Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 2-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2476]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2019-yil 12-apreldagi 63-sonli ““Traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2476-1, 01.05.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Z. RUZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-son

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 11-maydagi 99-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni (bundan buyon matnda texnika deb yuritiladi) roʻyxatdan oʻtkazish, ularga davlat raqami belgilari va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomning talablari tashkilotlar, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda fuqarolarga majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnikani roʻyxatdan oʻtkazish, unga davlat raqami belgilari va texnik pasportini, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mashina va asbob-uskunalarning texnika holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasining Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha tuman va shahar inspektorlari (bundan buyon matnda davlat inspektori deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Texnikani va qishloq xoʻjaligi mashinalarini roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnika egalari tomonidan texnika va qishloq xoʻjaligi mashinalari sotib olinganda yoki qabul qilib olinganda, shuningdek texnik hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish lozim boʻlganda, texnikaning texnik holatidan qatʼi nazar, texnika egalari 10 kun ichida yashash manzilidagi davlat inspektoriga ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnikalarga davlat raqami belgisi hamda texnik pasport berish va qishloq xoʻjaligi mashinalariga guvohnoma berish uchun eng kam oylik ish haqi miqdoridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
traktor, traktor tirkamasi, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinaga raqam belgisi berilganligi uchun — 0,9;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
traktor, traktor tirkamasi, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinaga texnik pasport berilganligi uchun — 0,17;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mashinasiga guvohnoma berilganligi uchun — 0,17;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
traktor, traktor tirkamasi, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar va qishloq xoʻjaligi mashinasi, shuningdek asbob-uskunalar hisobdan chiqarilganligi uchun — 0,18;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
traktor, traktor tirkamasi, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar va qishloq xoʻjaligi mashinasi qayta roʻyxatga olinganligi uchun — 0,18;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqam belgisi, egasining yashash joyi oʻzgargan va boshqa holatlarda traktor, yoʻl qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarning texnik pasportida yozuv amalga oshirganligi uchun — 0,17;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqam belgisi oʻzgargan hollarda traktor tirkamasining texnik pasportida, shuningdek egasining yashash joyi oʻzgargan va boshqa holatlarda qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasida yozuv amalga oshirilganligi uchun — 0,08 miqdorda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqotilgan davlat raqam belgisi, texnik pasport va guvohnoma oʻrniga yangisi berilganligi uchun koʻrsatilgan summa 5 barobar miqdorda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Texnika egalari tomonidan texnikalarini va qishloq xoʻjaligi mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat inspektoriga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika va qishloq xoʻjaligi mashinasini sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika va qishloq xoʻjaligi mashinasi ishlab chiqarilgan zavod tomonidan berilgan texnik hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardan olib kelingan texnika va qishloq xoʻjaligi mashinasining bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.

6. Texnika va qishloq xoʻjaligi mashinasi egalari oʻzgarganda mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza, belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat va quyidagi hujjatlardan biri davlat inspektoriga taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralari tomonidan berilgan hujjat (oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, lizing, sublizing shartnomalari, vorislik, meros va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkka egalik qilish huquqini beruvchi hujjat (shartnoma, guvohnoma va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika va qishloq xoʻjaligi mashinalari ustav fondiga kiritilganligi va chiqarilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning roʻyxatida boʻlgan mashinalarni balansdan balansga berilganligi toʻgʻrisidagi qaror yoki buyruqning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir moliyaviy tizimdagi tashkilotlar uchun yuqori organlarning balansdan balansga bepul ajratilganligi toʻgʻrisidagi buyrugʻidan nusxa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Texnika va qishloq xoʻjaligi mashinasi egalarining nomi (F.I.O.) oʻzgarganda qayta roʻyxatga olish uchun quyidagi hujjatlar davlat inspektoriga taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;

