Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2004 14.02.1995 yildagi 55-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2004
Hujjat 05.06.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XUSUSIY TADBIRKORLIKDA TAShABBUS KOʻRSATISh VA UNI RAGʻBATLANTIRISh BOʻYIChA KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻFRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyuldagi 346-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-yanvardagi PF-1030-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining qoidalarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublikaning tijorat banklariga xususiy tadbirkorlik tuzilmalariga ularning arizalari va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari asosida uch kun muddatda hisob-kitob schyotlarini ochish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korporatsiyalar bilan birgalikda tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga ularning buyurtmanomalariga binoan respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan xomashyo va materiallarni odatda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarka, Respublika tovar-xomashyo birjasi hamda “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasining boshqa ulgurji-vositachilik tuzilmalari orqali shartnomaviy asosda sotilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-oktabrdagi 376-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi jamgʻarmaning hududiy boʻlimlarini shakllantirishda, ijaraga berish yoki sotish yoʻli bilan zarur xonalar ajratilishiga hamda ularning unumli ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar hokimligi (Toʻlaganov) Respublika koʻchmas mulk va fond birjalarini joylashtirish uchun Pravda Vostoka koʻchasi, 10-uyda joylashgan sobiq Sverdlov nomidagi konsert zali binosini ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi (Fofurov), “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni (Rakitin) koʻrsatib oʻtilgan binoni rekonstruksiya qilishni nihoyasiga yetkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-fevraldagi 85-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 14-fevraldagi 55-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiy tadbirkorlik — bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan oʻzlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xoʻjalik faoliyatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatni yollanma mehnatni jalb qilgan holda amalga oshirayotgan xususiy tadbirkor yuridik shaxs sifatida ish koʻradi va korxonani roʻyxatdan oʻtkazishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yollanma mehnatdan foydalanmaydigan xususiy tadbirkor (yakka tadbirkorlik) oʻz faoliyatini yuridik shaxsni tashkil qilmay amalga oshirishga haqlidir.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xususiy tadbirkorning mulki davlat, kooperativ yoki boshqa korxonaning barcha mulki yoki uning bir qismi fuqaro mulkiga oʻtishi yoki u tomonidan xarid qilinishi, ijaradagi mulk sotib olinishi yoki u qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullarda qoʻlga kiritilishi asosida yuzaga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadbirkorning xususiy mulkiga asoslangan korxona Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari”, “Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida”gi qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan xususiy korxona hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom xorijiy fuqarolar ishtirokidagi xususiy korxonalarni tashkil qilish, ularning faoliyati hamda ularni tugatishning huquqiy va iqtisodiy asoslariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning amal qilishi dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatishning huquqiy va iqtisodiy asoslariga tatbiq qilinmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasida xususiy korxonaning tashkil etilishi, faoliyat koʻrsatishi va tugatilishining xususiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy asoslari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xususiy korxonani tashkil etish va roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xususiy korxonalar yuridik shaxs hisoblanadilar, mustaqil balansga, muhrga, hisob-kitob schyotiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xususiy korxona oʻzi joylashgan joydagi tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar xokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xususiy korxonalar oʻz filiallari, shuʼba korxonalari va vakolatxonalarini tashkil etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xususiy korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xususiy korxonani tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar hokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza (1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korxona ustavi (notarial tasdigʻisiz, muassis tomonidan tasdiqlangan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) korxonaning pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) korxonani roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun belgilangan miqdordagi yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) savdo va savdo-vositachilik xususiy korxonalari yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlardan tashqari oʻzlarida oʻz ustav faoliyatiga muvofiq savdo, omborxona maydonlari va asbob-uskunalar, shu jumladan chakana savdo korxonalari — nazorat-kassa apparatlari yoki ularni sotib olish yoxud ijaraga olish uchun mablagʻlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadidar.
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xususiy korxonani roʻyxatga olish yoki roʻyxatga olishning asoslangan holda rad etilishi ariza berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. Agar davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki tadbirkor asossiz deb hisoblovchi sabablarga koʻra roʻyxatga olish rad etilgan boʻlsa, u sudga murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Roʻyxatdan oʻtkazilgan korxonaga: hokimning korxona roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi, korxonaning roʻyxatdan oʻtkazilgan va hokimlik tomonidan tasdiqlangan ustavi va korxona korxonalar reyestriga albatta kiritilgan holda uning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida davlat orderi (2-ilova) beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy korxonaning yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar) qatnashchisi sifatida qoʻshimcha ravishda roʻyxatdan oʻtkazilmasdan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi va vakolatli banklarda valyuta hisobvaraqlari ochish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy korxona vakolatli davlat organlarini oʻz pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini oʻz pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilmaganlik uchun xususiy korxonaning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin bir yil oʻtgach xususiy korxona roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taʼsis hujjatlarida maʼlum qilingan ustav jamgʻarmasini shakllantirish tugallanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishga majburdir. Ustav jamgʻarmasi shakllantirilmagan, biroq belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan, amalda shakllantirilgan miqdorgacha kamaytirilmagan yoki boshqacha tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartirilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ korxonalarni tugatish boʻyicha maxsus komissiyaga xususiy korxona bundan buyon faoliyat koʻrsatishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun taqdimnoma kiritadi.
