Buloqboshi tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2019-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 2021-yil 3-maydagi 116/24-6-sonli “Andijon viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 28-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5, 6-son, 97-modda) 17-moddasi, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 965-son qaroriga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan tumanda 2019-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga, 2019-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
2-ilovaga* muvofiq xodimlarning roʻyxati boʻyicha oʻrtacha sonidan 3219 nafarini tashkil etadigan 8,4 foizgacha miqdorida 270 ta ish oʻrni, shu jumladan:
Oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 1,3 foiz (41 nafariga 41 ta ish oʻrni);
Taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun 3,1 foiz (99 nafariga 99 ta ish oʻrni);
Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 0,1 foiz (2 nafariga 2 ta ish oʻrni);
Nogironlar uchun 3,4 foiz (108 nafar yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda 3-guruh nogironlari ishga joylashish boʻyicha talab 6 ta boʻlganligi sababli, kelgusida 102 ta ish oʻrni bitiruvchilar uchun band etib qoʻyilsin);
Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 0,4 foiz (12 nafariga 12 ta ish oʻrni);
Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 0,2 foiz (8 nafariga 8 ta ish oʻrni);
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 0,1 foiz (1 nafariga, 1 ta ish oʻrni). Jumladan, “Odam savdosi”dan jabrlanganlar uchun 1 ta ish oʻrni band etib qoʻyilsin.
2. Mazkur toifadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun-bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun-ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun-ularning professional tayyorgarligiga mos boʻlgan ish oʻrinlari;
Nogironlar uchun-mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari;
Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun-ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
Jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun-ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
Odam savdosi qurbonlari uchun-ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari xarakterli talablarga muvofiq boʻlgan mehnat sharoitlarini taʼminlaydigan ish oʻrinlari deb hisoblanadi.
3. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar:
muhandis, iqtisodchi, hisobchi, huquqshunos, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, tarbiyachi, yordamchi tarbiyachi, oʻqituvchi, haydovchi, farrosh, ishchi, bogʻbon, qorovul va boshqa kasb talab etilmaydigan ish joylari.
4. Mazkur qarorning 2-ilovaga kiritilgan korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:
Tashkilot yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechikmay muhtojlarni ishga joylashtirish uchun muhtojlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilishi va tayyorligini taʼminlashi, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazini xabardor qilishi shart.
Muhtojlar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zaxiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlanadi, bu haqda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilinadi.
Tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Tashkilot tomonidan muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligi tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan tuman hokimining qarori bajarilmasligi sifatida qaraladi.
5. Tuman hokimining mazkur qarori bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxsiga, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
6. Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (M. Toshtemirov) bir hafta muddatda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
7. Ushbu qaror 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiritilsin.
8. Mazkur qaror “Buloqboshi” (A. Gʻoziyev) gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2017-yil 21-sentabrdagi 951-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Buvamatov va tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori M. Toshtemirovlar zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Oʻ. MAMUROV
Buloqboshi t.,
2018-yil 25-oktabr,
2962-Q-son
Buloqboshi tuman hokimining 25-oktabr 2018-yil 2962-Q-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish, band etilgan ish joylarini nazorat qilish boʻyicha tuman ishchi komissiyasining
|
TARKIBI | ||
|
B. Buvamatov |
— |
Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, ishchi komissiya raisi |
|
M. Toshtemirov |
— |
Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori, ishchi komissiya raisining oʻrinbosari |
|
AʼZOLARI | ||
|
G. Xudoyberdiyeva |
— |
Tuman hokimining oʻrinbosari, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
|
S. Azimova |
— |
Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining Ishsizlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy koʻllab-quvvatlash boʻlimi mutaxassisi |
|
O. Karimova |
— |
Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining Davlat mehnat huquq inspektori |
(“Buloqboshi” gazetasi, 01.01.2019-y., 11/19/2962-Q/3015-son)