Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 05.01.1995 yildagi PF-1030-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XUSUSIY TADBIRKORLIKDA TASHABBUS KO‘RSATISH VA UNI RAG‘BATLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisini tadbirkorlik sohasiga keng ko‘lamda jalb etishni ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida xususiy biznesning rolini sifat jihatidan oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va respublikaning boshqa tashkilotlari o‘zlarining kundalik faoliyatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika, axborot va kadr resurslariga erishishda tadbirkorlar bilan davlat korxonalarining to‘la teng huquqliligini og‘ishmay ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, tadbirkorlarning tezkor-xo‘jalik va xo‘jalik-tijorat faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘ymasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlardan birining aybi bilan ko‘rilgan zararni va boy berilgan foydani qoplash sharti bilan, iqtisodiy munosabatlarda boshqaruv organlari bilan tadbirkorlarning ikki tomonlama mas’uliyati prinsipiga amal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prokuraturasi va Adliya vazirligi tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya etish yuzasidan qabul qilingan qonunlar hamda Farmonlarning qat’iyan bajarilishini nazorat qilishni ta’minlasinlar. Ularni so‘zsiz bajarish va qonunbuzarliklarning oldini olish borasida tezkor choralarni ko‘rsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-iyuldagi PF-3466-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 329-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo‘mitasi 1995-yilda Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armaga davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan, rekonstruksiyalash, texnika bilan qayta qurollantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan mablag‘larning 50 foizga qadarini topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur mablag‘lar avvalo loyihalarni amalga oshirishda o‘z ulushi bilan qatnashish, kreditlar berish, shuningdek tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolatlar berish yo‘li bilan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4 va 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-iyuldagi PF-3466-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 29-son, 329-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xususiy korxonalarda yollanib ishlaydigan xodimlar soni bo‘yicha amaldagi cheklashlar bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiy sudlarga xususiy korxona egalaridan poshlina haqini oldindan to‘lattirmay da’vo arizalarini qabul qilishga ruxsat berilsin, keyinchalik uning haqi sud qarori chiqarilgandan so‘ng so‘zsiz undirib olinsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning moddiy-texnika negizini amalda mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Davlat raqobat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni va turli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish uchun foydalanilmay yotgan ishlab chiqarish binolarini belgilangan tartibda xususiy korxonalarga ijaraga berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chala qurilgan ishlab chiqarish inshootlari hamda foydalanilmayotgan uskunalarni kimoshdi savdosi va tanlovlar orqali sotishni amalda keng joriy qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zbekbirlashuv”, “O‘ztayyorlovsavdo” uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yilning I choragida dehqon (fermer)lardan va xususiy korxona egalaridan qishloq xo‘jalik va sanoat mahsulotlarini xarid qiluvchi doimiy ishlaydigan ulgurji ixtisoslashtirilgan bozorlarni tashkil qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh yotgan binolarni tadbirkorlarning tayyor mahsulotlari saqlanadigan omborlarga aylantirish va ulardan foydalanishga ko‘maklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zbekbirlashuv”, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni mahalliy xom ashyo va materiallar bilan ta’minlaydigan ulgurji-vositachi tuzilmalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom ashyo va materiallarga buyurtmalarni yig‘ish, ularni xarid qilish, navlarga ajratish, saqlash, zarur holga yetkazish hamda ularni tadbirkorlarning buyurtmalari bo‘yicha sotish bilan shug‘ullanuvchi tijorat markazlari va savdo uylarini tashkil qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. Z. Usmonov respublikaning katta shaharlarida supermarketlar barpo etishda xususiy korxona egalariga yordam ko‘rsatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 44-45-son, 440-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Har yili xususiy korxonalar egalarining tanlovlarini o‘tkazib, g‘oliblarni — eksportga mahsulot chiqarish bilan shug‘ullanuvchi firmalarni xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda tanishtirib turish to‘g‘risida Tadbirkorlar uyushmasi bilan Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armaning taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat mulk qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida bozor munosabatlari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tarmog‘ini kengaytirishga oid tadbirlar tizimini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Toshkent shahar hokimi shu yilning I choragida Respublika jamg‘arma birjasi va Respublika ko‘chmas mulk birjasiga ularning faoliyati uchun normal shart-sharoitlarni ta’minlab beradigan binolar ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zteleradio, gazeta va jurnallarning tahririyatlari xususiy korxona egalarining ish tajribasini targ‘ib qilishni avj oldirsinlar, ularning aniq-ravshan namunalari asosida tayyorga ayyorlik psixologiyasini bartaraf etish va ular shu negizga tayanib o‘zlarining moddiy farovonligini ta’minlash, shuningdek xayriya faoliyatini amalga oshirishi sohasidagi keng imkoniyatlarni namoyish qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddat ichida ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga oid qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 5-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1030-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 51-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 329-modda; 2008-y., 44-45-son, 440-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)