(10-band ikkinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyundagi 214-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan, ikkinchi va uchinchi xatboshilari uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblanadi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xususiy korxonaning mulki va uning faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xususiy korxona mulkini asosiy va aylanma mablagʻlar, shuningdek, qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xususiy korxona egasi oʻz mulkiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmaydigan har qanday harakatni amalga oshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xususiy korxona majburiyatlar boʻyicha shaxsiy mulk huquqida korxona egasiga tegishli boʻlgan oʻz mulki bilan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xususiy korxona egasi ishlab chiqarish, tijorat va yuridik mustaqillikka ega boʻladi. Korxona egasi xususiy korxonani boshqarishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xususiy korxona oʻz mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ni, ishlab chiqarish chigitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha sotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplangandan, soliqlar, yigʻmalar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan, shuningdek, kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan soʻng qoladigan daromadi (foydasi) ularning xohishiga koʻra foydalaniladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Faoliyatni xususiy mulk asosida amalga oshirayotgan xususiy tadbirkorlarning daromadlariga mulk egasining shaxsiy daromadi sifatida qaraladi va amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xususiy tadbirkor pul mablagʻlarini saqlash va barcha turdagi hisob-kitob, kredit hamda kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun istalgan bankda hisob-kitob va boshqa schyotlarni ochishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xususiy korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar, ularda firma belgisi yoki ishlab chiqaruvchining familiyasi, buyumning nomi yoki ramzi, buyumni ifodalovchi boshqa maʼlumotlar koʻrsatilib, albatta markirovka qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xususiy korxona belgilangan shakllar boʻyicha statistika va buxgalteriya hisobini yuritadi. Xususiy korxona egasi hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xususiy korxonaning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan zimmasiga tekshirish funksiyalarini bajarish yuklangan soliq organlari, shuningdek, auditorlik firmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy korxonaning moliya xoʻjalik faoliyati tekshirilganda tekshiruvchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxonaning tijorat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarning saqlanishiga rioya etilishini va oshkor qilinmasligini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Xususiy korxonada ishchi kuchini yollash va mehnatga haq toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xususiy korxonalar xodimlarni tomonlarning huquq va majburiyatlari koʻrsatilib yozma shaklda tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) boʻyicha yollaydilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mehnat shartnomasi (kontrakti) quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlum ixtisoslik, malaka yoki lavozim boʻyicha ishni bajarish majburiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt tuzilgan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari va unga haq toʻlash, ijtimoiy va tibbiy sugʻurta hamda ijtimoiy taʼminot tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning ijtimoiy himoyalanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomasini buzganlik uchun javobgarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning kelishuviga koʻra boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xususiy korxona Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga, korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilashga, mehnat xavfsizligi, sanitariya va gigiyenasi talablariga rioya qilinishini taʼminlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xususiy korxonada ishlayotgan xodimlarga belgilangan tartibda mehnat daftarchasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yollanib ishlayotgan shaxslar mehnatiga shartnoma yoki kontraktda koʻrsatib oʻtilgan haq toʻlash davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xususiy tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ijtimoiy va tibbiy sugʻurta hamda ijtimoiy taʼminot jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xususiy korxonalarda mehnatga oid nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Xususiy korxonani tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xususiy korxona mol-mulk egasining qaroriga koʻra yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning (xoʻjalik sudining) qarori bilan tugatiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shaxsiy korxona davlat roʻyxatiga olish reyestridan chiqarilgan paytdan boshlab tugatilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mablagʻlarning budjet va tashkilotlar, tugatilgan shaxsiy korxona xodimlaridan qarzlar belgilangan tartibda toʻlangandan soʻng qolgan qismi korxona egasiga tegishli boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
(VI boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yakka tartibdagi tadbirkorlik xususiy tadbirkorlik shakllaridan biri hisoblanadi va jismoniy shaxs tomonidan yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish xohishini bildirgan jismoniy shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu shaxs doimiy yashaydigan tuman, shahar va shahardagi tuman hokimliklari tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgan holda ariza berilgan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. Davlat roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bunday qaror qabul qilgan organ uch kun mobaynida yozma ravishda bu toʻgʻrida jismoniy shaxsni xabardor qilishga majbur. Agar davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan muddatda amalga oshirilmasa yoki unda tadbirkor asosli emas deb hisoblagan sabab bilan rad etilgan boʻlsa, tadbirkor sudga murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan jismoniy shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tuman, shahar va shahardagi tuman hokimliklariga ariza (3-ilova), 3X4 sm oʻlchamli uchta fotosurat, pasport, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi toʻlanganligidan dalolat beruvchi hujjat taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(35-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkor maxsus ruxsatnoma talab etiladigan faoliyat turi bilan shugʻullanish istagini bildirsa, tegishli organlarning xulosalari taqdim etilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxsga, uni albatta yakka tartibdagi tadbirkorlar reyestriga kiritgan holda, uning arizasida koʻrsatilgan muddatga yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (4-ilova) beriladi. Mazkur guvohnoma biror-bir qoʻshimcha kelishuvlarsiz bankda hisobvaragʻi ochish, muhrlar va boshqa rekvizitlar tayyorlatish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma toʻrt nusxada rasmiylashtiriladi. Guvohnomaning ikki nusxasi tadbirkorga beriladi (bittasi pensiya jamgʻarmasi organlarida hisobga qoʻyish uchun), uchinchisi hokimlikda qoladi, toʻrtinchisi bir hafta muddatda tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Xususiy tadbirkorlikka beriladigan davlat kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Davlat xususiy tadbirkorning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini kafolatlaydi, erkin halol raqobat uchun sharoit yaratadi, moddiy-ashyoviy, moliyaviy, mehnat, axborot va boshqa resurslarni olishda, bu resurslar bozorining monopoliya qilinishiga yoʻl qoʻymay, teng imkoniyatlarni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Agar davlat yoki boshqa organ tomonidan uning vakolatiga yoki qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan hujjat chiqarilishi natijasida xususiy tadbirkorning huquqi buzilsa, u bunday hujjatni qonuniy kuchga ega emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat yoki boshqa organlarning yoxud ularning mansabdor shaxslarining xususiy tadbirkor huquqini buzuvchi koʻrsatmalarining bajarilishi natijasida xususiy tadbirkorga yetkazilgan zarar shu organlar tomonidan, bunga boy berilgan foydani ham kiritib, qoplanishi lozim. Zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qaroriga muvofiq Nizomning VI boʻlim 32—34-bandlari VII boʻlimning 37—39-bandlari deb hisoblanadi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida
xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_________________ tuman hokimi‎
___________________________ga‎

