Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XUSUSIY TADBIRKORLIKDA TAShABBUS KOʻRSATISh VA UNI RAGʻBATLANTIRISh BOʻYIChA KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻFRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyuldagi 346-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-yanvardagi PF-1030-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining qoidalarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Respublikaning tijorat banklariga xususiy tadbirkorlik tuzilmalariga ularning arizalari va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari asosida uch kun muddatda hisob-kitob schyotlarini ochish tavsiya etilsin.
4. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korporatsiyalar bilan birgalikda tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga ularning buyurtmanomalariga binoan respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan xomashyo va materiallarni odatda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarka, Respublika tovar-xomashyo birjasi hamda “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasining boshqa ulgurji-vositachilik tuzilmalari orqali shartnomaviy asosda sotilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasining vakil qilingan banklariga kontraktlar, tovarlar, xizmatlar uchun toʻlovlarga norezidentlardan naqd muomaladagi valyutani qabul qilishlariga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi jamgʻarmaning hududiy boʻlimlarini shakllantirishda, ijaraga berish yoki sotish yoʻli bilan zarur xonalar ajratilishiga hamda ularning unumli ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
7. Toshkent shahar hokimligi (Toʻlaganov) Respublika koʻchmas mulk va fond birjalarini joylashtirish uchun Pravda Vostoka koʻchasi, 10-uyda joylashgan sobiq Sverdlov nomidagi konsert zali binosini ajratsin.
Davlat mulki qoʻmitasi (Fofurov), “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni (Rakitin) koʻrsatib oʻtilgan binoni rekonstruksiya qilishni nihoyasiga yetkazsinlar.
8. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-fevraldagi 85-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlariga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-fevral,
55-son
Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisida
nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Xususiy tadbirkorlik — bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan oʻzlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xoʻjalik faoliyatidir.
Faoliyatni yollanma mehnatni jalb qilgan holda amalga oshirayotgan xususiy tadbirkor yuridik shaxs sifatida ish koʻradi va korxonani roʻyxatdan oʻtkazishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yollanma mehnatdan foydalanmaydigan xususiy tadbirkor (yakka tartibdagi faoliyat) oʻz faoliyatini yuridik shaxsni tashkil qilmay amalga oshirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
2. Xususiy tadbirkorning mulki davlat, kooperativ yoki boshqa korxonaning barcha mulki yoki uning bir qismi fuqaro mulkiga oʻtishi yoki u tomonidan xarid qilinishi, ijaradagi mulk sotib olinishi yoki u qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullarda qoʻlga kiritilishi asosida yuzaga keladi.
3. Tadbirkor fuqarolarning xususiy mulkiga asoslangan korxona Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatuvchi xususiy korxona hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning amal qilishi xorijiy fuqarolar ishtirokidagi xususiy korxonalarni tashkil etish, ularning faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatishning huquqiy va iqtisodiy asoslariga joriy qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band ikkinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasida xususiy korxonaning tashkil etilishi, faoliyat koʻrsatishi va tugatilishining xususiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy asoslari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
II. Xususiy korxonani tashkil etish va roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
5. Xususiy korxonalar yuridik shaxs hisoblanadilar, mustaqil balansga, muhrga, hisob-kitob schyotiga ega boʻladilar.
6. Xususiy korxona oʻzi joylashgan joydagi tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar xokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