nomi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat (qaror yoki buyruq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun pasport, familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Texnika va qishloq xoʻjaligi mashinasining saqlash manzili yoki egalarining yashash joyi oʻzgarganda qayta roʻyxatga olish uchun quyidagi hujjatlar davlat inspektoriga taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjatlar (texnik pasport, guvohnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika va qishloq xoʻjaligi mashinalarining joyi oʻzgarishiga asos boʻlgan hujjat (ijara shartnomasi, qaror va buyruqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun pasport;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Texnikaning raqamli agregatlari oʻzgarganda qayta roʻyxatga olish uchun quyidagi hujjatlar davlat inspektoriga taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1, 2-ilovalariga muvofiq ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli agregatlar qonuniy sotib olinganligi toʻgʻrisida hujjat (hisob-maʼlumotnoma, oldi-sotdi shartnomasi, bojxona guvohnomasi, kirim kassa orderi va yuk xati).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Texnika egalari texnikalarni va qishloq xoʻjaligi mashinalarini boshqa shaxsga berish bilan bogʻliq ishonchnomalar va ijaraga berish shartnomalari notarial tartibda tasdiqlangan vaqtdan boshlab 10 kun ichida ularning hisobga qoʻyish uchun yashash manzilidagi davlat inspektoriga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnika va qishloq xoʻjaligi mashinasini hisobga qoʻyishda yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Texnika va qishloq xoʻjaligi mashinalarini roʻyxatdan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Texnika va qishloq xoʻjaligi mashinalari egalari tomonidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga sotilganda yoki foydalanishga yaroqsiz deb topilganda roʻyxatdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Roʻyxatdan chiqarilgan mashinalarning davlat raqam belgilari davlat inspektorlariga topshiriladi, texnik hujjatlarga va qayd qilish kitobida tegishli belgilar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Yaroqsiz holga kelgan yoki yoʻqotilgan davlat raqam belgisi, texnik pasport va qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini yangisiga almashtirib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Texnikaning davlat raqami belgisi, texnik pasporti va qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasi yaroqsiz holga kelgan yoki yoʻqotilgan taqdirda, ularning egasi yashash manzilidagi davlat inspektoriga ularni almashtirish uchun murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Texnika egasi davlat raqami belgisi, texnik pasporti va qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini almashtirish uchun davlat inspektoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza;

yaroqsiz holatda boʻlgan davlat raqami belgisi, texnik pasporti yoki qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yaroqsiz holga kelgan davlat raqami belgisi va texnik pasport yoki guvohnoma davlat inspektori tomonidan chiqim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat raqami belgisi va texnik pasporti yoki qishloq xoʻjaligi mashinasining guvohnomasi yoʻqolgan taqdirda, texnika egasi ularni qayta tiklash uchun davlat inspektoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan davlat raqam belgisi va texnik pasporti yoki qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasi olib qoʻyilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat inspektori yoʻqotilgan davlat raqami belgisi va texnik pasport yoki qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berishdan oldin tegishli texnika va qishloq xoʻjaligi mashinasining amalda mavjudligini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoʻqotilgan davlat raqami belgisi va texnik pasporti yoki qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini almashtirish boʻyicha texnika egasining murojaatidan soʻng, davlat inspektori tomonidan 3 kun ichida yangisiga almashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi va Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-may

“Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi B. ABDUQODIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________________________tuman (shahar) Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektori
1. Texnika yoki qishloq xoʻjaligi mashinasi olinganligi haqidagi hujjat
20 __ y. “___” ________ ____-son
_____________________________________dan berilgan.
2. Texnika yoki qishloq xoʻjaligi mashinasi ishlab chiqarilgan zavod tomonidan berilgan texnik hujjat, texnik pasport yoki guvohnoma.
Olingan texnika yoki qishloq xoʻjaligi mashinasi haqida maʼlumot:
1.
Turi, nomi
5.
Rusumi
2.
Chiqqan yili
6.
Chiqargan zavod
3.
Texnik pasport №
7.
Zavod №
4.
Dvigatel №
8.
Shassi №
Rahbar
_____________
M.Oʻ.
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
Bosh hisobchi
_____________
_______________
(imzo)
(F.I.O.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA