1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 25-maydagi 70-II-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish, shuningdek tadbirkorlarga kafolatlar berishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun shart-sharoit yaratish, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga aʼzoligi bilan bogʻliq munosabatlarning oʻziga xos jihatlari “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy vazifasi tadbirkorlik faoliyati boʻlmagan davlat muassasalari, tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining oʻz xususiyatiga koʻra tadbirkorlik hisoblanadigan qismiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Tadbirkorlik tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) — qonun hujjatlariga muvofiq daromad (foyda) olishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) yoʻli bilan tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, tashkil etmasdan ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shugʻullanuvchi jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, shu jumladan chet el fuqarolari yoki yuridik shaxslari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari boʻlishlari mumkin emas.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamgʻarmalar va b.)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek huquqlarini hamda umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini birgalikda yuritish maqsadida xoʻjalik birlashmalari, xoʻjalik shirkatlari yoki jamiyatlari tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qatnashchilarning qaroriga binoan uyushma (ittifoq) zimmasiga tadbirkorlik faoliyatini yuritish yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda konsernga, korporatsiyaga va boshqa shakldagi xoʻjalik birlashmalariga yoxud xoʻjalik shirkatiga yoki jamiyatiga aylantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmasini tuzish, uning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xususiyatlari ushbu Qonunning 17 va 18-moddalarida nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish maʼlumotlari hamma tanishishi uchun ochiq boʻlgan yagona davlat reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektini tashkil etishning qonunda belgilangan tartibi buzilishi yoki taʼsis hujjatlarining konunga nomuvofiq boʻlishi davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablarni belgilashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ mansabdor shaxslarining harakatlari (qarorlari) sud tomonidan konunga xilof deb topilgan taqdirda, ular roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzish tufayli tadbirkorlik faoliyati subyektlariga yetkazilgan zararni toʻlaydilar, shuningdek maʼnaviy zararni qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti — yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti — yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olgan paytdan boshlab oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalanishi lozim boʻlgan tadbirkorlik faoliyatining turlari qonunlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorning (tadbirkorlarning) oʻz mol-mulki asosida ham, jalb etilgan mol-mulk asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkor (tadbirkorlar) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, oʻzgarishi va bekor boʻlishi bilan bogliq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga kreditlar berish va ularni sugʻurta qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga kreditlar berish va ularni sugʻurta qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatining subyektiga kreditlar berishda bank muassasalari, boshqa kredit muassasalari yoki sugʻurta tashkilotlari kafil boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar kafil boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit shartnomalar boʻyicha majburiyatlar taʼminoti sifatida Tadbirkorlik faoliyatining subyekti oʻz mol-mulkidan, shu jumladan ashyolaridan va mulkiy huquqlaridan foydalanishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.02.00 Asosiy vositalarning hisobi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Hisob va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligi uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish dasturini mustaqil ravishda shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va oʻz mahsuloti (ishlari, xizmatlari) ning isteʼmolchilarini tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida monopol mavqeni egallab turgan Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mahsulotini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konʼyunkturasidan kelib chiqib yoki shartnoma asosida mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ishlab chiqarish fondlarining jadallashtirilgan amortizatsiyasini qilingan xarajatlarni ishlab chiqarish chiqimlariga tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan normadan ikki baravardan oshib ketmaydigan miqdorda kiritgan holda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olish, shu jumladan ixtisoslashgan lizing korxonalari, tashkilotlari vositachiligida olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya faoliyatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari yoki oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yollangan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilinadigan mahsulotlarning qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlariga ega boʻlishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzili va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobini va boshqa hisobni qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish rejali tartibda qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolatli organning qaroriga binoan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻla hajmda toʻlab turadigan, auditor (auditorlik firmasi)ning har yillik tegishli xulosalariga ega boʻlgan hamda Tadbirkorlik faoliyatining boshqa norma va qoidalariga rioya etadigan Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan, qoida tariqasida, ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar oʻtkazadigan Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish oʻttiz kalendar kundan oshib ketmasligi va Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga xalaqit bermasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari nazorat qiluvchi organlarning vakolat doirasiga kirmaydigan masalalar boʻyicha talablarini bajarmaslik va tekshirish mavzuiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalari qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari, auditorlar (auditorlik firmalari) Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va taftish qilish munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlgan, tijorat siri hisoblanuvchi maʼlumotlarni oshkor etganlik uchun konunga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKNING XUSUSIYATLARI
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikning turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi Tadbirkorlik shaxsiy Tadbirkorlik (bir shaxsning tadbirkorligi) va birgalikdagi Tadbirkorlik (shaxslar guruhining tadbirkorligi) turlariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Shaxsiy tadbirkorlik (bir shaxsning tadbirkorligi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorning oʻzi tomonidan mulk huquqida, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq tufayli oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalangan hollarda, agar qonunlarda yoki nikoh shartnomasida yoxud er-xotin oʻrtasidagi oʻzga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Birgalikdagi tadbirkorlik shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil qilmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik shakllariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik, shu jumladan dehqon xoʻjaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xoʻjaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy shirkat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, ish muomalasida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan er-xotindan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkorlikni roʻyxatdan oʻtkazish paytida tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bogʻliq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalasiga kirishishi boshqa mulkdorlarning notarial tasdiqlangan roziligi bilangina bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligi va oddiy shirkatni tuzish, uning faoliyat yuritishi va faoliyatini tugatishi bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat xokimiyata organi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish jismoniy shaxs ariza bergan paytdan boshlab uch kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim. Jismoniy shaxs roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimini toʻlaganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etganidan keyin, unga arizasida koʻrsatilgan muddatga yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bunday qarorni qabul qilgan organ jismoniy shaxsni uch kun ichida yozma shaklda bu haqda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq organlari va qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa organlar mansabdor shaxslarining talabiga binoan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng soliq organlari hamda pensiya fondi organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga turishi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.06.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik yigʻimi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi bank muassasalari yoki aholidan toʻlovlarni qabul qiluvchi boshqa muassasalar orqali toʻlanadi. Toʻlangan roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi stavkasining meʼyoriy miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yigʻimning aniq miqdorlari, uni undirish tartibi va toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim summasi tadbirkor roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi mahalliy budjet hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni oʻz nomidan amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi, huquqlar va majburiyatlarga ega boʻladi hamda ularni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzayotganida, agar buning mohiyati tuzilayotgan bitimning mazmunidan aniq kelib chiqmasa, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganini koʻrsatishi lozim. Bunday koʻrsatmaning boʻlmasligi yakka tartibdagi tadbirkorni oʻz majburiyatlari yuzasidan zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirishda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligidan dalolat berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor ishlab chiqarayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Savdo-vositachilik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻzi ishlab chiqarayotgan mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni), shuningdek realizatsiya qilish maqsadida olgan tovarlarni qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday usulda va ayni shuning uchun belgilangan joyda realizatsiya qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo faoliyatini doimiy savdo doʻkonlari orqali amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishi va naqd tushumni bank muassasalariga har kuni topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank muassasalari yakka tartibdagi tadbirkorning talabiga binoan uning hisobvaragʻidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul mablagʻlarini berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Mehnatga oid munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorning, yakka tartibdagi tadbirkorlar guruhining, uning (ularning) oila aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etuvchi yakka tartibdagi tadbirkor, yakka tartibdagi tadbirkorlar guruhi, uning (ularning) oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga badallarni toʻlasalar, davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorning, yakka tartibdagi tadbirkorlar guruhining, uning (ularning) oila aʼzolarining ishlagan vaqti davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha badallar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida, mehnat daftarchasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan boʻlsa mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Pul hisob-kitoblari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bogʻliq hisob-kitoblari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Bank xizmati koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank xizmati koʻrsatish, yakka tartibdagi tadbirkor bilan bank muassasasi oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor erkin ayirboshlanadigan valyutada pul oluvchining nomi yozilmaydigan hisobvaraqlar ochishga va ularni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etishga haqli. Bank muassasalari omonatchilarga omonatlarni saqlash va ularning birinchi talabi bilan omonatlarni erkin ayirboshlanadigan valyutada soʻzsiz qaytarish hamda tegishli foizlarni omonat valyutasida toʻlash yuzasidan zarur kafolatlarni berishi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.01 (Кучини йукотган) Daromaddan soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorga soliq solish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik natijalarini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlik natijalarini hisobga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, yuridik shaxslar uchun belgilangan moliya va statistika hisobotlarini tuzish va taqdim etish toʻgʻrisidagi talablar qoʻyilmasligi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.12.00 Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga qodir boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish yoxud u oʻzining bankrotligini eʼlon qilishi asoslari va tartibi hamda yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining oʻzga xususiyatlari qonun bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Tadbirkorlik ishi (biznes). Tadbirkorlik ishini (biznesni) boshqa shaxsga oʻtkazish (sotish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik ishi (biznes) — mulkiy huquqlarni va tadbirkorning oʻziga xos vositalarini, shuningdek unga tegishli boʻlgan, yakka tartibdagi tadbirkor oʻz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun foydalanadigan boshqa mutlaq huquqlarni oʻz ichiga oladigan mol-mulk majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz tadbirkorlik ishini (biznesini) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxsga tekinga oʻtkazish yoki sotishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik ishini (biznesni) oʻtkazish (sotish) toʻla hajmda ham, uning qismlari boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik ishini (biznesni) oluvchi avvalgi yakka tartibdagi tadbirkorning barcha huquqlari va majburiyatlarining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik ishini (biznesni) yoki uning bir qismini oʻtkazishda (sotishda) oluvchiga oʻtadigan huquqlar va majburiyatlar shartnomada nazarda tutilishi lozim.