7. Xususiy korxonalar oʻz filiallari, shuʼba korxonalari va vakolatxonalarini tashkil etishlari mumkin.
8. Xususiy korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda xususiy korxonani roʻyxatdan oʻtkazish uchun tuman, shahar va shaharlardagi tuman hokimliklariga quyidagilar taqdim etiladi: ariza (1-ilova), ustav (notarial idorada tasdiqlamasdan muassis tomonidan tasdiqlangan), shuningdek korxona roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligidan dalolat beruvchi toʻlov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
9. Xususiy korxonani roʻyxatga olish yoki roʻyxatga olishning asoslangan holda rad etilishi ariza berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. Agar davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki tadbirkor asossiz deb hisoblovchi sabablarga koʻra roʻyxatga olish rad etilgan boʻlsa, u sudga murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Roʻyxatdan oʻtkazilgan korxonaga: hokimning korxona roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi, korxonaning roʻyxatdan oʻtkazilgan va hokimlik tomonidan tasdiqlangan ustavi va korxona korxonalar reyestriga albatta kiritilgan holda uning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida davlat orderi (2-ilova) beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
III. Xususiy korxonaning mulki va uning faoliyati
11. Xususiy korxona mulkini asosiy va aylanma mablagʻlar, shuningdek, qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil qiladi.
12. Xususiy korxona egasi oʻz mulkiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmaydigan har qanday harakatni amalga oshirishga haqlidir.
13. Xususiy korxona majburiyatlar boʻyicha shaxsiy mulk huquqida korxona egasiga tegishli boʻlgan oʻz mulki bilan javob beradi.
14. Xususiy korxona egasi ishlab chiqarish, tijorat va yuridik mustaqillikka ega boʻladi. Korxona egasi xususiy korxonani boshqarishni tashkil etadi.
15. Xususiy korxona oʻz mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ni, ishlab chiqarish chigitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha sotadi.
16. Mahsulotni sotishdan tushgan puldan barcha ishlab chiqarish va boshqa majburiy toʻlovlar (mehnatga haq toʻlash, ijara haqi, qarzlarni toʻlash, ssudalar boʻyicha foizlar va boshqalar ham shunga kiradi)ni qoplash summasi chegirilgandan soʻng qolgan daromad mulkdorning tadbirkorlik daromadi hisoblanadi, mulkdor oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Faoliyatni xususiy mulk asosida amalga oshirayotgan xususiy tadbirkorlarning daromadlariga mulk egasining shaxsiy daromadi sifatida qaraladi va amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solinadi.
18. Xususiy tadbirkor pul mablagʻlarini saqlash va barcha turdagi hisob-kitob, kredit hamda kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun istalgan bankda hisob-kitob va boshqa schyotlarni ochishga haqlidir.
19. Xususiy korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar, ularda firma belgisi yoki ishlab chiqaruvchining familiyasi, buyumning nomi yoki ramzi, buyumni ifodalovchi boshqa maʼlumotlar koʻrsatilib, albatta markirovka qilinishi kerak.
20. Xususiy korxona belgilangan shakllar boʻyicha statistika va buxgalteriya hisobini yuritadi. Xususiy korxona egasi hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi,
21. Xususiy korxonaning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan zimmasiga tekshirish funksiyalarini bajarish yuklangan soliq organlari, shuningdek, auditorlik firmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiy korxonaning moliya xoʻjalik faoliyati tekshirilganda tekshiruvchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxonaning tijorat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarning saqlanishiga rioya etilishini va oshkor qilinmasligini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Xususiy korxonada ishchi kuchini yollash va mehnatga haq toʻlash tartibi
22. Xususiy korxonalar xodimlarni tomonlarning huquq va majburiyatlari koʻrsatilib yozma shaklda tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) boʻyicha yollaydilar,
23. Mehnat shartnomasi (kontrakti) quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
maʼlum ixtisoslik, malaka yoki lavozim boʻyicha ishni bajarish majburiyati;
kontrakt tuzilgan muddat;
mehnat sharoitlari va unga haq toʻlash, ijtimoiy va tibbiy sugʻurta hamda ijtimoiy taʼminot tartibi;
xodimning ijtimoiy himoyalanganligi;
mehnat shartnomasini buzganlik uchun javobgarlik;
tomonlarning kelishuviga koʻra boshqa maʼlumotlar.
24. Xususiy korxona Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga, korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilashga, mehnat xavfsizligi, sanitariya va gigiyenasi talablariga rioya qilinishini taʼminlashga majburdir.
