonun hujjatlariga muvofiq ish haqini hisoblash majburiyati zimmasiga yuklatilgan yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs — ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yakka tartibdagi hisobga olish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yakka tartibdagi hisobga olish quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiylik va haqqoniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliqlik va tezkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning hammabopligi va ochiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ish haqini hisobga olish reyestrini shakllantirish va yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ish haqini hisobga olish reyestri fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (bundan buyon matnda maʼlumotlar deb yuritiladi) asosida DSQning markazlashgan axborot bazasida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ish beruvchi maʼlumotlarni soliq hisobi boʻyicha joylashgan davlat soliq xizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ish haqini hisobga olish reyestrida hisobga olinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar elektron shaklda ish beruvchi tomonidan “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning (roʻyxat raqami 3126, 2019-yil 21-yanvar) 2-ilovasidagi Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha soliq hisoboti shakllariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat soliq xizmati organlari maʼlumotlarni kelib tushishiga koʻra, DSQning markazlashgan axborot bazasiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi DSQning Markazlashgan axborot bazasida joylashgan maʼlumotlardan foydalanish uchun davlat soliq xizmati organlariga elektron soʻrov yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari DSQning markazlashgan axborot bazasi orqali maʼlumotlarni elektron soʻrov kelib tushgan kunning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga taqdim etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jismoniy shaxs, ish beruvchi va davlat soliq xizmati organlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jismoniy shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchidan oyma-oy boʻlingan holdagi maʼlumotlar toʻgʻrisida maʼlumotnomani bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish boʻyicha davlat interaktiv xizmatidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan maʼlumotlarda xatoliklar aniqlangan taqdirda ish beruvchidan maʼlumotlarni toʻgʻrilash va qayta topshirishni talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jismoniy shaxs soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (INN) berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish, uni saqlash va ish beruvchining talabiga koʻra taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ish beruvchi oʻzi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar bilan soliq hisobi boʻyicha joylashgan davlat soliq xizmati organlaridagi yakka tartibdagi hisobga olishni yuritilishining toʻgʻriligi yuzasidan maʼlumotlarni oʻzaro solishtirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ish beruvchining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning arizasiga asosan mazkur jismoniy shaxs boʻyicha oyma-oy boʻlingan holdagi maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni davomida bepul berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarga tuzatishlar kiritilgan va davlat soliq xizmati organlariga qayta topshirilgan taqdirda jismoniy shaxsni xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat soliq xizmati organlari ish beruvchidan yakka tartibdagi hisobga olish uchun maʼlumotlarni oʻz vaqtida va zarur darajada rasmiylashtirilishini talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish) taqdirda, maʼlumotlarni berish boʻyicha majburiyat uning huquqiy vorisiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxs tugatilgan holatlarda maʼlumotlar yuridik shaxs soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan DSQning markazlashgan axborot bazasida mavjud maʼlumotlar asosida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 3-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2019-y., 10/19/3158/3085-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)