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.04.00 Er-xotin mol-mulkining shartnomaviy maqomi (nikoh shartnomasi)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikda qarzlar boʻyicha undiruvni qaratish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tadbirkorlikni amalga oshirishda yakka tartibdagi tadbirkor oʻziga mulk huquqida tegishli boʻlgan barcha mol-mulk bilan, shu jumladan er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushi bilan javobgar boʻladi, konunga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er-xotindan biri shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalangan hollarda, uning qarzlari boʻyicha undiruv qonun hujjatlariga muvofiq er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkiga ham qaratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tadbirkor boʻlmagan er-xotindan biri umumiy mol-mulk shaxsiy tadbirkorlik faoliyatida eri (xotini) tomonidan ishlatilishiga rozi boʻlmasa, u umumiy mol-mulkni boʻlishni soʻrab sudga murojaat etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkor boʻlmagan er-xotindan birining mol-mulki shaxsiy tadbirkorlikni amalga oshirayotgan erining (xotinining) qarzlari boʻyicha undiruvga qaratilish narsasi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan er-xotinning qarzlari boʻyicha undiruv, ulardan qaysi biri ish muomalasida qatnashayotganligidan qatʼi nazar, er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkiga qaratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati oddiy shirkat shaklida amalga oshirilganda uning qatnashchilari oddiy shirkatning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari boʻyicha hamma umumiy majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. TADBIRKORLIKNI RAGʻBATLANTIRISh
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish uchun, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining eksport-import operatsiyalarida, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni roʻyobga chiqarishda ishtirok etishini kengaytirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborotlar bilan taʼminlash orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar, yigʻimlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar belgilash orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini roʻyobga chiqarish yoʻli bilan quyidagilarni oʻz ichiga olgan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikning normativ-huquqiy asosini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy ragʻbatlantirish choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy, axborot, konsalting, lizing va boshqa xizmatlarni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlikni ragʻbatlantirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tadbirkorlikni ragʻbatlantirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va roʻyobga chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlar faoliyatini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash fondlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fondlar tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlariga teng huquqlarni kafolatlaydi va moddiy-texnika, moliya, mehnat, axborot, tabiiy va boshqa resurslardan foydalanish uchun teng imkoniyatlar yaratadi, tijorat siri hisoblanuvchi axborot himoya qilinishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlarini kamsitishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari mulk huquqining va boshqa ashyoviy huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti mol-mulkining mulkdori oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkning mulkdori oʻz mol-mulkiga nisbatan konunga zid boʻlmagan har qanday harakatni qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki qonun bilan muhofaza etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor boʻlmagan Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari buzilishdan qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mol-mulkni olib qoʻyishga, shuningdek uning vakolatlarini cheklashga faqat qonunlarda nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining obyektiv ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga va uning oʻziga xos vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va hokazolarga) boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan qoʻriqlanadi va davlat tomonidan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutlaq huquq obyektlari boʻlgan intellektual faoliyat natijalari va oʻziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining roziligi bilangina foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Oshkor etilmagan axborotni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat siri boʻlgan, uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) agar u uchinchi shaxslarga maʼlum emasligi, qonuniy asosda undan erkin foydalana olish mumkinmasligi va axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini koʻrayotganligi tufayli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga ega boʻlsa, u himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qatʼi nazar vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborotni himoya qilish qoidalari konunga muvofiq tijorat siri boʻla olmaydigan maʼlumotlarga (davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi, mol-mulkka boʻlgan huquqlar va mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etiladigan maʼlumotlarga va boshqalarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs bu axborotga haqli ega boʻlib turgan shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik natijasida yetkazilgan zararni qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil tarzda va haqli ravishda olgan shaxs bu maʼlumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatʼi nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanish uchun uning oldida javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatining subyekti oʻz shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlarga raddiya berilishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, Tadbirkorlik faoliyati subyektining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Basharti, bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud boʻlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, sudning qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarima toʻlash qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilgan tadbirkorlik faoliyatining subyekti bunday maʼlumotlar rad etilishi bilan bir qatorda, ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zarar toʻlanishini va maʼnaviy zarar oʻrnini qoplashni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunbuzarliklarni aniqlasalar, ular oʻz vakolatlariga kiruvchi va aniq buzilishni bartaraf etish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan choralarni koʻrishlari mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari yoki ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Daromadlarni tasarruf etish erkinligi kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanganidan, soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan, shuningdek kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan daromadi (foydasi) oʻzlarining ixtiyoriga binoan ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Axborotdan foydalana olish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻz manfaatlariga daxldor qonun hujjatlaridan erkin foydalana olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining soʻrovlariga binoan ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Qoʻshimcha kafolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini himoya qilishning ushbu qonunda nazarda tutilgan kafolatlari va choralari bilan bir qatorda, qonun hujjatlari bilan qoʻshimcha kafolatlar va himoya choralari, shu jumladan sheriklar tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlari oldidagi oʻz majburiyatlari aniq bajarilishini taʼminlovchi kafolatlar va himoya choralari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Tadbirkorlik subyektini tugatish (faoliyatini toʻxtatish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektini tugatish (faoliyatini toʻxtatish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
754-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-con, 106-modda)