Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3126]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-02, 5-sonli ““Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3126-1, 24.02.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagi soliq hisobotining shakllari tasdiqlansin:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha 1-ilovaga muvofiq;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha 2-ilovaga muvofiq;
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha 3-ilovaga muvofiq;
aksiz soligʻi boʻyicha 4-ilovaga muvofiq;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi boʻyicha 5-ilovaga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha 6-ilovaga muvofiq;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha 7-ilovaga muvofiq;
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 8-ilovaga muvofiq;
yagona soliq toʻlovi boʻyicha 9-ilovaga muvofiq;
yagona yer soligʻi boʻyicha 10-ilovaga muvofiq;
qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha 11-ilovaga muvofiq;
bozorlar tomonidan olingan daromadlar boʻyicha 12-ilovaga muvofiq;
davlat boji va avtotransport yigʻimi boʻyicha 13-ilovaga muvofiq;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar boʻyicha 14-ilovaga muvofiq.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil uchun soliq hisoboti 2018-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-yanvar,
2019-05-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-yanvar,
2-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/3126/2520-son)