Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1788-5]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-mart,
2019-13-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-mart,
300-V-5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 6-martdagi 2019-13, 300-V-5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 10-martdagi 2008-16, 300-V-son “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1788, 2008-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 14-15-son, 112-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-son “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1788-1, 2010-yil 21-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 28-29-son, 250-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 2-martdagi 2013-9, 5/3-son “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1788-2, 2013-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 11-son, 149-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 2015-15, 300-1-3-son “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1788-3, 2015-yil 27-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil, 21-son, 283-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-sentabrdagi 2017-49, 23/10-son “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1788-4, 2017-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 39-son, 1049-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/1788-5/2881-son)