29.06.2018 yildagi PF-5468-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ko‘rsatdi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar uchun soliq yuki darajasining yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimida soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning samarasiz tizimi, soliq to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini jalb qiladigan, shuningdek, iste’mol mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda yirik va kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan majburiy to‘lovlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarning real sonini va mehnatga haq to‘lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to‘lash fondi soliq stavkalarining yuqoriligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, imtiyozlarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha ta’sirchan tizimning mavjud emasligi sababli sog‘lom raqobatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni soliq va bojxona, shu jumladan individual xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar hisobiga qo‘llab-quvvatlash amaliyotining keng tarqalganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida axborot almashish mexanizmlarining, elektron soliq ma’muriyatchiligi hamda soliq nazoratini amalga oshirish shakl va uslublarining takomillashmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga to‘sqinlik qiluvchi nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yo‘qligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, mahalliy soliq va yig‘imlarning ma’muriyatchiligi mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularning yig‘iluvchanlik darajasi yetarli emasligi, shuningdek, ko‘chmas mulk va yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish obyektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) birinchidan, mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki quyidagilar orqali kamaytiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltirish. Bunda, ayrim toifadagi fuqarolarning mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1,41 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav jamg‘armasi (kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lovni 25 foiz miqdorida belgilash, shuningdek, boshqa yuridik shaxslar uchun ushbu to‘lov stavkasini 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchidan, oborot (tushum)dan soliqlarni optimallashtirgan holda umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar to‘lovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezonlari quyidagilar orqali takomillashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi)dan undiriladigan majburiy ajratmalarni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun — 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish;
(2-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini, shu jumladan royalti to‘lashni joriy etish orqali takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uchinchidan, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu jumladan ilgari xususiylashtirilgan obyektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun oshirilgan stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda, 5 foizdan 2 foizga pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik oboroti (tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun oborotdan (tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash tartibini hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lash imkoniyatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona yer solig‘i to‘lovchilar uchun soliq solish tartibini saqlab qolish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) to‘rtinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi quyidagilar orqali takomillashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq hisobga olish tizimini joriy etish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlar sonini kamaytirish, shuningdek, 2019-yil yakuni bo‘yicha mazkur soliq stavkasi miqdorini pasaytirish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdordagi amaldagi stavkasini saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozirgi vaqtda sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan obyektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish summalariga kiritish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni respublika budjetiga o‘tkazgan holda, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun har bir ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga o‘rnatilgan aksiz va yig‘imlarni birlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish hamda samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishchi komissiyaning yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi komissiya (B. Mavlonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ekspert guruhlari faoliyatini, shu jumladan ular ishiga soliqqa tortish sohasida amaliy tajribaga ega ekspertlar va biznes vakillarini jalb qilgan holda tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qilish, O‘zbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq doimiy amal qiluvchi soliq hamda bojxona imtiyozlarini taqdim etish tartibini joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-dekabrga qadar muddatda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va boshqa tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, uning keng jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini tayyorlashda va O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilishda texnik jihatdan ko‘maklashishni ta’minlash uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soliq majburiyatlarini bajaruvchi soliq to‘lovchilar ma’muriy xarajatlarining keskin oshishini oldini olishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks tadbirlarni tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari xodimlari va soliq to‘lovchilarning, shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslarning foyda solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash bo‘yicha malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq hisobotini soddalashtirish va uning avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yurituvchi dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashuvini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq ma’muriyatchiligini, shu jumladan soliqlarni to‘lash davriyligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalarni hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining personallashtirilgan hisobini yuritish tartibini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari tanqidiy qayta ko‘rib chiqilishi va qisqartirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ma’lumotlar bazalari soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot-resurs bazasiga integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda vazirlik va idoralarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarining ishonchliligini o‘rgansin hamda ularning ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ommaviy baholash o‘tkazish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yuridik shaxslar ko‘chmas mulkining bozor qiymatini aniqlash mexanizmini joriy qilish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2018-yil 1-avgustga qadar muddatda strategik rejalashtirish va prognozlashning zamonaviy uslublaridan foydalangan holda va mazkur Farmonda soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozini ishlab chiqishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil uchun budjetnomada ushbu Farmon bilan belgilangan norma va qoidalarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini taqdim etish bilan bir vaqtda Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarining 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli budjet yo‘nalishlarini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini ishlab chiqishda xorijdan jalb qilinadigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan sarf-xarajatlarni inobatga olmagan holda uning mutanosibligini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi rahbarlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari budjet tizimi budjetlarining prognoz parametrlari bajarilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya-budjet intizomini mustahkamlash va O‘zbekiston Respublikasi budjetining balanslashgan ijrosini ta’minlash uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar, ishonchli boshqaruvchilar 2019-yildan boshlab ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari tomonidan dividendlar so‘zsiz hisoblanishini, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat unitar korxonalari tomonidan ularning sof foydasidan 30 foiz miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ajratilishini ta’minlasin;
(9-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlarining minimal stavkalarini har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq yig‘ilishini, ish bilan band fuqarolarning maksimal qonuniylashtirilishini va ish haqi fondini ko‘paytirishni ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda mahalliy davlat hokimiyati, davlat soliq xizmati, moliya va boshqa organlarning, shuningdek, ular mansabdor shaxslarining aniq bosqichma-bosqich harakatlarini va qat’iy javobgarligini nazarda tutgan holda, soliq solish bazasini kengaytirish, budjetga qo‘shimcha tushum manbalarini aniqlash, shuningdek, uning mutanosibligini hamda defitsit yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash bo‘yicha tumanlar va shaharlar kesimida “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish ishlarini, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i orqali tizimli ravishda tashkil etsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Hisob palatasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda soliq to‘lovchilarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlariga barham berishga, jismoniy va yuridik shaxslarning soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lamaganligi uchun javobgarligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5468-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PF-5468-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish hamda samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishchi komissiyaning yangilangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

B.M. Mavlonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, ishchi komissiya rahbari

2.

D.R. Li

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, ishchi komissiya rahbarining o‘rinbosari

3.

O.B. Rustamov

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari

4.

S.S. Saidkarimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari

5.

R.K. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

6.

M.M. Mirzayev

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari

7.

A.Y. Xaydarov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

9.

J.O. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

10.

I.K. Jasimov

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari

11.

A.M. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi

12.

M.P. Olloyorov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari

Ishchi komissiya kotibiyati:

13.

Sh.F. Ozodzoda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi

14.

L.M. Xismatova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining boshqarma boshlig‘i

15.

J.B. Nigmatov

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining direktori

16.

D.Sh. Sultanov

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasining boshlig‘i

17.

X.B. Ismatov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bosh boshqarmasining boshlig‘i, ishchi komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2018-y., 06/18/5468/1420-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)