Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2019 30.12.2000 yildagi 519-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2019
Hujjat 26.07.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 16 YoShGA TOʻLMAGAN FUQAROSI GUVOHNOMASINI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga vaqtincha chiqishlari tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi namunasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolari guvohnomalari tayyorlab berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolari guvohnomalarini tayyorlash uchun zarur pul mablagʻlari ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarining chet elga chiqishlari masalalarini koʻrib chiqish va hal etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoni bilan tashkil etilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalarga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda oʻz meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ichki ishlar vaziri Z. Almatov, Tashqi ishlar vaziri A. Komilov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
519-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-dekabrdagi 519-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Nizom Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi chet elga vaqtincha chiqishida guvohnomani rasmiylashtirish va berish tartibini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar oʻqish, davolanish, yoshlarning xalqaro festivallarida va sport musobaqalarida qatnashish uchun chet elga chiqishlarida ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), tashkilotlar va muassasalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalarga chet elga borayotgan fuqaro va uning ota-onalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan ariza beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya 7 kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Maxsus komissiyaning qarori va 16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chet elga chiqayotgan fuqarolari roʻyxati chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmalari taqdim etilgan anketa-ariza, buyurtmanoma, Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma asosida voyaga yetmagan shaxsni vaqtincha chet elga chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi bilan 7 kun muddatda taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Guvohnoma ota-onalarga, vasiylarga (homiylarga), tashkilotlar, muassasalar vakillariga beriladi, ulardan voyaga yetmagan shaxs chet eldan qaytgandan soʻng guvohnoma ichki ishlar organlariga topshirilishi toʻgʻrisida tilxat olinadi. Voyaga yetmagan shaxsning Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi ichki ishlar organlariga topshirilgunga qadar Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi chet elda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida qalbakilashtirishdan himoya qilish elementlari boʻlgan maxsus qogʻozda 86 mm. x 125 mm. kattalikda 16 betdan iborat qilib tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Guvohnoma qatʼiy hisobda turadigan blank hisoblanadi va seriyalari va tartib raqamlariga koʻra viloyatlar boʻyicha tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Guvohnomaning muqovasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va “Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi” soʻzlari oʻzbek va ingliz tillarida oltin harflar bilan botirib yozilgan yashil rangda boʻladi. Muqova maxsus kimyoviy mato bilan himoyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan oʻzbek, rus va ingliz (Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham qoraqalpoq tilida) tillarida toʻldiriladi. Guvohnomaga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tugʻilgan vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tugʻilgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) millati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jinsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) guvohnomaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) fuqaroning shaxsiy kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) guvohnoma kim tomonidan va qachon berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) dunyoning barcha mamlakatlariga borish uchun haqiqiyligi toʻgʻrisida belgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) alohida belgilar (qon rezusi va boshqa maʼlumotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) vizalar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) axborot maʼlumotlari va shaxsiy maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a”—“z” kichik bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlar hamda fuqaroning 35 x 45 mm kattalikdagi fotosurati guvohnomaning uchinchi betiga yoziladi va yopishtiriladi hamda maxsus plyonka bilan himoyalanadi, fotosuratning chetlari botirib mahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. GUVOHNOMANI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vaqtincha chet elga chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini olish uchun ota-onalar, vasiylar (homiylar), tashkilot va muassasalarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 x 45 mm kattalikdagi oq-qora yoki rangli toʻrtta fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan shakldagi ariza-anketa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot yoki muassasaning belgilangan namunadagi buyurtmanomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan shaxsning chet elga chiqishi uchun ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning notarial tasdiqlangan roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan shaxsga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomani rasmiylashtirish jarayonida bolaning millati ota-onalarning millatiga koʻra belgilanadi. Agar ota-onalar turli millatga mansub boʻlsalar, unda guvohnoma berishda voyaga yetmagan shaxsning millati guvohnoma oluvchining xohishiga qarab ota yoki onaning millati yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va viza muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Guvohnoma uch oy muddatga, chet elga oʻqish yoki davolanish uchun chiqishda esa oʻqish yoki davolanish muddatiga beriladi. Zarur boʻlgan hollarda (davolanish muddati uzaytirilganda, yaqin qarindoshlar vafoti va boshqalar) mazkur guvohnomaning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasida yoki konsullik muassasasida muayyan muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining masʼul xodimi guvohnomaning oltinchi betidagi “maʼlumotlar” jadvaliga oʻzbek va ingliz tillarida tegishli yozuvni kiritib qoʻyadi. Yozuv elchi yoki konsul tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda boʻlgan vaqtda guvohnoma egasi oʻn olti yoshga toʻlishi bilan mazkur shaxs Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi. Mazkur ariza belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi. Rasmiylashtirilgan pasport Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga uning egasiga topshirish uchun joʻnatiladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti topshirilgandan soʻng guvohnoma belgilangan tartibda yoʻq qilinishi uchun Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Guvohnoma egasi uni ehtiyotlik bilan saqlashi kerak. Guvohnoma oʻgʻirlatib yoki yoʻqotib qoʻyilgan hollarda uning egasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmalariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga zudlik bilan xabar berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning yozma holdagi arizasiga koʻra belgilangan tartibda unga yangi guvohnoma yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelish uchun sertifikat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Guvohnoma yoʻqotib qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi xabar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga yuboriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vafot etgan voyaga yetmagan shaxslarning guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmalariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Topilgan guvohnomalar ichki ishlar organlariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik muassasalariga topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Guvohnomalarni olib qoʻyish (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), shuningdek garovga qoʻyish va boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Guvohnoma berganlik uchun fuqarolardan eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Davlat taʼminotida boʻlgan fuqarolar davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan gerbli muhrlar va viza muhrlari, shtamplar va blanklarning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.