25. Xususiy korxonada ishlayotgan xodimlarga belgilangan tartibda mehnat daftarchasi beriladi.
26. Yollanib ishlayotgan shaxslar mehnatiga shartnoma yoki kontraktda koʻrsatib oʻtilgan haq toʻlash davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam boʻlishi mumkin emas.
27. Xususiy tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ijtimoiy va tibbiy sugʻurta hamda ijtimoiy taʼminot jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar ajratadi.
28. Xususiy korxonalarda mehnatga oid nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
V. Xususiy korxonani tugatish
29. Xususiy korxonani tugatish mulk egasining qarori boʻyicha yoki sud tomonidan taʼsischilarning korxonani tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjatlari qonuniy kuchga ega emas deb topilgan, bankrot boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid faoliyat amalga oshirilgan hollarda sud (xoʻjalik sudi) qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Shaxsiy korxona davlat roʻyxatiga olish reyestridan chiqarilgan paytdan boshlab tugatilgan hisoblanadi.
31. Mablagʻlarning budjet va tashkilotlar, tugatilgan shaxsiy korxona xodimlaridan qarzlar belgilangan tartibda toʻlangandan soʻng qolgan qismi korxona egasiga tegishli boʻladi.
VI. Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish xohishini bildirgan jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Yakka tartibdagi Faoliyat xususiy tadbirkorlik shakllaridan biri hisoblanadi va jismoniy shaxs tomonidan yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish xohishini bildirgan jismoniy shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan roʻyxatga olish yigʻimi va ularni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish xohishini bildirgan jismoniy shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu shaxs doimiy yashaydigan tuman, shahar va shahardagi tuman hokimliklari tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgan holda ariza berilgan vaqtdan boshlab 3 kun mobaynida amalga oshiriladi. Agar davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan muddatda amalga oshirilmasa yoxud tadbirkor asosli emas deb hisoblagan sabab bilan roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan boʻlsa, tadbirkor sudga murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan jismoniy shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tuman, shahar va shahardagi tuman hokimliklariga ariza (3-ilova), 3X4 sm oʻlchamli uchta fotosurat, pasport, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligidan dalolat beruvchi hujjat taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tadbirkor maxsus ruxsatnoma talab etiladigan faoliyat turi bilan shugʻullanish istagini bildirsa, tegishli organlarning xulosalari taqdim etilishi zarur.
36. Yuridik shaxs boʻlmasdan oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxsga uni albatta jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish reyestriga kiritgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (4-ilova) beriladi. Mazkur guvohnoma biror-bir qoʻshimcha kelishuvlarsiz bankda hisob-kitob schyoti ochish, muhrlar va boshqa rekvizitlar tayyorlatish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi. Guvohnomaning bir nusxasi tadbirkorga beriladi, ikkinchisi hokimlikda qoladi, uchinchisi bir hafta muddatda tadbirkor roʻyxatdan oʻtgan joydagi soliq organiga yuboriladi.
Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning daromadlarini hisobga olish va ularga soliq solish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(Nizom VI boʻlim bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
VII. Xususiy tadbirkorlikka beriladigan davlat kafolatlari
36. Davlat xususiy tadbirkorning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini kafolatlaydi, erkin halol raqobat uchun sharoit yaratadi, moddiy-ashyoviy, moliyaviy, mehnat, axborot va boshqa resurslarni olishda, bu resurslar bozorining monopoliya qilinishiga yoʻl qoʻymay, teng imkoniyatlarni taʼminlaydi.
37. Agar davlat yoki boshqa organ tomonidan uning vakolatiga yoki qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan hujjat chiqarilishi natijasida xususiy tadbirkorning huquqi buzilsa, u bunday hujjatni qonuniy kuchga ega emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
39. Davlat yoki boshqa organlarning yoxud ularning mansabdor shaxslarining xususiy tadbirkor huquqini buzuvchi koʻrsatmalarining bajarilishi natijasida xususiy tadbirkorga yetkazilgan zarar shu organlar tomonidan, bunga boy berilgan foydani ham kiritib, qoplanishi lozim. Zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qaroriga muvofiq Nizomning VI boʻlim 32—34-bandlari VII boʻlimning 37—39-bandlari deb hisoblanadi)
Oldingi tahrirga qarang.
| | | _________________ tuman hokimi |
| | | ___________________________ga |
| | |
(f. i. o.) |
| | | _____________________________ |
| | | ___________________________da |
| | |
yashovchi___________________dan |
| |
ARIZA |
|
| Xususiy korxona taʼsis etilishi munosabati bilan korxonani va uning Ustavini davlat roʻyxatidan oʻtkazishingizni soʻrayman. | ||
| Faoliyatning asosiy turlari: | ||
| 1._________________________________________________________________ | ||
| 2._________________________________________________________________ | ||
| 3._________________________________________________________________ | ||
| 4._________________________________________________________________ | ||
| Yuridik manzil:____________________________________________________ | ||
| __________________________________________________________________ | ||
| Telefon:_________________________________________________________ | ||
| Zarur hujjatlar ilova qilinmoqda. | ||
(Nizomning 1-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxona roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat orderi
| | |
199___yil “_____”___________ |
| Mazkur order ____________________hokimligida roʻyxatdan oʻtgan | ||
| (tuman) | | |
| _______________________________________________ga berildi. | ||
| Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana | |
Reyestr №______ |
| 199___yil “____” | | |
(Nizomning 2-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
| | | __________________ hokimligiga |
| | | ______________________ dan |
| | |
(ariza beruvchining f. i. o.) |
| | | |
| |
ARIZA |
|
| Meni 199__yil________dan 199___yil “____”_____________________gacha boʻlgan muddatga: | ||
| _____________________________________________________________ni | ||
|
(faoliyatning aniq turlari koʻrsatiladi) | ||
| amalga oshirish uchun yuridik shaxs boʻlmasdan xususiy tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrayman. | ||
| Pasport seriyasi___________№____199__yil “___”___________da berilgan. | ||
| Uy manzili: | | |
| ______________________________________________________________ | ||
| ______________________________________________________________ | ||
| Telefon:_______________ | | |
| Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish moʻljallangan joy: | ||
| ________________________________________________________________ | ||
| ________________________________________________________________ | ||
| 199____yil “___”_____ | |
__________________________ |
|
(ariza berilgan sana) |
|
(ariza beruvchi imzosi) |
|
199____yil “___”______ |
|
___________________________ |
|
(ariza qabul qilingan sana) |
|
(hokimlikning masʼul xodimi imzosi) |
Keyingi tahrirga qarang.
(Nizomning 3-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxsning oʻz faoliyatini yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshiruvchi tadbirlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
guvohnoma
| Reyestr №_______ | |
№ 0000000 |
| 199__y. “____”_______ | | |
| Familiyasi_______________________________________________ | ||
| Ismi____________________________________________________ | ||
| Otasining ismi___________________________________________ | ||
| | Pasport seriyasi__________№________ | |
| | 199__y. “______”_____tomonidan berilgan | |
| Uy manzili:_______________________________________________ | ||
| __________________________________________________________ | ||
| Amalga oshiriladigan faoliyat turi___________________________ | ||
| Faoliyatni amalga oshirish joyi_____________________________ | ||
| Guvohnoma 199__y. “_____” _______________gacha haqiqiydir. | ||
| Izoh______________________________________________________ | ||
| Surat oʻrni |
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning amaldagi tartibi bilan tanishib chiqdim | |
| M. Oʻ. |
________________________________ | |
| |
(tadbirkorning imzosi) | |
| Vakil qilingan organ rahbari |
_________________________________ | |
(Nizomning 4-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
((Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 2-son, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 83-modda; 15-16-son, 106-modda; 2004-y., 29-son, 335-modda)