(f. i. o.)

_____________________________‎
___________________________da‎

yashovchi___________________dan‎

ARIZA

‎‎Xususiy korxona taʼsis etilishi munosabati bilan korxonani va uning Ustavini davlat
‎ roʻyxatidan oʻtkazishingizni soʻrayman.
Faoliyatning asosiy turlari:‎‎
‎‎1._________________________________________________________________
2._________________________________________________________________‎‎
3._________________________________________________________________‎‎
4._________________________________________________________________
Yuridik manzil:‎‎____________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________
Telefon:‎‎_________________________________________________________
‎‎Zarur hujjatlar ilova qilinmoqda.
(Nizomning 1-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida
xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat orderi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

199___yil “_____”___________‎

Mazkur order ____________________hokimli‎gida roʻyxatdan oʻtgan
(tuman)‎
‎‎_______________________________________________ga berildi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana‎

Reyestr №______‎

199___yil “____”‎
(Nizomning 2-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida
xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________________ hokimligiga‎
______________________ dan‎

(ariza beruvchining f. i. o.)‎

ARIZA

Meni 199__yil________dan 199___yil “____”‎_____________________gacha boʻlgan muddatga:‎
‎‎_____________________________________________________________ni

‎‎(faoliyatning aniq turlari koʻrsatiladi)

‎‎amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan‎ oʻtkazishingizni soʻrayman.
Pasport seriyasi‎‎___________№____199__yil “___”___________da berilgan.
Uy manzili:‎
______________________________________________________________
______________________________________________________________
Telefon:_______________‎
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish moʻljallangan joy:
‎‎________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________
199____yil “___”_____‎

__________________________‎

(ariza berilgan sana)‎

(ariza beruvchi imzosi)‎

199____yil “___”______‎

___________________________‎

(ariza qabul qilingan sana)‎

(hokimlikning maʼsul xodimi imzosi)‎

(Nizomning 3-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida
xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida
(4-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr №_______‎

№ 0000000‎

199__y. “____”_______‎
Familiyasi‎‎_______________________________________________‎
Ismi‎‎____________________________________________________‎
Otasining ismi‎‎___________________________________________
‎‎Pasport seriyasi__________№________‎
‎‎199__y. “______”_____tomonidan berilgan‎
Uy manzili:‎‎_______________________________________________
‎‎__________________________________________________________
Amalga oshiriladigan faoliyat turi‎‎___________________________
Faoliyatni amalga oshirish joyi‎‎_____________________________
Guvohnoma 199__y. ‎‎“_____” _______________gacha haqiqiydir.
Izoh‎‎______________________________________________________
Surat oʻrni‎

‎‎Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning amaldagi tartibi bilan tanishib chiqdim

M. Oʻ.‎

________________________________

‎‎(tadbirkorning imzosi)‎

Vakil qilingan organ rahbari‎

_________________________________
‎(imzo)

(Nizomning 4-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
((Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 2-son, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 83-modda; 15-16-son, 106-modda; 2004-y., 29-son, 335-modda)