Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2476-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 11-maydagi 99-son “Traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2476, 2013-yil 2-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 27-son, 356-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-aprel,
63-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2019-yil 5-aprel
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b. A. XAITOV
2019-yil 2-aprel
“Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori v.v.b. R. XAYITOV
2019-yil 3-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2019-y., 10/19/2476-1/3043-son)